Menejer va boshqaruv uslubi. Rahbarlik uslubi va rahbarlik uslubiga qarab rahbarlarning turlarga ajratilishi


Download 21.1 Kb.
bet1/3
Sana21.02.2023
Hajmi21.1 Kb.
#1218371
  1   2   3
Bog'liq
Menejer va boshqaruv uslubi-123


Menejer va boshqaruv uslubi. Rahbarlik uslubi va rahbarlik uslubiga qarab rahbarlarning turlarga ajratilishi.

3  Menejer – bu maxsus tayyorgarlik korgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bolib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub boladi. Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bolgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma'muriy boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi.
Boshqaruv funksiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer: Rahbar-boshqaruvchi, Rahbar-diplomat; Rahbar-murabbiy, tarbiyachi; Rahbar-inson; Rahbar-tadbirkor; Rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi. Har bir menejer oziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi oziga xos yol, usul ma'nosini anglatadi. Shu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim: Boshqaruv uslubi; Ish uslubi; Rahbarning ish uslubi.
6 Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yollari majmuidir. Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir organning yoki rahbarning boysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta'sir korsatish usuli va yollari majmuidir.
Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning oziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qol ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda oz vazifalariga muvofiq ish koradi. Biroq, har bir rahbar bunda oziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida ozi uchun mos bolgan, oz rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bolmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yoq.
8 Rahbarlik uslubi, belgisi va boysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin: Avtokratik rahbar, Liberal rahbar, Demokratik rahbar ushbu rahbarlarning ijobiy va salbiy xislatlari, ularning ish uslublari togrisida


9 1. Avtokratik rahbar. Bunday turdagi rahbar: Buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki ragbatlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi; Ozini jamoadan uzoqda tutadi, jamoa a'zolarni bevosita muloqotda bolishini chegaralab qoyadi; Ozining noorin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi; Oziga boysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi koradi; Muttasil buyruq berishga hammani oz istaklariga sozsiz boysundirishga intiladi; Kop gapirishni yoqtirmaydi, lekin boysinuvchilari bilan muomalada bolganda uning rahbarlik gururi balandligi, ozini katta tutishi sezilib turadi; Oziga boysinuvchilari oldida qovogi solingan kayfiyatda boladi. Xullas avtokratik rahbar, oziga bino qoygan, dimogdor, oz qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini otkazishga intiladigan kishilarda etishib chiqadi. Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa, osha erda dagallik, takabburlik, tazyiq otkazish, majbur qilish kabi ota salbiy holatlar avj uradi. Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bolmaydi. Ba'zi bir hollarda boysinuvchilarning madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli avtokratik uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.
10 2. Liberal rahbar bunday turdagi rahbar: Irodasiz, tashabbussiz boladi; Oz zimmasiga ma'suliyat olishni yoqtirmaydi; Ishni oz holiga tashlab qoyadi; Idoraga nisbatan qat'iy bolishdan hayiqadi; Ozini haddan tashqari ehtiyot qiladi; Biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi; Talabchan emas, sust nazorat qiladi.
11 3. Demokratik rahbar. Bunday turdagi rahbar: Boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi; Ishlab chiqarishni boshqarishga xodimdlarni jalb qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy natijalarini inobatga oladi; Barcha bilan barobar va samimiy munosabatda boladi, ustunligini bildirmaydi; Buyruq berish yoli bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi; Boysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada ortoqlik va ishchan muhitni yaratadi.

Download 21.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling