Iii bo‘lim. Ta’lim tizimini boshqarish 19-modda. Ta’lim tizimini boshqarining davlat-ijtimoiy hususiyati


Download 12.76 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi12.76 Kb.
#1056071
Bog'liq
ta‘lim qonun



III BO‘LIM. TA’LIM TIZIMINI BOShQARISh
19-modda. Ta’lim tizimini boshqarining davlat-ijtimoiy hususiyati
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini boshqarish davlat-ijtimoiy xususiyatiga egadir.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
Ta’lim sohasida O‘zbekiston Respublikasining tasarrufiga oliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan amalga oshiriladigan:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosati belgilash va amalga oshirish;
ta’lim sohasida huquqiy boshqarishni amalga oshirish;
ta’limni rivojlantirish, uning moddiy-texnika jihatidan ta’minlash turlarini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;
ta’limni davlat tomonidan boshqarilishining markaziy idoralarini shakllantirish va ularga rahbarlik qilish;
ta’lim muassasalari tashkil etish, ularni qaytadan tuzish va tugatish tartibini belgilash, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar namunalarini va ularni berish tartibini tasdiqlash;
ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish, akkreditatsiya qilish, ularga litsenziyalar berish tartibini, pedagogik va ilmiy kadrlarni attessiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;
ta’limning jahon darajasiga mos davlat standartlarini belgilash;
respublika budjetining ta’limga yo‘naltiriladigan ulushini belgilash;
ta’limni pul bilan ta’minlashning davlat me’yorlarini, shu jumladan ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlarni moddiy ta’minlashning me’yorlarini, ta’lim muassasalariga soliq solish ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlarga imtiyozlar berish tartibini belgilash;
ta’lim va fanni rivojlantirish respublika fondini shakllantirish;
pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish vakolatlari kiradi.

23-modda. Ta’lim muassasalarini boshqarish
Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va shu muassasalarining Ustaviga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasasiga umumiy rahbarlik ishi uning belgilangan tartibda tuziladigan va amal qiladigan kengashi tomonidan olib boriladi.
Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik mudir, direktor, rektor yoki boshqa rahbar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tasarrufidagi o‘rta umumiy ta’lim, hunar-texnika va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining rahbarlari lavozimga davlat boshqaruvining tegishli idorasi tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadilar.
Davlat tasarrufidagi oliy o‘quv yurtlarining rektorlarini tegishli vazirliklar va idoralarning taqdimiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tayinlaydi va bu rektorlar o‘quv-tarbiya jarayonining ahvoli uchun to‘liq javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tasarrufida bo‘lmagan respublika ahamiyatiga molik ta’lim muassasalarining rahbarlari muassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib tayinlanadi.
(23-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 884-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 268-modda)
24-modda. Ta’lim muassasalarini boshqarishda jamoatchilikning ishtiroki
Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarini boshqarish o‘quvchilar, talabalar, pedagog xodimlar, xizmatchilar, ota-onalar, jamoatchilikning boshqa vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Ta’lim tizimida:
jamoaning umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi);
yagona umumta’lim siyosatini o‘tkazishda jamoatchilik va davlat hamkorligining shakli sifatida ta’lim muassasasining kengashi;
ta’lim xodimlari nohiya, shahar, viloyat konferensiyalari, respublika syezdi;
ta’lim masalalari bo‘yicha hududiy kengashlar, oliy o‘quv yurtlari rektorlarining kengashlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari direktorlarining kengashlaridan iborat ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Ta’lim sohasidagi jamoat birlashmalarining faoliyati qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
25-modda. Ta’limni boshqarish davlat idoralari bilan davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarining o‘zaro munosabatlari
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ruxsat (litsenziya) olganlaridan keyingina ta’lim berish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari buzilgan hollarda davlat ta’lim boshqaruv organlari nizo sud tartibida hal etilgunga qadar bu muassasalar faoliyatini to‘xtatib turishga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ularning rahbarlarini egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida taklif kiritishga haqlidir.
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalariga qabul davlat o‘quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda o‘tkaziladi.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 884-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 268-modda)
26-modda. Ta’limni boshqarish davlat idoralari bilan o‘zga bo‘ysunuvdagi ta’lim muassasalarining o‘zaro munosabatlari
Ta’limni boshqarish davlat idoralari tarmoq va boshqa davlat idoralari, tashkilotlari, muassasalari va korxonalari bo‘ysunuvida bo‘lgan ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining ta’limga doir qonunlariga rioya etilishini nazorat qilib boradilar.
Download 12.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling