Ma’ruza 3 3-mavzu. Inshootlarni harakatlanuvchi yuklarga hisoblash reja


Download 18.11 Kb.
bet1/6
Sana15.12.2022
Hajmi18.11 Kb.
#1007915
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma’ruza 3 3-mavzu. Inshootlarni harakatlanuvchi yuklarga hisobla-fayllar.org


Ma’ruza 3 3-mavzu. Inshootlarni harakatlanuvchi yuklarga hisoblash reja

Ma’ruza 3



3-mavzu. INSHOOTLARNI HARAKATLANUVCHI YUKLARGA HISOBLASH

Reja:

  • Harakatlanuvchi yuklar va ta’sir chiziqlar nazariyasi haqida tushuncha.

  • Oddiy balka va konsol balkalarda ta’sir chiziqlar qurish.

  • Ikki konsolli balkalarda ta’sir chiziqlar qurish.
    Tayanch iboralar: harakatlanuvchi yuklar va ta’sir chiziqlar nazariyasi, ta’sir chiziqlarni chizishning statik va kinematik usullari, oddiy balka tayanch reaksiyalarining ta’sir chizig‘i, oddiy balkaning ixtiyoriy kesimida ko‘ndalang kuch Q va eguvchi moment M larning ta’sir chiziqlari, konsolli balkalar zo‘riqishlarining ta’sir chiziqlari, konsol balkaning zo‘riqishlarini ta’sir chiziqlari, ikki konsolli balka zo‘riqishlarining ta’sir chiziqlarini qurish tartibi.


1. HARAKATLANUVCHI YUKLAR VA TA’SIR CHIZIQLAR NAZARIYASI HAQIDA TUSHUNCHA.
Temir yo‘l va avtomobil ko‘priklariga ta’sir qiluvchi poezd va avtomobillarning ta’sirini harakatlanuvchi va bir-biriga bog‘langan vertikal yuklar sistemasi deb qarash mumkin.
Harakatlanuvchi va bir-biri bilan bog‘langan vertikal yuklar sistemasi ta’sirida inshoot elementlarida hosil bo‘ladigan maksimal zo‘riqishlarni aniqlash uchun ta’sir chiziqlar nazariyasidan foydalaniladi.
Bu nazariyaga ko‘ra dastlab inshoot bo‘ylab vertikal birlik kuch (P=1) harakat qilyapti deb qaraladi. Birlik kuch ta’siridan inshoot elementida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarning o‘zgarish qonuni tekshiriladi. Bu o‘zgarish qonunlariga asosan va kuchlar ta’sirining o‘zaro bog‘liqsizligi shartidan foydalanib, harakatlanuvchi yuklar sistemasi ta’sirida inshoot elementlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlar aniqlanadi.


Inshoot bo‘ylab birlik kuch (R=1) harakat qilganida uning elementlarida (tayanch reaksiyalar yoki ixtiyoriy kesimida) hosil bo‘ladigan zo‘riqishlar miqdorining o‘zgarishini ifodalovchi grafik shu zo‘riqishlarning ta’sir chizig‘i deyiladi.


Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling