Hayratul-abror


Sin”i salomat yo‘lining ziynasi, Balki saodat yuzi oyinasi. “Sin


Download 23.25 Kb.
bet2/3
Sana29.01.2023
Hajmi23.25 Kb.
#1138570
1   2   3
Bog'liq
7-ma\'ruza (2)

Sin”i salomat yo‘lining ziynasi,
Balki saodat yuzi oyinasi.
Sin” – shahodat olamining quvvatini ifodalash bilan birga, kamtarlik va muloyimlikni tamsil etuvchi harfdir. Navoiy baytida “ahli qabul”ning kamtarligi va muloyim tabiatliligi bois saodat oyinasida yuz ko‘rsatganligini ifodalab bergan.
Lom”lari borcha livoyi zafar,
Berib anga jilva havoyi zafar.
Visol ishtiyoqidagi oshiqning yodu xayolini ma’shuqa zikri egallaydi. U har dam ilohiy muhabbat shavqini tuyib, hijron ayriliqlariga bardosh beradi. Barcha noqisliklarni bartaraf etib komillikka erishadi. Demak, “lom” qusur kamchiliklardan qozonilgan “livoyi zafar”dir.
Ho”si huvviyatni qilib jilvagah,
Lom”i bila qoyili “al mulku lah”.
Huvviyat – Haq taoloning o‘zligi, Zotini ifodalaydi. “Ho” – esa zuhur, huzur, vujud e’tibori bilan qaralgan Zotdir. “Lom” harfining talaffuzida “lom”, “alif”, “mim” harflari ishtirok etib, “al mulku lah”ni qoyil aylaydi. Demak, Olloh qudratli va boqiydir. Jami borliq Uniki – ya’ni mulk Unikidir. Mazkur ifodaning tagzamini Qur’oni Karim. Ayniqsa, “Fotir”, “Hadid”, “Tag‘obun”, “Buruj” suralarida bu masalaga keng e’tibor qaratilgan.
Ravzayi jannatg‘a eshik “ro”lari,
G‘unchai vahdatg‘a beshik “ho”lari.
Ushbu baytdan boshlab basmalaning “rahmonir rahim” qismi sharh etiladi. Ma’lumki, rahmon hammaga: kofirga ham, mo‘minga ham rahmli va rizq beruvchidir. Rahim sifati esa, qiyomatda faqat mo‘min bandalarigagina shafqat qiluvchi ma’nosini anglatadi. Shu bois, ulamoyi kiromlar “Olloh xulqi bilan xulqlaninglar” deb har bir insonni rahimli bo‘lishga chaqirgan. Shoir e’tiroficha, “jannatning eshigi” “ro”, ya’ni yovuzlikka ezgulik, yomonlikka yaxshilik bilan harakat qilmoqlik bo‘lsa, Haqqa etishishning “beshigi” “ho” – nafsga qahrdir.
Mim – ki, nundin qilibon intiho,
Jong‘a qo‘yub minnat – i bemuntaho.
Darhaqiqat, “Rahmon” sifatining ikkinchi bo‘g‘ini “
Download 23.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling