Rahbarlik uslublari va rahbarlik uslubiga qarab turlarga ajratilishi


Download 38.35 Kb.
bet1/6
Sana19.02.2023
Hajmi38.35 Kb.
#1215012
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Madaniyat-Do\'stov Mehroj


  1. Rahbarlik uslublari va rahbarlik uslubiga qarab turlarga ajratilishi.


3  Menejer – bu maxsus tayyorgarlik korgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bolib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub boladi. Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma'muriy boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi.
Boshqaruv funksiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer: Rahbar-boshqaruvchi, Rahbar-diplomat; Rahbar-murabbiy, tarbiyachi; Rahbar-inson; Rahbar-tadbirkor; Rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi. Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yol, usul ma'nosini anglatadi. Shu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim: Boshqaruv uslubi; Ish uslubi; Rahbarning ish uslubi.
6 Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuidir. Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta'sir ko’rsatish usuli va yollari majmuidir.
Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z vazifalariga muvofiq ish koradi. Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bolgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yoq.
8 Rahbarlik uslubi, belgisi va bo’ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin: Avtokratik rahbar, Liberal rahbar, Demokratik rahbar ushbu rahbarlarning ijobiy va salbiy xislatlari, ularning ish uslublari to’grisida


9 1. Avtokratik rahbar. Bunday turdagi rahbar: Buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag’batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi; o’zini jamoadan uzoqda tutadi, jamoa a'zolarni bevosita muloqotda bolishini chegaralab qoyadi; o’zining noorin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi; o’ziga boysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi koradi; muttasil buyruq berishga hammani o’z istaklariga sozsiz bo’ysundirishga intiladi; ko’p gapirishni yoqtirmaydi, o’ziga bino qoygan, dimog’dor, o’z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o’tkazishga intiladigan kishilarda etishib chiqadi. Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa, o’sha erda dagallik, takabburlik, tazyiq o’tkazish, majbur qilish kabi o’ta salbiy holatlar avj uradi. Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bo’lmaydi. Ba'zi bir hollarda bo’ysinuvchilarning madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli avtokratik uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.
10 2. Liberal rahbar bunday turdagi rahbar: Irodasiz, tashabbussiz boladi; o’z zimmasiga ma'suliyat olishni yoqtirmaydi; Ishni oz holiga tashlab qoyadi; idoraga nisbatan qat'iy bolishdan hayiqadi; o’zini haddan tashqari ehtiyot qiladi; biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi; talabchan emas, sust nazorat qiladi.
11 3. Demokratik rahbar. Bunday turdagi rahbar: Boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi; ishlab chiqarishni boshqarishga xodimdlarni jalb qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy natijalarini inobatga oladi; barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo’ladi, ustunligini bildirmaydi; buyruq berish yoli bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi; bo’ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o’rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.
12 Fazilat - bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo’lishi hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko’p jihatdan bogliq ekanligi tajribada kuzatilgan. Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon asosiy orinni ishgol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo’ladi, taassurotlarning almashinishiga tez konikib keta qoladi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas. Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. 13

Download 38.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling