I. M. Sechenov 1862-yilda birinchi bo`lib mnt da tormozlanish hodisasini kashf etdi. U bosh miyaning ko‘ruv do‘mboqlaridan yuqori qismi kesib tashlangan baqani olib, oyoqlarini kislota eritmasidan tortib olish refle


Download 19.15 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2023
Hajmi19.15 Kb.
#1797039
  1   2
Bog'liq
FIZIO 12 MUSTAQIL


FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI
12-mavzu: Markaziy asab tizimi umumiy anatomiyasi va fiziologiyasi. Asab hujayrasi, to‘qimasi. Markaziy asab
REJA
1.TORMOZLANISH TURLARI SECHENOV ISHLARI
2.ORQA MIYA FIZIOLOGIYASI.MIYACHA VAZIFALARI
3.MIYA YARIMSHARLARI
Tormozlanish asab markazlari ishlari uchun alohida ahamiyatga ega. Tormozlanish bu asab markazlarining chaarchash emas, balki u yerdagi neyronlarda polyarizatsiyani ortishi.
Tormozlanish alohida jarayon bo`lib, ta’sirlash natijasida chaqiriladi va boshqa qo`zg`alishni yengib namoyon bo`ladi. Hozirgi vaqtda tormozlanishning ikkita turi – birlamchi va ikkilamchi tormozlanish tafovut qilinadi.
Birlamchi tormozlanish yuzaga chiqishida maxsus tuzilmalar ishtirok etadi va bu tormozlanishdan oldin qo‘zg‘alish jarayoni kuzatilmaydi. Ikkilarnchi tormozlanishning rivojlanishi uchun maxsus tuzilmalar kerak emas. Bu tormozlanish ko‘pinncha markazga impulslar o‘tkazuvchi yo`llarda kuchli qo‘zg‘alish paydo bo`lishi natijasidir.
Qaytar tormozlanish, antagonist markazlarining payvasta (retsiprok) tormozlanishi, presinaptik tormozlanish birlamchi tormozlanishga misol bo`lishi mumkin. Pessimal tormozlanish, qo‘zg‘alishdan keyingi tormozlanishlar esa ikkilarnchi tormozlanishga misol bo`la oladi.
Neyronlar zanjirini va nerv markazlarini tashkil qiluvchi neyronlarning o‘zaro ta‘siri natijasida ularning faolligi faqat kuchayib qolmay, balki tormozlanish tufayli susayishi ham mumkin.
I.M.Sechenov 1862-yilda birinchi bo`lib MNT da tormozlanish hodisasini kashf etdi. U bosh miyaning ko‘ruv do‘mboqlaridan yuqori qismi kesib tashlangan baqani olib, oyoqlarini kislota eritmasidan tortib olish refleks vaqtinni oichadi. Oddiy sharoitda bu vaqt (oyoq sulfat kislota eritmasiga botirilgandan boshlab, baqa tortib olgunncha o‘tgan vaqt) 5-6 sekundga teng. Agar refleks paydo qilishdan oldin miyaning qirqilgan yuzasiga ta‘sirlovchi sifatida osh tuzi kristalli qo‘yilsa, refleks vaqti juda uzayib ketib, 15-20 sekundga yetadi. Shu tajriba asosida I.M.Sechenov ko‘ruv do‘mboqlari sohasida orqa miya reflekslarini tormozlaydigan markazlar bor, degan xulosaga keladi.
QAYTAR (POSTSINAPTIK) TORMOZLANISH
Bu tormozlanishning rivojlanishida maxsus tormozlovchi neyronlar – Renshou hujayralari ishtirok etadi. Orqa miyadagi motoneyronlarning aksonlari miyadan chiqish oldida bitta-ikkita yonshoh beradi. Bu yonshohlar orqa miyaning shu segmentida joylashgan Renshou hujayralarida sinapslar hosil qiladi. Motoneyron qo‘zg‘alganda, impulslar uning aksoni bo‘ylab muskulga yetib boradi. Yonshoh orqali o‘tgan impulslar esa tormozlovchi Renshou hujayrasini qo‘zg‘atadi. Bu hujayraning aksoni motoneyron somasida tormozlovchi sinapslar hosil qiladi. Renshou hujayrasi qo‘zg‘alganda, tormozlovchi sinapslarda motoneyron membranasini giperpolyarizatsiyaga olib keladigan mediator ajraladi. Natijada motoneyronning qo‘zg‘aluvchanligi susayadi. Demak, motoneyronda vujudga kelgan qo‘zg‘alish yonshoh va Renshou hujayrasi orqali uning o‘ziga qaytib keladi va tormozlovchi hujayra aksoni motoneyronda hosil qilgan sinapslarning postsinaptik membranasini giperpolyarizatsiyaga uchratib, neyronni tormozlaydi. Shuning uchun bu tormozlanish qaytar yoki postsinnaptik tormozlanish deyiladi. Bu tormozlanish motoneyronning haddan tashqari qo‘zg‘alishiga yoi qo‘ymaydi. Renshou hujayralarini shikastlovchi omillar (qoqshol toksini, strixnin) qo‘zg‘alishning orqa miyada juda keng tarqalishiga, motoneyronlarning o‘ta qo‘zg‘alishi natijasida skelet muskullarining kuchli va betertib qisqarishiga olib keladi.
PRESINAPTIK TORMOZLANISH
Nomidan bilinib turibdiki, bu jarayon aksonning sinaps oldidagi juda ingichka oxirlarida sodir boladi. Shu akson oxirlarida boshqa neyronning akson oxirlari maxsus tormozlovchi akso-aksonal sinapslar hosil qiladi.
Tormozlovchi hujayra tinch holatda bo`lganida 1-afferennt tola orqali kelgan impulslar qo‘zg‘atuvchi neyronga to‘xtovsiz kelib, uni qo‘zg‘atadi. Bundan oldinroq 2-afferent tola lrqali kelgan impulslar tormozlovchi hujayrani qo‘zg‘atsa, aksonlari oxirida ajralgan mediator (balki u gamma- amonomoy kislota bo`lsa kerak), 1-afferent tolani depolyarizatsiyaga uchratadi. Enda bu yerdan o‘tayotgan impulslar amplitudasi kichiklashadi. Impulslarning kuchsizlanishi akso-somatik sinapslarda (4) kam miqdorda mediator ajralishiga olib keladi. Natijada neyron qo‘zg‘alishi sustroq bo`ladi, u tormozlanadi. Tormozlovchi akso-aksonal sinapslar joylashgan tola membrenasining depolyarizatsiyaga uchrashi chamasi xlor ionlari uchun o‘tkazuvchanligi oshishiga yoki tola atrofida kaliy ionlar miqdori ko‘payishiga bog‘liq.
PAYVASTA (RETSIPROK) TORMOZLANISH
Aksariyat bo‘g‘imlardagi harakatlarni antagonist muskullar ta]minlaydi: biri bukuvchi bo`lsa, ikkinchisi yozuvchi bo`ladi. Har qaysi muskulda joylashgan proprioretseptorlardan (muskul duklaridan) shu muskulni va uni antagonistini boshqaruvchi markazlarga afferent tolalar yetib boradi.
Bukuvchi muskul proprioretseptorlaridan borgan tolalar shu muskulni qo‘zg‘atib, qisqartiruvchi motoneyronlar bilan bevosita bog‘langan. Antagonist – yozuvchi muskul ishini boshqaruvchi motoneyronlar va afferent neyronlar o‘rtasida maxsus tormozlovchi oraliq neyron joylashgan. Bukuvchi muskul cho‘zilib (nevrologik bolg‘acha bilan payga urilganda), undagi proprioretseptorlar qo‘zg‘alganda vujudga kelgan impulslar shu muskul markazini qo'‘g'‘tadi va uni qisqartiradi. Bu afferent impulslar antagonist muskul markaziga ham tormozlovchi oraliq neyron orqali yetib boradi va uni tormozlaydi. Natijada yozuvchi muskul bo'‘hashadi va bo'‘imdagi harakat yengillashadi
  • Orqa miyaning tuzilishi va vazifalari.

  • Orqa miya MNT ning filogenetik eng qadimiy qismi. U organizmning barcha murakkab harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, tana, qo'l-oyoq terisidagi eksteroretseptorlardan, proprioretseptorlardan va deyarli barcha visseroretseptorlardan keladigan impulslarni qabul qiladi. Orqa miya bosh muskullaridan tashqari barcha skelet muskullarini nervlaydi.
    Organizmdagi behisob harakat reaksiyalari orqa miyaning reflektor faoliyati natijasidir. Bu reflekslarning markazlari orqa miyada joylashgan. Ba'zi reflektor harakatlarning markazlari miyaning yuqori qismida joylashgan.
    Ana shu reflekslarning yuzaga chiqishida orqa miya afferent impulslarni retseptorlardan yuqoridagi markazga, efferent impulslarni esa shu markazdan muskullarga o'tkazadi. Demak, orqa miya ikkita asosiy faoliyatni – reflektor va o'tkazuvchi yo'l vazifasini bajaradi. Shuningdek orqa miyada simpatik va parasimpatik nerv markazlari joylashgan. Bu markazlar ichki a'zolar faoliyatini bboshqarishda, ichki muhit turg'unligini saqlashda katta ahamiyatga ega. Odamning orqa miyasi 8 ta bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 1-3 ta dum segmentlaridan iborat. Uning 31 juft oldingi va 31 juft orqa ildizlari bor. Oldingi ildizlarda markazdan qochuvchi efferent tolalar, orqa ildizlarda esa markazga intiluvchi afferent tolalar o'tgan. Ch.Bell va F.Majandi orqa miyaning orqa va oldingi ildizlarida afferent va efferent tolalarning qonuniy ravishda taqsimlanishini kashf etishgan.
    Orqa ildizlardagi tolalar soni oldingi ildizlardagidan deyarli ikki marta ko'p.
    Orqa miyadagi 13 millionga yaqin neyronlarning faqat 3% efferent neyronlar, qolgan 97% oraliq yoki interneyronlardir. Afferent neyronlarning tanalari MNT dan tashqarida joylashgan. Afferent tolalarni skelet muskullariga beradigan neyronlarning tanalari spinal tugunlarda, ichki a'zolarning sezgilarini ta'minlaydigan neyronlarning tanalari esa vegetativ nerv tizimining ekstra- va intramural tugunlarida joylashgan.

ORQA MIYANING REFLEKTOR FAOLIYATI
Orqa miya bir tarafdan talaygina reflekslar markazi bo'lsa, ikkinchidan pastdan tepaga va tepadan pastga o'tadigan bir talay yo'llarning yig'indisi hisoblanadi. Shunga ko'ra, uning faoliyatini shartli ravishda reflektor faoliyatga va o'tkazuvchi yo'l faoliyatiga bo'ladilar.
Orqa miya bajaradigan faoliyatlar doirasi juda keng. U deyarli barcha harakat reflekslarini yuzaga chiqarishda ishtirok etadi (bosh muskullari harakatidan tashqari), siydik ajratish va jinsiy faoliyat, to'g'ri ichak faoliyati, haroratning barqarorligini saqlab turish va modda almashinuvini boshqarish, ko'pchilik qon tomirlarning tonusini saqlash bilan bog'liq bo'lgan reflekslarni yuzaga chiqaradi.
Orqa miyaning harakat va tonik reflekslari tananing fazodagi harakatlarini, tana qismlarini bir-biriga nisbatan harakatlarini, yotish, o'tirish, tik turishni (vaziyatni) ta'minlaydi.
Yuqorida ko'rsatilgan spinal reflekslar sun'iy yo'l bilan hosil qilinadi. Masalan, paylarga ta'sir qilinmasa, bu reflekslar tabiiy sharoitda kuzatilmaydi. Ammo tabiiy sharoitda pay (cho'zilish) reflekslari o'ziga xos tarzda sodir bo'ladi. Odam tik turganda yerning tortish kuchi oyoqlarni tizza bo'gimlarida bukishga qaratiladi. Natijada sonning to'rt boshli muskuli sal cho'ziladi, taranglashadi. Muskul cho'zilib, proprioretseptorlarni (muskul duklarini) qo'zg'atadi va ulardan orqa miyaga borgan impulslar to'rt boshli muskulni qisqartiradi. Bu esa oyoqlarni gavda og'irligidan bukilishiga yo'l qo'ymaydi
  • Miyacha fiizologiyasi.

  • Miyacha bosh miya yarim sharlarining orqasida, uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigi ustida joylashgan. Miyacha o‘rta qismi – chuvalchang va uning ikki tomonidagi miyacha yarim sharlari, hamda uncha katta bo`lmagan qo‘shimcha yon bo`laklardan iborat. Miyacha yarim sharlarining har qaysisi tishsimon, po‘kaksimon, sharsimon yadrolarga ega. Miyachaning o‘rta qismida ikkita chodir yadrosi bor.
    Miyacha MNTning boshqa qismlariga pastki, o‘rta va yuqori oyoqchalar degan uchta qalin tutamlar yordamida bog‘langan.
    Miyachaning po‘stlog‘i murakkab va mukammal tuzilgan. U uch qavat neyronlardan iborat. Eng yuza molekulyar qavatida noksimon (Purkinye) hujayralar dendritlari tarqalgan.
    Bu qavatning pastida savatsimon hujayralarning somalari bo`lib, aksonlari noksimon hujayralar tanasida sinapslar hosil qiladi. Molekulyaar qavatda yulduzsimon hujayralar bor.
    O‘rtadagi ganglioz qavatda noksimon hujayralarning somalari joylashgan.
    Uchinchi – donalai (granulyar) qavatdagi Golji hujayralarining aksonlari molekulyar qavatga o‘tgan.
    Miyacha nneyronlari bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i bilan, qizil yadro, to‘rsimon formatsiya va vestibulyar yadrolar bilan ikki tomonlarna bbog‘liq. Miyachaning turli qismlarini elektr toki bilan ta‘sirlaganda, katta yarim sharlar po‘stlog‘ining, oraliq, o‘rta, uzunnchoq miya va to‘rsimon formatsiya muayyan neyronlarining elektr faolligining o‘zgarishi shundan dalolat beradi.
    Miyachaning ayrim yadrolarini kuchli elektr toki bilan ta‘sirlaganda ko‘z, bosh, qoi-oyoqlar harakatga keladi. Bu harakatlar tonik tabiatda bo`lib, uzoq vaqt davom etadi


Download 19.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling