I tur
1. Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog‘ tushsin.
Har kimning xam quvvat ketib belidan,
Qo‘llariga aso-bir tayoq tushsin
Iymon sog‘, yuzga kirib yorug‘ yuz,
To‘ylar ko‘rib yelkasidan to‘g‘ tushsin.
Va jismiga so‘nggi safar oldidan,
O‘z o‘g‘lining .....
Savol: Muhammad Yusufning she’rini yakunlang.
Javob: Qo‘lidan tuproq tushsin.
2. “Titanik” filmida Jek “Roza” so‘zini 76 marta ishlatgan ekan. BU SO‘ZLARni esa biror marta ishlatmagan. Roza esa “Jek” ismini 80 marta ishlatgan. BU SO‘ZLARni esa bir marta ishlatgan ekan.
Savol: Qaysi so‘zlar to‘g‘risida gap bormoqda ?
Javob: Men seni sevaman.
3. Ispan yozuvchisi Visente Blaskoning “Qon va qum” asari mavjud.
Savol: Bu asar bosh qahramonining kasbini toping.
Javob: Toreador.
Qabul: Matador.
Izoh: Qon va qum korridoga ishora edi. Bundan tashqari Visente Blasko ism familiyasi sizni Ispaniyaga olib borishi zarur edi. Toreador bu korrido bilan shug‘ullanuvchi inson.
4. Karrbridj qishlog‘i juda so‘lim go‘shalardan biri hisoblanadi. Bu qishloqni tomosha qilish uchun ko‘plab turistlar tashrif buyurishadi. Yaqinda Karbridj qishlog‘i vakillari BBC kompaniyasini doimiy noto‘g‘ri maʼlumot uchun ayblashdi. Ya’ni aynan mana shu noto‘g‘ri maʼlumotlar sabab turistlar oqimi kamaygan.
Savol: Qanday noto‘g‘ri maʼlumot to‘g‘risida gap ketmoqda ?
Javob: Noto‘g‘ri ob-havo maʼlumoti.
5. Makdonalds kompaniyasi piyodalar o‘tish yo‘lagiga sariq rang bilan ishlov beradi. Shundan keyin bu zebra chiziqlari, qizil qutidan chiqib turgan ULARga o‘xshab qoladi.
Savol: Ularni toping.
Javob: Fri kartoshkasi.
6. 1953-yil Britaniyada televizor sotilish hajmi 1952-yilga nisbatan ikki barovarga oshib ketgan.
Savol: Qaysi voqea televizorlar sotilish hajmining oshib ketishiga sabab bo‘lgan?
Javob: Yelizaveta II ning toj kiydirish marosimining translatsiya qilinishi.
7. Fransuz rassomi Siril Rolandoning “Adolat kuchi” kartinasida dor ustida ko‘zi bog‘langan qiz tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |