Ii-qism. Fizikaviy-kimyoviy o’lchashlar 1-bob. Fizikaviy- kimyoviy o’lchas usullari va vositalari


Download 47.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi47.47 Kb.
#1649409
  1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза



II-QISM. FIZIKAVIY-KIMYOVIY O’LCHASHLAR 
1-BOB. FIZIKAVIY- KIMYOVIY O’LCHAS USULLARI VA 
VOSITALARI. 
2.1. “FIZIKAVIY- KIMYOVIY O’LCHASHLAR”NING 
MAQSADI VA VAZIFALARI 
Atrofimizdagi ihtiyoriy olingan biror bir ob’ekt (predmet, jarayon 
yoki hodisa) to’g’risida gap borganda albatta ularni tavsiflovchi muayyan 
xossa (xossalar)ni ko’z oldimizga keltiramiz. Bu xossalar ko’p yoki kam 
darajada namoyon bo’lishi, boshqacharoq aytganda, miqdoriy baholanishi 
mumkin. Odatda miqdoriy baholashni o’lchash amali orqali bajarish 
mumkin.
O’lchashlar inson faoliyatining ajralmas bir bo’lagi bo’lib, uning 
hayotini o’lchashlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Kishi erta bilan 
uyg’ongan zahoti, birinchi navbatda vaqtni baholaydi, choy ichganda esa 
haroratni, ishga yoki o’qishga ketayotganda masofani baholaydi. 
O’lchashlar uzluksiz, takroriy yoki davriy ravishda, ba’zan bilgan holda, 
ba’zan esa bilmagan holda sodir bo’lib turadi. Ona tabiat insonni shunday 
bir, ajoyib, faqat o’zigagina xos bo’lgan xususiyat, ya’ni hissiyot bilan 
ta’minlaganki, bu nafaqat insonlar uchun, balki barcha tirik mavjudot 
uchun ham xos bo’lgan bebaho in’omdir. Hissiyotni o’ta murakkab bir 
o’lchash asbobi sifatida tushunishimiz mumkin. Ammo shuni ta’kidlash 
joizki, atrofimizdagi muhitni, borliqni faqat hissiyot vositasidagina bilish 
bugungi kunga kelib, yetarli bo’lmay qoldi. 
Faraz qilaylik, elektr tarmog’idagi kuchlanishning qiymatini 
bilmoqchisiz deb. Tabiiyki, faqatgina his etish organlari orqali buni 
amalga oshirib bo’lmaydi. Buning uchun bizga "volьtmetr" deb 
ataladigan vosita lozim bo’ladi. Bundan tashqari, ushbu o’lchash 
asbobidan foydalanish uchun mavjud tartib-qoidalarni ham bilish lozim 
bo’ladi. 
Aksariyatingiz portfelda lineyka olib yurasiz. Odatda hammamiz bir 
narsaga odatlanib qolganmiz-ki, ushbu lineykada shkala bo’lishi, turli 
lineykalalardagi shkalalar bir xildagi bo’laklarga bo’linganligi biz uchun 
tabiiy hisoblanadi. Modomiki, ushbu lineykalarni ishlab chiqarish, 
ulardagi shkala belgilarini bir xil qilib tayyorlash tagida katta mehnat 
yotadi. SHu mehnat mobaynida ham bir qancha o’lchashlarni amalga 
oshirish kerak bo’ladi. 


Hozirgi vaqtlarda xech bir mutaxassis yo’q-ki, o’z ish faoliyati 
mobaynida o’lchashlarni qo’llamasa. Uning oldida turgan muammo 
qanchalik murakkab bo’lsa, o’lchashlarning ahamiyati shunchalik 
salmoqli bo’ladi. YuNESKO ma’lumotiga ko’ra, hozirda inson 
faoliyatining 3000 dan ortiq sohasi aynan o’lchashlar bilan chambarchas 
bog’liq sanalar ekan. 
Har bir ishda muayyan tartib-qoidalar mavjudligi kabi 
o’lchashlarning ham o’ziga xos bo’lgan qoidalari, usullari va bu usullarni 
amalga oshirish uchun ko’rsatma bo’lib xizmat qiluvchi uslublari mavjud 
bo’lib, bularning bari muayyan me’yoriy xujjatlar asosida bir tizimga 
keltirilgan. 
Mana shu yuqorida aytilgan o’lchashlar, hoh oddiy, hoh murakkab 
bo’lsin, hoh bir martada o’lchanadigan, hoh ko’p martada o’lchanadigan 
bo’lsin, hoh oddiygina lineyka vositasida, hoh juda katta o’lchamli 
maxsus qurilmalarda o’lchanadigan bo’lsin, barchasi uchun taalluqli 
bo’lgan va aynan shu masalalar bilan shug’ullanadigan alohida fan 
mavjud bo’lib, unga metrologiya nomi berilgan. Metrologiya fani ham 
o’z navbatida bir nechta tarmoqlarga bo’linadi. Bu tarmoqlar o’zining 
mohiyati, mazmuni, faoliyat doirasi va ob’ektlari bilan o’zaro farqlanadi. 
Ushbu, "Fizikaviy-kimyoviy o’lchashlar" fani ham metrologiyaning bir 
tarmoq fanlaridan hisoblanadi.

Download 47.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling