I bob. Mustaqillik davrida sozandalik san’atining nazariy asoslari


Download 93.36 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi93.36 Kb.
#1554001
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqillik davrida sozandalik san\'ati


Reja:

Kirish
Asosiy qism
I bob. Mustaqillik davrida sozandalik san’atining nazariy asoslari
I.1. Sozandalik san`atining ma`naviy qatlamlariga bir nazar.

I.2.SOZANDALAR SAN’ATIDA MILLIY CHOLG‘ULARNING O‘RNI


II bob. O’zbek musiqasida sozandalik san’atining rivoji
II.1.Sozandalar A.Ismoilov, A.Abdurashidov va A.Xoltojiyev ijodiy faoliyati
II.2.Sozandalar jamoasining shakllanishi
xulosa
foydalanilgan adabiyotlar
ilovalar













K I R I SH


Kurs ishining dolzarbligi:Sozandalik san’ati m’naviyatimizning muhim tomonlaridan bo‘lib, ulkan tarbiyaviy ahamiyat kasb etib kelgan. Insoniyat ovoz talqiniga shunchalar bog‘langanki, ovoz tarannumini boyitish, rang-barang namunalarini izlash jarayonida juda ko‘p musiqiy cholg‘ularni kashf etgan. Avvalo cholg‘ular milliy mezonga asoslanib yaratilsa, ikkinchidan ularni talqinida saviya hamda ijtimoiy o‘rni ham o‘z ifodasini topadi. Shu bois har qanday xalqning cholg‘usi benuqson bo‘lib, munosib ijro an’analari shakllangan bo‘lsa, bu cholg‘u ijrochiligi har qanday qalbni o‘zia maftun eta olishi muqarrardir. Shoir ta’biri bilan aytganda:
Mutribi xush lahjalar tanburini soz aylasa,
Ruhparvar bayt o‘qib xirgohi ovoz aylasa,
Gohi Miskin mashqi, gohi chapandoz aylasa,
Etsa anjomig‘a ul g‘oyrini og‘oz aylasa,
Gohi qonun, gohi g‘ijjak, gohi dutor istar ko‘ngil.
Har qanday cholg‘uning chiroyli nolasidan qalblar tug‘yonga kelishi, hasta yuraklar shifo topishi hamda ba’dniyatlar unutilishi begumon.
Azal-azaldan cholg‘u ijrochiligiga bo‘lgan e’tiborni buyukligi, afsonaviy mohir sozandalarni xalq orasida qahramonlarga aylanishi cholg‘u musiqasining nechog‘lik qudratini in’ikosidir. Bu an’ana o‘zbek xalqi musiqa san’atida juda ham nafis hamda mukammal ifodasini topgan. Rang-barang cholg‘ular, ulardan taralayotgan behisob musiqiy meros bunga dalildir. O‘zbek musiqasining boy an’analari uning cholg‘ularida, musiqiy merosida va mohir sozandalari ijrosida o‘z aksini topgan. Undan bahramand bo‘lgan inson befarq bo‘la olmaydi. Hattoki shoir Furqat ham o‘z asarlarida quyidagi sartlarni bitganlar:
Musulmon ichra nag‘ma ko‘p bor,
Chunonchi g‘ijjaku, tanburu, setor,
Dutoru, arg‘onun, qonun ila rud,
Rubobu, doira, changu noyu ud.

Download 93.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling