Ib,iib guruxchalar elementlarining tabiiy birikmalari, sanoatda ulardan metallarni ajratib olishning zamonaviy usullari


Download 1.87 Mb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1496462
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MUHAMMEDOVA DILOVAR

NDKTU KIMYO METALLURGIYA FAKULTETI KIMYO TEXNOLOGIYA YO`NALISHI SIRTQI BO`LIM 33SG-22KT GURUH TALABASI MUHAMMEDOVA DILOVARNING UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

IB,IIB guruxchalar elementlarining tabiiy birikmalari, sanoatda ulardan metallarni ajratib olishning zamonaviy usullari.


Kumush va uning birikmalari
Tabiatda uchrashi. Tabiatda kumush juda kam tug’ma holda uchraydi. Ko’p birikmalar mishyak yoki surma bilan birga uchraydi. Masalan: kumush
tiosurmanit Ag3SbS3. Ag3AsS3- kumush tioarsenit.Kumush yaltirog’i Ag2S va AgCl, AgBr, AgC1 lar ham tabiatda uchraydi.
Fizik xossalari. Kumush oq yaltiroq metal. Yuqori qovushqoqlikka ega. Undan ingichka sim tayyorlasa bo’ladi. Yuqori issiq va elektr o’tkazuvchanlikka ega. Bu guruh ichida kumushning elektr o’tkazuvchanligi eng yuqori. Simob bilan amalgamalar hosil qiladi.
Ag3Hg3, Ag3Hg2, Ag3Hg4
Kimyoviy xossalari. Kumush kislorod, vodorod va kislotalar bilan oksidlanmaydi. Ozon bilan oksidlanadi. Nitrat va konsentrlangan sulfat kislota bilan yuqori haroratda oksidlanadi.
2Ag + 2H2SO4 = Ag2SO4 + SO2 + 2H2O
Gaz holatidagi HCl bilan yuqori temperaturada reaksiyaga kirishadi.
2Ag + 2HCl(g) = 2AgCl +H2
Kumush galogenlar bilan qiyin oksidlanadi. Nam havoda kumush vodorod sulfid ishtirokida havo kislorodi bilan oson oksidlanadi. Kumushdan yasalgan taqinchoqlarni qorayib qolishini sababi ana shundadir.
4Ag + O2 + 2H2S = 2Ag2S + 2H2O
Kaliy tsianid ishtirokida kislorod va vodorod peroksidi ham kumushni oson oksidlaydi.
2Ag + H2O2 + 4KCN = 2K|Ag(CN)2 |+ 2KOH
2H2O + 4Ag + O2 + 8KCN = 4K| Ag(CN)2 |+ 4KOH
Cu +1 bo’lgan birikmalari. Mis (1) oksidi Cu2O – qizil kristall modda. Amfoter oksid, lekin natriy gidroksidda qiyin eriydi. Galogenovodorodlarda ham qiyin eriydi. Suyultirilgan eritmalarda rangsiz eritmalar hosil bo’ladi. Agar kislota tarkibida suv ko’p bo’lsa oq cho’kma hosil bo’ladi.
Cu2O + 4HCl = 2H[CuCl2] + H2O Cu2O + 2HCl =2 CuCl+ H2O
Mis (1) oksidi ammiakda ham oson eriydi. Bunda ammiakli komplekslar hosil bo’ladi:
Cu2O +4NH4OH = 2[Cu(NH3)2]OH+3H2O
Mis (1) gidroksid(sariq rangli) beqaror, u parchalanib qizil rangli mis(I) oksid hosil qiladi:
2CuOH = Cu2O + H2O
Galogenlar bilan CuCl, CuF hosil qiladi.Bu birikma yuqori konsentrasiyali kislotalarda eriydi.
CuCl + HC1 = H[CuCl2]
Mis(I) uchun [Cu(NH3)2]+ turdagi ammiakatlar xos. Shu tufayli ko’p mis(I) birikmalari ammiak eritmasida yaxshi eriydi.
Cu(II) xlorid qizdirilgan Cu metali bilan ta’sir etganda CuCl hosil bo’lishi kuzatilgan:
CuCl2+Cu=2CuCl
Agar mis(II) sulfatiga kaliy yodid ta’sir ettirilsa mis (I) yodid olinadi: 2Kl + 2CuSO4 + 2 Kl = 2 K2SO4 + I2 + 2 CuI
CuI – oq cho’kma Cu2S ni mis olishda ishlatiladi. Cu(I)ning kompleks birikmalari anchagina barqaror. Ularning beqarorlik doimiyligi jadvalda keltirilgan.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling