Iii bob. To‘siqlar 208-modda. Umumiy qoidalar


Download 81 Kb.
bet1/8
Sana28.12.2022
Hajmi81 Kb.
#1011586
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ot sporti musobaqalari


III BOB. TO‘SIQLAR
208-modda. Umumiy qoidalar.
1. To‘siqlar shakli va ko‘rinishi jihatdan jozibali, turlicha bo‘lishi va atrofidagilarga mos bo‘lishi kerak. To‘siqlar ham ularning tarkibiy qismlari ham shunday bo‘lishi kerakki, ularni yiqitish mumkin bo‘lsin, biroq ular kichik tegishdan ham yiqiladigan yengil va ot yiqilishi yoki shikastlanishiga sabab bo‘ladigan darajada og‘ir bo‘lmasligi kerak.
2. To‘siqlar sportga xos bo‘lishi va chet ellik sportchilar uchun kutilmagan noxush syurprizlarga sabab bo‘lmasligi kerak. Umumiy qoidalarning 136.3-moddasida ko‘rsatilgan shartlarga ko‘ra bayroqlar bilan chegaralangan, ichki tarafiga homiylik mahsuloti matni yoki shu mahsulot tasviri joylangan har qanday to‘siq homiylik to‘sig‘i hisoblanadi. Shuningdek, reklama materiali yoki ustun (taxta)ga joylangan mahsulot va 0,5 kv. m maydonni egallagan reklama ham homiylik hisoblanadi. Yo‘nalishdagi umumiy sakrashlar soniga nisbatan 30% homiylik to‘siqlariga ruxsat beriladi. Mazkur qoida Jahon chempionatlari, Qit’a chempionatlari va Jahon kubogi finalida qo‘llaniladi. Texnik delegat ishonch va texnik jihatdan yaroqlilik tamoyillari asosida barcha to‘siqlar dizayni va tuzilishini tasdiqlaydi. Raqobat qo‘mitasi raisi, FEI sport bo‘yicha direktori, FEI tijorat direktori va raqobat departamenti menedjeri bilan kelishgan holda homiylik sakrash to‘siqlari 50 foizgacha oshirilishi mumkin.
3. Sakrash kuchi musobaqalari, kuch va texnika musobaqalari yoki rekord balandlik musobaqalari kabi musobaqalardan tashqari bir holatda to‘siq 170 sm balandlikdan oshmasligi kerak. Keng to‘siqlar 2 metr kenglikdan oshmasligi kerak – uchlik bundan mustasno bo‘lib, u maksimum 2,20 metrgacha bo‘lishi mumkin. Bu qoida, shuningdek, bitta yoki bir nechta sakrashlarda amal qiladi. Suvli zovur 450 sm kenglikdan oshmasligi kerak, shu jumladan chuqur joylashuvi ham, uzunlikka rekord sakrash uchun suv to‘siqlari bundan mustasno.
4. To‘siqning tayoqlari va boshqa elementlari kalabashkalar bilan tutib turiladi. Tayoq kalabashkada erkin aylanishi kerak; kalabashka chuqurligi minimum 18 mm va maksimum 30 mm bo‘lishi kerak. Taxtacha, naqshli panjara, to‘siq, darvoza va hokazolar uchun kalabashka yanada ochiq yoki hatto tekis bo‘lishi kerak.
5. Musobaqalar to‘g‘risidagi Qoida va Nizom ma’lumotlari bilan belgilangan to‘siqlar balandligi va kengligi chegaralariga sinchkovlik bilan rioya qilish zarur. To‘siqlarni tayyorlashda foydalaniladigan material xususiyatiga ko‘ra yoki to‘siqning yerda joylashishi natijasida maksimal o‘lchami bir biroz kattaroq bo‘lgan taqdirda bu maksimal mumkin bo‘lgan o‘lchamdan oshgan deb hisoblanmaydi. Biroq ruxsat berilgan maksimum o‘lcham balandligi 5 sm va kengligi 10 sm.
6. Qoidalarda keltirilgan ma’lumotlardan farqlanuvchi musobaqalardagi to‘siqlarning taxminiy o‘lchamlari musobaqalar to‘g‘risidagi Nizomda ko‘rib chiqilgan bo‘lishi lozim.

Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling