Hamshiralik ishi


Download 64.17 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2023
Hajmi64.17 Kb.
#1650260
  1   2   3
Bog'liq
AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIK YORDAM KO`RSATISH MUASSASALARIDA TIBBIYOT HAMSHIRASINING O`RNI


YANGIYO`L TIBBIYOT KOLLEJI
HAMSHIRALIK ISHI” BO`LIMI 206-GURUHI


MUSTAQIL ISH

MAVZU: AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIK YORDAM KO`RSATISH MUASSASALARIDA TIBBIYOT HAMSHIRASINING O`RNI.




BAJARDI: ABDUSAMATOVA DILSHODA
TEKSHIRDI: ________________________

REJA:


  1. HOMILADOR AYOLLARDA DISPA NSER KUZATUVINI OLIB BORISH




  1. ONALIKDA HAMSHIRALIK PARVAR ISHINING FAOLIYATI



  1. ONALIK VA BOLALIKNI HIMOYA QILISHDA HAMSHIRANING ROLI




  1. SOG‘LIQNI TARG‘IBOT QILISH KONSEPTSIYASI

Ayollarga homiladorlik davrida, tug‘ruqdan keyingi davrda yordam ko‘rsatish, ayollarni homiladorlikka va tug‘ruqqa tayyorlash, ko‘krak suti bilan emizishga tayyorlash, ginekologik kasalliklari bor ayollarga ambulator yordam ko‘rsatish, oilani rejalashtirish bo‘yicha maslahatlar va yordam berish: abortning oldini olish, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning oldini olish, zamonaviy kontratsepsiya usullarini qo‘llashni tadbiq etish, kunduzgi statsionar sharoitida akusher-ginekologik yordam ko‘rsatish, qonunga mos ravishda ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, davolash – diagnostik jarayonning sifatini oshirish uchun izlanish, infektsiyani tarqalishini oldini olish, tibbiy xodimlar va bemorlarning xavfsizligini ta’minlash uchun sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o‘tkazish, aholi orasida reproduktiv salomatlikni himoya qilishga qaratilgan bilimlarni oshirish uchun sanitar-oqartuv chora-tadbirlarini o‘tkazish, ginekologik kasalliklari bo‘lgan ayollarga dispanser kuzatuvini olib borish.




HOMILADOR AYOLLARdA DISPA NSER KUZATUVINI OLIB BORISH
Homilador ayollarni erta o‘z vaqtida nazoratga olish, homilador ayollarning sog‘lig‘ini doimiy ravishda nazorat qilish, homilador ayollarni har tomonlama tekshiruvdan o‘tkazish va somatik kasallik aniqlanganda kasalliklarni davolash, homilador ayol hujjatlarini to‘ldirish, perinatal tekshiruvni o‘tkazish, homilador ayolni «xavfi yuqori guruhga» aloqadorligini aniqlash, homilador ayollarga tug‘ruqdan oldingi patronaj ishlarini tashkil etish, homilador ayollarni mehnat sharoitini o‘rganish, homilador ayollarga o‘z vaqtida tug‘ruq muddatini va tug‘ruqdan oldingi ta’til vaqtini aniqlash, o‘z vaqtida malakaviy davolashni ta’minlash, homilador ayollarni tug‘ruqqa ruhan va jismonan tayyorlash, «Onalar maktabi»da mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil qilish va mashg‘ulotlar olib borish, tug‘ruqdan keyin ayollar salomatligini tiklashda yordam berish va nazorat qilish.
etapda parvarishlash bo‘limi, ginekologik bo‘lim va maxsus yordam ko‘rsatish uchun tibbiy brigadani. Akusherlik statsionar quyidagilardan tashkil topgan: qabul
bo‘limi, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi bo‘limlar, chaqaloqlar bo‘limi, shuningdek
homilador ayollar patologiyasi bo‘limi.
Ginekologik bo‘lim, tug‘ruq kompleksi yoki ko‘p tarmoqli shifoxonalar tarkibida bo‘lib, ginekologik kasalliklari bo‘lgan ayollarni konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolashga yo‘naltirilgan.
Ginekologiya bo‘limi 3 yo‘nalishda ish olib boradi.
1. Operatsiya yo‘li bilan davolashga muhtoj bo‘lgan bemorlarni gospitalizatsiya qilish – operativ ginekologiya bo‘limi.
2. Bemorlarni konservativ yo‘l bilan davolash – konservativ ginekologiya bo‘limi.
3. Homiladorlikni to‘xtatish (abort) palatasi yoki bo‘limi (abortariy).
Ona va bola salomatligi markazlari – barcha ayollar va erkaklar hamda o‘smirlarning jinsiy yetilish davrida yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
Uning asosiy ish uslublari: akusher-ginekologik yordam ko‘rsatish, maxsus qabul sharoitida maslahatlar berish, sanitariya-oqartuv ishlarini olib borishdan iborat.
Markazda: akusher-ginekologlar, seksolog, seksopatologlar, androloglar
va psixologlar ish olib boradilar. Markaz oilaviy muammolarni yechishga ham yordam beradi, bu yerga faqat ayol emas, balki erxotin, o‘smir va erkak murojat qilishi mumkin. Markaz mutaxassislari juda katta sanitariya-oqartuv ishlarini ham olib borishadi: o‘rta tibbiy xodimlar maktablarda, o‘rta-maxsus o‘quv muassalarida, oliy o‘quv yurtlarida, ishlab chiqarish korxonalarida turli mavzularda ma’ruzalar o‘qiydilar, suhbat, davra suhbatlari o‘tkazadilar. Tibbiyot xodimlari bolalar va o‘smirlarning jinsiy yetilishi va tarbiyasida yordam beradilar, bu esa ularning kelajakda oilaviy hayotga tayyorlanishida, ota-ona bo‘lishida javobgarlik hissini uyg‘onishida yordam beradi. Perinatal markazlar respublika va viloyat markazlarida tashkil etilib, aholiga akusherlik va ginekologiya xizmatini ko‘rsatish tizilmalaridan biri hisoblanadi. Ular tarkibida skrining markazi, reproduktiv salomatlik markazlari bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida
hozirgi kunda respublika poytaxtida va viloyatlar markazlarida alohida faoliyat ko‘rsatuvchi reproduktiv salomatlik, perinatal, skrining markazlari mavjud.

Download 64.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling