Iii – kurs 1 – variant


Download 32.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi32.5 Kb.
#264298
Bog'liq
ёзма иш 3 курс


III – kurs

1 – variant
1. 500 g 42,72 % li nitrat kislota eritmasida ma’lum massadagi mis eritildi. Olingan eritmada tuz va kislotaning massa ulushi tengligi aniqlandi. Jarayonning reaksiya tenglamasini tuzib, erigan mis massasini va eritmadagi mis (II) nitratning massa ulushini toping.


  1. Quyida keltirilgan o’zgarishlar sxemasidagi reaksiya tenglamalarini yozib, qoldirilganlarni to’ldiring.




  1. Magniy va alyuminiy aralashmasidan ikkita bir xil tabletka yasalgan. Ularning birini xlorid kislotada, ikkinchisini kaliy ishqor eritmasida eritildi. Birinchi holda 17,92 l vodorod, ikkinchi holda 10,08 l vodorod (n.sh) hosil bo’lgan. Tabletka og’iligini va aralashmaning tarkibini (%) aniqlang.

4. 4,48 l metan va asetilen aralashmasi (DH2= 11,75) to’la yondirilganda olingan gaz kaliy gidroksidning 240 g 14 %-li eritmasi orqali o’tkazildi. Hosil bo’lgan eritmadagi tuzlar massasini hisoblang.


5. 300 g to’yingan eritmani 800C dan 200C gacha sovutilganda qanday massadagi MgCl2 * 5H2O cho’kadi. Suvsiz tuzning ushbu temperaturalardagi eruvchanligi 65,8 va 54,8 fa teng

II kurs

1- variant
1. Hajmi 11,2 l (n.sh) bo‘lgan gaz holdagi alkanning xlorlanishi natijasida hosil bo‘lgan vodorod xloridni neytrallash uchun natriy gidroksidning 10% li eritmasidan (p=1,1g/ml) 727,3 ml sarf bo‘lgan. Boshlang‘ich alkan molekulasidagi vodorod atomlarining nechtasi xlor bilan o‘rin almashganligini hisoblang.

2. Quyidagi o‘zgarishlarda hosil bo‘lgan X,Y,Z,va D moddalarni ko‘rsating.

3. Hajmi 7,04 ml (ρ=1,52 g/ml) bo‘lgan brometanga kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan ishlov berilganda hosil bo‘lgan gaz mahsulotdan 1,20 ml (ρ=0,879 g/ml) benzol sintez qilingan. Birinchi reaksiya unumi ikkinchisinikidan ikki baravar ortiq bo‘lsa, ularning qiymatlarini toping.



4. Hajmi 20 l (n.sh) bo‘lgan NH3 ni temir katalizatori bilan to‘ldirilgan 3500C li naycha orqali o‘tkazilganda, hajmi 25 l (n,sh) bo‘lgan gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan gazlarning hajmiy tarkibi (%) qanday.
5. Massasi 60 g bo‘lgan natriy sulfatning to‘yingan eritmasidagi suvsiz tuzning massa ulushi 34,2% ga teng. Shu eritmaga 10 g suvsiz tuz qo‘shildi va u to‘la erib ketguncha qizdirildi, so‘ngra boshlang‘ich temperaturagacha sovutildi. Bunda cho‘kmaga 35,4 g kristallogidrat tushdi. Kristallogidrat formulasini topimg.
Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling