Ii- mavzu. Talab va taklif nazariyasi


Download 1.2 Mb.
bet1/16
Sana13.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1770723
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 MAVZU.

II- MAVZU. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI.


Reja
1.Bozorlar va raqobat 2.Talab

  1. Taklif

  2. Talab va taklif birgalikda



Tayanch so’z va iboralar:Bozor, raqobatdosh bozor, talab miqdori, talab qonuni, talab jadvali, talab egri chizig’i, normal Tovar, past Tovar, o`rin bosuvchi, to`ldiruvchi, taklif hajmi, taklif qonuni, taklif jadvali, taklif egri chizig’I, Muvozanat, muvozanatli narx, muvozanatli hajm, Ortiqchalik, Taqchillik, talab va taklif qonuni


    1. Bozorlar va raqobat


Talab va taklif tushunchalari odamlarning o`zini tutishiga va ularning o`zaro ta’siriga taalluqlidir. Sotuvchi va xaridorlarni o`zini tutushini muhokama qilishdan avval biz bozor va raqobatchilik iboralarini chuqur o`rganib chiqishimiz shart.

Bozor nima?


Bozor – bu muayyan tovar yoki xizmatlarni xarid qiluvchilar va sotuvchilar guruhidir. Bir guruh xaridorlar tovarga talab miqdorini belgilaydi va bir guruh sotuvchilar tovar taklifini belgilab beradi.
Bozor ko`p shaklga egadir. Ayrim hollarda ular, masalan, ko`plab qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozorlarida yuqori darajada tashkil etilgan bo`ladi. Bunday bozorlarda sotuvchi va xaridor muayyan vaqt va muayyan joyda uchrashadilar va kim-oshdi savdosida narxlar belgilanadi.
Ammo ko`pincha bozorlar kerakli darajada tashkil etilgan bo`lmaydi. Masalan, muayyan bir shaharda muzqaymoq savdosini ko`rib chiqaylik. Xaridorlar muayyan bir joyda uchrashmaydilar. Sotuvchilar har-xil joyda bo`ladilar va har-xil tovarni taklif qiladilar. Bu yerda kim-oshdi savdosi bo`lmaydi. Har bir sotuvchi o`zi narxni belgilaydi va xaridor qanaqa va qayerda muzqaymoq olishni o`zi hal qiladi. Shunga qaramay, bu holda ham sotuvchi va xaridor o`zaro bog’langan. Muzqaymoq xaridorlari ko`p sotuvchilar ichidan o`zining ehtiyojini qoniqtiradiganini tanlaydilar, sotuvchilar esa o`z o`rnida yaxshi savdo uchun xaridorlarni qiziqtirishga harakat qiladilar. Shunday qilib, qandaydir tashkilotchilik mavjud bo`lmasligiga qaramay, bozorni sotuvchi va xaridor shakllantiradi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling