Referat yozish. ’’Abu Mansur al-Moturidiy buyuk kalom imomi’’mavzusida jajji tadqiqot yaratish
Download 21.81 Kb.
|
tadqiqot.manba
Savol va topshiriqlar. 1. ’’Qaffol ash-Shoshiy-Hazrati imom ‘’mavzusida referat yozish. 2.’’Abu Mansur al-Moturidiy buyuk kalom imomi’’mavzusida jajji tadqiqot yaratish. Javoblar: 1. ’’Qaffol ash-Shoshiy-Hazrati imom ‘’mavzusida referat Re‘ja:
1. Shoshdan chiqqan buyuk fiqhlar. 2. ’’Qaffol ash-Shoshiy-Hazrati imom ‘‘ning tarjimai hollari. 3. Bu kishining O‘rta Osiyoda tutgan nufuzi. 1. Fiqh ilmi rivojlanish bosqichlarida arab bo‘lmagan, ayniqsa, Movarounnahrdan yetishib chiqqan olimlar xizmati ila yuksak darajalarga ko‘tarildi. Abu Bakr Qaffol Shoshiy qatorida Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy, Abulhasan Qosim ibn Imom Abu Bakr, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Tohir ibn Abdulloh Iloqiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud Rizvon Iloqiy, Abu Rajo Mu’mil ibn Masrur ibn Abu Saxl Shoshiy-Xumrakiy kabilar ham ulug‘ allomalar jumlasidandir. Saljuqiylarning buyuk vaziri Nizomulmulk (XI asr) Bag‘dodda Nizomiya madrasasini qurdirgan edi. Bu ilm dargohi zamonasining akademiyasi hisoblanar, o‘qish istagida arab mamlakatlaridangina emas, Samarqand, Buxoro, Shosh kabi Turkiston o‘lkalaridan ham talabalar kelishar edi. Jumladan, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (keyinchalik unga “Mustazhiriy” unvoni ham berilgan) (1038-1114) ham Bag‘dodga kelib, Nizomiya madrasasida o‘qigan, mashhur faqih Abu Is'hoq Sheroziy, Abu Nasr ibn Sabbog‘lardan fiqh ilmini o‘rgangan edi. Bir necha yildan keyin uning o‘zi ham mazkur madrasada mudarris etib tayinlanadi va “hujjatul islom” Abu Homid G‘azzoliy, ustozi Abu Is'hoq Sheroziylar qatorida talabalarga dars beradi. O‘z davrida pguhrat qozongan alloma Shoshiy-Mustazhiriy Bag‘dod faqihlari raisi bo‘lgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Shoshiy (1007-1092) ham fiqh ilmida shuhrat qozongach, «Imom» deya tilga tushdi. Uni G‘azna sultoni o‘z shahriga taklif qilib, izzat-ikrom bilan qarshilaydi. G‘aznada fiqh bo‘yicha asarlar bitadi. So‘ngra uni vazirula’zam Nizomulmulk Hirotdagi Nizomiya madrasasiga mudarrislik qilishga yuboradi. Olim Hirotda vafot etgan. Imom Abu Bakr Kaffol Shoshiyning hayoti va ijodi Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy hazratlari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi Islom olamining movarounnahrlik buyuk allomalari orasida alohida o‘rin egallaydi. Zamondoshlari Hazrati Imom deb ulug‘lagan bu zotningto‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida u kishiga alohida xurmat ko‘rsatilib, nomiga “katta”, “ulug‘” ma’nosini ifodalovchi “kabir” so‘zini qo‘shib yozadilar. Qaffol Shoshiy hijriy 291 (milodiy 903) yili Shoshda tug‘ilib, bolaligi va yoshligi shu yerda o‘tgan. Muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (rahmatullohi alayh) ta’kidlashicha, dastlabki ilmni zamonasining mashhur muhaddisi va faqihi Haysam ibn Kulaybdan olgan. Keyinroq u ilm talabida Movarounnahrdagi ma’rifat o‘choqlari - Samarqand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarda bo‘ladi. O‘zidan oldinroq yashab, bebaho diniy-ilmiy meros qoldirgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi ulamoi kiromlar asarlarini qunt bilan o‘rganadi. Alloma mohir hunarmand ham bo‘lib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. Shu bois “qaffol”, ya’ni qulfchi, qulfsoz degan nom bilan tanilganlar. Bu haqda mashhur tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy (1113-1167) “Al-Ansob” (“Nasabnoma”) asarida bunday yozadi: “Qaffol” - qulfsozlik kasbiga nisbat berilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy Shosh ahlidan bo‘lib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. U zamonasining imomi (peshvosi) bo‘lib, fiqh, hadis, usul, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha tengi yo‘q olim edi. Qaffol Shoshiyning nomi mag‘ribu mashriqqa yoyilgan”. Shayx Muhyiddin Navaviy (1233-1277) ta’kidlashicha, agar Qaffol Shoshiy esga olincha, demak, gap buyuk imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy haqida ketayotgan bo‘ladi, agar Qaffol Marvaziy yodga olinsa, keyinroq yashab o‘tgan Kichik Qaffol haqida so‘z borayotgan bo‘ladi. Shoshiy (Katta Qaffol) nomi tafsir, hadis, usul, kalom ilmlarida takror-takror zikr etiladi. Ammo Marvaziy (Kichik Qaffol) ismi esa fiqhga taalluqli asarlardagina uchraydi “Tahzibul asmo”, 2-jild 556-bet). Milodiy X asrda yashagan Qaffol Shoshiy hazratlari ulug‘ qomusiy allomalardan bo‘lgan. Islom olamidagi obro‘-e’tibori, ilmiy salohiyati xaqida mashhur arab tarixchilari asarlarida ko‘p yaxshi gaplarni bitib qoldirishgan. Jumladan, Ibn Xallikon (1211-1282) “Vafoyotul a’yon” (“Ulug‘ kishilar vafoti sanalari”) kitobida: “Abu Bakr Qaffol Shoshiy zamonasining imomi (peshvosi) bo‘lgan. U fiqh, hadis, usul, tilshunoslik fanlari va she’r san’ati bo‘yicha Movarounnahrda olimlar orasida tengsiz edi. U Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va Sugur (Shimoliy Suriya)ga safar qilgan, uning dong‘i bu o‘lkalarda keng tarqalgan”, deb qayd etadi. Misrlik tarixchi Tojuddin Subkiy (1370 yil vafot etgan) “Tabaqotush shofi’iya al-kubro” (“Shofi’iyaning ulug‘ darajalari”) asarida: “Abu Bakr Qaffol Shoshiy tafsir, hadis, kalom, usul, furu’, lugat va she’riyat ilmlarida hamda zuhd va taqvoda, ochiqqo‘llikda zamonasining peshqadamlaridan bo‘lgan. U ko‘p ilmlar muhofazasida jonkuyar, o‘zi keltirgan narsalarni tahqiq etib, ularni go‘zal tasarruf qiluvchi zamon shaxslaridan biri edi”, deb ta’riflaydi. Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy “Al-Ansob” (“Nasabnoma”) kitobida: “Sayxun daryosi ortidagi, turklar bilan chegaradosh shahar “Shosh” deb ataladi. Bu yerdan ko‘plab imomlar yetishib chiqqan”, deya shoshlik olimlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib, jumladan, Qaffol Shoshiy haqida bunday yozadi: “Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, tafsir, hadis, fiqh, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha zamonasida unga teng keladigan olim yo‘q edi... Naql: Bu Abu Bakr qulfsoz faqih, Fiqh bilan qiyin qulflarni (masalalarni) ochuvchidir. Usulul fiqh ilmi diyorimizda milodiy X asrda shakllana boshlagani ma’lum. Axdi sunna val jamoaning peshvolaridan bo‘lmish Qaffol Shoshiy ilk bor bu ilmga doir asar yozgan. Bu mazhabning fiqhiy masalalarini dastlab Imom Shofi’iy ishlab chiqib, asar yozgan bo‘lsa-da, uni Qaffol Shoshiy taraqqiy ettirdi. Uning huquqshunoslikka doir “Kitob fi usulil fiqh” asari o‘z davrida Islom dunyosida keng ko‘llanilgan. Movarounnahrda shofi’iy va hanafiy olimlari o‘rtasida do‘stona munosabatlar qaror topganining asosiy omillaridan biri shundaki, shofi’iy mazhabi asoschisi Imom Muhammad ibn Idris Shofi’iy bir necha yil Bag‘dodda yashab, Imom Abu Hanifaning eng yaqin shogirdi Muhammad ibn Hasan Shayboniydan hanafiylik ta’limotini o‘rgangan va o‘zlashtirgan. Imom Shofi’iyning Muhammad Shayboniyga katta ehtirom bildirib: “Undan bir tuyaga yuk bo‘ladigan narsalarni yozib olganman”, degani qayd etiladi 2.Abu Bakr Qaffol Shoshiy hayoti va faoliyati haqida so‘zlashdan oldin, ungacha ham Shosh vohasida yuksak ilmiy muhit yaratgan olimlar haqida muxtasar gapirmasak, adolatdan bo‘lmaydi. Zero, ana shu ilm muhiti Qaffol Shoshiy qatorida nafaqat yurtimizda, balki Islom olamida mashhur va buyuk iste’dod sohiblari yetishib chiqishidaunutilmas xizmat qilgani shubhasiz. IX—XII asrlarda Shosh adabiyot, tilshunoslik, mantiq fanlari qatorida hadis va fikh ilmlari ham rivojlangan markazlardan biri bo‘lgan. Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Abu Said Iso ibn Solim Shoshiy, Abu Muhammad Ja’far ibn Shuayb Shoshiy, Abu Is'hoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy, Abu Ali Hasan ibn Sohib ibn Hamid Hofiz Shoshiy, Abulays Nasr ibn Hasan ibn Qosim Shoshiy-Tunkatiy, Abu Is'hoq Ibrohim ibn Xuzaym ibn Qumayr ibn Hoqon Shoshiy kabi ko‘plab toshkentlik muhaddislar Islom olamining turli shaharlaridagi madrasalarda hadis ilmidan saboq berishgani, kutubxonalarda diniy-islomiy ilmlarning ayrim masalalari bo‘yicha munozaralarda yetakchilik qilishgani arab manbalarida yozib qoldirilgan. Shulardan biri - Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiydan buyuk muhaddis Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Ja’far ibn Muhammad Faryobiy va boshqalar hadis ilmini o‘rganishadi. O‘z navbatida, Abu Avonaning jiyani Abu Ali Fazl ibn Abbos Shoshiy ilm talabida Marv va Iroqda bo‘lib, Ali ibn Hajar, Ahmad ibn Hanbaldan hadis sabog‘ini oladi. Yurtga qaytib, ilmini Shosh ahliga yetkazadi va Abu Bakr Qaffol Shoshiy dunyoga kelishlaridan besh yil avval (899 yil) vafot etadi. 3.Sharqshunos olim, marhum Bahriddin Mannonov yozishicha, hijriy IV (X) asrga kelib, Rum imperiyasi ikkiga bo‘linib ketadi. Bu hududning sharqiy qismida qaror topgan mustaqil Vizantiya imperiyasi ta’sir doirasi nafaqat Bolqon yarimoroli va Sharqiy Ovrupada, balki Qora dengiz qirg‘oqlari, Kavkazning g‘arbiy qismi, Kichik Osiyoning sharqigacha bo‘lgan joylarda ham mustahkamlanadi. Konstantinopol xalifalik tasarrufiga o‘tgan hududlarni qaytadan egallashga kirishadi. Shu maqsadda olib borilgan janglarda Vizantiya qo‘shinlari bir necha bor g‘alabaga erishadilar... Vizantiya imperiyasining Bag‘dod xalifaligiga, umuman, Islom olamiga qarshi xurujlari har taraflama avj olib ketadi. Qaffol Shoshiy Islom dunyosining turli o‘lkalariga ilm-ma’rifat izlab, safar qilar, haj ibodatini ado etishga tez-tez Makkaga borar, qaytayotganida Bag‘dodda birmuncha vaqt turib, bilimlarini oshirishga harakat qilar edi. Bir gal u Bag‘dodda to‘xtaganida noxush voqea ustidan chiqib qoladi. Vizantiya imperatorining qo‘mondoni Tag‘fur abbosiylar xalifaligiga tegishli Shomning shimoliy qismi va Antokiyani bosib olib, xalifalik poytaxtiga ham xavf soladi. U Bag‘dod xalifasiga she’riy maktub-tahdid jo‘natadi. Maktubda bunday satrlar bor edi: “Damashqdur ota-bobomiz yurti, Uning zaminiga men sohib o‘zim. Misrni fath etgum shamshirim bilan, Cheksiz sahrolarda kular yulduzim. Undan so‘ng Makkaga qarab yo‘l olsam, Tundek bosib borar botir qo‘shinim. Kuddusga yo‘l olib tolmasman yo‘lda, U yerda tiklagum muqaddas ustun...” O‘sha vaqtda Bag‘dodda ko‘zga ko‘ringan olim va shoirlar ko‘p bo‘lsa ham, hech kim Tag‘furning bu tahdid xatiga javob yozishga botina olmaydi. Xalifa xatga javob yozishni Imom Qaffol Shoshiyga topshiradi. Hazrati Imom dushman xatiga javoban bunday otashin misralarni bitadi: “Qudrat-la quvdik biz sizni Rum sari, Tuyaqush misoli qochdingiz nari. Qochdingiz qontalash kirpi singari, Bizlarni Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) boishar ilgari! Payg‘ambar hurmati, qirmadik sizni, “Bizlarda bor edi shiddat va qudrat. Shom yerin fath etdik bo‘lib zarurat, Misr, Qayravonni, Andalusni ham. Boshingiz majaqlab, zo‘r keldik har vaqt, Baytlahm, xaroba shaharlar qator. Iskandariyada bo‘ldi zafar yor, Quddus, Iyerusalimda g‘alabamiz bor! Sizlarni yengoldik biz mardonavor. Ilmu irfonimiz qadimdan mashhur... Bemaza she’ringiz bo‘lmagay manzur. Bizning ash’orimiz durdona, maqbul, Bilguvchi odamga bag‘ishlar huzur...” “Tabaqotush shofi’iya”da berilgan she’riy misralardan ushbu parchani marhum ustoz Nodirxon ibn Alouddin o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Shubhasiz, Tag‘fur tahdid xati orqali musulmonlarningo‘sha vaqtdagi ma’naviy saviyasini bilmoqchi bo‘lgan. Imom Qaffol Shoshiyning she’riy maktubi esa unga munosib javob, sezilarli zarba bo‘lib tushgan. Hatto Vizantiya adiblari, kohinlari ham: “Musulmonlarning shunday shoirlari borligini bilmas ekanmiz”, deb tan olganlari juda e’tiborlidir. Bu haqda Xoja Ahror Valiyning shogirdi Shayx Abu Ahmad Muhammad Qoziy Shoshiy qalamiga mansub “Silsilatul orifin” (“Oriflar silsilasi”) kitobida batafsil yozilgan: “364 hijriy yilda vafot qilgan Abu Bakr Muhammad ibn Ali Qaffol Shoshiy Kabir zamonasining mashhur ulamolaridan bo‘lib, o‘zlari tug‘ilgan Shosh (Toshkent) shahrida istiqomat qilar edilar. U zot ko‘p marotaba hajga safar qilib, borishda va qaytishda aksar ilmlarini olgan Bag‘dodga kirib o‘tar edilar. Bir galgi safarlarida Bag‘dodga kelsalar, ulamolarning nihoyatda sarosimada qolishganini ko‘rdilar. Chunki Rum podshohi - qaysari ibriy tilida xalifaga bir qasida yuborib, yo pgu qasidaga munosib javob yozasizlar, yo har yili o‘lpon to‘laysizlar yoki urushga tayyorlanaveringlar, deb talab qilgan edi. O‘sha paytda ularning Rum bilan urushishga imkonlari yo‘qligi va talab qilingan o‘lponni to‘lash uchun yetarli mablag‘lari bo‘lmaganidan, qasidaga javob yozishga majbur edilar. Bag‘dodning jami ulamo va fozillari yig‘ilishdi. Lekin qasidaga mos keladigan javob yozishga barchalari ojiz qolishdi. Rum elchisi esa ularni shoshiltirar edi. Shayx Bag‘dodga kirib kelganlarida, turklar yurtidan Bag‘dodga bir zabardast olim kelibdi, degan xabar tarqaldi. Xalifa odam yuborib, u kishi javob qasidasi yozsa, evaziga xohlagan narsasini berishini aytadi”. Qaffol Shoshiy hayoti va faoliyatiga doir ibrat olsa arzigulik bunday xabarlar tarixiy manbalarda ko‘plab uchraydi. Maxdumi A’zam avlodlaridan bo‘lmish Sayyid Ma’sumxon o‘g‘li Xoja Muhammad Hakimxon qalamiga mansub «Intihobut tavorih» asari qo‘lyozmasida ham bu fikrning isbotini ko‘rish mumkin: “Shayh Abu Bakr Qaffol Shoshiyning “Maqomot”larida zikr qilinishicha, Hazrati Shayh o‘z hayotlarini uch qismga bo‘lgan ekanlar. Bir yil Rum tarafga g‘azotga borar ekanlar. U paytda Rum hanuz Islom sharafiga muyassar bo‘lmagan ekan. Bir yil hajga borar ekanlar. Bir yil o‘z viloyatida o‘tirib, xalqni Haqqa da’vat qilar ekanlar”. “...Naql qilinishicha, Hazrati Shayh g‘azotga borib, rumliklar bilan jang qilgan yili ahli Islomga shikast yetib, ko‘pgina musulmonlar bilan birga Hazrati Shayh ham asirga tushadilar. Hazrati Shayhni Rum podshosining oldiga olib kelganlarida, podshoh Hazrati Shayhga boqib: “Sen bu viloyatning odamiga o‘xshamaysan, rostini ayt, qayerdansan?”, deb so‘raydi. Hazrati Shayh: “Shosh viloyatidanman”, deydilar. Podshoh: “Sen mening ibriy tilidagi maktubimga javob yozgan odam emasmisan?” deb so‘raydi. “Ha”, deb javob beradilar. Podshoh deydi: “Sen biz uchun Tavrotni arab tiliga o‘gir, sening va asir musulmonlarning gunohidan o‘taman va ko‘p ne’matlarni in’om qilaman!” Shayx unga: “Mayli, roziman, ammo shartim shuki, Tavrot qanday nozil bo‘lgan bo‘lsa, arab tiliga xuddi o‘shanday tarjima qilaman. Ammo hozir sizlarning qo‘llaringizdagi Tavrot o‘zgartirilgandir!” - deb javob qiladilar. Podshoh darg‘azab bo‘lib: “Agar bu ishni qilmasang, seni asir musulmonlar bilan birga qatl ettiraman!” deb dag‘dag‘a qiladi. Shayh deydilar: “Nimani xohlasang, shuni qil! Men Haqdan nozil bo‘lgan Tavrotdan o‘zga Tavrotni arabcha qilmayman!” Podshoh viloyatning ulamolari va ulug‘lari bilan maslahat qilib, oxiri rozi bo‘lib: “Mayli, sen uni arabcha qil, ammo biz Muhammadning sharhlariga kelganda ko‘zimizni yumamiz va uni o‘qimaymiz!” deydi. Alqissa, Hazrati Shayh Maliki Allomga yolborish va zorlanish bilan ko‘maktilab, Tavrotni arabchalashtirishga kirishdilar. Ozgina fursatda shunday katta ishning uddasidan chiqib, Tavrotni boshdan-oyoq arabcha qildilar. ...Rum podshohi Hazrati Shayxga ko‘p in’omlar berib, ahli Islomning barchasini ozod qildi”. Qaffol Shoshiy esa bu fidoyilikdan ham o‘zi ko‘z ochib dunyoni tanigan Shosh ahliga manfaatlar yetishini istagan. Asarning davomida o‘qiymiz: “O‘n ming asir xalos bo‘lg‘oni bilan Hazrati Imom Bag‘dod xalifasining huzuriga kelib, ko‘p hurmatli bo‘lib, “Mendan tilang”, deganida bir noma tiladilarkim, Toshkent shahrining voliyi, ya’ni hokimining nomig‘akim, qadimgi podshohlardan qolg‘an arig‘lar botil bo‘lib (ko‘milib ketib), Toshkent shahrig‘a suv kelmog‘i mashaqqat bo‘libdir. Imkoni bo‘lsa, viloyat hokimi buyrug‘ingiz bo‘yicha bosh bo‘lib, suvni joriy qilib bersa, dedilar. Xalifa noma yozib, bir yuzu oltmish mingtanga abbosiy xazinasidan berdilarkim, suv uchun chiqib ishlaganlarga ovqat bo‘lsin deb. Hazrati Imom mazkur tanga bilan nomani kelturib, viloyat hokimiga berdilar. Hokim ko‘p xaloyiqni to‘plab chiqub, ko‘p kunlar ariq qazib, band bog‘lab, suvlarni joriy qildi. Holo Toshkent suvi o‘shal Hazrati Imomning tavajjuhlari bilan bo‘lg‘on suvdir”. “Mulhakatus saroh” muallifi bunday yozadi: “Ul zot asrining himoyaga muhtojlik sezmagan (ulug‘) imomi edilar. Uning maxfiy bo‘lmagan tafsir, fatvo va ikkovidan boshqa yuksak tasniflari bor. “Shavohidun nubuvvat” (“Payg‘ambarlik guvohlari”), “Daloyilul qibla” (“Qiblaning dalillari”) va boshqalar kabi. Imom G‘azzoliy, Imom Navaviy va Imom Roziy kitoblari undan (ul zotning kitoblaridan) naql qilish bilan to‘ladir. Ul zot o‘z asrining yagonasi edi. Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiyning yigirma jildlik tafsiri bor. Unda Qur’onning tartibi va lug‘ati bayon qilingan”. Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy hijriy 366 (milodiy 976) yili Toshkentda 75 yoshida vafot etadi. Hozirgi “Hazrati Imom” majmuasi hududidagi Kaykovus arig‘i yoqasidagi qabristonga dafn qilinadi. Uning o‘sha davrlarda qurilgan qabristoni shamollar va vaqt o‘tishi bilan vayron bo‘lib, XVI asrda (1542 yil) Temuriylar avlodi, me’mor G‘ulom Husayn tomonidan qurilgan. Maqbara XVI asr me’morchiligining nodir asari bo‘lib, to‘rt tarafi moviy gumbazli to‘rtburchak shaklda. Bino pishgan g‘ishtdan qurilgan, me’mor-ustalarning ismi va inshootining qurilgan sana keltirilgan tarixiy yozuv tushirilgan koshinlar bilan bezatilgan. Oynalari Toshkentga xos an’anaviy ganch panjaralara bilan bezalgan. Qaffol Shoshiy maqbarasi xonaqohi assimetrik rejalashtirilgan, ko‘p hujrali noyob maqbara turiga kiradi. Xonaqohi majmuiy inshoot ko‘rinishida bo‘lib, o‘z ichiga kelyalar, masjid, dahma, oshxona va boshqa xonalarni oladi. Ular ziyoratchilarga yashash hujralarida qulaylik yaratish uchun qilingan. Qaffol Shoshiy qabrtoshining ikki tomoniga chillaxona qo‘shilgan bo‘lib, maqbaraning bo‘rtgan eshigida joylashgan. Bu yerdan sal pastroqda o‘g‘illari “Buyuk Imom” — Muhammad at-Shoshiy va Nizomiddin Shoshiy maqbaralari joylashgan. Maqbarada, shuningdek, Bog‘doddan Toshkentga kelib, shu yerlarda qolib ketgan Muhammad Nomi va uning otasi Xoja Kalonlar ham dafn etilgan. Bosh binoning janubida kichik hovlida qadimiyroq ko‘mish joyi o‘rin olgan bo‘lib, “sag‘ana” nomini olgan. Maqbaraga kirishda Hofiz Ko‘haqiy va Ulug‘bekning nabirasi, buyuk olimning o‘quvchisi va izdoshi Ali Qushchi dafn etilgan. Kirish qismining chap tarafida taniqli hirotlik shoir, Baraqxonning ustozi Zayniddin Vasifiy dafn etilgan. Buyuk Imomning maqbarasi juda ommabop va butun musulmonlar olamida yuqori ulug‘lanadi. U imonlilarning ko‘zga ko‘ringan tabarruk qadamjosiga aylanib, shaharning eski shahar qismining butun Sebzor aholisi orasida Hazrati Imom nomi bilan tanilgan 2...’’Abu Mansur al-Moturidiy buyuk kalom imomi’’mavzusida jajji tadqiqot . Re‘ja:
1.Abu Mansur al-Motrudiyning tarjimai holi. 2.Kalom ilmi sultoni. 3. Buyuk allomaning ilmiy merosi. 1.Tarix bizga avvalo saboq beradi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Buyuk ajododlarimiz borligini qancha ko‘p bilsak, boshimizni shuncha baland ko‘taramiz, faxrlanamiz, g‘ururlanamiz, ular xotirasi oldida mas’uliyatimiz ham oshadi. Yosh avlodni ajdodlar merosi bilan tanishtirish, kelajakda o‘z vataniga munosib farzand bo‘lishi, ajdodlarimiz bosib o‘tgan yo‘llarni yosh avlodga yetkazib berish maqsadida o‘z tariximizni, ota-bobolarimiz kimligini bilishimiz ham qarz, ham farzligini anglaymiz. Shunday buyuk shaxslardan biri -“Imom al-Xuda” (Hidoyat yo‘li imomi) va “Imom al- mutakallimin” (Mutakallimlar imomi) kabi sharafli nomlarga sazovor bo‘lgan mutafakkir olim Abu Mansur al- Moturidiydir. Abu Mansur al- Moturidiy Samarqandning Moturid qishlog‘ida 870 yilda tavallud topgan va 945 yili Samarqandda vafot etganlar. To‘liq ismlari Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. Ba’zi manbalarda olimning Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida ta’lim olgani qayd etilgan. Abu Mansur al- Moturidiy Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad al-Iyodiy, Imom A’zam mazhabidagi buyuk oilm Nasr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn al-Fadl kabi olimlarni o‘zining ustozi deb bilgan. Abu Mansur al- Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, Hanafiya mazhabi olimlaridan dars olib o‘z bilimini oshiradi. “Moturidiy yashagan davr Islom olamining “Oltin davr” hisoblangan va u taqdir irodasiga muvofiq Islom ilmidagi buyuk kashfiyotlari va bu ilm sohasidagi g‘olibona ilmiy muvaffaqiyatlari evaziga “Abu Mansur” ya’ni “G‘olib ota” martabasiga musharraf bo‘ldilar. Ul zoti muborak “Abu Mansur” nomi bilan shuxrati dunyoga yoyildi, azaliy ilm makoni bo‘lgan Vatanimiz shuxratini ham olamga tanitdi1 ” Abul Muin an-Nasafiy o‘zining “Tabsirat al-adilla” asarida Moturidiy vafot etganida uning shogirdlaridan Abul Qosim Xakim as-Samarqandiy uning qabr toshiga ushbu bitiklarni yozdirganligini aytadi: ”Bu qabr nafaslari miqdoridagi ilmlarni o‘zida jam etgan, bor kuchini u ilmlarni tarqatish va o‘rgatish bilan tugatgan, bas, shuning uchun diniy asarlari maqtovga sazovor bo‘lgan va o‘z umridan serhosil mevalarni olishga erishgan zotning qabridir”. Abu Mansur al-Moturidiy sunniy e’tiqodidagi ikki yirik yo‘nalishdan biri bo‘lmish Moturidiya yo‘nalishining asoschilaridan hisoblanadi. Imom Moturidiyning barcha asarlari sof islomiy ta’limotga da’vat qilganligi bilan juda ahamiyatlidir. ”Tavilotu axli as-sunna”(Sunnat ahlining izohlari)-ushbu asar tavsir ilmiga bag‘ishlangani uchun “Tavilot al-Qur’on” deb ham ataladi. Sakkiz jilddan iborat bo‘lgan bu kitobida Abu Mansur al-Moturidiy islomiy aqidaga nisbatan turli qarashlarni bayon etib, ularga axli sunna aqidasi asosida baho beradi va shu orqali Qur’oni Karimni tafsir qiladi. Bu asar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik universiteti fondida saqlanadi. ”Tavilot”ning birinchi jildi Qohirada 1971 yilda Ibrohim Avadayn va as-Said Avadayn tomonidan nashr etilgan. ”Kitob at-taxvid” (Allohning yagonaligini isbotlash kitobi). Ushbu asar Moturidiya kalom maktabi a’zolarining birlamchi manbalaridan bo‘lib kelgan va axli sunnat val jamoa e’tiqodini bayon etishda, o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur asar bizning davrimizga yetib kelgan va u 1970 yilda Fathulloh Xulif tomonidan Bayrutda nashr etilgan. Abu Mansur al- Moturidiy nafaqat fiqh, kalom ilmiga oid, balki boshqa fanlarga oid asarlar ham yozgan deb aytish mumkin. O‘zFAning Beruniy nomidagi Sharqshunoslik universititeti fondida saqlanayotgan al-Moturidiyning ovchilikka oid asari bunga dalil bo‘ladi. Bu asarning bir qo‘lyozma nusxasi “Risloa jonivor doriy”1 (Jonivorlarga oid risola) deb nomlangan bo‘lib, unda ovchi qushlarni boqish haqida fikr yuritiladi. Bu asarda ovchi burgutlarning har xil zotlari, ularning tashqi ko‘rinishlari, oziqlantirish, ovga yaroqliligi bilan bir qatorda ko‘paytirish izlari va chatishtirish usullari kabi masalalar haqida gap boradi. Buyuk allomaning yana “Ma hazi ash-shari’a”(Shariat asoslari sarasi),”Kitob al-jadal”(Dialektika haqida kitob),”Kitob al-usul(Diniy-ta’limot usuli kitobi), “Mo‘tazilalarning gumonlari bayoni”, “Qarmatiylarga raddiya”, “Al-Kabiyning “Avvalgi dalillar” asariga raddiya”, ”Rofiziylarning ba’zisiga imomat masalasida raddiya”, “Beshta asos” asariga raddiya”, “Sha’riy yo‘llarning manbasi”, “Eng katta fiqh”ga sharh”, “Aqidalar haqida kitob”, “Boshlovchilarga yo‘llanma” kabi qimmatli asarlari mavjud. Alisher Navoiy o‘zining “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” nomli tazkirasida Abu Mansur al- Moturidiy to‘g‘risidagi vasfni zo‘r mahoratda yozgan edilar. ”Shayx Abu Mansur al- Moturidiy quddisa sirruxu. O‘z zamonining a’lami ulamosi ermish. Ul vaqt ulamosi alarni Sultonul mu’izzuddin der ermishlar. Zohir va botin ulumi (ilmlari) bila orosta (bezatilgan) ermishlar. Alardin g‘arib holot manquldur..”. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Imom al-Moturidiy dunyo tan olgan alloma hisoblanadi. Yuqorida ulug‘ allomaning boy ijodiy merosidan ba’zilari to‘g‘risida qisman fikr yuritdik, xolos. Uning din, ilm-fan va madaniyatga qo‘shgan ulkan hissalari asrlar o‘tsada o‘z qiymatini yo‘qotmaydi, biz avlodlar xotirasida abadiy qoladi. 2. Moturidiy, Abu Mansur al-Moturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "Imom al-hudo", "Imom al-mutakallimin" ("Hidoyat yoʻli imomi", "Mutakallimlar imomi") nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻi (hozirgi Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan. Moturidiy Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqihlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abul Hasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abul Mu'in an-Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi. Stamps of Uzbekistan, 2007-44.jpg Moturidiyning asosiy asarlari "Kitob at-tavhid" ("Yakkaxudolik haqidagi kitob"), "Taʼvilat ahl as-sunna" ("Sunniylik anʼanalari sharhi")dir. "Kitob at-Tavhid" bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, naql — rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi taxlil etilgan. Moturidiy "Din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir", deb taʼkidlagan edi. 3.Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juzʼiy ixtiyor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. "Maʼ-xaz ash Shariʼa" ("Shariat asoslari sarasi"), "Kitob al-usul" ("Diniy taʼlimot asoslari kitobi"), "Kitob al-jadal" ("Dialektika haqidagi kitob") kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi va ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taklif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va fiqhga oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan "Taʼvilot al-Qurʼon" asari va uning uzviy davomi hisoblanmish "Irshad al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalami Robbil 'alamin" ("Qurʼon oʻqishga kirishganlar uchun qoʻllanma") kitobi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Mamlakatimizda Moturidiy merosini oʻrganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. OʻzR Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000 yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Prezident I. Karimov tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi (qarang Moturidiy yodgorlik majmui). Toshkent va Samarqandda Moturidiy taʼlimoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazildi. Moturidiy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy merosini oʻrgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. 2001 yilda Gyottin-gen (GFR) untining prof. Ulrix Rudolf qalamiga mansub "Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti" kitobi oʻzbek tilida nashr etildi. 2002 yilda mazkur kitobning keng ommaga, jumladan, oliy oʻquv yurtlarining talabalari va oʻrta maktablarning yuqori sinf oʻquvchilariga moʻljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz Moturidiy merosi bilan oʻz ona tilida tanishish imkoniga ega boʻldi. Kalom ilmida moturidiya oqimining asoschisi, Islom olamida Imom-ul-Hudo (Hidoyat imomi) deb tanilgan buuk ilohiyot olimi, faqih, shayx Muhammad ibn Mahmud al-Xanafiy al-Moturidiy 870 yilda Samarqandning Moturid mavzesida tug‘ilgan. Dastlab maktabda savod chiqarib, keyin madrasa ta’limini olgan. Imom al-Moturidiy Imom Ash’ariy, Rudakiy, Abul Hasan Balxiy, Farobiy kabi olimlar bilan bir zamonda yashab, imom Muhammad al-Buxoriyni o‘zining ma’naviy ustozi, deb bilgan. Alisher Navoiy Imom al-Moturidiyning sha’nini ulug‘lab, u kishiga “Buuk ulamolar sultoni” dea yuksak baho bergan. IX-X asrlarda Islom dinini noto‘g‘ri targ‘ib va talqin qiluvchilar ko‘payganligi sababli Imom al-Moturidiy o‘zining asarlari bilan ularga qarshi kurashadi. Uning “Kitob al-Tavhid” asari alohida o‘rin tutadi. Imom al-Moturidiy 944 yilda Samarqandda vafot etadi va shahardagi Chokardiza qabristoniga dafn etiladi. Yurtboshimiz rahnamoligida 2000 yilda allomaning 1130 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi, imom qabri ustida yangi maqbara barpo etildi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan maqbara 2000 yilda Samarqandning Chokardiza qabristonida bunyod etilgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy-diniy merosining xalqimiz ma'naviy-ruhiy hayotidagi o'rni beqiyosdir. U Islom olamida "Imom al-huda" (Hidoyatga boshlovchi imom) va "Imom al-mutakallimin" (Kalom olimlarining imomi) degan sharafli unvonlar bilan mashhur bo'lgan. Ismlari Muhammad, "Moturidiy" taxallusini Samarqandning Moturid qishlog'ida tavallud topganliklari uchun olganlar. Manbalarning dalolat berishicha, Al-Moturidiy fiqh va kalom ilmi bilan yoshlikdanoq qiziqib, hanafiy mazhabi olimlaridan tahsil olgan. Ko'plab mashhur faqih va muhaddislar bilan muloqotda bo'lgan, butun umri davomida shu sohaga oid ko'plab asarlar yozib qoldirgan. "Kitob at-tavhid", Kitob maqomat", "Tavilot ahl as-sunna" asarlari shular jumlasidandir Download 21.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling