I. Kirish II. Asosiy qism


Download 153.36 Kb.
Sana22.09.2020
Hajmi153.36 Kb.
#130680
Bog'liq
KURS ISHI


I. Kirish………………………………………………………………..

II.Asosiy qism

1.Saralash tepaligining bir ipli rejasi………………………………….

2. Saralash tepaligining ikki ipli rejasi………………………………...

3. Rels zanjiri sxemasi………………………………………………....

4. Saralash tepaligini avtomatik markazlashtirishning blokli rejasi…...

5. Prinsipial sxemalar………………………………………………….



III.Xulosa……………………………………………………….……

Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Temir yo'llar bo'ylab yuklarni tashish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

• Temir yo'l omborxonasiga yuklarni qabul qilish;

• Vagonlarga yuklarni yuklash;

• Jo'natish stantsiyasidan belgilangan stantsiyaga yukli vagonlarni ko'chirish;

• Belgilangan stantsiya omborxonasiga yuklarni tushirish;

• Qabul qiluvchiga yukni berish.

Aniq yuk jo'natuvchilar tomonidan tashishga mo'ljallangan yuklar kichik partiyalarda 1-2 vagonda kelib tushadi. Iqtisodiy tomondan jo'natish stantsiyasida bunday poezdlarni shakllantirish maqsadga muvofiq emas, bunday holda poezdni shakllantirish uchun ketadigan vaqt oshadi, vagonlar turishi uchun qo'shimcha yo'llar talab qilinadi va h.k. Bu temir yo'l transporti vositalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi. Shuning uchun temir yo`llarda saralash stansiyalari mavjud bo’lib, ular yetib kelgan yuk poyezdlarni qayta tuzish, qayta tuzilgan poyezdlarni shakllantirish va jo’natish uchun mo’ljallangan.

Saralash stansiyalarining asosiy vazifasi – vagon potoklarini qayta ishlash va poyezdlarni optimal rejimda, ya'ni ularning stansiyada bo`lish vaqti minimal va texnik jihatdan asoslangan holda tashkil etishdan iborat.

Saralash stansiyalari yuklarni yuklash va tushurish ishlari ko`p bo`lgan rayonlarda; magistral yo`llarning kesishgan joylarida; yirik ishlab chiqarish, daryo port markazlari qoshida joylashgan bo`ladi.

Shu narsani qayt etish kerakki yuklarni yuklash va tushirish ishlaring 80 % temir yo’l stansiyalarida amalga oshadi. Ammo, ularning ish hajmi faqat vagon guruhlarini tashkil etishga imkon beradi. Poyezdlarni tashkil etish va asosiy saralash ishlari uchastka, saralash va katta yuk stansiyalarda amalga oshiriladi.

Ushbu kurs ishida berilgan topshiriq bo’yicha tepalikni blokli gorka avtomatik markazlashtirish qurilmalari bilan jihozlash ko’rib chiqiladi.


  1. Saralash tepaligining bir ipli rejasi

Bir ipli reja saralash parkining 11-17, 21-27, 31-37, 41-47 yo’llarini o’z ichiga olgan 4ta puchogi uchun tuzilgan (1-rasm). Bir ipli rejada saralash tepaligining har bir siljish yo’li bo’yicha o’rnatilgan Г1,Г2, Г3 gorka svetafori va uning takrorlovchilari ПГ1,ПГ2,ПГ3; saralash parkidan tepalik uchiga harakatlanishga ruhsat beruvchi МГ1, МГ2 manyovr svetofori; o’rnatish tomoni va strelkalar nomerlari ko’rsatilgan strelkali elektr yuritmalar Tepalikdan qo’yib yuborilayotgan otseplarni interval va mo’ljallangan tormozlashni ta’minlovchi 3ta tormoz pozitsiyalarida o’rnatilgan nomerli vagon sekinlashtirgichlari; otseplar harakatini kuzatish hududini tashkil qiluvchi strelkali va strelkalar aro rels zanjirlari ko’rsatilgan. Saralash parkining yo’llari ikki belgili raqamlar bilan nomerlanadi: birinchi raqam - puchok nomeri, ikkinchosi – puchokdagi yo’l nomeri.

Puchokdan oldingi tarqatish hududidagi strelkalar 1 dan 4 gacha, puchokda (ikkinchi tormoz pozitsiyasidan keyin) esa ikki xonali son (birinchi son – puchok nomeri, ikkinchi son – ketma-ket joylashgan strelkalar nomeri) bilan raqamlanadi. Gorka svetoforidan oldingi strelkalar o`sib borish tartibida raqamlanadi, masalan, 61, 62 va b.q.

Strelkali seksiyalar strelkalar nomerlari bo’yicha raqamlanadi, strelkalar o`rtasidagi strelkasiz seksiyalar esa oldinda joylashgan strelka nomeriga strelka yo`nalishi to`g`riga yo`nalgan bo`lsa Пharfi yoki strelka yon yo`lga yo`nalgan bo`lsa M harfi qo`shib belgilanadi. Bundan tashqari harakat yo`nalishi bo`ylab alfavit harflari (А, Б, В va b.q) qo`shiladi. Birinchi puchokda birinchi strelkadan keyingi seksiyalar 1ПА, 1МА; ikkinchi strelkadan keyin esa 2ПА, 2ПБ, 2ПВ, 2МА, 2МБ, 2МВ deb belgilangan.Keyingi seksiyalar ham shu tariqa belgilanadi. Shu bilan birga bir ipli rejada gorka tepaligi ВГva kabel magistral trassasi ko`rsatiladi. Tasdiqlangan bir ipli reja asosidaБГАЦning boshqa ishchi chizmalari tuziladi.


  1. Saralash tepaligining ikki ipli rejasi

Tarqatish hududi yo’llarining ikki ipli rejasi (2-rasm) saralash parkining uchunchi puchogining 31-37 yo’llari uchun ko’rsatilgan. 1:200 masshtabda tuzilgan ushbu rejada bir ipli rejadagi elementlar ko’rsatilgan.

Qo’shimcha quyidagilar ko’rsatilgan:

Havo kollektorlari o’rnatilish joyi ko’rsatilgan vagon sekinlashtirgichlari tipi strelkali va strelkalar aro izolyatsiyalangan uchastkalarni hosil qilish uchun izolyatsiyalovchi tutashmalar joylashuvi, tarqatush hududidagi barcha strelkalarning strelkali uchastkalar nomerlanishi va magnit pedallari, rels zanjirlari ta’minot yo’l transformatorlarining yo’l qutilarining joylashuvi sekinlashtirgichlar chegaralaridagi rels zanjirlarining belgilanishi.

Vagon sekinlashtirgichlaring nomerlanishi bir ipli rejada ko’rsatilgan (1-rasmga qarang). Birinchi tormoz pozitsiyasida vagon sekinlashtirgichlari bir qiymatli raqamlar bilan (1,2,3,4), ikkinchisida - ikki qiymatli (11,12,21,22,31,32,41,42,51,52), uchinchisida – uch qiymatli raqamlar bilan nomerlanadi (113-163,213-263,313-373,413-473,513-583), bunda birinchi ikkita raqam yo’l nomeriga, uchichisi esa – tarqatish yo’nalishi bo’yicha sekinlashtirgich o’rnatilgan joyiga to’g’ri keladi.
3. Rels zanjiri sxemasi
Saralash parkida normal ajratilgan rels zanjirlari keng qo`llanadi.Bu rels zanjirlari normal berk rels zanjirlaridan o`zining tezkorligi bilan farqlanadi.Himoya qurilmalari bilan to`ldirilgan rels zanjiring prinsipial sxemasi 3-rasmda keltirilgan. Rels zanjiring ishlashi quyidagicha: Rels liniyasining bo`sh holatida PT ning ikkinchi g`altagi rels liniyasining kirish qarshiligi (Zvx) bilan yuklangan bo`ladi. Ballastning normativ solishtirma qarshiligini hisobga olganda rels liniyasining kirish qarshiligi 3 Omdan kam bo`lmaydi. Shu vaqtda PT ning birinchi g`altagidan shunday tok oqib o`tadiki, bunda Rp da kuchlanish qiymati juda kichik bo`ladi. Natijada filtr (F) chiqishida – I relesining tashlab yuborish kuchlanishidan kichik kuchlanish shakllanadi. Shuning uchun I relesi qo`zg`almagan va SP relesi orqali elektr toki oqib o`tadi. Bu holat rels zanjirining bo`shligiga to`g`ri keladdi.

Rels liniyasiga g`ildirak juftligi kirib kelganda rels liniyasi kirish qarshiligi Zvx=3Om ga parallel tarzda Rshn=0.5Om ulanadi. Bundan PT ning birinchi g`altagida tok tushuvining ortishiga olib keladi. F kirishida (Rp) kuchlanish tushuvi shu darajada ko`tariladiki, natijada I relesi qo`zg`aladi. I relesi old kontakti orqali SP relesining o`chirilishi yo`l bandligini belgilaydi. G`ildirak juftligi rels liniyasiga kirib kelganda kirish qarshiligi Rshn=0.5 dan katta bo`lgan holda, I relesining qo`zg`almaslik holati kuzatiladi. Bunda g`ildirak juftliklari 1P, pedallari orqali o`tishidan 1PD, pedal relelari qo`zg`aladi. Pedal relelari o`zlaring takrorlovchi relelarini(OPSP, POPSP) ishga tushuradilar. Takrorlovchi relelar kontaktlari orqali SP relesini toksiz holatga keltiradilar va seksiya bandligi belgilanadi. G`ildirak juftliklari pedallardan o`tishidan pedal relelari qisqa vaqtga qo`zg`aladilar. Shuning uchun takrorlovchi relelari tashlashga sekinlashtirilgan bo`ladi. OPSP, DOPSP umumiy sekinlashish vaqti 1.9-2.5 s ni tashkil qilib, strelkaning xavfli hududlarining tezkor tarzda strelka seksiyalarini ozod etilishini ta'minlaydi.

Gorka tepaligiga chegaradosh bo`lgan saralash parkining gorlovinasida normal ajratilgan rels zanjirining 4 xil sxemasi qo`llaniladi. Bu kurs ishida 2-sxema keltirilgan bo`lib, u boshqa normal ajratilgan rels zanjirlaridan 2P pedalining qo`llanilmasligi bilan farqlanadi. Bunda SP rele zanjiridan 2OPSP, 2POPSP kontaktlari bo`lmaydi. Sxema harakat yo`nalishi bo`yicha oxirgi ikki strelkali rels zanjirlari uchun qo`llaniladi.

4. Saralash tepaligini avtomatik markazlashtirishning blokli rejasi
БГАЦ tizimida РКН relesinio’zidajamlovchinamunaviyrelebloklaridanfoydalaniladi. Aparaturaningbirqismipostdagirelexonasidagistativlardao’rnatiladi. Quydagilar asosiy releli bloklar hisoblanadi: I-62, II-67, III-67, IV-67, БМ-62, БМП-62, СГ-66 (СГ-76). Mashrut topshirig’ini shakllantirish va translatsiya qilish uchun I, II va III tipdagi bloklardan foydalaniladi, ularda saralash va puchok relelarining sxemalari o’rnatiladi.

I tipdagi blok 4 ta saralash relesi, 2 puchokli, 1ta himoya va yo’l relesining takrorlovchisidan tashkil topgan. II tipdagi blok esa 4 ta saralash relesi, 1ta himoya va yo’l relesining takrorlovchisidan tashkil topgan. Puchokdagi so’ngi strelkaning strelkali va strelkasiz uchastkasida III tipdagi blokdan foydalaniladi. IV tipdagi blok 8 ta reledan iborat bo’lib, ular ham I va II tipdagi saralash va puchkavoy relelari takrorlovchisi kabi ulanadi.

IV tipdagi blok yordamida pultda indikatsiya va strelkani o’tkazishga buyruqni shakllantirish uchun marshrut topshirig’i kodi yechiladi.Blokli rejada (4 – rasmda)ФЗ, ФЗ1 mashrur topshirig’ini shakllantirish bloklari;БН topshiriq jamlagichi va СГ strelkalari bilan topshiriqni amalga oshirish ko’rsatilgan.

5. Prinsipial sxemalar

Berilgan topshiriq bo’yicha saralash tepaligining prinsipial sxemalari blokli reja asosida tuziladi va unda bloklarni tipi va ularning o’zaro bog’lanishi ko’rasitaladi. Keltirilgan blokli rejada translyatsiya, bajaruvchi va indikatsiya bloklari ko’rsatilgan



Marshrut topshiriqlarini shakllantirish va ro`yxatdan o`tkazish.Topshiriqlarni shakllantirish va ro`yxatdan o`tkazish uchun ФЗ, ФЗ1 va РЗ, РЗ1(II) tipdagi bloklardan va БДШ diodli blokdan foydalaniladi.

Topshiriqni tepalik pultida o`rnatilgan 1-8 mashrut tugmalari yordamida shakillantiriladi.Tugmani birinchi bosilganda tepalik parkining puchok nomeri, ikkinchisidapuchok yo`li nomeri shifrlanadi. Dastlab to`rtinchi nomerdan yuqori bo’lmagantugma bosiladi (park puchoklari soni bo`yicha). Katta nomerli tugmani bosish kerakli natijaga olib kelmaydi, chunki to`rtinchi va beshinchi tugmalar orasidagi zanjirdiod bilan shuntlangan Ф relening frontal kontakti bilan ajralgan.



ФЗ va ФЗ1 bloklarida 1C, 3C, 5C, 7C saralash relelari bor, ular marshrut tugmasi bosilganda qo`zg`aladi; himoyalovchi rele З, blokning mashrut topshirig’i bilan bandliginianiqlovchi va ikkinchi topshiriqni band blokga kiritishni oldini oladi; topshiriqni siljitish relesi ПП, topshiriqni bir blokdan boshqasiga yetkazishni taminlaydi. Bo`sh montaj stativida birinchi va ikkinchi terish taktini aniqlovchi Ф va Ф1taktli relelari o`rnatilgan. Topshiriqlarni shakllantirish sxemasini tepalik pultida tugmalarni bosish bilan ishga tushuriladi.


Berilgan topshiriq bo’yicha tepalik postidan M marshrut rejimini terish tartibiniko’rib chiqamiz.Marshrutni uchunchi puchokga tayinlash uchun 3 tugmasi bosiladi vaФЗ1 blokida 5Cpuchkovoy rele ishga tushadi va o`z-o`zini qulflaydi.

O`z-o`zini qulflash zanjiri РЗ blokidagi З relesiningfrontal kontaktidan o`tadi vatopshiriq shu blokka uzatilmaguncha kontakt o`z holatini saqlaydi. 5C relesi ishga tushishi bilan З relesi o’chadi, blokning marshrut topshirig`i bilan bandligini qayd etadi va ushbu blokga yangi topshiriq kiritish bilan zanjirni uzadi.

3 tugmasi qo`yib yuborish bilan shakllantirish sxemasi ishining birinchi takti yakunlanadi,bu holat Ф relesi qo`zg`alishi bilan aniqlanadi:



Ф relesi yakorini tortib,frontal kontakti bilan tugmalarni diodli matritsa orqali ФЗ (II) blokiga ulaydi. Marshrut o`rnatishning ikkinchi taktida 4 tugmasini bosilganda quyidagi zanjir orqali 3C, 5C relelari qo`zg`aladiva o`z-o`zini qulflashiga olib keladi:



Topshiriq РЗ blokiga uzatilmaguncha 3C va 5C relelari o`z-o`zini qulflash zanjirlari orqali qo’zg`algan holatda bo’ladi. РЗ blokida З rele kontakti ajralishi bilan marshrut relesi o‘chadi.

4 tugmasini qo`yib yuborilgach, З(ФЗ1), З(ФЗ) rele orqa kontaktlari hamda Ф rele frontal kontakti orqali o`tuvchi zanjir yordamidaФ1 relesi ishga tushib marshrutni terish tugaganligini qayd etadi.

Shakllantirilgan topshiriq РЗ va РЗ1 bloklariga uzatiladi. Natijada, РЗ blokida – 3C, 5C relelari va РЗ1 blokida – 3C relesi ishga tushadi hamda o`z-o`zini qulflaydi.

Qo`zg`algan saralash relelarning orqa kontaktlari orqali RZ blokidagi Z rele o`chiriladi. Yakorni qo`yib yuborish bilan bu rele shakllantirish sxemasi ta'minotini o`chiradi. Ikkinchi bosilgan tugmani qo`yib yuborguncha topshiriqni bekor qilish tugmasi O ni bosish orqali bekor qilish mumkin. Shundan so`ng, boshqa marshrut topshirig`i tugmasi bosiladi.

Topshiriqning to`g`ri shakllantirilganligini pultdagi raqamli lampochkalar yonishi bilan nazorat qilinadi.

П rejimida topshiriqni jamlash uchun beshta mashrut topshirig’i jamlash va saqlash imkonini beruvchi beshta БН jamlagich bloklari qo’llaniladi. Jamlagichning har bir bloki na’munaviy sxema bo’yicha yig’ilgan va jamlagichning bitta pog’onasini ko’rsatadi. Kirish bloki sifatida 5HM beshinchi pog’ana bloki hisoblanadi, chiqish bloki sifatida 1HM birinchi pog’ana bloki hisoblanadi.

Topshiriqnitranslyatsiyaqilish.ФЗ, ФЗ1 bloklaridashakllanganmarshruttopshiriqlari, topshiriqtranslatsiyasiyasibloklari(I, IIyokiIIItiplaridagi) yordamidaamalgaoshiriladi.

Marshruttopshiriqlariboshstrelkadanboshlabvakeyinmarshrutningboshqastrelkalaribo’yichaketma-kettranslatsiyasiyaqilinadi. Strelkadan strelkagacha topshiriq uzatishning ketm-ket usuli tarkiblarni tarqatishda otseplar katta bo’lmagan intervallar bilan oldinma ketin harakatlanishi bilan yo’naltiriladi. Har bir keyingi otsep uchun faqat oldindagi otsep bosib o’tgan va bo’shatgan strelkani o’tkazish mumkin. Bunday usul o’zining marshrutini otsep harakatini doimiy kuzatilgandagina va har bir otsepning marshrut topshirig’ining siljishi oldingi otsepni quvub o’tmaganda va uning orqa qismida harakatlangandagina mumkin. Uzluksiz kuzatish uchun strelkalarda va strelkalar orasida qisqa rels zanjirlari quriladi, ular yordamida ГАЦ uchun marshrut topshirig’i transliyatsiyasi tizimi amalga oshiriladi.

Transliyatsiya tizimiga TЗ topshiriq transliyatsiyasi bloklari kiradi, ular orqali marshrut topshirig’i bitta strelkadan boshqasiga bloklarning oldingi otsep topshirig’idan bo’sh bo’lganda uzatiladi. TЗ bloklari har bir strelkali va strelkasiz uchastkalarga o’rnatikadi va saralash tepaliginning tarqatish hududi rejasi bo’yicha o’zaro ulanadi. Blokning sxemasini shunday quriladiki unda faqat bitta topshiriq bo’lishi mumkin va ushbu blokka tegishli seksiyani otsep bosib o’tmaguncha blokda saqlanadi. Undan keyin blokdagi mashrut topshirig’i o’chadi va bo’sh qolgan blokka keyingi otsepning topshirig’i kelishi mumkin. Keltirilgan sxemada tarqatish hudududining bosh strelkalari uchun ТЗ bloklarini ulash ko’rsatilgan. Topshiriq ikkinchi tipdagi bloklar yordamida translyatsiya qilinadi,strelkalarning bevosita boshqaruvi esa IV tipdagi bloklar yordamida translyatsiya qilinadi.

Bloklar hajmi yetarlicha bo’lmagan hollarda mashrutning har bir seksiyasi uchun ikkinchi tipdagi blokdan ikkitasi parallel ulanadi.Bittasi yo’l topshirig’ining translyatsiyasi uchun, ikkinchisi puchok uchun.

Barcha bloklar ФЗvaФЗ1 topshiriq shaklantirish bloklariga analog ravishda standart sxema bo’yicha terilgan. ФЗ va ФЗ1 bloklaridan mashrut topshirig’i jamlagich blok orqali РЗ va РЗ1 bloklariga kelib tushadi. Bosh strelkadan oldingi izolyatsiyalangan uchastkaga tegishli 61Бva 61Б1 topshiriq translyatsiyasi bloklariga uzatiladi.

Masalan, 34-mashrut bo’yicha harakatlanayotgan otsep uchun topshiriq translyatsiyasi tartibi quyidagicha:ФЗ, ФЗ1 bloklarida shaklangan topshiriq bilan jamlagich bloki orqali РЗ, РЗ1 bloklariga kelib tushadi va saqlanadi, bu bloklardan topshiriq bosh strelkadan oldingi 61БП izoplyatsiyalangan uchastkaga tegishli 61Б va 61Б1 bloklariga uzatiladi.

Topshiriqni uzatish uchun 61Б bloklarida yo’l nomerini qayd etgan holda, 61Б1 blokida 1П relesi puchok nomerini qayd etgan holda, 3С va 5С relelari ishga tushadi va o’zini qulflaydi.

Topshiriqni uzatish 61Б va 61Б1 bloklari bo’sh bo’lganda(З rellesi tokli holatda) va РЗ , РЗ1 bloklari band, bu bloklarning З relesi toksiz holatda bo’lganda mumkin. Translyatsiya bloklaridagi saralash relelarining o’zini qulflash zanjirida ПП relesing tutashgan orqa kontakti orqali 61БП uchastkasining bo’shligi nazorat qilinadi. Saralash relelari ishga tushishi bilan З relesini o’chiradi va blok bandligini bildiradi, orqa kontakti bilan mashrutga kiruvchi birinchi strelkaning 1(II) va 1-1(II) bloklariga topshiriqni uzatish zanjirini ulaydi. Topshiriq ushbu bloklar bo’sh bo’lganda uzatiladi (1(II) blokidagi З relesining frontal kontakti tutashgan).

1-II blokida 3С, 5С relelari 1-1(II) blokida 7С relesi ishga tushadi va o’zini-o’zi qulflaydi. Birinchi strelka bloklarida topshiriq qabul qilinganda 1-2(IV) bloki yordamida strelkani o’tkazish zanjiri shaklanadi.

1-II blokidagi 3С va 5C relesining ftrontal kontakti bilan uning takrorlagichi 1-II blokidagi П2С, П3С, relesi ishga tushadi.

Ushbu relening frontal kontakti bilan 31 strelkani minus holatga o’tkazish uchun 1(СГ) blokining boshqaruv zanjiri ulanadi.

Bosh strelkaning boshqaruv zanjirlari otsep yaqinlashib kelayotgan puchok nomeri C relesi yordamida amalga oshiriladi. 1- va 2- puchoklarga otsep harakatlanish mashruti 3C, 5C, П2С, П3С relelari ishga tushganda minus holatga holatga o’tadi. Translyatsiya bloklaridagi topshiriq berilgan blokga tegishli seksiyani otsep bosib o’tgandan keyin o’chadi 61B rels zanjiriga otsep kirishi bilan 91ВП yo’l relesi ishga tushadi va uning frontal kontakti orqali 61Б(II) va 61Б1(II) bloklarida ПП relesi tokli holatga keladi. Bu relelar C relesi kontakti orqali o’zini qulflaydi. Rels zanjiri bo’shashi bilan 61Б1(II) yo’l relesi toksizlanadi va o’z yakorini tashlaydi, ПП va C relelari o’chadi. Har bir ПП tok ushlab turilishi hisobiga yakorini ushlab turadi, shuning hisobiga C relesi ta’minot manbasidan uziladi va o’zining qulflanish zanjirini uzadi. C relesining ulangan orqa kontakti orqali 61Б(II) blokidagi З relesi ishga tushadi va blokda mashrut topshirig’i yo’qligini belgilaydi va ushbu blokga keyingi otsep uchun topshiriq kiritish imkonini beradi.

Keyingi translyatsiya blokining har birida topshiriqni o’chirish tartibi otsepning mashrut bo’ylab harakati bo’yicha analogi takrorlanadi.

1CП rels zanjiriga otsep kirib kelish momentida topshiriq quyidagi umumiy zanjir bo’yicha 1МА, 1МА1 bloklariga uzatiladi:

Keyin zanjir tarmoqlanadi: biri 1-1(II) blokidagi 1C relesi frontal kontakti orqali o’tadi va 1МА1 (II) blokidagi 1C releni ishga tushiradi, boshqasi 1(II) blokidagi 3C relesi kontakti orqali 1MA(II) blokidagi 3C releni toklik qiladi. 1MA va1MA1 bloklaridan boshlab Barcha bloklar yopiq shaklda ko’rsatilgan. 1MA va 1MA1 bloklardan topshiriq 2-strelkaning 2 va 2-1 bloklariga uzatiladi, agar bu bloklar boshligi va ularda З relesi toklik holati sharti bajarilsa. 2-1 blokining 1C puchkavoy relsining frontal kontakti bilan 2-strelkaning minus holatga o’tkazish uchun 2(СГ) strelkali blokining boshqaruv zanjiri ishga tushadi, strelka o’tkaziladi.

Topshiriqning keying siljisi 2СП rels zanjiriga otsep kirib kelguncha ushlanib turadi, otsep kшrib kelishi bilan topshiriq translyatsiya bloklari orqali keyingш strelkaga uzatiladi.

ТЗ bloklarini ishga tushirish sxemasi tarqatish hududi rejasi bo’yicha quriladi, topshiriqning harakat yo’nalishi harakatlanuvchi otsep oldidagi strelka holati bilan aniqlanadi. 1 – strelkaning minus holatida va ushbu strelkaning MK relesining tutashgan frontal kontakti bilan mashrut topshirig’i 1 – va 2 – puchoklarga, plyus holatida – 3- va 4- puchoklarga uzatiladi. Qolgan strelkalarda ham mashrut yo’nalishi shunday talanadi.

Mashrut topshirig’ini uzatish to’g’riligini ta’minlash uchun har bir keyingi strelka yaqinlashib kelyotgan otsepdan oldin to’liq o’tkazilishi kerak. Buning uchun, har bir keyingi otsepning mashrut topshirig’i oldinda ketayotgan otsepning orqa qismida harakatlanishi va uni quvib o’tmasligi kerak.

Agar orqadagi otsep bosib o’tish zonasining rels zanjirlaridan bittasida oldingisini quvib o’tsa, unda uning mashrut topshirig’i avtomatik o’chadi va u oldingi otsep mashruti bo’yicha harakatlanadi. Barcha keyingi otseplaring mashrut topshiriqlari saqlanib qoladi, translyatsiya sxemasi ishi buzilmaydi.



Bosh strelkaning topshiriq translyatsiyasi bloklari sxemasi bitta topshiriqni bekor qilish va uni harakatlanuvchi otsep strelka rels znjirini egallash vaqtigacha boshqasiga almashtirish imkonini beradi. Ikkinchi va uchinchin strelkalarni o’tkazish IV tipdagi blokni qo’llamasdan amalga oshiriladi, chunki puchoklar bitta C relesi qo’zg’alishiga shifrlangan.14-17 strelkalaridan boshlab berilgan puchok yo’li uchun yo’l shifrlari translyatsiya qilinadi (bir ipli rejaga qarang).
III. Xulosa
Ushbu kurs ishida berilgan topshiriq bo’yicha tepalikni blokli gorka avtomatik markazlashtirish qurilmalari bilan jihozlandi.Kurs ishini bajarish jarayonida topshiriq bo’yicha 5ta puchok 34ta yo’ldan iborat saralash tepaligining bir ipli rejasi tuzildi. Bir ipli reja bo’yicha berilgan variant 3- puchokning ikki ipli rejasini jixozladim va 31сп strelkadan boshlan puchokning funksional rejasini tuzib chiqdim. Variant bo’yicha 63сп uchastka uchun qo’llanilgan rels zanjiri sxemasi keltirildi. Maxsus topshiriq bo’yicha 34- marshrut uchun topshiriqni transliyasiya qilish prinsipial sxemalari va ishlash zanjiri tuzilib, analiz qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Xoоrunov SH.R, Raxmonberdiyev A.A, Sterlka va signallarni telaboshqarish.

Temir yo’l transporti institute uchun o’quv qo’llanma –Toshkent 2015. 112b


  1. Сапожников В.В и др “ Станционные системы автоматики и телемеханики” М: Транспорт-2000г


Download 153.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling