Hayoti va ijodi


Download 0.95 Mb.
Sana07.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1243573
Bog'liq
AL-FARG\'ONIY


AHMAD AL-FARG’ONIY
HAYOTI VA IJODI
Ahmad al-Farg’oniy (to’liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al- Farg’oniy) (taxminan 798, Farg’ona-865, Misr )- astronomiya, matematika,geografiya va boshqa ilmiy yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatgan o’zbek qomusiy olimi. Sharqda Al-Farg’oniy, Yevropada Alfraganus taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati to’g’risida juda oz ma’lumotlar yetib kelgan.Manbalarda uning Farg’onalik ekanligidan tashqari deyarli boshqa ma’lumotlar saqlanmagan.
Ahmad al-Farg’oniy hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti Abbosiylar sulolasi hukm surgan , Arab xalifaligi jahonning eng yirik saltanatlaridan biriga aylanib, uning ijtimoiy siyosiy va madaniy hayotida Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan kelgan ko’plab mutafakkirlar muhim o’ringa ega bo’la boshlagan davrga to’g’ri keldi.
Al- Farg’oniyning hayoti haqidagi eng so’nggi va eng aniq xabar 861-yil bilan bog’-lanadi. Mavjud ma’lumot-larga ko’ra u shu yili Qohira yaqinidagi Ravza orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suv sathini belgilovchi uskunani yasagan.
Al-Farg’oniy hayotining muddati haqida ham qiyoslar qilish mumkin.

Al-Farg’oniyning nomi oxirgi marta 861-yili Nilning sathini o’lchagich uskunasini ta’mirlash munosabati bilan eslatiladi.Al-Farg’oniyning hayoti haqidagi ma’limotlar juda kam bo’lganligiga qaramay, o’rta asrlarda SHarqda uning nomi mashhur bo’lgan.

Al-Farg’oniyning nomi oxirgi marta 861-yili Nilning sathini o’lchagich uskunasini ta’mirlash munosabati bilan eslatiladi.Al-Farg’oniyning hayoti haqidagi ma’limotlar juda kam bo’lganligiga qaramay, o’rta asrlarda SHarqda uning nomi mashhur bo’lgan.

Ibn an-Nadim (X asr),

Ibn al-Qiftiy(XII asr), Hoji Xalifa (XVII asr) kabi Sharq fihristchilari uni o’z asarlarida eslatadilar.


“Bayt ul- hikma”da tahminan 840-yilga qadar tadqiqotlar olib borgan Ahmad Farg’oniy keyinchalik Damashq va Qohirada chuqur ilmiy va amaliy ishlarni davom ettirib, samarali ijodi bilan kata shuhrat qozondi. O’shandan buyon butun dunyoda uning asarlariga bo’lgan qiziqish davom etib kelmoqda. XII asrdayoq ispan olimlari kremonlik Gerardo, sivilyalik Loann uning
“Yulduzlar ilmi usuli kitob”i asarini arabchadan lotin tiliga tarjima qildilar. Al-Farg’oniy tarjimonlar tomonidan unga berilgan “Alfraganus” nomi bilan dunyoga tanildi. Uning lotin va boshqa g’arb tillariga tarjima qilingan mazkur asari G’arbiy Yevropada to’rt yuz yil davomida falakiyot ilmidan asosiy qo’llanma bo’lib keldi.
Xristafor Kolumb 1492-yilda
“Santa Mariya” nomli kema yetakchiligida uchta kema bilan dunyo okeanlari osha qilgan sayohati davomida al-Farg’oniyning dunyo xaritasidan keng foyda-langanligini alohida e’tirof etgan.XVI asrga kelib G’arbiy Yevropa astronomlari uyushmasi Oydagi krater-larning biriga “Alfraganus”-nomini berishga qaror qilgan.
O’sha davrlarda musulmon mamlakatlarining olimlari
xususan, Ahmad al-Farg’oniy astronomiyani turlicha nomlaganlar: “Ilm al-haya” (shakl haqidagi fan), “Ilm al-Falak”(osmon sferasi haqidagi fan), “Ilm al-nujum”(yulduzlar ilmi). Oxirgi ikki atama bir paytning o’zida ham astronomi-yani ham munajjimlikni ifodalagan.
Abbosiy hukmdor Ma’mun davrida ikkita rasadxona faoliyat olib borardi, biri Bag’dodning Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tepaligida edi.Bu rasadxonalarda Yahyo ibn Abu Mansur, Farg’oniy va boshqa olimlar ishlaganlar. Ahmad Farg’oniy Suriya shimolida, Sinjor sahrosida 832-833 yillar Tadmur va ar-Raqqa oralig’ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda ishtirok etgan.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling