Iii. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 72.58 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi72.58 Kb.
#1392791
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nEFT VA GAZ kurs ishi kimyo


MUNDARIJA


I.KIRISH…………………………………………………...……………………3-7 ASOSIY QISM


2.1. O’zbekiston kimyo sanoatining o’ziga xosligi……………………….........7-15
2.2. Neft va tabiiy gazni qayta ishlash, gaz qazib olish usullari .……………..15-22
2.3. Neftni qayta ishlashning asosiy usullari………………………...……….22- 34
2.4. Arenlarning neftkimyo sentizida ishlatilishi ………………… ………....38-49
III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………..…………..53-54
IV. XULOSA……………………………………………………………………..55

I.Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasiga tashrif buyurib, olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi. 2019 yil 29-oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to’g‘risida”gi qonunni qabul qilindi. Uni hayotga tatbiq etishning amaliy platformasini yaratish maqsadida Fan va texnologiyalar bo’yicha respublika kengashi tashkil etildi. Fanlar akademiyasi va uning institutlariga “yangidan hayot baxsh etish” natijasida tizimdagi ilmiy muassasalar soni 20 tadan 35 taga yetdi. Akademiyaga saylovlar qayta tiklandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi, bir qator innovatsiya markazlari, ilmiy klaster va texnoparklar faoliyati yo’lga qo’yildi. O’tgan uch yilda ilm-fan sohasini moliyalashtirish 4 karra ko’paydi. Ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida ularning ish haqlari 3 barobar oshirildi. Fan doktori va nomzodlari uchun alohida ustama haq belgilandi.


Joriy yildan Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlar to’g‘ridan-to’g‘ri davlat byudjetidan moliyalashtirishga o’tkazildi.
Bugungi uchrashuvda davlatimiz rahbari ilm-fan vakillarini moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash bundan keyin ham izchil davom ettirilishini ta’kidladi.
– Endi olimlarimiz ham mas’uliyatni chuqur his qilgan holda, tadqiqotlarning amaliy natijalari bilan tegishli sohalar rivojiga munosib hissa qo’shishlari lozim. Nufuzli akademiklardan ham, ilm-fan sohasiga ilk qadam qo’yayotgan yosh olimlardan ham katta shijoat va amaliy natijadorlik qilish talab etiladi, – dedi Prezident.
Uchrashuvda matematika, kimyo-biologiya va geologiya ilmini rivojlantirish, kelgusi yillardagi taraqqiyot yo’nalishlarini belgilash to’g‘risida ochiq muloqot bo’ldi
Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish maqsadida respublika bo’ylab ushbu fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Shuningdek, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularni tayyorlagan professor-o’qituvchilar rag‘batlantirilib, kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo’yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to’g‘risida"gi qarorini qabul qildi. Bu haqda O’zA xabar berdi. Ushbu qarorga muvofiq, respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ushbu maktablar maqomiga moslashtirish ko’zda tutilgan.Shu bilan birga, qarorda tuman (shahar)larda bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktab tashkil etilishi ham ko’zda tutilgan. Ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo va biologiya fanlarini samarali o’qitishni muvofiqlashtirish uchun ularga oliy ta’lim muassasalarining 55 ta kafedrasi biriktiriladi. Shu qatorda ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o’rta bo’g‘in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo’lga qo’yish yuzasidan kimyo va biologiya yo’nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo’yicha o’rta bo’g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirilishi ham nazarda tutilgan. Oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo’nalishlarida samarali o’quv jarayonini tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedrasiga 11 ta Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda ishlab chiqarish tarmoqlari biriktiriladi.
Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini qo’shimcha moliyalashtirish, ularni jihozlash, o’qituvchilarga ustama haq to’lash hamda kimyo va biologiya fanlarini o’qitish bo’yicha boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan maxsus jamg‘armalar tashkil etiladi. Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o’qituvchilari hamda rahbar kadrlarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan amalda belgilangan ustama haqi miqdori 2021 yil 1-yanvardan boshlab 50 foizgacha oshiriladi.
Davlat test markaziga 2021 yil 1-fevralga qadar Kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimiнi joriy qilish topshirig‘i berilgan. Bunda Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilandi:
-kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash va bu to’g‘risida milliy malaka sertifikatlarini berish belgilangan tartibda Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;
-kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;
-imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktabi o’quvchilari davlat oliy ta’lim muassasasiga o’qishga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi hamda unga tegishliligiga ko’ra kimyo yoki biologiya fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.
Qayd etilishicha, Innovatsion rivojlanish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2021-yildan boshlab ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o’quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo’yicha milliy tanlov tashkil qiladi. Ushbu tanlov g‘oliblariga 100 million so’mdan bir martalik mukofot pullari beriladi.
Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini bir martalik mukofotlash hamda tegishli mutaxassisliklar bo’yicha oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga davlat granti asosida imtihonsiz o’qishga qabul qilish tizimi joriy etiladi. Shu bilan bir qatorda, 2021-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlari bo’yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o’qituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, kimyo va biologiya fanlari bo’yicha talabalar uchun to’garaklar olib borayotgan professor-o’qituvchilarga o‘quv yili davomida oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida ustama haq belgilash tartibini joriy etiladi.
Hozirgi vaqtda Mustaqil Oʼzbekiston respublikasini iqtisodini neft mahsulotlari bilan taʼminlash vazifasi turibdi. Shuning uchun avtomobil va traktor parklarini yoqilgʼi va surkov moylar bilan taʼminlash, neftni qayta ishlash sanoati oldiga katta vazifalarni qoʼyadi.Neftni qayta ishlashni chuqurlashtirib, motor yoqilgʼilarini va moylarini miqdorini koʼpaytirish va sifatini yaxshilash, kimyo sanoati uchun xom–ashyoni ishlab chiqarishni talab qiladi.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun neftni qayta ishlash zavodlarida (NQIZ) katalitik kreking, gidrotozalash, gidrokreking, gidridlash va gidroizomerlash jarayonlari yordamida amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan jarayonlar yordamida neft fraksiyalari tarkibidagi geteroatomli birikmalar va metalloorganik birikmalardan tozalanib yoqilgʼi va moy fraksiyalari tarkibidagi uglevodorod birikmalari tarkibini muvofiqlashtirib, hozirgi zamon texnika talablarini qondirish mumkin.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab ishlab chiqarishning asosiy sohalaridan hisoblangan neft va gaz sanoatiga katta eʼtibor qaratildi. Bu borada birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning 19yildagi neft va gaz sohasini rivojlantirish toʼgʼrisidagi qaror va farmonlarida sohada qilinishi kerak boʼlgan ishlar koʼlami aniq belgilab olindi. Respublikamizda yoqilgʼi–energetika mustaqilligiga erishish maqsadida mavjud ishlab turgan zavodlar qatoriga yangi zavodlar qurishga kirishildi. Yangi quriladigan zavodlar ishga tushirilishi bilan ichki bozordagi yoqilgʼi mahsulotlariga boʼlgan talabni qondirish bilan birgalikda tashqi bozorga ham mahsulot chiqarish koʼzda tutilgan edi. Umuman, yurtimizda neft va gazni qayta ishlash sohasining vujudga kelishi, XIX asr oxirida Fargʼona vodiysidagi ochilgan dastlabki konlar asosida 1904–1906 yillarda respublikamizdagi birinchi Oltiariq neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishidan boshlangan. Zavod asosan neftni birlamchi qayta ishlashga moʼljallangan boʼlib, ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,5 mln. tonnani tashkil etardi. Mahsulot ishlab chiqarishni koʼpaytirish maqsadida 1958 yilda Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavod neft va kondensatni qayta ishlashga moʼljallangan boʼlib, uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 5,5 mln. tonnani tashkil etadi. Zavodda xom ashyoni birlamchi va ikkilamchi haydash bilan birga, yiliga 500 ming tonna moy ishlab chiqarish quvatiga ega qurilmalar mavjud. 1996 yil Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi chet el ilgʼor texnologiyalari (Yaponiya) asosida qayta rekonstruksiya qilindi. Hozirda zavodda neft mahsulotlarini 50 dan ortiq xili ishlab chiqariladi.Respiblikamizda neftni qayta ishlash bilan birgalikda tabiiy gazni qayta ishlash sohasiga ham katta eʼtibor berildi. 1971 yil dekabrda Muborak gazni qayta ishlash zavodi birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod asosan xalq xoʼjaligi uchun eng arzon yoqilgʼi, tabiiy gaz etishtirib beradi. Zavodning dastlabki quvvati yiliga 5 mlrd. m3 gazni qayta ishlashdan boshlangan. 1978–80 yillarda zavodning ikkinchi va uchinchi navbatlari ishga tushirilib, umumiy quvvat yiliga 10 mlrd. m3ni tashkil etdi. 1984 yil toʼrtinchi navbati ishga tushirildi va umumiy quvvat yiliga 25 mlrd. m3ni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda umumiy quvvat yiliga 30 mlrd. m3ni tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi xom ashyo manbalari aсoсan yuqori oltingugurtli (4,5–5,0 %) Oʼrtabuloq, Дengizkoʼl–Xauzak, Somontepa konlari va kam oltingugurtli (0,08–0,3 %) Kultak, Zevarda, Pomuq, Alan gaz konlaridir. Zavodning asosiy mahsulotlari tabiiy gaz, texnik oltingugurt, barqarorlashtirilgan kondenсat va сuyultirilgan gaz hiсoblanadi. Tabiiy gazdan asosan polimer materiallar polietilen, polivinil-xlorid, nitril, akril kiсlota va undan xalq xoʼjaligi uchun juda zarur boʼlgan nitron tolaсi olinadi.Iсtiqlol yillariga kelib, 1997 yilda gaz kondenсatini qayta ishlashga moʼljallangan chet el ilgʼor zamonaviy texnologiyalardan biri Fransiya «Teknip» kompaniyaсi texnologiyaсiga koʼra Buxoro viloyati Qaralbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodda neft va gaz kondenсati aralashmaсng umumiy quvvati yiliga 2,5 mln. tonna neft va gaz kondensati aralashmasini qayta ishlashga moʼljallangan.

Download 72.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling