Ibi-80 guruh Xo`janiyazov Davron


Download 22.09 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi22.09 Kb.
#1359008
Bog'liq
1-оралик Маркетинг maruza


IBI-80 guruh
Xo`janiyazov Davron
Variant-27

      1. Qanday demografik ko’rsatkichlardan bozorni segmentlarga ajratishda foydalanadilar?

      2. Taqsimot, kommunikatsiya va siljitish siyosatlarini amalga oshirish.

      3. Iste’molchi xulqiga ta’sir etuvchi omillar


1.
Segment so‘zi “segmentum” lotin so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak, qism, bo‘g‘inlarga bo‘lish, yo‘lak, biror narsaning qismi ma’nolarini bildiradi.
Bozor segmenti - marketing termini bo‘lib, tovarlar yoki xizmatlar bozorining bo‘lagi sifatida tariflanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tovar yoki xizmatlarni muvaffaqiyatli sotish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, umumlashtiruvchi belgilar bo‘yicha guruhlangan iste’molchilar yig‘indisiga aytiladi. Umumiy belgilar sifatida, masalan, umumiy moyilliklar, ehtiyojlar, madaniy va milliy xususiyatlar va h.k. o‘rin egallaydi.
Demografik xususiyati bo‘yicha segmentlash. Bozorning bu xususiyati demografik o‘zgaruvchilar ya’ni jinsi, yoshi, oila hajmi, ma’lumoti, dini va millati asosida birliklarga bo‘ladi. Demografik o‘zgaruvchilar – eng ommabop omillar bo‘lib, asosan iste’molchilarning guruhini farqlashga xizmat qiladi. Ommabop bo‘lishning birdan bir sababi shundan iboratki, tovarni iste’mol qilish intensivligining demografik belgilarga bog‘liqligidir.
Oila a’zolarining yoshi va hayot tarzi. Iste’molchilarning iste’mol va xarid qilish qobiliyati yoshiga nisbatan o‘zgaradi.
Jins. Jins bo‘yicha segmentlash avvaldan kiyimga nisbatan, sochni parvarishlash, kosmetika va jurnalga nisbatan qo‘llanilmoqda. Vaqtivaqti bilan bu segmentlashning qulayligini boshqa bozor arboblari ham aniqlashdi.
2.
Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni sotish va taqsimlash xisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga yetkazish xal etiladi.

Taqsimot yo’li aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan iste’molchi sari xarakatida ularga bulgan mulk egasi xuquqini o`ziga oladigan yoki boshqaga berishga yordam ko`rsatadigan firmalar yoxud ayrim shaxslar majmuidan iboratdir.


Kommunikatsiya siyosati (promotion mix) – bu tovarni bozorga siljitish usullari yig`indisidir. Kommunikatsiyaning asosiy vositalari bulib public relations – jamoat bilan aloqa; reklama; sotishni rag`batlantirish; maxsus ko`rgazmalar; shaxsiy sotuv xisoblanadi.


3.

Inson hohishi va xulqiga ta’sir etuvchi bosh omil bu millatdir. Inson xulq- atvori keng miqyosda o’rganilgan. Jamiyatda o’sgan bola, eng oddiy qadr-qiymatlarini, hohish, xulq-atvorlarini, oilasi va ijtimoiy institulatlardan o’rganadi. Qo’shma Shtatlarda katta bo’lgan bola atrof-muhitdan: yutuq va muvaffaqiyat, shaxsiyat, ozodlik, mehnatkashlik, samaradorlik kabi tushunchalarni odatiy holda anglaydi. Har bir jamiyat xarid xulqiga ta’sir etuvchi, o’lkadan-o’lkaga, mamlakatdan-mamlakatga farqlanuvhi millatga ega.


Marketologlar doimo milliy o’zgarishlarni ilg’ashga intilishadi, jumladan xalqlar orasida sog’liqni asrash, sog’lom turmush tarziga e’tibor kuchaygani sababli, jismoniy mashq jixozlari, kiyimlari, organik ovqatlarni ishlab chiqarish ancha kuchaydi. Har bir millat o’z ichiga dini, irqi, an’analari bilan farq qiluvchi guruhlar yoki boshqacha qilib aytganda submillatlardan tashkil topadi. Ko’pgina submillatlar bozorning ajralmas qismiga aylangan bo’lib, marketologlar o’z mahsulotlarini va marketing siyosatlarini aynan shu guruhlarga moslashtiradi. Shunday submillatlarga umumiy amerikan millatini tashkil etuvchi, Ispan-Amerikan, Afro-Amerikan, OsiyoAmerikan guruhlarini kiritishimiz mumkin.
Iste’molchi xulqiga guruhlar, ijtimoiy tarmoqlar, oila, ijtimoiy o’rin, martaba kabi omillar ham ta’sir o’tkazadi. Inson xulqiga ko’pgina kichik guruhlar ta’sir etadi. O’ziga tegishli bo’lgan inson qaroriga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir o’tkazuvchi guruhlar a’zolik guruhlari deb ataladi. Bundan farqli o’laroq, iqtibos guruhlari inson munosabati va xulqiga to’g’ridan-to’g’ri yoki boshqa yo’llar orqali ta’sir o’tkazuvchi guruhlar hisoblanadi. Hohish guruhlari o’ziga a’zo bo’lmagan insonlar istagi, xulqi va hohishiga ta’sir o’tkazuvchi guruh hisoblanadi.
Download 22.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling