Guruh talabasi Nazorat savollari va javoblari


Download 9.56 Kb.
Sana14.05.2020
Hajmi9.56 Kb.

418-17 guruh talabasi

Nazorat savollari va javoblari:

1. G‘oyalar xilma-xilligi tushunchasining ma’no-mazmuni nimada?

1)

G'oyalarni namoyon bo‘lish xususiyatlariga qarab quyidagi turlarga:



a) bunyodkor va vayronkor;

b) ilmiy va xayoliy;

c) falsafiy;

d) dunyoviy va diniy;

e) badiiy;

f) ijtimoiy-siyosiy;

g) milliy va umuminsoniy;

k) ma’naviy va ma’rifiy; üaxloqiy va estetik;

l) tarbiyaviy g‘oyalarga ajratamiz.

2. G‘oya – fikrning ijtimoiylashgan ko‘rinishi deganda nima tushuniladi ?

2)

G‘oya – fikrning ijtimoiylashgan ko‘rinishi. Uning turli maqsad va manfaatlar bilan bog‘liqligi.Har qanday tushuncha, fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr - o‘ziga xos bir qarashdir, ijtimoiy fikr esa - voqelikka nisbatan o‘zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G‘oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug‘ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi.



3. G‘oyalar xilma-xilligini taqozo etuvchi shart-sharoit va omillar haqida nimalarni bilasiz?

3)

G‘oya mohiyatan ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli qatlam-lariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar ta’sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g‘oyalarni o‘z e’tiqodiga singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib etadi. G‘oyalar tabiatiga ko‘ra: a) ilmiy g‘oyalar; b) badiiy g‘oyalarga bo‘linadi.



Ø G‘oyalar xarakteriga ko‘ra: a) borliqning to‘g‘ri, real in’ikosidan iborat g‘oyalar b)borliqning xato yoki fantastik in’ikosidan iborat g‘oyalar.

Ø Shuningdek, g‘oyalar: a) progressiv va b) reaksion g‘oyalarga ham bo‘linadi. Progressiv g‘oyalar ilmiy bilishni rivojlantirishga xizmat qilsa, reaksion g‘oyalar unga to‘sqinlik qiladi.

4. Mafkuraviy jarayonlar mohiyati nimada?

4)

Ma’lumki, har qanday g‘oya u amalga oshirish usul va vositalari tizimiga ega bo‘lmasa, shunchaki aytilgan fikr tarzida qolib ketishi mumkin. Demak, har kanday g‘oya o‘zining amalga oshirish usul va vositalariga ega bo‘lgandagina u ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga kirib boradi va o‘zligini namoyon etadi. Bu vazifani mafkura bajaradi.



"Mafkura" arabchadan o‘zbek tiliga kirib kelgan so‘z bo‘lib, "fikr yuritish", "tafakkur", "e’tiqod va maslaklar tizimi"1degan ma’nolarni anglatgan holda insonlarning kundalik hayotida jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui, degan ma’nolarni ifodalash uchun ishlatiladi. Shuning uchun uchun ham mafkuraning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida davlat va jamoat arbobi I.A.Karimov: "Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar Odamlarning ming yilyaar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman"- degan edi.

5. Nima uchun XXI asrda mafkuraviy kurashlar avj oldi ?

5)

Chunki hozirgi paytda aksariyat rivojlangan mamlakatlar xalqlari umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bag‘rikenglik kabi g‘oyalarni taranum etuvchi mafkuralarga tayanmoqda. Ayni paytda o‘z talab va ehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirishni, bosqinchilik va talonchilikni yoqlovchi tajovuzkor (ekstremistik) mafkuralar ham uchrab turadi. G‘arazli maqsadlarni jozibali g‘oyalar niqobiga yashirib odamlar ongi va qalbida hukmron bo‘lishga intiladigan shovinizm va irqchilik, fashizm va kommunizm, diniy aqidaparastlik kabi mafkura shakllari ham bor.



6. Mafkuraning turli ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering.

6)


Mafkura - muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, elat, millat, xalq jamiyat, davlat ehtiyoj va manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.

7. “Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” (I.A.Karimov) deganda nimani tushunasiz?

7)

Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalanishimiz uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo bizlarning qalbimiz va ongimizda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki biz yoshlar milliy o‘zligimizni, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishmoqligimiz albatta zarur. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham bizlarga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.



8. Korrupsiyaning – mazmuni va mohiyati haqida nimalarni bilasiz?

8)

Korrupsiya (lotincha “korruptio” – poraga sotilish, aynish, tanazzul) – mansabdor shaxsning boyish maqsadida, o‘z mansabi bilan bog‘liq vakolatlarini suiiste’mol qilishdan iborat jinoyatdir.



9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ma’ruzalarida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri masalalarining yoritilishini qanday izohlaysiz?.

9)

Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”mavzuidagi ma’ruzasida“Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”, deb takidlab o'tdilar.



10. Korrupsiyaga qarshi kurashishning goyaviy va huquqiy asoslari haqida nimalar bilasiz?

10)


Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun va mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad va vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish, inson manfaatlarini ta’minlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega bo‘lgan yangi usullarni qo‘llash, shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish, korrupsiyaning oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ehtiyoji vujudga kelishi bilan belgilanadi.O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti korrupsiya jinoyatchiligining o‘sishi nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga bevosita tahdid tug‘diradi, deya ta’kidlagan va shu sababli, mustaqil davlatimiz mavqeini mustahkamlash maqsadida, bu illatning oldini olish bo‘yicha bir qator tavsiyalar bergan edilar. Korrupsiya jinoyati jamiyatimiz farovonligi va iqtisodiy taraqqiyotimiz kushandasidirki, unga qarshi kurashishni aslo susaytirmasligimiz lozim.Hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi va samarali huquqiy mexanizmi yaratildi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonunning 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilib, bular, o‘z navbatida, fuqarolarga korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illat ekanligi haqida ma’lumot beradi.

11. Mafkuraviy kurashlarning ko’rinishlarini asoslang.

11)

Ayni paytda o‘z talabehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirishni, bosqinchilik va talonchilikni yoqlovchi tajovuzkor (ekstremistik) mafkuralar ham uchrab turadi. G‘arazli maqsadlarni jozibali g‘oyalar niqobiga yashirib odamlar ongi va qalbida hukmron bo‘lishga intiladigan shovinizm va irqchilik, fashizm va kommunizm, diniy aqidaparastlik kabi mafkura shakllari ham bor.



12. Anarxizm vakillari qanday g‘oyalarni mutloqlashtirgan?

Anarxizm g‘oyalari K.Shmidt (1806-1856), J.Prudon (1809-1865), M.Bakunin (1814-1876), P.Kropotkin (1842-1921) kabilar qarashlarida ilgari surilgan bo‘lib, individualizm, subyektivizm, volyuntarizmni mutlaqlashtirishga asoslanadi.

13. Mafkuralar inson va jamiyatga ta’sir qilish xususiyatlariga ko‘ra qanday tafsiflanadi?

13)


Ikki xil ijobiy va salbiy natija beradigan mafkuraga bo'linadi:

ijobiy natijaga:

1.1.Real (amaliy) mafkuralar.

1.2.Tadrijiy (evolyutsion) mafkuralar.

1.3.Liberal mafkuralar.

1.4.Progressiv mafkuralar.

1.5.Bunyodkor mafkuralar.

salbiy natijaga:

2.1.Utopik (xayoliy) mafkuralar.

2.2.Inkilobiy (revolyutsion) mafkuralar.

2.3.Mustabid (totalitar) mafkuralar.

2.4.Regressiv mafkuralar.

2.5.Vayronkor mafkuralar.

14. Mafkuraning qanday shakllarini bilasiz ?

14)

Mafkuraning shakli bu uning ichki va tashki tuzilishini o‘zida ifodalovchi strukturasi, ya’ni mavjudlik usulidir.



Shunga ko‘ra, mafkuraning quyidagi shakllari mavjud:

a). anarxiya,

b). monarxiya,

c). totalitarizm,

d). liberalizm,

e). demokratiya.

15. Teizm va ateizmni qanday farqlaysiz?

15)


Teizm (yun. theos — xudo) - olamni Xudo tomonidan yaratilganini tan olgan diniy-falsafiy ta’limot. Xudo olamdan tashqarida turadi, olamni o‘z irodasi bilan yaratgan va unda mavjud bo‘lgan mutlaq shaxs deb tushunadi.Ateizm(yun. a — inkor, theos - xudo; xudoni, dinni inkor etish) — falsafiy-materisshistik ta’limot. Ateizm dinlar voqelikni noto‘g‘ri aks ettiradi, deb e’tirof etadi.Masalan, Yevropa madaniyatida ateizm deganda, odatda, shaxsiy xudoni, ya’ni aql va irodaga ega hamda g‘oyibona ravishda barcha moddiy va ma’naviy jarayonlarga ta’sir etuvchi g‘ayritabiiy mavjudotni, boshqacha qilib aytganda, teizmni inkor etish tushuniladi.

16. Monarxiya qanday mafkura?

16)

Monarxiya (yunonchada "yakka hokimlik") - hokimiyat yakka hokim - davlat boshlig‘ining qo‘lida bo‘lgan va bu hokimiyat meros qilib beriladigan davlat boshqaruvini ilgari suruvchi g‘oyalar tizimidan iborat bo‘lgan, vayronkor mafkura shaklidir.



Monarxiyani tarannum qiluvchi g‘oyalarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

1-monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i sifatida maydonga chiqadi; 2-monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi;

3- monarx hokimiyati muqaddas deb e’lon qilinadi; 4-Monarx o‘z faoliyatida rasman mustaqildir; 5-Hokimiyatni o‘rnatish, qabul qilish (legitimlashtirish)ning alohida tartibi mavjud; 6-muddatsiz, umrbod boshqaruv;

7-monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas. Monarxiya mutlaq va cheklangan (yoki parlamentar) shakllarda bo‘ladi.

17. Totalitarizmning o’ziga xos jihatlari nimalardan iborat?

17)


Bu g‘oya tarafdorlari o‘ta markazlashgan hokimiyat tizimi o‘rnatilgan kuchli davlatni tashkil qilish, mamlakatni boshqarishda yakkayu yagona kuch yoki partiyaning hukmronligini ta’minlashga alohida e’tibor beradilar. Jamiyatda barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar faoliyati va omma hayoti ustidan to‘la nazoratni o‘rnatish, davlat ichki va tashki siyosatining asosiy yo‘nalishlarini markaziy tashkilot tomonidan belgilab berilishi, davlatga rahbarlik kilishni yakka shaxs qo‘lida to‘plashdek g‘oyalar ustuvor qiladi.Totalitar boshqaruv tizimidagi davlatda jamiyatning barcha sohalarida muayyan mafkuraning yakkahokimligi mavjud bo‘ladi. Mafkura yakkahokimligi bo‘lgan jamiyatning esa kelajagi yo‘q. Totalitar tuzum erta yoki kech - halokatga uchraydi.Tarixdan ma’lum bo‘lgan fashistik tuzumlar va sobiq Sovet Ittifoqi va uning ittifokdoshlari bunga misol bo‘lishi mumkin.

18. Liberalizm haqida nimalar bilasiz ?

18)

Liberalizmning asosiy tamoyili - huquqlar, imtiyozlar, imkoniyatlar tengligi sharoitida hayotning barcha sohalaridagi erkinlikni ta’minlashdir.



Liberalizm (lot: liberalis - erkinlik) - ijtimoiy hayotning barcha sohalarida erkinlik ustuvor bo‘lishini, jamiyatning evolyutsion rivojlanish yo‘lini e’tirof etuvchi va asoslovchi nazariya, amaliyot, ijtimoiy siyosiy va mafkuraviy oqim. Liberalizm g‘oyasi, o‘zining ma’nomohiyatiga ko‘ra, murosa falsafasi bo‘lib, volyuntarizm, subyektivizm, dogmatizm, radikalizm va absolyutizmning har qanday ko‘rinishlarini rad qiladi. Shaxs manfaatlari, huquq va erkinliklarining ustuvorligi, umuminsoniy axloqiy qadriyatlar va milliy ma’naviy asoslarga tayanish, g‘oyalar erkinligi tamoyillarining tarixiy taraqqiyotga mos o‘zgarishi, ijtimoiy-siyosiy tizimda keskin ziddiyatga bormaslik - liberalizmga xos xususiyatlardir. Liberalizm uchun bir xil andozadagi, qat’iy belgilab qo‘yilgan axloqiy meyor va qonun-qoidalar mavjud emas. Shuning uchun liberalizm g‘oyasi jamiyat siyosiy tizimini dinamik o‘zgartirishni zo‘ravonliksiz amalga oshiradigan kuch va imkoniyatlarni topishga intilishi bilan xarakterlanadi.

Liberalizmdagi erkinlik raqobatlashayotgan g‘oyalarning barchasiga rivojlanish uchun imkoniyat yaratadi. Demak, liberalizm, bir tomondan, insonning huquq va erkinliklari ustuvorligiga, ikkinchi tomondan, jamiyatning ma’naviy-axloqiy meyor va kadriyatlariga asoslanishi bilan o‘zining umuminsoniy mohiyatini namoyon qiladi.

19. «Dushmanlardan qo‘rqma – nari borsa, ular seni o‘ldirishi mumkin. Do‘stlardan qo‘rqma nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo‘rq – ular seni o‘ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo‘laveradi» - mazkur fikrni qanday izohlaysiz ?

19)


Befarqlik jamiyatning tanazzuliga sabab bo'lishi mumkin. Bugungi kundagi vaziyatdan kelib chiqadigan bo'lsak shunday og'ir kunlarda yurtimizga kelgan epidemiya sababli biz bir birimizga befarq bo'lsak,qo'limizdan kelsa ham befarqlik bilan faqat o'zimizni o'ylasak , yordam bermasak, birlashmasak bu ofatlarni yengib o'ta olmaymiz. Bizga davlat yordam beradi deb emas biz davlatimizga yurtimizga xalqimizga qo'limizdan kelsa yer yuziga yordam berishimiz kerak. Bu mening muamoyim emas deb befarq bo'lsak albatta bir kun kelib u o'z ta'sirini ko'rsatadi.

20. Milliy xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari va vositalari deganda nimalar nazarda tutiladi?



20)

milliy xavfsizlikni ta’minlash, uning turli yo‘llari, vositalari va usullari imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Mafkuraviy jarayonlar globallashuvi sharoitida shaxs, millat, jamiyat, davlatni xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy kurash va tajovuzlar ta’siridan himoyalash, sodda qilib aytganda, mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni muttasil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish nuqtai nazaridan ham muhimdir.
Download 9.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling