Mavzu-6: Harbiy xizmatchilar va harbiy o‘quv yiginlarga chaqirilganlarning jinoiy javobgarligi. O‘quv savollari


-O‘quv savoli. Ma’muriy javobgarlikning huquqiy me’yorlari


Download 295.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi295.27 Kb.
#1405206
1   2   3   4   5
Bog'liq
6.1 — копия

2-O‘quv savoli. Ma’muriy javobgarlikning huquqiy me’yorlari. 
Ma`muriy javobgarlik va ma`muriy jazo. Ma`muriy javobgarlik-bu yuridik 
javobgarlikning bir turidir. Unga ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etishda (hatti-
harakat qilgan) aybdor bo`lgan shaxslar tortiladi. 
Ma`muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma`muriy 
javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va 
erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz 
qiluvchi g`ayriqonuniy, aybli qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan 


harakat yoki harakatsizlik tushuniladi (ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi 
Kodeks,10-modda). 
Ma`muriy 
huquqbuzarlikning 
eng 
muhim 
belgilaridan 
biri 
g`ayriqonuniylikdir. Bu g`ayriqonuniy harakat kabi g`ayriqonuniy harakatsiz 
bo`lishi mumkin. Masalan, ko`chadan o`tish qoidasining piyoda tomonidan buzilishi 
–g`ayriqonuniy harakatdir. Harbiy xizmatga chaqiriluvshi uzrli sabablarsiz mudofaa 
ishlari vazirligi organlariga kelmasa – bu g`ayriqonuniy harakatsizlikdir. 
Ma`muriy huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir 
etiladi.Qasddan qilingan huquqbuzarlikka mayda bezorilik, ta`qiqlangan usul bilan 
ov qilish kiradi.Ehtiyotsizlik bilan sodir etilganlarga – yong`in xavfsizligi, mehnat 
muhofazasi qoidalarini buzishlar kiradi. 
O`zbekiston Respublikasida ma`muriy javobgarlik fuqarolarga nisbatan 16 
yoshga to`lgandan boshlab kuchga kiradi (13-modda). 
Ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan 16 yoshdan 18 yoshgasha bo`lgan 
shaxslarga voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar to`g`risidagi nizomda 
nazarda tutilgan choralar qo`llaniladi. 16-yoshgasha bo`lgan shaxslar uchun 
huquqbuzarning ota-onasi yoki vasiysi javobgarlikka tortiladi. 
Harbiy xizmatchilar va IIV xodimlari ma`muriy huquqbuzarliklar uchun 
intizom ustaviga ko`ra javobgar bo`ladilar. Faqat yo`l harakati, ov qilish, baliq 
tutish, bojxona qoidalarini buzganlik uchun ular umumiy asoslarda javobgarlikka 
tortiladilar. 
Qonun ma`muriy javobgarlikdan ozod qilish asosini nazarda tutadi. Bunga: 
- zaruriy mudofaa; 
- oxirgi zarurat; 
- aqli norasolik; 
- zararli oqibatning arzimasligi ( yoki umuman zarar etmagan bo`lsa). Kabi 
holatlar kiradi. 
Ma`muriy jazo ma`muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik mezoni chorasi 
hisoblanadi. Ma`muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo`lib, u ma`muriy 
huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish 
ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o`zi tomonidan ham, boshqa 
shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish 
maqsadida qo`llaniladi. 

Download 295.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling