Mavzu-6: Harbiy xizmatchilar va harbiy o‘quv yiginlarga chaqirilganlarning jinoiy javobgarligi. O‘quv savollari
O‘quv savoli. Intizomiy javobgarlikning huquqiy me’yorlari
Download 295.27 Kb. Pdf ko'rish
|
6.1 — копия
3.O‘quv savoli. Intizomiy javobgarlikning huquqiy me’yorlari.
Harbiy xizmatchilarni intizomiy javobgarlikka tortish qoida va shartlari O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarilarida belgilangan. Intizomiy nizomning 8-moddasiga ko‘ra odatda, faqat bevosita boshliqlar intizomiy javobgarlikka tortishi mumkin, qaysiki harbiy xizmatchi unga loaqal vaqtincha bo‘yinsinadi Intizomiy javobgarlik sub’ektlari harbiy xizmatchilar, o‘quv yig‘inga chaqirilgan harbiyga majburlar, muqobil xizmat xizmatchilari shuningdek zahira yoki iste’fodagi, ofitser va generallar, harbiy intizom yoki jamoatning tartibining xizmat kiyimida bo‘lgani holda buzganligi uchun oladi. Harbiy javobgarlikni mustahkamlash uchun huquqbuzar xatti-harakatidagi harbiy intizomiy tartib buzarlik, ya’ni harbiy intizom va jamoat tartibiga dahl qiladigan qonunga xilof, qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatidagi harakati yoki harakatsizlik mavjudligi asos bo‘ladi. Uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari javobgarlik ko‘zda tutilgan bo‘lsa harbiy intizomni buzishning ayrim shakllari uni sodir etish sharoitlariga ko‘ra harbiy jinoyat yoki intizomiy xatti-harakati bo‘lishi mumkin. Bunga qismdan ketishi va shu kabilar kiradi. Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun bu kabi xatti-harakatlarni yoki intizomiy harakatlar yoki harbiy jinoyat sifatida baholashni ko‘zda tutadi. Harbiy intizomiy harakat (intizomni buzish) harbiy jinoyatdan farqli ravishda davlat va jamiyat qurilish asoslariga qarshi qaratilgan. Biroq qonun buzilishidan iborat, shu bois u ijtimoiy havfli, uni sodir etgan shaxs ijtimoiy javobgar bo‘lishi lozim. Bu intizomiy javobgarlik har bir intizomiy xatti-harakat uchun kelib chiqishi demakdir. Komandir (boshliq) harbiy xizmatlarga harbiy xizmat talablarini eslatish bilan cheklanishi, xatti-harakat muhokamasini ofitser, muddatli harbiy xizmatchilar sudiga topshirilishi mumkin. Intizomiy javobgarlik huquqbuzarga nisbatan intizomiy chora (sanksiya) qo‘llangan vaqtda kelib chiqadi. Intizomiy jazo mavjudligi, masalan harbiy xizmatchiga navbatdagi harbiy unvon berilishi, o‘qishga kirishga ruxsat etilishi. Yuqori lavzimga tavsiya etish va shu kabilar to‘siq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ma’lum muddat ichida intizomni buzish takrorlangan ayrim hollarda yanada qat’iy chora ko‘rishga olib kelishi mumkin. Download 295.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling