Hisoboti I. O‘quv va o‘quv uslubiy ishlar


Download 45.5 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1683233
Bog'liq
Boynazarova Gulbahor amaliyot hisobot

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetistika Folklorshunoslik va dialektologiya mutaxassisligi magistranti Boynazarova Gulbahorning ilmiy tadqiqotchilik, ilmiy-pedagogik faoliyati hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha noyabr oyi uchun


HISOBOTI
I. O‘quv va o‘quv uslubiy ishlar:



  1. O‘quv rejadagi fanlarimiz yuzasidan berilgan topshiriqlarni ishlab chiqdik. Mustaqil ta’limga berilgan mavzular yuzasidan adabiyotlarni o‘qidik. Mavzularni o‘zlashtirdik.

  2. Barcha fanlar yuzasidan ma’ruzalarni muntazam tingladim. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘z taqdimot ishlarimiz bilan ishtirok etdik. Amaliy mashg‘ulotlar yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar, xorijiy adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarni o‘qib chiqdim. Ushbu mavzular yuzasidan taqdimot ishi tayyorladim.



II. Ilmiy tadqiqot ishlari:



  1. Magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilardan ilmiy maslahat oldik.

  2. Mavzuyim doirasida NLDning boshqa fanlar bilan aloqasini o‘rganib, tahlil qilib chiqdim. Bunda turli chet el adabiyotlaridan foydalandim.

  3. 2021-yilda dissertatsiya mavzuyimdan kelib chiqib maqola tayyorladim.



Ш. Ilmiy pedagogik ishlar:



  1. Ilmiy kengash qarorlari va “Xalq og‘zaki ijodi” to‘garagining bayonnomalari bilan tanishdim.

  2. O`zimga biriktirilgan guruhdagi dars jarayonlari bilan bir qatorda boshqa dars mashg‘ulotlarida ham ishtirok etdim.



Ilmiy rahbar: f.f.d., prof. Nurnoy Jabborov
Amaliyot rahbari: Abdumurod Tilovov
Magistrant: Boynazarova Gulbahor
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Folklorshunoslik va dialektologiya yo‘nalishi 2-kurs magistranti __Boynazarova Gulbahorning ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti yuzasidan
HISOBOTI
Men ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyotni _Folklorshunoslik va dialektologiya yo‘nalishi kafedrasida olib bordim. Amaliyot davomida bizga biriktirilgan professor-o‘qituvchilarning dars jarayonlarida, xususan, ilmiy rahbarim ___Nurboy Jabborov_va amaliyot rahbarim Abdumurod Tilovov bilan birgalikda I kurs 104-guruhda "O‘zbek folklori" fanidan o`tilgan ma`ruza va amaliy mashg‘ulotlarda bevosita ishtirok etdim.
Ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyotimizning asosiy maqsadi nazariy bilimlarimizni mustahkamlash, kasb ko‘nikmalarimizni hosil qilish va takomillashtirish, mutaxassislik mahoratimizni oshirishdan iborat. Belgilab qo‘yilgan maqsadimizdan kelib chiqib o‘z oldimizga quyidagi vazifalarni qo‘ydik:
– kasbiy-amaliy malaka va ko‘nikmalarni tarkib toptirish;
– amaliy bilimlarni mustahkamlash, kengaytirish;
– amaliyot uchun tanlangan obyektning ilg‘or tajribalarini o‘rganish;
– kasbiy muammolarni aniqlash va uni hal etish usullarini egallash;
– ichki tartib-qoidalar va xavfsizlik qoidalariga rioya etish ko‘nikmasini
tarkib toptirish;
– ishga ijodiy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– tajribali mutaxassislar bilan suhbatlar o‘tkazish;
– yuqori malakali, ko‘p yillik ish tajribasiga ega soha mutaxassislarining ish tajribalarini, tadqiqot olib borish, materiallarni tahlil qilish sir-asrorlarini o‘rganish;
– ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyot davomida sohaning eng yangi yutuqlarini o‘rganish hamda magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi uchun zarur bo‘lgan manbalarni yig‘ish, ularni universitetdagi mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda tahlil qilish, zarur bo‘lgan tajriba-sinovlar o‘tkazish.

Vazifalardan kelib chiqib, amaliyot davrida talabalarga dars o‘tishdan oldin amaliyot rahbarimning ularga o‘tadigan darslarini kuzatdim va dars o‘tish tartibini o‘rgandim. Rahbarimning yordami bilan adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirdim. Guruhlarda amaliy va seminar darslarida kuzatuvchi sifatida o‘tirdim va amaliyot rahbarim menga tegishli bo‘lgan ko‘rsatmalarni berdi va ish hujjatlarini yuritishni o‘rgatdi.


Ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyotda mustaqil ravishda olgan nazariy bilimlarimni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashga, ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyotda o‘rgangan hujjatlarim va ma’lumotlarni ilmiy va mantiqiy bayon qila olish, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymaslikka, amaliyot bo‘yicha materiallarning nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish, mustaqil, erkin fikrlash qobiliyatini namoyon etish, amaliyot bo‘yicha berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob berish, berilgan mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajarish, ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyot bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘zlashtirishga harakat qildim.
Amaliyot davomida talabalarga o‘tish kerak bo‘lgan mavzularni foydali va qiziqarli tashkillashtirish uchun kutubxonaga borib mavzular bo‘yicha kerakli ma’lumotlar to‘pladim.
Bundan tashqari, kafedrada professor va o‘qituvchilardan amaliyot uchun kerakli maslahatlarni oldim. Shuningdek, talabalar bilan birga internet tarmog‘i orqali o‘zlashtirish qiyinroq bo‘lgan mavzularni qaytadan ko‘rib chiqdik. Har bir darsni qiziqarli tashkillashtirish uchun tarqatma materiallar tayyorladim.
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling