Hazm tizimi filogenezi va buzulishlari. Reja: Ovqat hazm qilish fiziologiyasi


Download 160.16 Kb.
bet1/2
Sana20.11.2023
Hajmi160.16 Kb.
#1787383
  1   2
Bog'liq
4-mavzu Hazm tizimi filogenezi va buzulishlari

Hazm tizimi filogenezi va buzulishlari .

Reja:

1. Ovqat hazm qilish fiziologiyasi.

2. Tarixiy va individual rivojlanish.

3. Hazm tizimining anatomiyasi.

4. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari.


  • Ovqat hazm qilish - organizm iste'mol qilgan oziq moddalarni tarkibiy jihatdan o‘zlashtira oladigan darajagacha fizikaviy va kimyoviy qayta ishlash jarayonlaridir. “Ovqat hazm qilish fiziologiyasi” “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”ning bir bo‘limi bo‘lganligi uchun mazkur fanga aloqador bo‘lgan barcha yo'nalishlar bilan yaqindan bog'liqdir. Hazm fermentlari tomonidan oziqa polimerlarining parchalanishi biokimyoviy usullar bilan, so‘rilish jarayonlari esa biofizikaviy va biokimyoviy yondashishlar orqali o‘rganilganligi va tushuntirilganligi uchun mazkur fanda ma’lumotlar faqat fiziologik usullardan tashqari biokimyoviy va biofizikaviy usullar asosida ham olinadi. Hazm fiziologiyasini o‘rganishda turli fizikaviy (ballonografiya, elektrogastrografiya va boshqalar), matematik (statistika, kimyoviy va fizikaviy yuklamalarni berish, matematik modellash, turli a’zolarning funksional sig‘imlarini aniqlash va boshqalar) usullar qollanganligi bu fanning flzika, matematika kabi fanlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

  • Tarixiy va individual rivojlanish davomida hazm tizimi organizm murakkablashuvi tufayli ham o‘zgaradi. Shuning uchun hazm fiziologiyasi evolutsion, solishtirma va yoshga oid fiziologiya bilan bog‘liq. Organizmning rivojlanish darajasiga qarab unda hazm jarayoni turlicha amalga oshadi. Eng sodda hayvonlarda oziq moddalaming gidrolizi, asosan, vakuola va sitoplazma ichida bo'lsa, yuqori rivojlangan hayvonlarda oziq moddalaming hujayraviy parchalanish jarayoni lizosomalarda va vakuolalarda ro‘y beradi. Enterotsitlar va hazm kanali devorining boshqa qismalarida tarkibiy farqlar hazm jarayonining samaradorligini belgilaydi. Demak, hazm fiziologiyasi fanida sitologik va gistologik ma’lumotlardan ham foydalaniladi. Odam va hayvonlar hazm tizimida 400 dan ortiq obligat, simbiont va parazit mikroorganizmlarning va qator gelmintlaming mavjudligi ovqat hazm qilish fiziologiyasi mikrobiologiya, tibbiy parazitologiya va gelmintologiya fanlari bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Hazm jarayonini amalga oshirishda hazm tizimidan tashqari asab va gumoral boshqaruv mexanizmlari, qon bilan ta’minlanish, muskullarning harakati, ayiruv a’zolar ishtirok etganligi uchun bu fan barcha funksional tizimlarning (asab, yurak-tomir, ayiruv, endokrin) fiziologiyasi bilan bog'liq bo'lib, ovqatlanish fiziologiyasining nazariy asosi sifatida xizmat qiladi. Ovqat hazm qilish fiziologiyasi qator fanlar bilan bog'liq bo'lishiga qaramay, uning quyidagi xususiy vazifalari mavjud:

  • - Turli sharoitda hazm tizimidagi tarkibiy va funksional o'zgarishlar o‘rtasidagi bog'liqlikni aniqlash;

  • - Hazm tizimining boshqa funksional tizimlar bilan aloqasini o'rganish;

  • - Hazm jarayonini o'rganuvchi usullarni takomillashtirib, yangi usullarni yaratish;

  • - Hazm a’zolarining ovqatning assimilatsiyasi bilan bog'liq bo'lmagan funksiyalarini o'rganish;

  • - Ekologik omillar hamda kasalliklar ta’sirida hazm a’zolarining oziqaning о'zlashtirishidagi ishtirokini tekshirish, individual hayot davomida hazm tizimining ta’sirchanligini aniqlash;

  • - Hazm a’zolarining boshqa funksional tizimlar bilan aloqalarini aniqlash, amaliy diyetologiya va gastroenterologiya uchun tavsiyalar ishlab chiqish;

  • - Hazm jarayonining biokimyoviy, biofizikaviy, molekular va genetik asoslarini yoritish;

  • - Hazm jarayonining tarixiy va individual evolutsiyasini o'rganish, uning yanada rivojlanishi haqida aniq fikrlar ishlab chiqish.

  • Hazm tizimining anatomiyasi Ovqat hazm qilish yo'li diametri turlicha bo'lgan uzun kanal shaklidagi tuzilma bo'lib, u qorin bo‘shlig'ida joylashgan Asosiy sekretor a’zolar hazm kanalining tashqarisida joylashgan bo‘lib, bularga ovqat hazm qilish jarayonida og'z bo‘shlig'iga ochiladigan uch juft so'lak bezi (quloq oldi, til osti va jag‘ osti), ingichka ichakning o'n ikki barmoqli ichak bo'limiga ochiladigan jigar (o't yo'li orqali) va me'da osti bezlari kiradi. Butun hazm yo'lining shilliq qavatida joylashgan juda ko'p sonli mayda bezlarning yo'lari ham hazm kanaliga ochiladi. Tishlar hazmda ishtirok etuvchi yordamchi moslama bo'lib, oziq moddalarning mexanik ishlovida ishtirok etadi. Ovqat hazm qilish kanali o‘z ichiga og'iz bo‘shlig'i, xalqum (tomoq), qizilo'ngach, ingichka va уo'g'on ichaklarni olib, anal teshigi bilan tugalianadi. Hazm kanali atrofidagi organlarga barcha hazm bezlari, tishlar va qorin pardasi kiradi.

  • Og'iz boo'shligi (cavum oris) old tomondan lablar, yon tomondan lunj, yuqori tomondan tanglay, past tomondan til va ogiz bo'shlig'ining tubini hosil qiluvchi mushaklar hamda orqa tomondan xalqum bilan tutashtirib turuvchi kichik tilcha (isthmus faucium) bilan chegaralangan .

  • Jag'ning alveolar o'simtalari tishlar bilan birgalikda og'izni oldingi (vestibulum oris) va asosiy og'iz bo‘shlig'iga (cavum oris proprium) ajratadi. Lablar (labia oris), asosan, tashqi tarafdan teri va shilliq qavatlar bilan qoplangan ikkita mushak buramalardan - yuqori (labium superius) va pastki (labium inferius) lablardan iborat bo'lgan tuzilmalardir. Lablarning mushaklari ogizning yumaloq mushagi va g'ovak biriktiruvchi to'qima hisobiga hosil bo'lib, uchta qismga bo'linadi: teri (pars cutanea), hamda oraliq (pars intermedia) va shilliq qavatlar (pars mucosa).

  • Lunjlar (buccae) tashqaridan teri bilan, ichki tomondan og'izning shilliq qavati (tunica mucosa oris) bilan qoplangan. Ikkala qavat o‘rtasida lunj mushagi (m. buccinators) joylashgan. Lunjlarning shilliq qavatida bezlar (glandulae buccales) mavjud boiib, ularning yo'lari og'iz Ikkinchi katta oziq tishning ro'parasida har bir lunj shilliq qavatida quloq oldi bezning so'ig'ichi (papilla parotidca) bo'lib, undan quloq oldi bezining so'lak yo'li (ductus parotideus) og'iz bo'shlig'iga ochiladi. Tanglay (palatum) yumshoq va qattiq tanglaylarga ajratiladi. bo'shlig'iga ochiladi.

  • Yo‘g‘on ichak (intestinum crassum) uch qismdan: ko‘richak, chambar va to‘g‘ri ichaklardan iborat . Chambar ichak o‘z navbatida. to‘rt qismga: yuqoriga ko‘tariluvchi, ko‘ndalang, pastga tushuvchi va sigmasimon chambar ichaklarga bo‘linadi. Yo‘g‘on ichakning uzunligi katta yoshli odamlarda 1,5-2,0 metr atrofida bo‘ladi. Ichakning diametri boshlanish qismida 7 sm, oxirida esa 4 sm chamasida bo'ladi. Yo‘g‘on ichak devori shilliq qavat, shilliq osti qavat, mushak va seroz qavatlardan tashkil topgan. Shilliq qavat serburma va vorsinkalari kam bo'ladi. Shilliq parda epiteliysi bir qavatli, prizmatik, ustunsimon epiteliositlardan, qadoqsimon ekzokrinotsitlardan va juda kam uchraydigan endokrinotsitlardan iborat. Shilliq osti qavatda yog‘ hujayralar, tomir va asab chigallari joylashgan. Mushak tolalari ichki - aylanma va tashqi - bo‘ylama qavatlardan iborat bo'lib, bo‘ylama qavat uchta tasmacha shaklida - teniyalarga yigilgan. Ichakning teniyalari oraliqlaridagi qismi mushak tolalari kam bo'lganidan bo‘rtib chiqadi.

  • . Ikkala mushak qavati oraligida elastik tolali biriktiruvchi to‘qima, qon-tomirlar va asab chigallari to‘plangan. Tashqaridan yo‘g‘on ichakni seroz qavat qoplab turadi.

  • Ko‘richak (cecum) shakli bir tomoni yopiq bo‘lgan qopga o‘xshash, yonbosh ichakka tutashadigan joydan pastroqda joylashgan. Ko‘richak to‘la (peritoneal) yoki uch tomondan (mezoperitoneal) qorin parda bilan qoplangan bo‘lishi mumkin.Uning orqa devorida ileosekal burchagidan 0,5-5,0 sm pastroqda chuvalchangsimon o‘simtasi (appendix vermiform-mis) joylashgan.

  • Chambar ichak (colon) joylashuvi jihatdan ingichka ichak chigalini o‘rab turganga o‘xshaydi. Yuqoriga ko‘tariluvchi chambar ichak o‘ng tomonda, ko‘ndalang ichak yuqorida, pastga tushuvchi ichak chapda, sigmasimon ichak ham chapda va qisman pastda joylashgan bo‘ladi. Yuqoriga ko‘tariIuvchi chambar ichak (colon ascendens) ko‘richakning davomi bo‘lib, jigarning pastki sathiga yetib, chapga buriladi, ventral tomondan ko‘ndalang chambar ichakka o‘tib, yo‘g‘on ichakning o‘ng burmasini hosil qiladi.

  • Ko‘ndalang chambar ichak (colon transversum) pastga tushuvchi ichakka va keyin sigmasimon ichakka oiadi. Ko'ichak va chambar ichaklarning devori shilliq, mushak va seroz qavatlardan iboratdir. Mushak qavati (tunica muscularis) ikkita: bo‘ylama va aylanma qavatlardan tashkil topgan. To‘g‘ri ichak (rectum) yo‘g'on ichakning oxirgi bo'lim bo'lib, kichik chanoq suyaklari sohasida joylashgan. To‘g'ri ichak ikki qismdan: jom va oraliq sohalardan iborat .Birinchi qismi ampuladan yuqori va keng ampula qismlaridan (ampulla recti), ikkinchi qismi orqa chiqaruv kanali (canalis analis) dan iborat bo'lib, qorin parda bilan o'ralmagan. Ampuladan yuqori bo'gan qismi seroz qavatga ega bolib, kalta va qalin ichak tutkichga ega.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling