Ibodati Islomiya


Download 0.78 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1541692
Bog'liq
Ibodati Islomiya

Ibodati Islomiya

Ushbu kitob diyorimiz musulmonlari orasida boshlang`ich diniy qo`llanma sifatida malum va mashxurdir. Unda ahli sunna va jamoaning xususan hanafiy mazhabi bo`yicha shariat qoidalari tushurilgan.Kitob bir necha qismlarga bo`lingan har bir qismning ichida shu qismga doir bo`lgan islomiy savol va javob shaklida bayon etilgan. Bu kitobxonni tushunishi va o`qigan narsasini yodlab qolish uchun juda qulay usul hisoblanadi.

Muallif haqida

  • Ahmad Hodiy Maqsudiy (1868-1941) mubolagʻasiz, 20-asrning birinchi choragida eng mashhur turkiy mʼrifatchilaridan biri, deb atalishi mumkin. Sermahsul hayoti davomida u hayotning turli sohalari: jamoatchilik, siyosat, nashriyotchilik va boshqalarda oʻzini koʻrsata oldi. Lekin uning hayotida eng muhim soha tilshunoslik edi.
  • U aynan tatar yozuvini, shu bilan birga boshqa turkiy xalqlar yozuvini takomillashtirish borasidagi ishlari tufayli katta hurmat va shuhrat qozona olgan. U, shuningdek, tan olingan poliglot boʻlib, oltita tilni: tatar, turk, arab, fors, rus va fransuz tillarini mukammal bilardi.
  • Ahmad Hodiy Maqsudiy 1868-yil 28-sentyabrda Qozon guberniyasi Qozon uyezdi Tashsu qishlogʻida (hozirda Tatariston Respublikasi Visokogorskiy rayoni) mulla Nizomiddin oilasida tavallud topgan. Bu oilada tatar xalqining ikki buyuk oʻgʻloni — Ahmad Hodiy (Hodiy) va Sadriddin (Sadri) Maqsudiy tarbiya topgan.
  • Ahmad Hodiy Maqsudiy dastlab otasining Tashsu qishlogʻidagi madrasasida savod chiqara boshladi. Shundan keyin 1881-yil Qozonga kelib, Apanayev masjididagi mashhur "Qosimiya" madrasasiga oʻqishga kirdi. Oʻqishni 1890-yilda tugatib, Ahmad Hodiy Maqsudiy shu yerning oʻzida qoldi va ikki yil davomida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga dars berdi.

Kitobdan keltirilgan namunalar

  • Bandalarning fe’l-atvori
  • - Bandalarning fe’li kim tomonidan belgilanadi? - Bandalar o’z fe’llarini o’zlari yaratadilar. Alloh taolo ularga kuch-quvvat, ya’ni biror narsani ixtiyor etmoqqa kifoya qilguvchi iroda va ixtiyor bergan. - Alloh taolo bandalariga yaxshi va yomon fe’llarni taqsimlab berganmi? - Albatta, banda qaysi fe’l-atvorni ixtiyor qilsa, Alloh taolo unga o’sha fe’lni ravo ko’radi. Agar biror kishi o’z ixtiyori bilan savob ishni qilmoqchi bo’lsa, Alloh unga bu fe’lini bermoqqa rozidir. Agar gunoh fe’lni bandasi kasb qilsa, Alloh taolo rozi bo’lmaydi. Lekin sinov muddatini bo’yniga qo’ygan holda uni o’z ixtiyoriga qo’yadi. - Bandaning fe’lini Alloh belgilaydigan bo’lsa, bandalar bajargan yumushlari uchun savob yoki gunoh orttiradilarmi? - Albatta, agar banda yaxshi fe’lni kasb qilsa, savob oladi, mabodo yomon fe’lga yo’liqsa, gunohkor bo’ladi. Chunki Alloh taolo tanlash ixtiyorini bandalarning o’zlariga bergan edi

Din va shariat

  • – Din va shariat nima? - Alloh taoloning bandalariga yuborgan hukmlari to’plami. - Alloh taolo bandalariga qanday hukmlar yuborgan? - Bandalariga dunyo va oxirat rohatlariga yetishmoqlari uchun to’g’ri yo’l-yo’riqlardan iborat hukmlar yuborgan. - U hukmlarda qanday ishlarning bayoni bor? - Banda qilishi lozim bo’lgan va qilishi ta’qiqlangan vazifalarning bayoni bor. - Alloh taolo din va shariat hukmlarini bandalariga qaysi yo’l bilan bildirdi? - Alloh taolo bandalari ichida eng loyiqlarini payg’ambar etib sayladi va o’sha payg’ambarlarga farishta Jabroil (a.s.) vositasida din hukmlarini o’rgatdi. So’ngra payg’ambarlar bu hukmlarni odamlarga yetkazdilar.

Imon va Islom

  • - Imon nima? - Alloh taolodan kelgan haq dinga ishonmoq imondir. - Islom nima? - Alloh taolodan kelgan haq dindir. Bu dinga ishonib, shu dinda buyurilgan vazifalarni bajarishga intilish barcha bandalarning burchidir. - Bizlar qaysi payg’ambarning ummatlarimiz? - Muhammad alayhissalomning ummatlarimiz. Muhammad alayhissalomga kelgan dinga ishonib, o’sha dinda buyurilgan amallarni qilamiz, unda ta’qiqlangan amallarni tark etamiz. - Alloh taolodan Muhammad alayhissalomga kelgan dinning nomi nima? - Islom. Alhamdulillah, biz ushbu dinga e’tiqod qo’ygan mo’min-musulmondirmiz.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling