Husnixat fanidan oraliq nazorat ishi


Download 26.87 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi26.87 Kb.
#106434
Bog'liq
HUSNIXAT


URDU PEDAGOGIKA FAKULTETI 191-GURUHI BT VA STI (SIRTQI) TALABASI MADRAHIMOVA MEHRINOZNING

HUSNIXAT FANIDAN

ORALIQ NAZORAT ISHI

Variant -8

1. Til va yozuvning o`zaro munosabati

2.Husnixatga o`rgatish tamoyillari.

3. Tayanch tushunchalarni izohlang: sarxat, distansiya, husnixat, differensiya, genetik tamoyil.

4. Savod o’rgatish darslari - yozuv darsi dars reja- ishlanmasini tuzish (“E” harfini bo’yicha)

5.Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing

1-SAVOL JAVOBI:

Til va yozuv o`zaro uzviy bog`liq va aloqador hodisadir. Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning bo`lishida muhim omillardan biridir. Tilsiz jamiyat bo`lmaydi.

Yozuv – jamiyatning madaniy yutuqlaridan biri. U jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat natijasi sifatida yuzaga keldi, yaratildi. YOzuv ham til kabi jamiyat a’zolarining aloqa-aralashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Ko`p hollarda yozuv tilning o`rnini bosadi. Lekin til va yozuvning o`ziga xos ahamiyatli tomonlari bor. Yozuv fikrni etkazishda masofa jihatidan chegara bilmaydi. Til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. U yaqin masofada turgan suhbatdoshiga eshitiladi.

Yozuv madaniy, ma’rifiy va adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga meros sifatida qoldirish imkoniyatiga ega. Og`zaki nutq esa aytilayotgan paytdagina qabul qilinadi. Biroq yozuv maxsus yozuv qurollari, sharoit, vaqt va shartli belgi, shakllarni talab etadi. U tilni barcha nozikliklari bilan aks ettira olmaydi. Shunga qaramay, jamiyatda yozuvning o`z o`rni bor; yozuv masofa bilan ajralgan odamlar orasida aloqa munosabatini ta’minlashda, barcha uchun tushunarli bo`lgan adabiy tilning yuzaga kelishida, madaniy-adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga etkazishda katta imkoniyatlarga ega.

Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, koʻrish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil boʻlgani uchun ilojli. Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soʻz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi.

2-SAVOL JAVOBI:

Husnixatga o’rgatish tamoyillari quyidagilardir:

1. Onglilik tamoyili.

2. Genetik tamoyil.

3. Takrorlash tamoyili.

4. Ko’rgazmalilik tamoyili.

5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili.

6. Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga

oshirish tamoyili.

7. Chiroyli yozuvning imlo bilan bogliqligi tamoyili.

8. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqlik tamoyili.

1. Onglilik tamoyili. Chiroyli yozuvga o’rgatishda, o’quvchilarning husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish muhimdir. Bu tamoyilga ko’ra o’quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda yozishni bilishi, harfning qiyaligi, bo’yi va enini to’g’ri mo’ljallay olish lozim. harflarni harflarga ulashda qol uzmaslikka erishish nazarda tutiladi.

2. Genetik tamoyil. Chiroyli yozuv malakalarining shakllanishida genetic tamoyil katta o’rin tutadi. O’quvchi bu tamoyilga asosan awal shakli osn, soda harflarni yozdirishga o’rgatiladi.

3. Takrorlash tamoyili. Chiroyli yozuv mashqlarini esdan chiqmaslik uchun sistemali ravishda takrorlash juda muhimdir. Takrorlash tamoyili yozish jarayonini avtomatlashtirish asosidir. Chiroyli yozuvda gigienik qoidalarga amal qilish eslatib turilishi yaxshi natija beradi.

4. Ko’rgazmalilik tamoyili. Chiroyli yozuvga orgatishda ko’rgazmali vositalar ham katta ahamiyat kasb etadi. KcTrgazmali vositalarga «To’g’ri o’tir!» plakati, bosma harf shakllari ifodalangan kartonlar, xattaxta, o’quvchilar qo’lidan ushlab yozdirish kabilar kiradi.

5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. O’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish uning bo’yini hisobga olgan holda oldingi partalarga o’tkazishdan boshlanadi. Parta o’quvchiga mos bo’lsa, u yozishda qiynalmaydi, tez charchab qolmaydi, chiroyli yozadi.

6. Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili. Dastur talablari yozuvga o’rgatishni o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga oshirishni nazarda tutadi. Savod o’rgatishning dastlabki bosqichida o’qish va yozuv bog’lab olib boriladi. Bu usul K.D.Ushinskiy tomondan qo’llangan bolib, hozirga davr foydalanib kelinmoqda. O’quvchi yaxshi o’qish sifatlari (togri, ongli, tez va ifodali o’qish)ni egallash bilan bir paytda yozuvga ham o’rgatilib boriladi.

7. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog’liqligi tamoyili. Chiroyli yozuv imlo bilan chambarchas bogliq. O’quvchining imloviy savodxonligi haqida g’amxo’rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to’g’ri ifodalash, kishilar bilan o’zaro xatosiz muomala uchun g’amxo’rlik demakdir. Shu sababli ham savod o’rgatish davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi.

3-SAVOL JAVOBI:

Sarxat - Eski maktabda harflarni nusxaga qarab, alfavit tartibida katta-katta qilib yozish “sarxat” deb atalib, ba’zan sarxat yozish bir-ikki yilga cho’zilgan. Sarxat yozishga o’rgatilganidan so’ng “murakkabot”, ya’ni harflarni bir-biriga qo’shib yo’zib o’rgatilgan.

Husnixat (chiroyli yozuv) - chiroyli yozish sanʼati.

Distansiya (lot. distantia — masofa) — 1) biror narsa orasidagi masofa, oraliq; 2) saflangan harbiy xizmatchilar, qurollar, boʻlinmalar, kemalar va shunga oʻxshashlar oraligʻidagi masofa; 3) t. y. xoʻjaligi turli tarmoqdarining maʼmuriy birligi. Yoʻl, signalizatsiya va aloqa D.lari, bino va inshootlar D.lari, yuk ortish va tu-shirish D.lari va b. xillari bor.

Differensiya – bu turli xillik ma’nosini bildiradi.

Genetik tamoyil - o’quvchi bu tamoyilga asosan awal shakli osn, soda harflarni yozdirishga o’rgatiladi.

5-SAVOL JAVOBI:



  1. Chiroyli yozish nima?

a)husnixat b)metod c)sarxat

  1. Nechta tamoyil bor?

a)8 b)7 c)5

3) Distansiya so’zining ma’nosi nima?

a) lot. distantia — masofa b)lot. Distantos – yo’nalish

c) frans. Distantia – masofa

4) Til qanday hodisa?

a) ijtimoiy b) nutqiy c) shaxsiy

5) V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlari qaysi yozuvdan keng foydalangan?

a) o’rxun – enisoy b) uyg’ur c) lotin

6) Qadimgi odamlar yozuvlarni nimalarga yozishgan?

a) papirus b)yog’och c) tosh

7) Eski maktabda husnixat qoidalarini o’rgatuvchi birdan bir qo’llanma qaysi kitob bo’lgan?

a) mufradot b) savodi ta’lim c) o’zbek yozuvi

8) … deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi?

a) til b) nutq c) yozuv

9) Husnixatga o’rgatish tamoyillariga qaysisi mos kelmaydi?

a)imloviy b)genetik c)ko’rgazmalik



10) Genetik usul asosan nimaga asoslangan?

a)to’g’ri yozish b)chiroyli yozish c)ajratib yozish
Download 26.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling