I bob gender tenglik tushunchasi va uning xalqaro huquq normalarida e’tirof etilishi


Download 78.56 Kb.
bet1/12
Sana16.06.2023
Hajmi78.56 Kb.
#1507597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida gender tengligiga


MUNDARIJA


I BOB

Gender tenglik tushunchasi va uning xalqaro huquq normalarida e’tirof etilishi

Kirish……………………………………………………………………2


1. Zamonaviy dunyoda gender tenglik siyosati……………………………………5
2. Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish: milliy va xorijiy tajriba…………10
3. Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha xalqaro tajriba (Shvetsiya va Kanada misolida)………………..16
4. Gender munosabatlarini ilmiy o‘rganish dolzarb muammo sifatida...............21
5. Ilm-fan sohalarida xotin-qizlar rolini yanada oshirishning gender masalalari………….. 25

II BOB

O‘zbekiston Respublikasida gender tenglik siyosati


6. O‘zbekistonda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari.....................31
7. O‘zbekiston Respublikasining gender tenglikka erishish strategiyasi..................42
8. O‘zbekistonda xotin-qizlarni e’zozlash, jamiyatdagi rolini oshirish muhim yo‘nalishlardan biriga aylanishining ahamiyati ......................54
Xulosa..................59
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati..................61

Kirish.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda jamiyatda gender tenglik muhim masalalardan biri hisoblanadi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ayollarga nisbatan zo‘ravonliklar qilinmoqda. Ularning huquqlari poymol etilmoqda. Afsuski bizning mamlakatimizda ham ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonliklar bo‘lmoqda. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va BMT nizomi hamda boshqa xalqaro normativ hujjatlarda fuqarolarning jinsidan, irqidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar teng huquqliligi takidlangan. Mamlakatimizda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda. Yangi tahrirda qabul qilingan konstitusiyamizning 19-moddasida fuqarolarning teng huquqliligi takidlangan. Ushbu konstitutsiyaning 58-moddasida shunday deyilgan: Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi. Bundan tashqari O‘zbekistonda oiladagi ayollarga nisbatan zo‘ravonlik uchun ham javobgarlik belgilangan.


Gender tenglik mavzusi ko‘p yillar davomida muhokamalar, tortishuvlar, munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Afsuski, o‘tgan o‘n-yigirma yillar davomida gender tenglik masalasi, ayollarning muammolari, orzu-umidlari, jamiyatdagi roli va o‘rni faqat tilda hamda hisobotlarda yozilib kelinardi. Bu odatiy holatga ham aylanib ulgurgandi, desak ham bo‘ladi. Ayollarimiz, ayniqsa, qishloqdagi xotin-qizlarimizni asosan paxta dalalarida - mehnatda ko‘rish mumkin edi. Xotin-qizlarimizga faqat uy yumushlari, ro‘zg‘or yurituvchi, farzand tarbiyalovchi sifatida qaralib, ayollarga munosabat shu bilan cheklanib qolinardi. Boshqaruvda yoki rahbarlikka ayollarni tayinlash o‘ta murakkab masala edi.1 Gender tenglik nafaqat inson huquqini ta'minlash, balki, jamiyatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan ezgu qadriyatdir. Qolaversa, gender tenglik - bu, mamlakatning demokratik taraqqiyot darajasini ko'rsatuvchi indikatorlardan biri hisoblanadi. Gender - xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo'ladigan muhim ijtimoiy ko'rinish. Shu jihatdan olganda, gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi, balki, har ikki jins vakillarining o'z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ifoda etadi. Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari teng­ligini ta'minlashdan iborat. Zero, jamiyatdagi bu muvozanat insoniyatning barqaror taraqqiyoti va farovon kelajagi kafolatidir. Shu bois, azal-azaldan kishilik jamiyati tarixida bu qadriyat yuksak e'zozlangan. Gender tengligi ikki xil jinsning uyda va jamiyatda teng huquqlar va imkoniyatlarga ega bo'lishiga asoslanadi. Bu adolatli bo'lish jarayoni va gender tengligiga erishish vositasi hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ro’yxatida gender tengligini ta’minlash ayollar va qizlarning huquqlarini kengaytirish ularni jamiyatdagi rolini oshirish muhim o'rin tutadi. Bu gender amaliyotlarga - kamsitish siyosatlari, kuch ishlatish tuzilmalari, sotsializatsiya jarayonlari va murojaat qilishni talab qiladi. Ushbu tushunchani tanqid qiluvchilar tenglik tushunchasi hamma uchun teng imkoniyatlar berishdir, deb taʼkidlaydilar. Gender tengligi tushunchasini qoralovchilar buni imkonsiz iloji yo’q narsa deb bilishadi, chunki „erkak va ayol bir-biridan farq qiladi va nafaqat jismoniy balki ruhiy jihatdan ham chunki agarda ayollarni ham erkaklar qiladigan ishni bajarishni majbur qilsa, ular o’zlarining sevimli mashg’ulotlari ya’ni bolalarga g’amxorlik qilish, dokon aylanish, yuzlarini kosmetika bilan bo’yash, turli xil taomlar pishirish kabi mashg’ulotlarini bajarolmay qolishadi natijada ular baxtli bo’la olishmaydi. Agarda ayollar jamiyatda faqat erkaklar ishini bajarishsa: oʻtin kesish, mashinalarni taʼmirlash, buldozer haydash ular ham ruhan ham jismonan zo’riqishga uchrashadi deb fikr bildirishadi. Biroq, gender tengligi nazariyasining tarafdorlari, bu fikr koʻp avlodlar davomida patriarxal davri davom etganligi va insonlarning ilmga qarshi ta’limotlar, stereotiplar va jamoatchilik fikrlarini idrok etishiga katta taʼsirga ega deb taʼkidlaydilar. Baʼzi psixolog va sotsiologlarning fikriga koʻra zamonaviy jamiyatda psixika, xarakter, xulq-atvor va fikrlash uslubi jinsga bogʻliq degan fikr keng tarqalgan. Tenglik tushunchasini tanqid qiluvchilar, umuman tushunchaning mohiyatini tan olsalar-da, unga yana bir taʼrif berishadi: Gender tengligi - bu ayolning ayol sifatida, erkak esa erkak sifatida rivojlanish imkoniyatidir deb fikrlashadi.2

Download 78.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling