Mavzu-6: Harbiy xizmatchilar va harbiy o‘quv yiginlarga chaqirilganlarning jinoiy javobgarligi. O‘quv savollari


Download 295.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi295.27 Kb.
#1405206
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6.1 — копия



Mavzu-6: 
Harbiy xizmatchilar va harbiy o‘quv yiginlarga 
chaqirilganlarning jinoiy javobgarligi. 
O‘quv savollari: 
1. Yuridik javobgarlik haqida tushuncha. 
2. Ma’muriy javobgarlikning huquqiy me’yorlari. 
3. Intizomiy javobgarlikning huquqiy me’yorlari. 
4. Harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish uchun asoslar va uning 
tartibi. 
1.O‘quv savollari: Yuridik javobgarlik haqida tushuncha. 
Har qanday jamiyatning normal hayot kechirishi uchun tartib ijtimoiy 
munosabatlarning boshqariluv-chanligi zarur. Ularga insonlar hatti-harakati 
qoidalarini belgilovchi ijtimoiy me’yorlar yordamida erishiladi. Biroq bu me’yorlar 
faqat ularga amal qilganda ishlaydi. Ijtimoiy munosabatlar turli ijtimoiy me’yorlar 
bilan boshqarilishi bois (ahloqiy, udum va an’analar, tashkilotlar va huquqiy 
me’yorlar), ijtimoiy tashkilotlar oldidagi javobgarlik turlari, yuridik javobgarlikdan 
farq qiladi. 
Yuridik javobgarlik-qonunlar va qonun asosida huquqiy hujjatlar talablarini 
bajarishga davlat majburlashining shakli bo‘lib huquqbuzar xatti-harakatlarni davlat 
va jamiyat tomonidan qoralanishi va ma’lum, huquq me’yorlari bilan belgilangan, 
aybdor uchun nomaqbul oqibatlarni (yuridik sanktsiya) o‘z ichiga oladi. Yuridik 
javobgarlikning jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyati uning davlatning huquqiy 
asoslaridan biri ekanligi bilan belgilanadi. Ayni shu holat yuridik - javobgarlik 
maqsadlarini belgilaydi: 
Umuman O‘zbekiston Respublikasida demokratik qurilish shartlarini huquqiy 
ta’minlash:
-Huquq - tartibotni himoyalash va qo‘riqlash.
-Fuqarolar tarbiyasi va huquqbuzarlarni qayta tarbiyalash.
Ijtimoiy javobgarlikning boshqa shakllaridan farqli o‘laroq yuridik 
javobgarlik huquq me’yorlari bilan boshqariladi. Uning mazmuni davlat tomonidan 
hokimiyat va boshqaruvning kompetent organlari orqali belgilanadi. U davlat 
tomonidan belgilangan sanktsiyalar (davlat majburlashi choralari) ni huquqbuzarga 
nisbatan qo‘llashdan iborat, uni qo‘llash huquqi faqat davlat organlari va mansabdor 
shaxslarga vakolati doirasida berilgan. Harbiy xizmatchilarning yuridik javobgarligi 
asoslari O‘zbekiston Respublikasi umumiy harbiy xizmat, harbiy jinoyatlar uchun 
jinoiy javobgarlik to‘g‘risida qonunlari, harbiy qasamyod, nizomlar va boshqa 
qonuniy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ulardan eng jiddiylarini ko‘rib o‘tamiz:
1. Davlat tomonidan huquqbuzarliklarning maxsus doirasi (harbiy jinoyat, 
harbiy intizomni buzish va bochqalar.) belgilanganki, ularni sodir etganlik uchun 
faqat harbiylar va ularga tenglashtirilganlar javobgar bo‘ladi.
Bu huquqbuzarliklar mazmuni: “harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik 
to‘g‘risida” qonun, O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari amaldagi nizomlarni 
harbiy xizmatchilarning davlatga yetkazgan zarari uchun moddiy javobgarlik 
to‘g‘risida Nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan. 


 2. Harbiy xizmat munosabatlarida amal qiladigan shartsiz harbiy bo‘ysunish 
tamoyili bilan bog‘liq holda harbiylarning ayrim huquqbuzarlar uchun javobgarlik 
darajasi boshqa fuqarolarnikidan yuqoriroq.
Ma’muriy javobgarlikning xuquqiy me’yorlari; 
Masalan, korxona rahbari buyurug‘ini bajarmaslik uchun ishchiga ma’muriy 
chora ko‘rilsa, shu kabi huquqbuzarlik harbiy xizmatchi uchun doir jinoyat sanaladi 
va jinoiy qonunchilik me’yorlari bo‘yicha jazolanadi. 
Yakkaboshchilik tamoyiliga ko‘ra komandir (boshliq)lar qo‘l ostidagilarni 
yuridik javobgarlikka tortish bo‘yicha maxsus vakolatlarga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari amaldagi nizomlarida 
komandirlar va boshqa boshliqlarning harbiy xizmatchilarni harbiy intizom va 
jamoat tartibini buzganlik uchun intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha huquqlari 
hajmi belgilab berilgan. 
3. Komandirlar (boshliqlar) hukmini qo‘llash va harbiy xizmatchiga nisbatan 
qo‘llangan yuridik javobgarlik choralarini bajarishning maxsus shartlari 
belgilangan.
4.Faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladigan alohida javobgarlik 
choralari belgilangan. Bularga navbatdan tashqari naryadga yo‘llash, ko‘krak 
nishonidan mahkum etish, harbiy unvonni pasaytirish, undan mahrum etish, 
sudlanganlarni jazo o‘tash uchun intizomiy batalonga jo‘natish va bochqalar kiradi. 
5.Ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizomiy javobgarlik ehtimoli ko‘zda 
tutilgan, ya’ni harbiylar uchun ma’muriy javobgarlikni qo‘llash soxalari bir oz 
qisqartirilgan. 
6.Harbiy xizmatchi harbiy xizmat manfaatlarini ko‘zlab berilgan buyuruq 
bo‘yicha harakat qilsa, yuridik javobgarlikdan ozod qilinadi. Bu xususiyat harbiy 
qasamyod va nizomlarning so‘zsiz harbiy bo‘ysunishi haqidagi talablari bilan 
belgilanadi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar o‘z harbiy majburiyatlarini bajarishdan 
iborat xatti-harakatlari oqibatlari uchun yuridik javobgarlikka tortilmaydi. Harbiy 
xizmatchini yuridik javobgarlikka tortish uchun faqat u sodir etgan huquqbuzarlik, 
ya’ni huquqqa zid, qonunda man etilgan xatti-harakati bo‘la oladi. Bunga soqchining 
o‘z ixtiyoriga ko‘ra postdan ketishi, qurolni birovga berishi yoki noqonuniy qo‘llash 
kabilar misol bo‘ladi. Yuridik adabiyotlarda va amaliyotda intizomiy, ma’muriy va 
moddiy javobgarlik shakllari farqlanadi harbiy xizmatchilarning intizomiy 
javobgarligi yuridik javobgarlik shakli sifatida O‘zbekiston Respublikasi Intizom 
nizomida moddalar bilan belgilab qo‘yilgan. U harbiy intizom va jamoat tartibini 
buzganlik uchun qo‘llanadi.

Download 295.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling