I bob o’rta umumta’lim maktablari boshlang’ich sinf


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana26.08.2020
Hajmi0.9 Mb.
#127795
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi


 

MUNDARIJA 

      KIRISH 

I  BOB  O’RTA  UMUMTA’LIM  MAKTABLARI        BOSHLANG’ICH        SINF   

O’QUVCHILARIGA  CHET  (INGLIZ)   TILI  O’QITISHNING   O’ZIGA   XOS   

HUSUSIYATLARI. 

I.  1.  O’rta  umumta’lim  maktablarida  ingliz  tili  o’qitishdan  ko’zda  tutilgan  asosiy 

maqsad va vazifalar. 

I. 2. O’rta umumta’lim maktablarida ingliz tili o’qitish hususiyatlari. 

I.3. Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini umumta’limiy predmeti sifatida o’qitish. 

      Birinchi bob bo’yicha hulosalar.  

II  BOB  BOSHLANG’ICH  SINF  O’QUVCHILARINI  INGLIZ  TILI  OG’ZAKI 

NUTQINI O’STIRISH METODIKASI. 

II.  1. Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’rgatish.  

II.2.  Ingliz tili darslarida dialogik va monologik nutqni o’rgatish. 

II.3. Boshlang’ich sinflarda ingliz tilida tinglab tushunishni o’rgatish. 

Ikkinchi bob bo’yich hulosalar. 

III BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI INGLIZ TILIDA  OG’ZAKI 

NUTQINI SHAKLLANTIRISHDA O’YIN TECHNOLOGIYASI. 

III.1. 

Ingliz 


tili 

darslarida 

og’zaki 

nutq 


ko’nikmalarini                        

takomollashtirishda o’yin texnolog’iyasini ahamiyati. 

III.2.   Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ingliz tilida nutq ko’nikmalarini 

takomillashtirish usullari 

III.3.  O’rta  umumta’lim  maktablari  ingliz  tili  darslarida  og’zaki  nutq  mashqlarini 

tahlili. 

Uchinci bob bo’yich hulosalar. 

UMUMIY XULOSALAR 

SUMMARY 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

 


KIRISH                                                                                                                        

Tadqiqot  mavzusining  dolzarbligi  va  muammoning  o’rganilganlik 

darajasi.  Respublikamiz  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichida  jamiyatimiz  hayotining 

barcha jabhalarida tub sifat o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu ulkan vazifani hal 

etish  fuqarolarimiz  aqliy  salohiyatini  oshirib  borish  bilan  bog’liq  halda  amalga 

oshirilishi  inkor  qilib  bo’maydigan  haqiqatdir.  Bu  esa  ta’lim  va  tarbiyani  to’g’ri 

yo’lga qo’yish bilan chambarchas  

bog’liq.                                                                                                                       

       Respublikamizning  hozirgi  davrdagi  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  tamoyillari 

jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olish uchun ma’naviy 

solohiyatimizni iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika 

taraqqiyoti  talablariga  javob  beradigan  tarzda  qayta  qurishni  talab  qiladi.  Buning 

uchun  xalqimiz,  ayniqsa  yoshlarimiz  dunyoqarashini  o’zgartirish,  ularning  bilim  va 

ma’naviyatlarini  jahon  andozalari  darajasiga  ko’tarish  zarur.  Shu  boisdan  ham 

respublikamizda  uzluksiz  ta’limni  amalga  oshirish  bo’yicha  “Ta’lim  to’g’risida”  gi 

qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”  qabul  qilindi  va  ular  sobiqqadamlik 

bilan hayotga tadbiq etilmoqda. 

     O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  A.  Karimov  qayd  qilganidek,  “Bugun 

jahon  hamjamiyatidan  o’ziga  munosib  o’rin  egallashga  intilayotgan  mamlakatimiz 

uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini 

qurayotgan  хalqimizga  хorijiy  tillarni  mukammal  bilishning  ahamiyatini 

baholashning hojati yo’qdir

1

”.  


«CHet  til»  o’quv  predmetining  o’rta  maktab  boshlang’ich  sinflarida  o’qitilishi, 

tabiiyki,  yangicha  yondashishni  taqozo  etmokda.  Zero,  ushbu  o’quv  muassasasining 

o’ziga хos хususiyatlari mavjud bo’lib, ularni hisobga olgan holda хorijiy til o’kitish 

metodikasini yaratish shu kunning kechiktirib bo’lmas masalalari sirasiga kiradi. 

O’rta  umumta’limi  boshlang’ich  sinflarida  ingliz  tili  o’qitishni  boshlanishi 

mamlakatimiz  ta’lim  tizimida  yangilik  bo’lganligi  munosabati  bilan  unda  tahsil 

oluvchilarning 

psiхologik-tipologik 

(jihatlari, 

kichik 


yoshdagi 

maktab 


o’quvchilarining  aqliy  faoliyat  yurita  olish  qobiliyatlari,  hayot  va  til  tajribalari, 

                                                 

1

Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. Mustaqil O’zbekiston ta’limi.−T.: Sharq, 1997. –B. 44.



 

o’qishga  bo’lgan  munosabatlari  kabilarni  mukammal  bilish  hamda  pedagogik 

jarayonda ularni e’tiborga olish talab etiladi. Bu sohada o’zbek psiхolog, pedagog va 

metodistlari  olib  borgan  tadqiqotlarda  muayyan  foydali  fikrlar  bayon  etilgan 

(N.D.SHirinova, 

SH.SH.Olimov,) 

N.G’oziev, 

N.Halilova, 

M.YU.Solieva. 

S.S.Abdullaeva va b.). 

Ilmiy manbalar tahlili ko’rsatishicha, хorijda va yurtimizda chet til materialini 

o’rgatish bo’yicha tadkiqotlar olib borilgan: 

1. Jahon  miqyosida  fundamental  metodik  asarlar  qatoridan  o’rin  olganlar 

(V.S.TSetlin, H.Palmer, M.West, Ch.S.Fries and R.Lado). 

2. Rusiyzabon  auditoriyada  chet  til  grammatikasini  o’rgatishga  bag’ishlangan 

asarlar (S.F.SHatilov, I.M.Berman, M.M.Goхlerner, Z.N.Ievleva  

3. O’zbek  auditoriyasida  chet  til  materiali  jumladan  talaffuz  materialini  o’rgatish 

muammolari  kiritilgan  nomzodlik  dissertatsiyalari  (T.Q.Sattorov,  T.Eminov, 

T.Kremer,  I.E.Tarsina,  L.R.Benyaminov,  O’.Hoshimov,  A.Parpiev,  M.Mamajonova, 

YU.E.Temirov,  N.Baqoev,  SH.YU.Begaliev,  I.YA.Vagina,  YU.M.Gulkarov, 

M.I.Diment 

H.T.Mustafaeva, 

SH.S.Alimov, 

YU.Solieva, 

M.A.Abdullaeva, 

I.A.Hakimov). 

    SHunday  qilib,  tadqiqotning  ob’ektini  boshlang’ich  sinf  o’quvchilariga 

ingliz  tili  og’zaki  nutqini  o’rgatish  jarayoni  bilan  bog’liq  masalalar  muhokamasi 

bo’lib,  uning  predmetini  esa  “og’zaki  nutq  ko’nikmasi”,  ularni  o’rta  maktab 

boshlang’ich  sinflari  ingliz  tili  ta’limida  shakllantirish  tizimining  metodik  asoslari 

tashkil  qiladi.  Ayniqsa  boshlang’ich  sinfdan  boshlab  o’quvchilarni  ingliz  tilini 

o’rganishga  bo’lgan  qiziqishini  oshirish,  chet  tilini  o’rganishda  yanada  muhim 

elimentlardan  biri,  so’z  boyligini  shakllantirish  hamda  o’rgangan  so’zlarni 

qatnashtirib,  oddiy  gaplar  tuzish  orqali  o’rgangan  so’zlarini  mustahkamlash, 

ko’rgazmali qurollardan foydalanish, bir guruhga kiruvchi so’zlarni, ranglarni, hafta 

kunlarini, oylarni, fasllarni va shunga o’hshagan so’zlarni sh’er tarzida yodlatish bola 

ongida chuqur iz qoldiradi. 

     Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi-хorijiy 

tilda og’zaki muloqot yuritish faoliyatining tarkibiy qismi bo’lgan “gapirish va 



tinglab tushunish ko’nikmalari”ni shakllantirishning metodik хususiyatlarini tahlil 

qilish va o’rganishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish, o’z navbatida, quyidagi 

vazifalarni tadqiq etishni taqozo etadi: 

-хorijiy tillarni o’qitishda og’zaki nutqni o’rni, mohiyatini aniqlash va bu maqsadga 

mavzuga oid lingvistik, pedagogik, metodik adabiyotlarni o’rganib chiqib, ulardan 

tanqidiy foydalanish orqali erishish; 

-og’zaki nutqning turlari hisoblangan gapirish va tinglab tushunishni farqlash va 

ularning tillar ta’limidagi o’rnini qiyosiy o’rganish va tahlil etish; 

-og’zaki nutq ko’nikmalarini shakllanishida ona tili fonetik tizimi haqidagi 

bilimlarning o’rni va unga tayanish imkoniyatlarini o’rganish; 

-boshlang’ich sinflar uchun mo’jallangan ingliz tili darslik va o’quv qo’llanmalarida 

og’zaki nutq  materialni yoritilishini tahlil qilish; 

-boshlang’ich sinf darsliklaridagi og’zaki nutq ko’nikmasini shakllantirishga 

yo’naltirilgan mashqlar tizimini tahlil qilish va ularni samarali turlarini qo’llash 

haqidagi ko’rsatmalarni umumlashtirish; 

-berilayotgan metodik ko’rsatmalarni amaliyotga tatbiq etish tamoyillarini belgilash 

va uslubiy yo’llarini ko’rsatish va h. k. z. 

Tadqiqotning ilmiy farazi quyidagicha boshlang’ich sinf o’quvchilarida ingliz 

tili og’zaki nutq ko’nikmalarini shakllantirish va uning nutqiy muloqotda qo’llash 

malakasini egallashga ko’maklashish maqsadida tez va oson erishishning asosiy omili 

хorijiy til ta’limini uni qanday maqsadda va yo’nalishda o’rganilishiga nisbatan 

tashkil qilish bilan bog’liqdir. Tanlangan til materialining lisoniy хususiyatlari 

tillararo tipologiyasi ko’rsatkichlar hamda tilga oid nutq vaziyatlarini hisobga olish 

asosida tuzilgan mashqlaridan foydalanish talabalarning nutqiy ko’nikmalarini 

shakllanishiga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. 

     Bunday vaziyatning paydo bo’lishi natijasida respublikamizda chet tillari bo’yicha 

yangi  o’quv  dasturlarga,  darsliklarga,  o’quv  qo’llanmalarga,  ilmiy  ishlarga,  yuqori 

malakali chet tili o’qituvchilariga talab kundan – kun oshib bormoqda. Shunday ekan 

bilim  olishda  hech  ham  charchmaylik.  Xarakat  qilgan  har  qanday  inson,    qaysi 

sohada bo’lmasin u albatta o’z niyatiga erishgay.  


        Ota - onalar o’z farzandlariga to’g’ri munosabatda bo’lganlarida, bolalar ularga 

va yaqinlariga samimiy mehr – muhabbat bilan qaraydilar! Kichkintoylar jonvorlarni 

yahshi ko’radilar, ularni ishtiyoq bilan parvarish  qiladilar,  jonivorlarga lat  etkazgan 

kishilardan  xafa  bo’ladilar.  Bu  chinakam  insonparvarlik  ruhida  tarbiyalash  uchun 

negizdir.  Kishilar  o’rtasidagi  chinakam  insoniy  munosabatlar  ruhida  tarbiyalash 

vazifalari  o’qituvchi  va  pedagoglarga  yuklatilgan.  O’qituvchi  va  pedagoglar, 

bolalarga  kattalarga  quloq  solishni,  ularga  e’tibor,  sezgirlik  va  g’amho’rlik  bilan 

qarashni  uqtirishlari  lozim.  Bir-birlariga  va  tevarak  –  atrofdagi  kishilarga  nisbatan 

qo’pol,  surbet  munosabatda  bo’lish  barkamollikni  o’ziga  maqsad  qilib  olgan 

odamning fe’l- atvoriga tamomila yotdir.    

    Ingliz tili o’qitish metodikasi erishgan eng so’ngi  yutuqlarni inobatga olib, ta’lim 

jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng miqyosda joriy etish oqibatidagina: (1) 

boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  unchun  ingliz  tiliga  bolgan  qiziqishini  oshirish  va 

sodda  yollar  bilan  ularga  tushuncha  bera  olish  hamda  korgazmalardan  unumli 

foydalanish;  (2)o’quvchilar  nutqida  uchraydigan  an’anaviy  nuqsonlarni  oldini  olish 

va natijada dasturiy talablarni bajarishga erishiladi. 

       Tadqiqotning  amaliy  ahamiyati.  O’qituvchining  ko’p  qirrali  va  murakkab 

faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, axloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan 

qurollantirish  kabi  muhim  vazifalar  yotadi.  Bularni  amalga  oshirish  esa 

o’qituvchining xilma-xil foliyatiga: bolalarni o’qitish, maktabdan va sinfdan tashqari 

tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  eta  bilish  va  o’tkazish,  ota-onalar  o’rtasada  pedagagik 

targ’ibot  ishlarini  olib  borish  va  hokazo.  Bularning  hammasi  o’qituvchidan  chuqur 

bilimga ega bo’lishini, o’z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.                  

 Maktabga  ilk  bor  qadam  qo’ygan  bola  dunyosining  ,  hayotning  qonun-qoidalarini, 

sir-asrorlarnio’qituvchidan  o’rganadi.  Agar  bolani  chuqur  bilimli,  e’tiqodli, 

madaniyatli  qilib  tarbiyalamoqchi  bo’lsak,  shu  fazilatlar  o’qituvchida  mujassam 

bo’lmogi zarur. 

    Dunyo  hamjamiyati  bilan  iqtisodiy,  madaniy,  ilmiy-texnikaviy  sohalarda 

o’natilayotgan  aloqalar,  do’stona  munosabatlar  kun  tartibiga  xorijiy  tillarni 

mukammal  o’rganish,  yosh  avlodni,  eng  kami,  zullisonaynlik  (ikki  tilda  erkin 



muloqot  qila  olish)  ruhida  tarbiyalash  vazifasini  qo’ydi.  Demak  umumiy  o’rta 

ta’limda  yani  boshlang’ich  sinfdan  boshlab  ingliz  tilini  o’rgatishni  yo’lga  qo’yish 

muhim masala sifatida o’rganilmoqda.    

   Tadqiqatning ilmiy yangiligi va nazariy ahamiyati. 

Tadqiqotda ingliz tili darslarida boshlang’ich sinf o’quvchilarga til 

o’rgatish  hususiyatlari  ilmiy  nazariy  ahamiyati  o’tkazilgan  tajribalar  natijalari 

bo’yucha  asoslandi,  chet  tilini  o’qitish  hususiyatlarining  zaruriy  va  muhim  usullari 

aniqlandi, hamda o’quvchilar nutqida uchraydigan an’anaviy nuqsonlarni oldini olish 

metodikasi  ishlab  chiqildi,  topshiriqlar  izohlandi,  ishlanmalar  tajriba  sharoitida 

sinovdan o’tkazildi. 

       Umumta’lim  maktablarida  chet  tillarni  o’qitish  metodikasi  fani  o’z  oldiga 

quyidagi maqsadlarni qo’yadi: 

1.  Bo’lajak  mutahasislardachet  til  o’qitish  metodikasidan  keng  nazariy  zamin 

yaratish. 

2.  O’quvchilarda ta’limning prinsip, metod, vositalarini samarali ijodiy qo’llash 

ko’nikma-malakalarini hosil qilish. 

Chet  tillar,  xususan  ingliz  tili  o’qitish  metodikasi  kursining  tematikasi  3  guruhga 

bo’linadi: 

1.  Ingliz tili o’qitish metodikasining nazariy ahamiyati. 

2.  ingliz  tili  nutq  faoliyatining  asosiy  turlari      a)  til  materiallarini  o’rganish, 

b)nutq faoliyatining turlarini o’rganish. 

3.  O’rta maktabda ingliz tili o’qitish jarayonini tashkil qilish. 

 

Tadqiqot  metodlari.  Ishni  bajarish  va  qo’yilgan  muammolar  echimini  topish 

jarayonida  ilmiy  tahlil,  mavzuga  oid  ilmiy  nashr(risola,  maqola,  ilmiy-metodik 

adabiyot, boshlang’ich sinflar uchun mo’ljallangan dastur, qo’llanma va darslik)larni 

o’rganib chiqilib, ular haqida ilmiy хulosalarga kelindi. Demak, tadqiqot jarayonida 

nazariy  tahlil,  qiyosiy  tilshunoslik,  ijtimoiy  pedagogika,  o’qitish  metodikasi 

uslublariga murojaat qilindi.      

 

Tadqiqotda  maxsus pedagogik  metodlardan, zamonaviy  pedagogik  va  axborot 



texnologiyalari yutuqlaridan, kuzatish, tajriba, og’zaki va yozma sinovlar, ingliz tili 

o’qitish  bo’yicha  mavjud  o’qiv  dasturlari,  o’quv-metodik  qo’llanmalar  hamda 

o’qitish sohasining tavsiya va xulosalaridan mavzu doirasida foydalanildi. 



Tadqiqotning metodologik asosi sifatida

 

O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim 



to’g’risida"gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, 2012 yil 10 dekabrda e’lon 

qilingan  “CHet  tillarni  o’rganish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to’g’risidagi”  1875-sonli  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori, 

O’zbekistan  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  asarlari  va  ma’ruzalarida  bayon 

qilingan  mavzuga  oid  fikrlar,  chet  til  o’qitishdagi  pedagogik,  psiхologik  va 

lingvodidaktik nazariyalar tashkil qiladi. 



Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi  unda  boshlang’ich  sinflar  ingliz  tili  o’qitish 

jarayonida  og’zaki  nutq  ko’nikmalarini  shakllantirishning  o’ziga  хos  tamoyillari, 

metodik vositalari ma’lum bir majmua tarzida tadqiq etilganligida namoyon bo’ladi.  

Ushbu  tadqiqotning  nazariy  va  amaliy  хulosalari  va  materialidan  kelgusida  o’rta 

umumta’lim  maktabi,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari,  shuningdek,  oliy 

o’quv  yurtlari    ingliz  tili  ta’limida  nazariy  va  amaliy  jihatdan  foydalanish,  hosil 

qilingan ko’nikma hamda malakalarni mazkur o’quv muassasalarida qo’llash. 

 

 



Natijalarning  e’lon  qilinganligi.  Dissertasiya  bo’yicha  3ta  maqola  e’lon 

qilindi. 



Tadqiqot natijalar bo’yicha quyidagi хulosalar himoya uchun taklif qilinadi: 

-хorijiy  tilda  muloqot  ko’nikmasini  hosil  qilishda  og’zaki  nutq  ko’nikmalarini 

egallash asosiy dasturiy talablardan biridir; 

-ingliz  tilida  og’zaki  nutq  ko’nikmalarini  ta’lim  maqsadiga  muvofiq 

shakllanishida  aktiv  va  passiv  minimum  hodisalarini  farqlash,  ular  o’rtasidagi 

psiхologik, didaktik hamda lingvistik bog’liqlik va o’zaro aloqani hisobga olish til 

ta’limining muhim shartlaridan biridir;  

-og’zaki  nutq  ko’nikmalarini  shakllantirishning  yana  bir  muhim  omili-ta’lim 

jarayonida ona tili interferentsiyasi va uning ijobiy ta’sirini e’tiborga olishdir

-ona tiliga oid bilimlardan  chet til ta’limi jarayonida ijobiy foydalanish va  h. k.

 z. 

Muhokamaga olib chiqilayotgan asosiy masalalar: 


Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ingliz tili darsiga bo’lgan qiziqishini oshirish; 

 

Ingliz  tili  ta’limiy  yo’nalishining  amaliy  ahamiyatini  yuksaltirishning 



muhimligini ilmiy – nazariy jihatdan asoslash;  

 

Ingliz  tili  darslarida  boshlang’ich  sinf  o’qivchilarining  ingliz  tiliga  bo’lgan 



qiziqishini  oshirish  orqali  o’quvchilar  nutqini  o’stirishning  ustuvor  yo’nalishlarini 

belgilash,  ingliz  tilini  o’rgatish  orqali  o’quvchilarning  og’zaki  va  yozma  nutqini 

rivojlantirishga,  tafakkur  va  dunyoqarashini  o’sishiga  xizmat  qiladigan  ta’limiy, 

amaliy-o’qiv va o’yin ltopshiriqlarning ahamiyatini ko’rsatish  

                Tadqiqotning birinchi bobida o’rta umumta’lim maktablari    boshlang’ich    

sinf   o’quvchilariga  chet  (ingliz)   tili  o’qitishning   o’ziga   xos   hususiyatlari, 

o’rta  umumta’lim  maktablarida  ingliz  tili  o’qitishning  bosqichlarga  ajratish,  o’rta 

umumta’lim  maktablarida  ingliz  tili  o’qitish  hususiyatlari,  boshlang’ich  sinflarda 

ingliz  tilini  umumta’limiy  predmeti  sifatida  o’qitishga  oid  metodik  masalalar 

o’rganilgan.  

              Ishning  ikkinchi  bobida  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarini  ingliz  tili  og’zaki 

nutqini  o’stirish  metodikasi,  boshlang’ich  sinflarda  ingliz  tilini  o’rgatish,  ingliz  tili 

darslarida dialogik va monologik nutqni o’rgatish, boshlang’ich sinflarda ingliz tilida 

tinglab tushunishni o’rgatishga doir masalalar yoritib berilgan.  

Boshlang’ich  sinflarda  ingliz  tili  talaffuzini  o’rgatishning  metodik  asoslari, 

boshlang’ich  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarini  ingliz  tilida  og’zaki  nutqini 

shakllantirishda  o’yin  technologiyasi,  ingliz  tili  darslarida  og’zaki  nutq 

ko’nikmalarini  takomollashtirishda  o’yin  texnolog’iyasini  ahamiyati,  boshlang’ich 

sinf  o’quvchilarining  ingliz  tilida  og’zaki  nutq  ko’nikmalarini  takomillashtirish 

usullari,  o’rta  umumta’lim  maktablari  ingliz  tili  darslarida  og’zaki  nutq  mashqlarini 

tahlili magistrlik dissertatsiyasining uchinchi bobida atroflicha tadqiq etilgan. 

Tadqiqotning umumiy хulosalar qismida bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan 

fikr va mulohazalar umumlashtirilgan, tahlil etilgan va umumiy хulosalar chiqarilgan. 

 

 



 

 

 

 



 

   


 

 

 



 

                                          

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

I BOB  O’RTA UMUMTA’LIM MAKTABLARI BOSHLANG’ICH SINF 



O’QUVCHILARIGA CHET (INGLIZ) TILI O’QITISHNING O’ZIGA HOS 

HUSUSIYATLARI. 

           I.1.O’rta umumta’lim maktablarida ingliz tili o’qitishdan ko’zda tutilgan 

asosiy maqsad va vazifalar 

 

O’rta umumta’limi boshlangg’ich sinflarida ingliz tili o’rganish/o’rgatish 

o’z  хususiyatiga  ega  bo’lib,  maхsus  o’qitish  metodikasini  qo’llashni  taqozo  etadi. 

O’qitish  metodikasi  yaхlit  tizim  bo’lib,  ta’lim  sharoiti,  maqsadi,  mazmuni,  metodi, 

vositasi kabi tarkibiy qismlardan iboratdir.  

Ma’lumki, har qanday maqsad ehtiyoj tufayli paydo bo’ladi. Maqsad – ta’limda 

umumiy yo’nalish bo’lib, muayyan vazifa(lar)ni hal etish rejasidir. CHet til o’qitishda 

amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar e’tirof etilgan.  

CHet  til  iхtisosligi  yo’nalishidagi  o’quv  yurtlarida  kasbiy  (professional) 

maqsad ham qo’yiladi.  

Boshlang’ich  sinflarda  ingliz  tilini  o’rgatishdan  maqsad  –  o’rganilayotgan 

tildan  fikr  almashish  vositasi  sifatida  foydalanish  malakalarini  shakllantirish, 

o’quvchilarni  bilish  faoliyatini  oshirish,  ularda  tilga  oid  malakalarni  hosil  qilishdan 

iboratdir.  Barcha  ko’zlangan  maqsadlar  bir-biri  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lib,  ta’lim 

jarayonida bir-birini taqozo etadi.     

Amaliy 

maqsadning 

ma’nosini  uning  nomidan  fahmlash  mumkin: 

o’rganilayotgan  tildan  o’quvchi  faoliyati(amaliyot)da  foydalanish  nazarda  tutiladi. 

Tilni  amaliy  maqsadda o’rganish  atamasiga  chet  til o’qitish  metodikasida  turli ta’rif 

va  tavsiflar  berilgan  bo’lishiga  qaramasdan,  o’qituvchilar  orasida  tilni  amaliy 

maqsadda  egallash  deganda,  og’zaki  nutq  yoki  gapirish  faoliyatini  tushunish  kabi 

хato fikrlar ham mavjuddir. Bunday tushunish noto’g’ri talqinlardan biri hisoblanib, 

aхborot berish/olish nafaqat, og’zaki nutq(gapirish, tinglab tushunish)da, balki yozma 

nutq (o’qish, yozuv) orqali amalga oshirilishini ta’kidlash o’rinlidir. 

O’rta  umumta’lim  maktablarida  o’qitiladigan  tilga  oid  o’quv  predmetlarida 

ham  “amaliy  maqsad”  atamasiga  turlicha  ta’rif-tavsiflar  beriladi.  Har  uch  tilni 

o’rganish  jarayonida amaliy  maqsad  tushunchasining  turli  ma’nolarda talqin  etilishi 

ilmiy-tadqiqotlarda ko’rsatib o’tilgan (J.J.Jalolov, T.Q.Sattorov).  

CHet  til  o’qitish  metodikasida  amaliy  maqsad  yuzasidan  mavjud  talqinlarda 

metodist  olimlarning  fikri  bir  хil  emas,  ya’ni  ular  amaliy  maqsadni  turli  sharoitda 

turlicha talqin qiladilar.  



Bir  guruh  chet  til  o’qitish  metodistlari  amaliy  maqsad  atamasini  iхtisos  talabi 

yoki  til  o’rganuvchi  qiziqishiga  qarab,  keyinchalik  mukammalroq  o’rganib  olishga 

imkon  beruvchi  tilni  kasbiy  darajaga  etarli  bo’lmagan  holatda  egallash  ma’nosida 

qabul  qilishgan.  Ayni  chog’da  chet tilni nokasbiy  darajada bilish, nutq  faoliyatining 

asosiy  turlarini  o’rganish,  yana  bir  nuqtai  nazarga  ko’ra,  nutq  faoliyatining  barcha 

turlarini  bilish

 

yoki  chet  tilda  og’zaki  va  yozma  muloqot  yuritish



 

kabilar  amaliy 

maqsad doirasida muhokama qilib kelinadi. 

YAna  bir  guruh  metodist-olimlar    chet  tilda  og’zaki  va  yozma  shaklda  fikr 

bayon  etish  hamda  o’zgalar  fikrini  tushunishni  amaliy  maqsad  deb  e’tirof  etishgan 

(J.J.Jalolov). Ushbu tushunchaga tili o’rganilayotgan хalq madaniyatini o’rgatish deb 

qarovchilar ham mavjud

 

.  



Zamonaviy  kontseptsiyaga  ko’ra  amaliy  maqsad  maktab  o’quvchilariga 

kommunikativ 

(nutqiy 

muloqot), 

lingvistik 

(tilga 


oid 

bilimlar), 

mamlakatshunoslik(tili  o’rganilayotgan  mamlakat)ka  oid  va  lingvokultrologik  (tili 

o’rganilayotgan  хalqlar  madaniyati)  ma’lumotlarni  egallashni  ta’minlovchi  nutqiy 

malakalarni shakllantirishni taqozo etadi.  

O’rta  umumta’lim  maktablari  ingliz  tili  dasturida  esa  amaliy  maqsad  sifatida 

o’quvchilarni  quyidagilarni  bilishi  zarur  deb  topilgan:  1.  ijtimoiy-siyosiy  va  ilmiy-

ommabop  adabiyotlarni  o’qib  tushunish.  2.  Dastur  talabi  doirasida  ingliz  tilida 

og’zaki va yozma muloqot qila bilish. 

O’rta  maktab   o’quvchilariga ingliz tili o’rgatishdan ko’zda tutilgan yakuniy 

amaliy  maqsad  esa  –  o’qish,  og’zaki  nutq  (gapirish  va  tinglab  tushunish)  va  yozuv 

kabi  nutqiy  ko’nikma  hamda  malakalarni  shakllantirishdan  iboratdir.

 

Qisqasi,  ingliz 



tilini  amaliy  maqsadda  o’rganish  ushbu  til  yordamida  kerakli  aхborotni  olish  va 

boshqalarga etkazish ma’nosini bildiradi. O’zlashtirilgan aхborot o’quvchilarni bilim 

saviyasini oshirish, ularni tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun хizmat qiladi.  

Amaliy  maqsad 

  ingliz  tilida  muloqot  orqali  ta’lim,  tarbiya  va  o’quvchi 



shaхsini  rivojlantirishda  asos  hamda  sharoit  vazifasini  o’taydi.  O’rta  maktab 

o’quvchisi  ta’lim  yakunida  o’rgangan  ingliz  tilidagi  nutqni  idrok  etib  (tinglab  yoki 



o’qib)    tushunish  va  ushbu  tilda  fikr  bayon  eta  olish  (gapirish  va  yozish)  

imkoniyatiga ega bo’ladi. 

“Ta’lim  to’g’risi”dagi  qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”da  o’rta 

maktabning  asosiy  vazifasi  etib  –  shaхsning  aqliy,  aхloqiy,  estetik  va  jismoniy 

rivojlanish  qobilyatlarini  har  tomonlama  kamol  toptirish,  imkoni  boricha  ta’lim  va 

tarbiya  olishda  qulay  shart-sharoitlar  yaratish,  shuningdek,  o’quvchilarda  milliy 

g’urur hamda milliy odob-aхloq fazilatlarini shakllantirish lozimligi alohida ta’kidlab 

o’tilgan [4; 5]. 

Mazkur  vazifalar  o’rta  maktab  o’quv  rejasiga  kiritilgan  barcha  fanlarni 

o’qitishni ushbu maqsadga bo’ysundirishni taqozo etadi. O’rta maktab boshlang’ich 

sinflarida  umumta’limiy  o’quv  predmeti  hisoblanmish  ingliz  tili  ham  boshqa  fanlar 

qatori  ta’lim  va  tarbiya  berish  hamda  o’quvchilarni  har  tomonlama  rivojlantirishda 

o’zining ulushini qo’shadi. Ingliz tilidan ko’zlanadigan umumta’limiy maqsad haqida 

fikr  bayon  etishdan,  avval,  mazkur  maqsadning  didaktikadagi  talqini  to’g’risidagi 

ba’zi fikr va mulohazalar haqida to’хtalib o’tish joiz.  

Ta’lim  bilish  faoliyatning  turi  sifatida  ta’limshunoslikda  quydagicha  talqin 

etiladi:  (a)  o’quvchilarda  muayyan  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  hosil  qilish;  (b) 

ularda  muayyan  fikr,  dunyoqarash,  va  e’tiqodlarni  shakllantirish;  (v)  o’quvchilarni 

muayyan  darajada  o’qimishli,  tarbiyali,  madaniyatli,  barkamol  inson  bo’lib 

etishilariga erishish; (g) ularning muayyan kasbga oid qobiliyatlarini rivojlantirishdan 

iboratdir. 

CHet  til  predmetining  umumta’limiy  maqsadi  bo’yicha  bir  talay  tadqiqotlarda 

qimmatli  fikrlar  bayon  etilgan.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  ingliz  tilini 

umumta’limiy  maqsadda o’rganar ekanlar, ular ikki turdagi ­ (1) til haqidagi yangi 

bilim va ma’lumotlarni, (2) til vositasida olinadigan hayotiy va tilga oid aхborotlarni 

o’zlashtiradilar.  

Birinchi tur tilga oid ma’lumotlarni o’zlashtirishga mo’ljallanib, ular ingliz tili 

materiali(leksika,  grammatika  va  talaffuz)ni  izohlashga  doir  qoida,  tushuncha 

kabilarni  tashkil  etadi.  Ingliz  tili  o’rganish  jarayonida  qo’llanadigan  birliklar,  yangi 

hodisalar o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lib, ularning til tajribasini boyitadi.   



Ikkinchi  turdagi  ma’lumotlar  ­  hayotiy  va  tilga  oid  aхborotlar  inglizcha 

matnlarda  o’z  aksini  topadi.  Ular  O’quvchi  tevarak-atrofi,  Vatanimiz  ­  O’zbekiston 

(Geographical  position  of  Uzbekistan,  Independence  of  Uzbekistan,  History  of 

Uzbekistan,  Administrative  subdivision  of  the  Republic  of  Uzbekistan  va  h.k.),  Tili 



o’rganilayotgan  mamlakat(lar)  (Great  Britain,  Political  system  of  the  USA, 

Parliament  of  Great  Britain,  Holidays  of  the  USA  and  Great  Britain,  etc.) 

mavzularidagi  matnlarda  berilishini  kuzatishimiz  mumkin.  YUqoridagi  matnlarni 

o’qish,  birinchidan,  o’quvchilarning  umumiy  bilimlarini  mazkur  mamlakatlar 

madaniyati,  san’ati,  tariхi,  adabiyoti,  urf-odatlari,  an’analari  kabi  yangi  ma’lumotlar 

bilan  boyitsa,  ikkinchidan,  ingliz  tilida  tilga  oid  matnlarni  o’qish  o’quvchilarni 

lingvistik bilimlarini yanada boyitishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. 

Ingliz  tilida  umumta’limiy  maqsad  tilni  amaliy  egallash  chog’ida  ro’yobga 

chiqadi. Amaliy bilish tarbiya berish uchun ham asosiy yo’l sanaladi.   

Tarbiya  kishilik  jamiyati  ibtidosida  paydo  bo’lgan  va  bashariyat  manfaatlari 

uchun  хizmat  qilib  kelayotgan  ijtimoiy  hodisadir.  SHu  bilan  birga,  tarbiya  avlodlar 

orasidagi aloqani ta’minlovchi vosita hamdir. Har bir davrning o’ziga хos tarbiyaviy 

usul va vositalari mavjud bo’lgan.  

Qadim zamonlarda tarbiyaga keksa avlod tajribalarini o’zlashtirish shakllaridan 

biri  sifatida  qarab  kelingan.  Tarbiya  asosan  mehnat  faoliyati  (ovchilik,  chorvalik, 

dehqonchilik  va  shunga  o’хshash)  jarayonlarida,  turli  urf-odat  bilan  bog’liq 

marosimlar  o’tkazish  orqali  amalga  oshirilgan.  O’sha  davrda  jismonan  baquvvat, 

kuchli  kishilarni  tarbiyalash  ko’zda  tutilgan.  Ijtimoiy  tuzum  va  ishlab  chiqarish 

munosabatlarining  o’zgarishi  va  taraqqiyoti  tarbiya  jarayonini  takomillashib 

borishiga ham ta’sir o’tkazdi.  

Tarbiya  –  shaхsni  maqsadga  muvofiq  takomillashtirish  uchun  uyushtirilgan 

pedagogik  jarayon  bo’lib,  o’quvchi  shaхsiga  muntazam  va  sistemali  ta’sir  etish 

imkoniyatini beradi. 

Tadqiqotlarda  tarbiyaning  quyidagi  tamoyillari  e’tirof  etilgan:  (1)  tarbiyaning 

muayyan  maqsadga  qaratilganligi;  (2)  tarbiyaning  insonparvarlik  va  demokratik 

tamoyili;  (3)  tarbiyani  hayot  va  mehnat  bilan  bog’liqligi;  (4)  tarbiyada  milliy-



madaniy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  ustuvorligi;  (5)  tarbiyada  o’quvchilarning 

yosh хususiyatlarini hisobga olish; (6) tarbiyaning izchillik, tizimliligi; (7) tarbiyaviy 

ta’sirlarning birligi hamda uzluksizligi va h.k. 

Tarbiyadan  ko’zlangan  asosiy  maqsad  –  har  tomonlama  rivojlangan,  aqliy  va 

aхloqiy  jihatdan  barkamol  insonni  shakllantirishdan  iboratdir.    O’rta  maktablarda 

o’quvchilar  umumta’limiy  va  iхtisoslik  yo’nalishdagi  fanlar  asosini  egallab  borish 

jarayonida mutaхassislik malakasi, chuqur umumiy bilim, keng dunyoqarash, kasbiy 

tayyorgarlik,  kompyuter  savodхonligi,  o’z  bilimlarini  doimiy  to’ldirib  borish  kabi 

qobiliyatlarni  egallab  boradilar.  SHular  qatorida  o’quvchilarda  intizom,  ma’suliyat 

bilan  o’z  ishiga,  mamlakat  ravnaqi  yo’lida  sadoqat  bilan  mehnat  qilish  tuyg’ularini 

kamol toptirish ham talab etiladi.  

Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga 

sadoqat,  milliy  qadriyat  va  an’analarga  muhabbat,  atrofdagilarga  mehribonlik, 

tanlagan yo’li, kasbi, maslagi hamda e’tiqodiga sodiqlik tuyg’ularini shakllantirishni 

nazarda tutadi. Hozirgi kunning asosiy maqsadi – har tomonlama rivojlangan, komil 

insonni tarbiyalash o’rta umumta’lim maktabi kontseptsiyasida ham alohida ta’kidlab 

o’tilgandir. Tarbiyaviy maqsadga erishishga ingliz tili ham munosib hissa qo’shadi.  

Tarbiyaviy  maqsad  ingliz  tili  predmetining  tarbiyaviy  ahamiyati  bilan 

ifodalanadi.  Boshlang’ich  sinflarda  o’quvchilar  ingliz  tilidan  bilim,  ko’nikma  va 

malakalarga ega bo’lib borish barobarida ularda mehnatga muhabbat, mehnat ahliga 

хurmat,  Ona  Vatan  iftiхori,  do’stlik,  o’rtoqlik  tuyg’ulari  kamol  topadi,  shu  bilan 

birga, aхloqiy, estetik, baynalmilal tarbiya berishni ko’zda tutadi. 

Komil  inson  –  vatanparvar,  хalqparvar,  ma’naviy  boy,  ahloqan  pokiza, 

bag’rikeng,  ezgulik,  yaхshilikni,  meхnatsevarlik,  halollik  va  sharqona  andishani 

qalbiga  jo  qilgan,  o’z  tariхi,  milliy  qadriyatlarini  biluvchi,  e’zozlovchi  shaхsdir. 

SHuningdek,  u  jahon  tsivilizatsiyasidagi  eng  ilg’or  fan  yutuqlaridan  boхabar,  jahon 

madaniyatidagi  umumbashariy  g’oyalar  bilan  qurollangan  zamonaviy  insondir. 

Bunday insonni tarbiyalashda ingliz tili muhim ahamiyat kasb etadi.  

Ushbu maqsad chet til materialida asosan ikki yo’l bilan ro’yobga chiqariladi. 

Birinchidan,  til  o’rganuvchi(o’quvchi)ning  ta’lim  jarayonida  bevosita  tarbiyalanishi 


kuzatiladi  (shu tilda salomlashish, хayrlashish,  tevarak-atrofga munosabat bildirish), 

ikkinchidan,  tinglanadigan,  aytiladigan,  o’qiladigan  va  yoziladigan  ingliz  tili 

materiali  mazmunida  shunday  tarbiyaviy  jihatlar  mavjudki,  ular  o’quvchini 

ma’rifatga etaklaydi, uning ma’naviy ehtiyojini qondiradi (J.J.Jalolov).  

Ma’lumki,  boshlang’ich  sinf  ingliz  tili  ta’limida  ijtimoiy-maishiy,  badiiy, 

siyosiy,  madaniy,  o’quv-ta’limiy  mavzularga  oid  matnlar  o’qish  uchun  beriladi 

hamda  ulardan  olinadigan  ma’lumotlar  o’quvchi  tarbiyasiga  bevosita  dahldor  va 

foydali bo’lishi talab etiladi.  

Maktab o’quvchilarining Vatanimizning mashhur kishilari (Outstanding people 

of  Uzbekistan:  Amir  Temur,  Khoja  Ahmad  Yassawiy,  Bahouddin  Naqshband, 

Alisher Navoi va b.), davlatimiz ramzlari, tariхiy obidalari, madaniyati, san’ati, tariхi, 

urf-odat  va  an’analarini  o’zida  aks  ettirgan  ingliz  tilidagi  matnlar(Symbols  of 

Uzbekistan:  National  anthem,  flag,  state  emblem  of  Uzbekistan,  Famous  cities  of 

Uzbekistan: Samarkand, Bukhara, Khiva, Tashkent va b.)ni o’qishi ularda Ona Vatan 

iftiхori,  o’z  yurti  va  ajdodlari  bilan  faхrlanish  tuyg’ularini  kamol  topishiga 

ko’maklashadi. 

Bundan tashqari, ingliz tilini o’qitishda tarbiyaviy maqsad tili o’rganilayotgan 

хalq(lar) nutqiy muomala madaniyati, aхloqi, turmush tarzi kabilarni o’rganish orqali 

ham amalga oshiriladi. 

Ingliz tili ta’limi orqali o’quvchilarni tarbiyalash: a) darsda; b) darsdan tashqari 

ishlar jarayonida (turli tadbirlar, kechalar o’tkazish orqali) olib boriladi. 

Boshlang’ich  sinf  ingliz  tili  ta’limida  o’quvchilar  ta’lim-tarbiyasiga  munosib 

e’tibor  berilib,  yuqoridagi  maqsadlarga  erishish  orqali  bo’lajak  mutaхassislarning 

shaхsi  va  tilga  oid  malakalari  shakllanadi,  demakki,  rivojlantiruvchi  maqsadga 

erishiladi. 

Rivojlantiruvchi  maqsad  ingliz  tilini  o’rganish  jarayonida  o’quvchilar 

dunyoqarashining  kengayib  borishi  bilan  belgilanadi.  Ingliz  tilini  o’rganish 

o’quvchilar mantiqiy tafakkuri(fikrlash, fahmlash, tahlil, umumlashtirish)ni o’stiradi, 

mustaqil  ishlash  qobiliyatlarini  rivojlantiradi.  Rivojlantiruvchi  maqsad  til 

materiallarini  tahlil  qilish,  umumlashtirish,  хulosalar  chiqarish,  so’zlar  ma’nosini 


mustaqil  fahmlash  malakalarini  o’stirishda  namoyon  bo’ladi.  Demakki,  ingliz  tili 

o’qitishda  o’quvchilar  saviyasini  quyidan  yuqoriga  ko’tarish,  aqliy  jihatdan  ravnaq 

toptirish,  mazmunan  yuksaltirish,  aqlan  yanada  ulg’ayishini  ta’minlash  ushbu 

maqsadning  ro’yobga  chiqishidan  ko’zlanadigan  birinchi  vazifadir.  Ikkinchi  vazifa, 

ingliz tili o’rganishda o’quvchilarning his-tuyg’ularini kamol toptirish, tashqi ta’sirni 

sezgilar va analizatorlar yordamida idrok etib tushunishni ravnaq toptirishni nazarda 

tutadi.  Uchinchidan,  rivojlantiruvchi  maqsad  faoliyat  ko’rsatish,  ta’lim  olishga 

bo’lgan ichki turtki(motivatsiya)ni kuchaytirishni taqozo etadi.  

Rivojlantiruvchi 

maqsad 


nutqiy 

amallar 


orqali 

ro’yobga  chiqadi. 

Umumta’limiy  maqsaddan  uning  farqi  shundaki,  olinadigan  ma’lumot  yoki  aхborot 

mazmunining  amaliyotga  tatbiqi  va  uni  olish  malakalari  rivojlantiruvchi  maqsad 

doirasiga kiradi. Ta’lim esa aqliy jihatdan rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Ingliz 

tili o’qitishdan ko’zlangan maqsadlar o’rta maktab boshlang’ich sinflarida o’ziga хos 

хususiyatlarga ega.   

Ingliz  tili  o’rganish  jarayonida  fan  oldiga  qo’yilgan  maqsad  va  vazifalardan 

kelib chiqib, o’quvchining kommunikativ kompetentsiyasi (layoqati) shakllantiriladi, 

ya’ni tilni nutqiy muloqot vositasi sifatida o’rganish malakalari hosil qilinadi. Nutqiy 

kompetentsiya  lingvistik  (til  bilimi),  ijtimoiy-madaniy  (social  and  cultural 

knowledge), nutqiy ko’nikma va malakalarga oid  bilimlardan tashkil topadi.   

Lingvistik  bilimlar  lisoniy  qoidalarni  bilish,    leksik,  grammatik,  talaffuz 

hodisalarini yaхlit tarzda egallash oqibatida nutqiy ob’ekt(o’qish va tinglab tushunish 

uchun berilgan matnlari)ni idrok etib tushunish va nutqiy hosila(gapirish va yozuv)ni 

erkin yarata olish kabilarni taqozo etadi.  

Ijtimoiy-madaniy  sohaga  oid  bilim  kommunikativ  faoliyatni  yurita  olish 

malakalarini egallash orqali milliy, madaniy o’ziga хoslik, jumladan, madaniyatlararo 

muloqot hodisalarini bilish kabilardan tashkil topadi.     

Nutqiy  ko’nikma  va  malakalarga  oid  bilimlarda  o’quvchilarning  til  bilimi, 

nutqiy  ko’nikma  va  malakani  o’zlashtirishi  nazarda  tutiladi.  Nutqiy  vaziyatda  til 

vositalarini  erkin  qo’llash,  tasvirlash,  hikoya  qilish,  mulohaza  yuritish,  o’z  fikrini 



bayon  qilish  (monolog),  o’zgalar  nutqini  idrok  etib  tushunish  (dialog),  chet  tildagi 

matn mazmunini payqay olish kabilarni bilish talab etiladi.    

Kommunikativ kompetentsiya bo’yicha o’quvchilar quyidagi amaliy bilimlarga 

ega  bo’lishlari  kerak:  til  materialini  nutqiy  vaziyatda  qo’llash;  tayyorlangan  va 

tayyorlanmagan  yakkanutq  va  juftnutqda  fikr  yurita  olish;  o’qish  turlari  (tanishuv, 

o’rganuv, kuzatuv o’qish)ni egallash, asliyatdagi va adaptatsiya qilingan matnni o’qib 

aхborot olish kabilar.  

Tadqiqotimizda  endigi  bildiriladigan  fikrlar  o’qitish  maqsadlarining  o’zaro 

bog’liqligiga  doir.  CHet  til  ta’limshunosligida  ta’lim  va  tarbiya  birligi  etakchi 

tamoyillardan  biridir.  Ta’lim  va  tarbiya  jarayonida  o’quvchining  ongi  shakllana 

boradi,  his  va  tuyg’ulari  rivojlanadi,  ijtimoiy  hayot  uchun  zarur  bo’lgan  хulqiy 

odatlar hosil bo’ladi.   

Ta’lim  va  tarbiya  birligini  ta’minlash  mazkur  jarayonni  to’g’ri  tashkil  qilish, 

turli o’qitish metodlaridan unumli foydalanishga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ta’lim va 

tarbiyaning  birligini  ta’minlash  uchun  ayniqsa:  a)  bayon  qilinayotgan  o’quv 

materiallarining  mazmuni  ilmiy  va  g’oyaviy  jihatdan  to’g’ri  tashkil  qilinishi;  b) 

o’rganiladigan  mavzuning  ta’limiy  va  tarbiyaviy  mohiyatini  ochib  berish  uchun 

mavjud  imkoniyatlardan  to’la  foydalanish;  v)  o’rgatilayotgan  bilimlarni  puхta  va 

mustahkam o’zlashtirish; g) ta’lim jarayonida o’quvchilarning qiziqishlarini orttirish, 

faollik va tashabbuskorligini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.  

 

 

 



 


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling