Harakat nomi


Download 18.92 Kb.
Sana16.10.2023
Hajmi18.92 Kb.
#1704855
Bog'liq
sifatdosh va harakat nomi


Sifatdosh — feʼlning funksional shakllaridan biri. Sifatlar kabi predmetning belgisini koʻrsatishga xoslangan va xuddi shu xususiyatiga koʻra Sifatdosh deb yuritiladi. Sifatdosh shakli hozirgi oʻzbek tilida, asosan, gan, vchi affikslari yordamida yasaladi: oʻqigan kitoblarim, kurashga tushuvchi yigitlar. gan affiksi feʼlning zamon kursatkichiga ega boʻlmagan shakliga qoʻshilganda, oʻtgan zamon maʼnosini; feʼlning xoz. zamon koʻrsatkichi boʻlgan shakliga qoʻshilganda, hozirgi zamon maʼnosini; feʼlning hozirgikelasi zamon koʻrsatkichi boʻlgan shakliga qoʻshilganda, hozirgi kelasi zamon maʼnosini bildiradi: kelgan odam, kelayotgan odam, keladigan odam. Sifatdoshning zamoni bevosita nutq vaqtiga nisbatan emas, balki feʼlning aniqlik maylidagi shaxsson bilan tuslangan shakli bildirgan vaqtta, gapning kesimidan anglashilgan vaqtga yoki matndagi biror soʻz bildirgan vaqtga nisbatan belgilanadi. Shu sababli Sifatdosh bildirgan zamon nisbiy zamon hisoblanadi. Koʻchada kelayotgan yigit atrofga bir qarab qoʻydi. Mening sizga aytadigan anchagina gaplarim bor. Bunday koʻrsatkichli Sifatdosh shakllari feʼlning oʻtgan zamon shakllarini hosil qilishda ham qatnashadi: kelgan edi, ketayotgan edi kabi.
Sifatdoshning vchi affiksi bilan yasaluvchi turi predmetga doimiy xos boʻlgan odatdagi harakat belgisini, baʼzan esa kelgusiga oid harakat belgisini bildiradi: Kishini sehrlovchi ohanglar. Bu yerga keluvchi mehmonlarni kutib olamiz. Sifatdosh gapda anikdovchi vazifasida keladi. Slar otlashganda (qarang Otlashuv), otlarga xos sintaktik vazifalarni bajaradi.
Harakat nomi — feʼlning ishharakat nominigina bildiruvchi, zamon, shaxs-son, mayl kabi maʼnolarga ega boʻlmaydigan funksional shakli. Feʼlning bu shakli -(i)sh, -(u)v, moq affikslari yordamida hosil boʻladi; oʻqish, yozuv, aytmoq kabi.
Harakat nomi shakllari ishharakatning baja-rilishi yoki bajarilmasligini va ular bilan bogʻliq maʼnolarni bildirmaydi, balki harakat-holatning oʻzini ataydi, yaʼni harakat-holatning atamasi hisoblanadi. Shuning uchun ham ular otga xos grammatik koʻrsatkichlarni qabul qila oladi, gapda otning sintaktik vazifalarini bajaradi. U rus tilidagi feʼlning noaniq shakli va gʻarb tillaridagi infinitiv shakliga ekvivalentdir. -sh/ish va moq koʻrsatkichlari bilan hosil qilinuvchi shakllar baʼzan lik affiksi bilan qoʻllanishi mumkin: borishlik, bormoqlik. Biroq bu adabiy til uchun meʼyoriy holat emas. -v /-uv affiksi bilan yasaluvchi shakl nisbatan kam qoʻllanadi. U qoʻshilganda, feʼl oʻzagi muayyan oʻzgarishlarga uchraydi: oʻqi— oʻquv, ishla — ishlov. Bu shakldagi koʻplab feʼllar otga koʻchgan: saylov, qistov, tanlov, oʻquv. Harakat nomining har uch shakli ham feʼllarning boʻlishsizlik koʻrsatkichi ma affiksini qabul qilmaydi. Harakat nomining boʻlishsiz shakli -maslik affiksi yordamida hosil qilinadi: bormaslik, kelmaslik, aytmaslik. Boʻlishsizlik shaklining har uchala koʻrsatkich uchun umumiyligi ularning maʼnoga koʻra jiddiy farqqa ega emasligini koʻrsatadi.
Download 18.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling