Guruh talabasining linux server boshqaruvi fanidan


Download 266.5 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi266.5 Kb.
#1539656
Bog'liq
5-Laboratoriya ishi Linux


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


QARSHI FILIALI





KI FAKULTETI


ATS - 11 – 20 - GURUH TALABASINING LINUX SERVER BOSHQARUVI FANIDAN

5-Labaratoriya ishi


Bajardi: Soatov Alisher


Qabul qildi: Achilova Firuza


Qarshi 2023


LABORATORIYA ISHI №5
Mavzu: Linuxda PING buyrug'i bilan ishlash.
Ishdan maqsad: Linuxda PING buyrug'i bilan ishlash bo’yicha bilim va ko’nikmaga ega bo’lish.
Ping bu — istalgan kompyuter tarmog'ida (Internet, LAN- Local Area Network -local tarmoq, WAN- Wide Area Network - hududiy tarmoq), kompyuterlar orasidagi bog'lanishni to'g'ri amalga oshirilganini tekshiruvchi buyruq hisoblanadi. Bu buyruq tekshirilishi lozim bo'lgan kompyuterga signal jo'natib, qayta qabul qilib oladi va qaytib olgan signal holatiga qarab, bu 2 kompyuter orasida bog'lanish mavjud yoki mavjud emasligini bildiradi.
ping 192.168.3.1
Agar signalning borib kelish vaqti va jo'natilgan bayt (odatda 64 bayt) haqida ma'lumot ekranga chiqsa, shu IP ga mos keluvchi kompyuter bilan aloqa mavjud ekanligini anglatadi.
Agar "Destination host Unreachable" yoki "Network is unreachable" kabi ma'lumotlar ekranga chiqsa, bu kompyuter bilan aloqa mavjud emasligini anglatadi. Bu ma'lumotlar to'xtovsiz ekranga chiqib turadi, bu ma'lumotlar chiqishini to'xtatish uchun CTRL+Z tugmasini bosish kifoya qiladi.
Tarmoqdagi kompyuterlar bilan aloqani tekshirishdan oldin, o'zini o'ziga tekshirish lozim bo'ladi. Bu o'z kompyuterida tarmoq to'g'ri sozlanganini bilish uchun kerak. Buni tekshirishni 3 xil usuli mavjud.
Bular:
ping 0
ping localhost
ping 127.0.0.1
Jo'natilayotgan paketlar umuman ushlanib qolishi kerak emas.
Odatda paketlar har 1 soniyada jo'natiladi(interval 1 soniya), lekin "i" parameter orqali bu soniyani o'zgartirishingiz mumkin bo'ladi. Misol uchun har 5 soniyada paketlar jo'natilsin. ping –i 5 192.168.3.1
Intervalni 1 soniyadan kam qilib ham o'rnatish mumkin
ping –i 0.1 192.168.3.1
Faqatgina superuser(root) intervalni 0.2 soniyadan kam qilib o'rnatish mumkin, boshqa foydalanuvchilar kichik intervalni o'rnatsa quyidagi xatolik chiqadi
PING 0 (127.0.0.1) 56(84) bytes of data.
ping: cannot flood; minimal interval, allowed for user, is 200ms

Agar sizga ma'lum miqdorda paket jo'natib, so'ng tekshiruvni tugatmoqchi bo'lsangiz, "c" atributidan foydalanamiz.(faqat 5 ta paket jo'natish lozim)
ping –c 5 192.168.3.1
Ping buyrug'ini berib qo'yib, tarmoqda xatolik mavjudligini bilsangiz va tarmoqni tuzatishni amalga oshirayotganizda, tarmoq tuzalib qolsa, sizga bu "a" atribut orqali signal(audio) beradi(bazi distributivlarda ishlamasligi mumkin).
ping –a 192.168.3.1
ping buyrug'ini atributi "q" jo'natilgan paketlar haqidagi ma'lumotlarni chiqarmasdan, faqat statistikani chiqaradi. ping –c 5 –q 192.168.3.1
Jo'natilayotgan paketlarni hajmini o'zgartirish (odatda 64 bayt bo'ladi). "s" orqali.
ping –s 100 localhost
Ma'lum bir vaqt ichida paketlarni jo'natib, qabul qilib olsih. Misol uchun, 5 soniyada hamma ishlar yakunlansin(paketlarni jo'natish va qabul qilish). "w" orqali.
ping –w 5 192.168.3.1
Paketlarni to'xtamasdan jo'natib, qabul qilayotgan paytda(o'sha oralig'da) natijani ko'rib olish mumkin. Uning uchun CTRL+| tugmalarini bosish kerak, lekin paketlar jo'natilishi to'xtamaydi.
ping –w 100 localhost
PING localhost (127.0.0.1) 56(84) bytes of data.
64 bytes from localhost (127.0.0.1): icmp_seq=10 ttl=64 time=0.021 ms
64 bytes from localhost (127.0.0.1): icmp_seq=11 ttl=64 time=0.022 ms
11/11 packets, 0% loss, min/avg/ewma/max = 0.020/0.022/0.022/0.024 ms 64 bytes from localhost (127.0.0.1): icmp_seq=12 ttl=64 time=0.021 ms
64 bytes from localhost (127.0.0.1): icmp_seq=13 ttl=64 time=0.022 ms
64 bytes from localhost (127.0.0.1): icmp_seq=14 ttl=64 time=0.021 ms
64 bytes from localhost (127.0.0.1): icmp_seq=15 ttl=64 time=0.021 ms
Download 266.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling