Yahyo ibn Abu Mansur ilmiy merosi


Download 18.48 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi18.48 Kb.
#1566080
  1   2
Bog'liq
MT1.


Yahyo ibn Abu Mansur ilmiy merosi
Xalifa al-Maʼmunning topshirig‘iga binoan olib borilgan astronomik tajribalarning natijasi bo‘lmish „al-Maʼmunning tekshirilgan ziji“ asari o‘sha davrning muhim ilmiy voqeasi bo‘ldi. Asar keyingi davr astronomlari Ibn Yunus as-Sadafiy, Abu Rayhon Beruniy va boshqa olimlar ijodida o‘ziga xos o‘rin egalladi. Asarda qadimgi yunon olimlarining astronomik tajribalari qaytadan tekshiruvdan o‘tgan holda o‘z mujassamini topgan. Maʼlumki, o‘sha davr donishmandlaridan Muhammad al-Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Ahmad al-Marvaziy, Abbos al-Javhariy, Xolid al-Marvarrudiy, Ahmad al-Farg‘oniy kabi olimlar Bag‘dod yaqinidagi rasadxonada amalga oshirilgan tajribalar va ularning natijalarini qayd etib borish, bu qaydlarni kitob shaklida jamlash zahmatini o‘z zimmalariga olganlar. Mana shunday mas’uliyatli tajribalarni boshqarish va tashkil etish vazifasini xalifa Yahyo ibn Abu Mansurga topshirgan. Haqiqatan ham Yahyo ibn Abu Mansur al-Maʼmun huzurida faoliyat ko‘rsatgan ichida, katta obro‘ va mavqega ega bo‘lgan. Olim xalifa tasarrufiga o‘tgan va uning huzuridagi astronomiya ilmida (sinaʼat an-nujum va tasyir al-kavkab) yetuk mutaxassisga aylangan.
Al-Maʼmun yulduzlarni kuzatishga qaror qilganda, u Yahyo ibn Abu Mansur va ismlari kerakli harflar tartibida keltiriladigan boshqa olimlarga murojaat etgan. Al-Maʼmun ularga kuzatuv ishlarini olib borish va (zaruriy) jihozlarni o‘rnatishni topshiradi. Mazkur olimlar bu ishlarni 215—216-hijriy (830—832- milodiy) yillari Bag‘dodning ash-Shammosiya mintaqasi va Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘ida amalga oshirganlar. Astronomik tajribalar 218-hijriy yilida al-Maʼmun vafoti sababli tugatiladi. U ikki tahrir (nusxa)dan iborat „Tekshirilgan zij“, „Madinat as-salom (Bag‘dod) shahrining kengligi uchun (Quyosh) balandligini soatning oltidan biri orqali (o‘lchash) amali“ („Kitab al-’amal li suds saʼat fi-l-irtifaʼ bi madinat as-salam“) asarlarining muallifidir.

Yahyo ibn Abu Mansur asarlari

  1. „Al-Maʼmunning tekshirilgan ziji“ („Az-Zij al-Maʼmuniy al-mumtahan“).

  2. „Osmon falaklari haqida mulohazalar“ („Al-Ibana an al-falak“). Bu asap Beruniyning „Geodeziya“ kitobida zikr etilgan.

  3. „Madinat as-salom (Bag‘dod) shahrining kengligi uchun (Quyosh) balandligini soatning oltvdan biri orqali (o‘lchash) amali“ („Kitab al-’amal li suds saʼat fi-l-irtifaʼ bi madinat as-salam“).

  4. „Uning (Yahyo ibn Mansurning) kuzatishlari jamlangan kitob va boshqalarga kuzatishlar haqidagi risolalari“ („Kitab yahtaviy ala arsad lahu va rasail ila jamaʼa fi-l-arsad“).


Download 18.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling