Gurux: 201-iqtisodiyot
Download 20.01 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- AD = C + I + G + X n
- Foiz stavkasi samarasi
- Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi
- Import xaridlar samarasi
- Yalpi taklif
Mustaqil ish Gurux:201-iqtisodiyot Talaba:Matkarimov Jamolbek Fan:Dinamik makroiqtisodiyot Mavzu:AD-AS modeliga umumiy ta’rif , tarkibi va ahamiyati O’qituvchi:Ibragimov Jahongir AD –AS modeli makroiqtisodiy muvozanatning umumiy asosiy modeli hisoblanadi. Yani makroiqtisodiy muvozanat bu narxlar darajasi va ishlab chiqarishning real hajmi o’rtasidagi muvozanat hisoblanadi. Bu muvozanat teng bolishi uchun jami taklif (AS) va jami talab (AD) teng bolishi kerak. Yalpi talab – uy xo’jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir. Yani oddiy qilib aytsak Yalpi talab bu iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovar va xizmatlarning sotib olishga qilingan umuumiy xarajatlar yigindisidir . Buni formula bn shunday yozishimiz mumkin : AD = C + I + G + Xn Bu Yalpi talabga tasir etuvchi omillar ham bor yani bular: 1)Foiz stavkasi samarasi ,yani bunda yalpi talabni kamaytiradi. 2)Boylik samarasi yoki real kassa qodiqlari samarasi ,bunda yalpi talabni kopaytiradi. 3)Import xaridlar samarasi ,bunda yalpi talabni kamaytiradi. Foiz stavkasi samarasi: shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq bo’yicha surilishi narxlar darajasi o’zgarishining foiz stavkasiga bo’lgan ta’siriga bog’liq. Ya’ni, tovarlarning baho darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo’ladi. Ishbilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqa xarajatlarni to’lashga katta miqdorda pul zarur bo’ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar bahosi darajalarining yuqoriligi pulga bo’lgan talabni oshiradi. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi: shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, jamg’arilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning real qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan iste’mol xarajatlar miqdorini qisqartiradi. Iste’mol xarajati yalpi talabning bir qismi bo’lganligi tufayli uning kamayishi AD ning pasayishiga olib keladi. Import xaridlar samarasi: bu, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va o’z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bo’lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YAIMga talab oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga ta’sir ko’rsatadi. Yalpi talabning bahoga bog’liq bo’lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz: - Iste’mol xarajatlaridagi o’zgarishlar, - Investitsiya xarajatlaridagi o’zgarishlar, - Davlat xarajatlarining o’zgarishi, - Sof eksport hajmidagi o’zgarishlar. Yalpi taklif – deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif tushunchasi ko’pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo’llaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag’bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o’rtasida to’g’ri aloqa mavjud. Yani oddiy qilib aytsak-jami taklif bu iqtisodiyotda har qanday mumkin bolgan narxlar darajasida islab chiqarishga tayyor bolgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi hisoblanadi. Jami taklifning narxlarga bogliq bolmagan omillari: Agar jami taklif oshsa : Ishlab chiqarishning omillari miqdori va unumdorligi oshadi, yangi tehnologiyalar soni oshadi, soliqlarning ozgarishi kamayadi,imtiyozlar va subsidiyalar oshadi. Agar jami taklif kamaysa:shu yuqorida aytib otganlarimizni teskarisi boladi. Yalpi talab va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talabni rag’batlantirish yoki cheklash siyosati, shuningdek yalpi taklifni rag’batlantirish siyosati qo’llaniladi. Yalpi talabni rag’batlantirish siyosatining ko’rinishlariga daromadlarni o’stirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini arzonlashtirish, narxlarni cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni rag’batlantirish siyosatida investitsiyalarni rag’batlantirish, ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni qo’llab quvvatlash va boshqa choralar kiradi. Download 20.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling