Mavzu-6: Harbiy xizmatchilar va harbiy o‘quv yiginlarga chaqirilganlarning jinoiy javobgarligi. O‘quv savollari
O‘quv savoli. Harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish
Download 295.27 Kb. Pdf ko'rish
|
6.1 — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirish uchun savollar
- Tayanch so‘zlar
4.O‘quv savoli. Harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish
uchun asoslar va uning tartibi. Harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy mulkni (qurol-aslaha, jangovar va boshqa texnika, o‘q-dorilar, yonilg‘i, oziq-ovqat, harbiy ashyo, muhandislik, kimyoviy, uy-joy mulki, harbiy qism va muassasalar, harbiy-ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tasarrufidagi boshqa moddiy vositalar va pul mablag‘lari) qasddan yo‘q qilish, zarar yetkazish, ishdan chiqarish, o‘g‘irlash, kamomad, noqonuniy sarflash oqibatida yoki qasddan qilingan boshqa xatti-harakatlar natijasida zarar yetkazgan taqdirda, ular o‘zida jinoiy tartibda ta’qib qilinuvchi harakatlarni mujassamlashtirgan yoki mujassamlashtirmaganidan qat’iy nazar, ularning aybi bilan davlatga yetkazilgan zararning to‘liq qiymati miqdorida moddiy javobgarlikka tortiladilar. Qimmatli valyuta boyliklari, zargarlik buyumlari, qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan ro‘zg‘or buyumlari hamda shunday buyumlar parchalarining o‘g‘irlanishi, kamomadi va me’yoridan ortiq yo‘qotilishida aybdor bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar qonunchilikka muvofiq moddiy javobgarlikka tortiladilar. Komandirlar (boshliqlar) ularning bo‘ysunuvchilari tomonidan davlatga yetkazilgan zarar uchun yetkazilgan zararga teng, biroq bir oylik oklad pul ta’minotidan ortiq bo‘lmagan miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladilar, qachonki mazkur komandirlar (boshliqlar) o‘zining noto‘g‘ri farmoyishlari bilan harbiy mulkni hisobga olish, saqlash, ishlatish, sarflash va tashishning o‘rnatilgan tartibini buzgan, harbiy mulkni o‘g‘irlanishi, kamomadi, yo‘q qilinishi, zararlanishi va buzilishining oldini olish, davlatga yetkazilgan zararni aybdor shaxslar hisobidan qoplash bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rmagan taqdirda. Vagon va avtomobillarning turib qolishiga sababchi bo‘lgan harbiy xizmatchilar yetkazgan zarar uchun to‘liq miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladilar. Ishchi yoki xizmatchining noqonuniy ishdan bo‘shatilishi yoki boshqa ishga o‘tkazilishida aybdor deb topilgan harbiy qism, muassasa, harbiy-ta’lim muassasa, korxona va tashkilotlarning komandirlari (boshliqlari) majburiy ishga chiqmaslik vaqti yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarish vaqtining to‘lovlari munosabati bilan yetkazilgan zararni to‘liq qoplaydi. Agar ishdan bo‘shatish yoki boshqa ishga o‘tkazishda yaqqol qonun buzilishlari bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi komandir (boshliq) yoxud sudning ishchi yoki xizmatchini ishga tiklash to‘g‘risidagi qarori ijrosini kechiktirgan bo‘lsa javobgarlikka tortiladilar. Harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning aybi bilan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq harbiy qism, muassasa, harbiy-ta’lim muassasasi, korxona va tashkilot tomonidan qoplangan holatlarda mazkur Vaqtinchalik nizomda ko‘zda tutilgan tartibda qoplashlari majbur. Tekshirish uchun savollar: 1. Yuridik javobgarlik deganda nimani tushunasiz. 2. Ma’muriy javobgarlik deganda nimani tushunasiz. 3. Intizomiy javobgarlik deganda nimani tushunasiz. 4. Harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish uchun asoslar va uning tartibi qanday. Tayanch so‘zlar: Huquq, Fuqarolar tarbiyasi, Ma`muriy javobgarlik, Ma`muriy jazo. Download 295.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling