Guruh talabasi Rayimjonov Abdujalil Energiya hosil qilishda vodoroddan foydalanish Reja


Download 0.63 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1152724
Bog'liq
34-20TVM Rayimjonov Abdujalil


34-20 guruh talabasi Rayimjonov Abdujalil
Energiya hosil qilishda vodoroddan foydalanish

Reja:

  • Kirish
  • Eng istiqbolli energiya
  • Vodorod yoqilg’isi
  • Vodorod energiyasi
  • Xulosa
  • Adabiyotlar

Aksariyat mutaxassis va olimlarning qayd etishicha, vodorod sanoati kelajakdagi globallashgan iqtisodiyotning asosini tashkil etishi kutilmoqda. Bunda vodorod hozirgi koʻmir, neft va tabiiy gazning oʻrnini egallaydi. Turli prognozlarga koʻra, mazkur holat 2040-yilga kelib shakllana boshlaydi.
XX asrda vodorod texnologiyalarini rivojlanishga toʻsqinlik qilgan sabablardan biri uni ishlab chiqarish texnologiyasi anchayin qimmatga tushgan. Biroq hozirda yuqori texnologiyalarning qoʻllanishi natijasida bu jarayonlarni arzonlashishiga erishilmoqda, yana bir muhim jihati uning ekologik toza mahsulot ekanidir. Demak, bugungi kunda davlatlarning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishdagi majburiyatlarini amalga oshirishda ham vodorodning ahamiyati beqiyosdir. Yer kurrasida aholi shiddat bilan oʻsib borayotgan sharoitda bino-inshootlarni, transport tarmogʻini, sanoatni energiya bilan taʼminlash muammosining yechimi sifatida vodorodga eʼtibor qaratilmoqda.
Eng Istiqbolli energiya manbalariga mutaxassislar vodorodni
energiyasini kiritishdi, uning zahiralari bizning sayyoramizda amalda
cheklanmagan. Vodoroddan energiya manbai sifatida keng foydalanish
atrof-muhit tozaligini saqlashga imkon beradi, chunki uni yoqish
jarayonida faqat distillangan suv hosil bo’ladi. Odatdagi suvdan sanoat
miqyosida vodorod olishning bir necha usullari allaqachon izlab topilgan.
Vodorodni sanoatda olish uchun atom elektr stansiyalari, Quyosh va
dengiz suvlarining ko’tarilish energiyalaridan foydalanish taklif etilgan.
Hozirda issiqlik nasoslari deb ataluvchi prinsipial yangi energiya
manbaidan foydalanish amalga oshirilmoqda. Issiqlik nasoslaridan freon
gazi yordamida atrof-muhitga tarqalgan issiqlik amalda foydalanish uchun to’plab olinadi. Atrof- muhitdan to’plangan energiya, issiqlik nasoslarini ishlatish uchun sarflangan energiyadan bir necha marta ko’p bo’ladi. Shunday qilib, energiyaning saqlanish qonuni buzmasdan, issiqlikning atrof- muhitdan kondensatsiyalanishi hisobiga ishlaydigan “doimiy dvigatel” ga o’xshash moslamalar yaratilgan
Bu moslama atrof-muhit harorati yetarlicha yuqori bo’lganiga qadar ishlay oladi. Energiyaning yana bir yangi turi termoyadroviy energiyadir. Termoyadroviy energiya vodorod geliyga aylantirlganda ajratib chiqadigan energiyadan inson ehtiyoji uchun foydalanishga asoslangan. Termoyadroviy elektr stansiyalar atom elektr qaraganda ancha “toza”, “xavfsiz” bo’ladi.
Biroq bunday elektr stansiyalarini qurish uchun juda murakkab va
qimmatbaho jihozlar kerak bo’ladi, chunki termoyadroviy reaksiyalar
faqat plazma (moddaning 4-agregat holati) da boradi. Biroq, shunga
qaramasdan kelajak enargiyasi ana shu elektr stansiyalarniki deb tahmin
qilinmoqda.
Vodorod yoqilg‘isi Ana’naviy-organik yoqilg‘i bozorida ozgina inqiroz boshlanishi bilan neft va gaz mahsulotlarining o‘rnini bosadigan boshqa energiya manbalaridan foydalanishga harakat qilinadi. Juda ko‘p olimlarning fikricha, zamonaviy energetikaning rivojlanishida uglevodorod yoqil g‘ilarinig o‘rniga tabiatda juda ko‘p tarqalgan kimyoviy element - vodoroddan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Vodorod zahiralari planetamizda bitmas-tuganmasdir. Bundan
tashqari, bir xil og‘irlikda vodorod benzinga qaraganda 3 marta ko‘proq
issiqlik ajratadi va undan yoqilg‘i sifatida xalq xo‘jaligining barcha
tarmoqlarida foydalanish mumkin (transportda, sanoatda, maishiy
xizmatda va boshqalarda).
Vodorod yoqilg‘isini qo‘llash atrof-muhitni toza saqlashga sharoit
yaratadi, chunki vodorod yoqilishi natijasida undan chiqindi sifatida
distillangan suvning bugiari ajralib chiqadi, xolos.
Vodorodni tashish va saqlash juda qulaydir. Uzoq masofalarga uni
quvurlar orqali uzatish mumkin.
Vodorodni quvurlar orqali uzatish elektr energiyasini ulkan elektr uzatish tarmoqlarida uzatishga nisbatan bir necha barobar arzonroqdir. Olimlar vodorod yoqilg‘isini sanoat asosida ishlab chiqarishning ko‘pgina usullarini topishdi, asosan odatdagi suvdan. Uning juda kata miqdorini yer kurrasida zahiralari juda katta bo‘lgan toshko‘mirdan
olish mumkin. Vodrod yoqilg‘isini suvda, havoda, hattoki havosi siyraklashgan kosmik kengliklardan olish mumkinligi bu yoqilg‘ining biznes olamidagi dovrug‘ini nihoyatda oshirib yubordi, chunki uni ishlab chiqarish uchun deyarli xarajatlar qilinmaydi, foyda to‘g‘ridan to'g'ri havodan olinadi.
XXI asr boshlarida dunyodagi katta biznes namoyondalari vodorod energetikasiga qiziqish juda katta ekanligi to‘g‘risida ochiq-oydin gapira boshlashdi. AQSh, Xitoy, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vodorod yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun milliardlab dolllar mablag'larni investitsiya qilishdi. Faqat birgina «FutureGen» vodorod elektrostansiyasining loyihasi uchun AQSh hukumati 1,2 mlrd. dollar mablag' sarfladi, Xitoy davlati xuddi shunday elektrostansiya uchun bundan ham ko'p mablag' sarfladi. Hozirgi kunda vodorod energetikasini rivojlantirish uchun Sharp, Sanyo, Hitachi, Toyota, Panasonic kompaniyalari juda katta mablag'larni investitsiya qilmoqdalar.
Vodorod energiyasi. Vodorod energetikasini keng qo'llash atrof-muhit tozaligida katta ahamiyatga ega. Vodorod yonishidan ajraladigan issiqlik 28000 kkal/kg ga teng. Bu neft va neft mahsulotlarining issiqlik energetikasidan 2 barobar, ko'mirnikidan esa 4 barobar yuqoridir. Dunyo bo'yicha vodorod bir yilda 200 mlrd. m3 ishlab chiqariladi. Shuning yarmi ammiak va 30% ga yaqini neftni qayta ishlash zavodlariga ishlatiladi. Vodorod asosan suvdan olinadi. Dunyoda birinchi bo'lib, 1986-yili Yaponiyada oddiy suvdan vodorod olish tajriba zavodida 35 soatlik siklda 18 l vodorod va 9 l kislorod olingan. Shu davr ichida termoximik metod yordamida magniy oksidi, oltingugurt ikki va yod ishlatish balan suv vodorod va kisloroddan ajratilgan. U ekologik tomondan atrof-muhit ifloslanishi, turli zaharli moddalar, chang va tutun tarqalishi, ishlab chiqarish qoldiqlari topilishiga sabab bo'lmaydi.
Xulosa: Vodorod boshqa yoqilg'larga qaraganda ekologik toza yoqilgʻi Vodorod yonishi jarayonida faqat suv bugʻlari ajralib chiqib, yonish jarayonida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. bu degani atrof muhitga hech qanday zararli moddalar chiqarmaydi. Eng yaxshi tomonilaridan yana biri esa vadarod energiyasi juda samarali. “Yashil” energetika nuqtayi nazaridan vodorod yoqilgʻi elementlarining foydali ish koeffitsiyenti (FIK) oʻta yuqori – 70-90%. Qiyoslash uchun: eng yaxshi ichki yonuv dvigatellari FIKi 35-40%ni tashkil etadi. Quyosh fotoelektr stansiyalari uchun FIK atigi 15-20% boʻlib, ob-havo sharoitiga oʻta bogʻliq. Eng yaxshi shamol elektr stansiyalarining FIKi 40%gacha yetadi, lekin shamol stansiyalari ham qulay ob-havo sharoitini va qimmatbaho xizmat koʻrsatishni talab qiladi.
1.A.Rahimov, “Umumiy elektrotexnika”, Toshkent,
“O‟qituvchi”, 1981-yil.
2.A.Rahimov, “Elektrotexnika va elektronika asoslari”,
Toshkent, “O‟qituvchi”, 1988-yil.
3.A.Blashkin, “Obshaya elektrotexnika”, Leningrad,
1986-yil.
4.M AJIDOV TAXIR SHADMANOVICH
NOANA’NAVIY VA QAYTA
TIKLANUVCHIENERGIYA
MANBALARI
«VORIS-NASHRIYOT» TOSHKENT - 2014
5. wikipedia.org
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling