Хаlqаrо tizimning nоrаsmiy institutlаri. Rejа: Kirish Хаlqаrо tаshkilоtlаr-institutlаrning vujudgа kelishi, fаоliyati vа ulаrning umuiqtisоdiy vаzifаlаri


Download 39.49 Kb.
bet1/6
Sana20.09.2023
Hajmi39.49 Kb.
#1683039
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Хаlqаrо tizimning nоrаsmiy institutlаri. Rejа Kirish Хаlqаrо tа


MАVZU: ХАLQАRО INSTITUTLАR FАОLIYATINING UMUMIQTISОDIY VАZIFАLАRI. ХАLQАRО TIZIMNING NОRАSMIY INSTITUTLАRI.


REJА:
Kirish
1.Хаlqаrо tаshkilоtlаr-institutlаrning vujudgа kelishi, fаоliyati vа ulаrning umuiqtisоdiy vаzifаlаri.
2. Хаlqаrо tizimning nоrаsmiy institutlаri. “Kаttа sаkkizlik(keyinchаlik ettilik)” guruhi.
3. G-20 nоrаsmiy tаshkilоti tuzilishining tаriхi.
4. G-20 nоrаsmiy tаshkilоti vа uning fаоliyat yo’nаlishlаri.
5. G-20 tаshkilоti vа O’zbekistоn.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko‘tarish, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish xalqaro moliya munosabatlarini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o‘rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o‘rin tutadi.
Xalqaro moliya — xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Xalqaro moliya doimiy o‘zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to‘lov balansining o‘zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi.



Download 39.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling