Mavzu-6: Harbiy xizmatchilar va harbiy o‘quv yiginlarga chaqirilganlarning jinoiy javobgarligi. O‘quv savollari


Download 295.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi295.27 Kb.
#1405206
1   2   3   4   5
Bog'liq
6.1 — копия

Ma’muriy jazo turlari: 
1. Jarima-ma`muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat 
hisobiga pul undirishdir. Uning miqdori eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan 
holda belgilanadi. Eng kam miqdori eng kam ish haqining ellikdan bir qismidan
mansabdor shaxslarga esa, o`ndan bir qismidan kam bo`lmasligi kerak. Eng ko`p 
miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa, o`n 
baravaridan oshmasligi kerak. 
2. Haqini to`lash sharti bilan olib qo`yish –huquqbuzarlik quroli bo`lgan 
ashyoni majburiy ravishda olib qo`yishdan iborat bo`lgan ma`muriy jazo chorasi. 
Olib qo`yilgan ashyo sotilib, undan tushgan pul sotish uchun ketgan harajatlarni 
chegirib tashlagan holda egasiga qaytariladi. 


3. Musodara qilish – ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo`lgan 
ashyoni majburiy tarzda pulini to`lamay davlat mulkiga aylantirishdan iborat. Ushbu 
jazo chorasi tuman (shaxar) sudining ma`muriy ishlar bo`yicha sudyasi tomonidan 
qo`llaniladi. Bunda faqat huquqbuzarning mulki bo`lgan ashyogina musodara 
qilinishi mumkin. 
4. Maxsus huquqdan mahrum qilish (transport vositasini boshqarish 
huquqidan ov qilish huquqidan mahrum qilish) tuman (shaxar) sudining ma`muriy 
ishlar bo`yicha sudyasi tomonidan uch yilgacha muddatga qo`llaniladi va bu muddat 
15 kundan kam bo`lishi mumkin emas. 
5. Ma`muriy qamoqqa olish-jinoyatlarga yaqin huquqbuzarliklarga yoki 
takroriy qo`pol ma`muriy huquqbuzarliklarga nisbatan qo`llaniladi. Eng ko`p 
muddat – o`n besh sutkagacha, lekin favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat 
tartibiga tajovuz qilganligi uchun o`ttiz sutkagacha muddatga qo`llaniladi. 
Ma`muriy qamoqqa olish tuman(shaxar) sudining ma`muriy ishlar bo`yicha sudyasi 
tomonidan tayinlanadi. Quyidagilarga nisbatan ma`muriy qamoq chorasi 
qo`llanilmaydi; 
a) homilador ayollarga; 
b) uch yoshgacha bolasi bo`lgan yoki bolasini 14 yoshgacha yolg`iz 
tarbilayotgan ayollarga; 
v) 18 yoshga to`lmagan shaxslarga; 
g) I va II guruh nogironlariga. 

Download 295.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling