Referat. Referat turlari. Referat tarkibidagi klishelangan jumlalar. Referat haqida umumiy ma’lumot. Referat va uning turlari. Referatga qo‘yiladigan talablar


Download 0.67 Mb.
Sana03.12.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1798172
TuriReferat
Bog'liq
13-mavzu. Referat va uning turlari.

MAVZU: Referat.Referat turlari. Referat tarkibidagi klishelangan jumlalar.

  • 1. Referat haqida umumiy ma’lumot.
  • 2. Referat va uning turlari.
  • 3. Referatga qo‘yiladigan talablar.

Reja:

REFERAT- lotincha “referre” so‘zidan olingan bo‘lib, “bildirmoq”, “bayon qilmoq”, “xabar bermoq” degan ma’nolarni anglatadi.

Referat bu- Muayyan mavzuga bag‘ishlangan, ilmiy, badiiy va boshqa manbalarning sharhini qamrab oluvchi umumiy mazmunning qisqacha yozma bayoni hisoblanadi.


Referatning o’ziga xosligi:
matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.
Matnni boshqa ilmiy matnlaran qanday farqli jihati bor degan savolga javob topadi.

Bayonning to'liqligi bo’yicha :




Axborotli (referat – konspektlar)

Indikativ (referat – rezyumelar)

Referatlanadigan manbalar soni bo'yicha:





1.Monografik

2. Tahliliy

Referatning tuzilishi :

TITUL SAHIFASI



  • Bunda referat yozuvchi shaxs haqidagi ma’lumotlar to‘liq berilishi talab etiladi.
  • O‘qish, yoki ish joyi.
  • FISh
  • Referat yozilayotga fan nomi
  • Referat mavzusining nomi
  • Bajarilayotgan yil

Reja tuzish tartibi:



I. Kirish (mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifasi yoritiladi)
II. Asosiy qism ( mavzuga mos ravishda eng kamida 2ta bob va har biri 2 paragrafni tashkil etishi lozim)
III. Xulosa (nazariyma’lumotlar xulosalanadi)
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ( 3tadan kam bo‘lmagan ilmiy yoki badiiy asar, oxirida internet saytlari beriladi)

Referatning hajmiga qo’yiladigan talab:



20-25 sahifadan kam bo‘lmasligi hamda kirish qismidan boshlab (3) sahifa raqamlanishi lozim bo‘ladi.
Referatga oid ilova qo‘shish ixtiyoriydir.

Referat matnidagi klishelangan iboralar va so’z birikmalari


(Muallifning F.I.Oi.) «……….» asarida … berilgan.
«Kirishda ko’rsatilishicha, ..»
«Muallifning hisoblashicha, …»
Muallif shunga asoslanadiki, …. Shu bilan birga u … shunday deb hisoblaydi.
«1-bobda … masalasi yoritiladi»
«2-bobda … tadqiq qilinadi»
« … haqida gapirganda, muallif … deb ta’kidlaydi»
«Ishda, shuningdek … ga e’tibor qaratiladi»
«Shunday qilib, muallif… degan xulosaga keladi»
« 3-bobda… tadqiq qilinadi, … ko’rib chiqiladi»
«… zarurligi belgilanadi»
«Mazkur mavzuni o‘rganish natijasida xulosaga keldimki, …

Adabiyotlar ro’yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi:
1. O‘zRes qonunlari.
2. O‘zRes Prezidenti farmonlari.
3. O‘zRes hukumati qarorlari.
4. Me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar.
5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar.
6. Internetdan olingan axborot manbalari.
Asosiy adabiyotlar:
Internet manbalari:

Savol va topshiriqlar:

  • Referat qanday uslubga kiradi?
  • Referat tayyorlashda nimalarga e‘tibor beriladi?
  • Referat mavzusi jihatdan qanday turlarga bo‘linadi?
  • Referat qanday tuzilishga ega?
  • Referatning tarkibiy qismlari qanday?
  • Referatning kirish qismida qanday fikrlarga e’tibor beriladi?
  • Referatning asosiy qismida qanday fikrlarga e’tibor beriladi?
  • Referatning xulosa qismida qanday fikrlarga e’tibor beriladi?

Uyga vazifa:

  • Mutaxassislik faniga oid bo‘lgan mavzuda referat yozib kelish.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling