Ijtimoiy ekologik muammolar. Reja
Download 86 Kb.
|
1 2
Bog'liqIjtimoiy ekologik muammolar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning dolzarbligi
- Tadqiqotning davriy doirasi
- Mavzuning o`rganilganlik darajasi
- Tadqiqotning maqsad va vazifasi
- Tadqiqotning nazariy – metodologik asosi
Ijtimoiy ekologik muammolar. Reja: O`zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi va uning sabablari. O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri. O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari. Tadqiqotning dolzarbligi: Mustaql Respublikamiz oldida “tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan oqilona foydalanish” kabi buyuk va oliyjanob vazifalar turibdi. Ayniqsa, bizning nazarimizda, bozor iqtisodi sharoitida ishlab chiqarishni to`g`ri yo`lga qo`yish va insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni uyg`un holda tashkil etish o`ta muhim hisoblanadi. To`g`ri, bizda hali bu yo`nalishda tegishli tadbirlar tizimi ishlab chiqilgani yo`q va bunga zaruriy vositalar ham yetarli emas. Uning yaqqol natijalari to`g`risida esa, hali gap ham bo`lishi mumkin emas. Bugunga kelib tabiat, atrof – muhit muhofazasi, xalqaro miqyosidagi mo`tabar tashkilotlarning ma`lumotiga qaraganda, bamisoli tinchlik, osoyishtalikni saqlashday dolzarb muammo qatorida yana bir muammoga aylanmoqda. O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida mintaqaviy mojorolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, urug` – aymoqchilik munosabatlari bilan bir qatorda ekologik xavfsizlik va atrof – muhitni muhofaza qilish muammolari alohida e`tiborga molikligi hamda milliy havfsizlikka tahdid soluvchi omillardan biri ekanligi ta`kidlab o`tilgan.1 Hozirgi kunda ijtomoiy muammolarni hal etishning ekologik yo`nalishi atrof – muhitga, ona zaminga oqilona munosabatda bo`lish, tabiatni muhofaza qilish borasidagi barcha tadbirlarni doimiy amalga oshirish va ushbu maqsadda aholi va ayniqsa, uning tarkibiy qismi bo`lgan yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, oddiy xalqimiz orasida ekologiya muammolarini yoritishda mukammal ekologik ta`limni va shu bilan bir qatorda chora – tadbirlarni belgilash lozim. Ekologik ta`limning eng birinchi dolzarb masalasi – insonning ona tabiat oldidagi o`z burchini anglab yetishidan iborat. Atrof – muhitni muhofaza qilish muammosi, insonning salbiy shakllangan bir qancha stereotiplari bilan bog`liq. Yangi qurilayotgan korxona loyihasida atrof – muhitga yetkazilayotgan zarar e`tiborga olinmas ekan, yaqin kelajakda korxona tabiatga salbiy ta`sir ko`rsata boshlashi mumkin, vaholanki, ushbu korxona rahbariyati bundan habardor bo`lmasligi yoki bo`lsa ham, jiddiy e`tibor qaratmasligi odatiy holga aylangan. Ko`p hollarda qaror qabul qilinayotganda uning natijasi haqida batafsil o`ylamaymiz. Afsuski, chetdan biror kimsa mazkur qaror salbiy natijalarga olib kelishi mumkinligini aytsa, uni o`zgartirish haqida so`z ham bormaydi. Aksincha yetkazilgan zarar uchun jarima to`lanib, shu bilan kifoyalanadi. XX asrning ikkinchi yarmida tabiat va jamiyatning o`zaro ta`siri juda keng ko`lamda sodir bo`lishi tufayli umumzaminiy muammolar qatoriga mansub bo`lgan ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Yuqorida ta`kidlanganidek, inson faoliyatining tabiatga ta`siri tarixiy davrlar davomida muntazam va uzluksiz ravishda orta bordi. Ammo insoniyat tarixida tabiatga ta`sirning misli ko`rilmagan darajada keskin kuchayishi fan – texnika taraqqiyoti bilan bog`liq. Fan – texnika taraqqiyoti insonning ta`biatga ta`sir ko`rsatuvchi qudratini oshishiga va buning natijasida uning ishlab chiqarish va ilmiy - texnik faoliyatini geologik miqyoslarda bo`lishini ta`minlaydi. Shu sababli ekologik muammolar inson hayoti tarzining fan – texnika taraqqiyoti bilan bog`liq bo`lgan omillar – industrializatsiya va urbonizatsiya, energetika xom ashyo va resurslarning kamayishi, tabiiy dinamik muvozanatning buzilishi natijasida atrof – muhit tabiiy sifatining yomonlashuvi bilan bog`liq bo`lgan muammolardir. Fan – texnika taraqqiyoti sharoitida jamiyat rivojlanishining shart – sharoitlari bo`lgan tabiiy resurslardan foydalanishning jadallashuvi va tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslarni qayta tiklash orasidagi ziddiyatlar ekologik muammolarning negizini tashkil etadi. Ekologik muammolar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylandi. Xullas, O`zbekistonda ekologik muammolar va ularni keltirib chiqarish sabablari puxta o`ylanib, ekologik muammoni bosh omili va uning bartaraf etish chora – tadbirlari “Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi” tomonidan o`rganib chiqildi. Mamlakatimiz aholisini birinchi navbatda toza ichimlik suvi bilan ta`minlashga hamda atmosfera havosini tozalashga jiddiy e`tibor qaratish kerakligi kun tartibiga eng muhim masala qilib kiritildi. Natijada ekologik muammolarni ko`lami vfa murakkabligi hozirgi vaqtga kelib dolzarb hisoblanib 9 ta xalqaro konfrensiyalarga a`zo bo`ldi. Ushbu halqaro tashkilotlar hamkorligi asosida respublikamizda qator loyihalar amalga oshirildi. Tabiatni muhofaza qilish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan tashviqot – targ`ibot ishlari maqsadga muofiqdir. Tabiatga inson faoliyatining ta`siri hozirgi miqyoslarda davom etaversa, sayyoramizda tirik mavjudodlarning inson hayoti uchun fojeali bo`lishi mumkin bo`lgan ekologik hatti – harakatlarni keltirib chiqarishi tabiiydir. Shu sababli ekologik muammolarni hal etish. Prezidentimiz I. Karimov ta`kidlaganidek “Barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo`lib sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko`p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog`liqdir.”1 Tadqiqotning davriy doirasi: 1991-2005 yillarni qamrab oladi. Tarixiy jihatdan juda qisqa bo`lgan ana shu davrda ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy sohalarda ulkan o`zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimiz ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish sharoitida tabiat muhofazasi va undan oqilona foydalanish masalasi butun xalq xo`jaligi bilan uzviy birlikda qaraydi. Tadqiq etilayotgan davrda O`zbekistonda ekologik muammolar va ularni hal etish jarayonlari qisqacha tahlil etildi. Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Tanlangan mavzunig tarixshunosligi tahlili shuni ko`rsatadiki mustaqil O`zbekistonning atrof – muhit muhofazasi ekologik muammolarni hal etish jarayonlari O`zbekistonning turli yo`nalishdagi mutaxassis olimlarini diqqatini ko`proq jalb etgan masalalardan hisoblanadi. Mavzuga oid chop etilgan ilmiy tadqiqoq ishlari, minografiyalar, risola va matbuotda e`lon qilingan adabiyotlarni aytib o`tish mumkin. “Geologik muammolar” kitobi, “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” risolasi, “Inson va tabiat” monografiyalari ekologik muammolar to`g`risida fikr bildiradi.1 Tadqiqotning maqsad va vazifasi: Tadqiqot mavzusi va qo`yilgan masalaning dolzarbligining kelib chiqib, ishning umumiy maqsadi O`zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishini o`rganib tahlil etishdan iborat. Mustaqil O`zbekistonning ekologik muammolarini keltirib chiqarish sabablarini o`rganish; O`zbekistonnning ekologik muammolarni hal etish jarayonini ko`ratib berish; O`zbekistonda ekologik muammoni muhim xususiyatlarini ochib berish; O`zbekistonda atrof – muhitni muhofaza qilish yo`nalishlarini bosqichma-bosqich kuzatish. Tadqiqotning nazariy – metodologik asosi: umumjahon bilim nazariyasi va milliy istiqlol g`oyasining asosiy tamoyillari tashkil etadi. Ishni bayon etishda O`zbekiston tarixini yangi tamoyillariga tayangan holda tarixiylik, ilmiylik, xolislik, uzviylik kabi metodologik tamoyillariga tayanildi. Tadqiqotning muhim nazariy asosini O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, Hukumatning turli mazmundagi hujjatlari hamda Prezident I. A. Karimovning asarlari va turli sohadagi yo`l – yo`riqlarini, ko`rsatmalari tashkil etadi O`zbekistonda qishloq xo`jaligi sohasida aynan yerga bo`lgan munosabatlarda juda katta islohotlar o`tkazilmoqda. Shu jumladan ko`p yillar davomida yuqori va sifatli hosil olish maqsadida barcha yerlar dehqon – fermer xo`jaliklariga aylantirilmoqda. Darhaqiqat, har bir xo`jalik o`z hududi tuproqlari ekologiyasi haqida qayg`ursa, mamlakatimiz hududining ekologiyasi yaxshilanishini ta`minlaydi. Tuproq ekologiyasi asosan me`yoridan ortiq kimyoviy pestisidlar hamda mineral o`g`itlar ishlatilishi natijasida buziladi. Oqibatda nafaqat tuproq, balki atrof – muhit, o`simliklar va hosil orqali insonlar ham zaharlanadi. Ma`lumki, o`simliklar azotli o`g`itlarning atigi 30% i, fosforli o`g`itlarning esa 40% ini o`zlashtiradi, xolos. Qolgan asosiy qismi esa tuproqni, yer osti suvlarini va ekinlardan olinadigan hosil orqali o`zimizni ham zaharlaydi.1 Jumladan yerlarni sug`orish va sho`r yuvish natijasida tuzlar bilan birga nitrat/ nitritlar ham yuvilib, zovur, kollektor, drepeklardagi har xil o`simliklar nitratlar ta`sirida barq urib o`sib, sizot suvi chiqib ketishiga to`sqinlik qiladi. Sizot suvi sathi ko`tarilishi natijasida esa tuproqlarda ikkilamchi sho`rlanish avj oladi. Ikkinchidan, Qorako`l tumani aholisi asosan quduqlardagi sizot suvlaridan iste`mol qilgani sababli suv tarkibidagi nitratlar insonni ham zaharlaydi. AQSh, Germaniya, Chexiya, Slavakiya va Rossiya olimlarining tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, nitrat/nitritlar oshqozon saratonini keltirib chiqaradi, asab va yurak qon tizimlari hamda embrionning rivojlanishiga salbiy ta`sir etadi. Fosforli o`g`itlar me`yoridan ortiqcha ishlatilganda tuproqqa fosforlanish jarayoni avj oladi hamda o`g`it tarkibidagi qo`shimcha og`ir metallar ko`payishi o`simliklar hosili orqali insonlar sog`ligiga salbiy ta`sir qiladi. Shu sababli biz mineral o`g`itlardan kamroq, uning o`rniga esa arzon va ekologik toza bo`lgan organic o`g`itlardan ko`proq foydalanishimiz maqsadga muofiqdir. Bu dala tajribalarida o`z tasdig`ini to`la topdi. Biz o`tkazgan dala tajribalariZarafshon daryosi del`tasidan ikki hududda, kamunum yangidan sug`oriladigan cho`lli – qumli va sur tusli qo`ng`ir tuproqlarda g`o`za, beda, bug`doy va makkajo`xori ekinlari bilan o`tkazildi. Birinchi hudud buxoro viloyati Qorako`l tumani “Yangi hayot” fermer xo`jaligi dalalarida, ikkinchi hudud “Toshkent” shikat xo`jaligi dalalarida bo`lib, birinchi hududda makkajoxori va beda ekinlari ekildi. O`sha paytlarda qishloq xo`jaligida zaharli kimyoviy birikmalarning ko`p ishlatilishi oqibatida dehqonchilik maydonlarining ifloslanish darajasi haddan ziyod oshib ketdi. Zaharli pestisidlar oziq ovqat orqali odamlar organizmiga ham o`tdi. Binobarin, bug`doy zaharli preparatlar ishlatilganda tuproq tarkibida 15-20 yilgacha uning qoldiqlari saqlanib qolishi aniqlangan. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, tuproq tarkibining ifloslanishida sanoat korxonalarining ham “hissa” si sezilarli ekan. Buxoro viloyatidagi 32 ta korxonaning 77 manbaida turli zaharli changlar atrof muhitga tarqalmoqda. Andijon viloyatida 20, Surhondaryo viloyatida 27 korxona tarkibida uglevod oksidi, azot oksidi, ammiak, vodorod change bo`lgang`uborlar bilan muhitni ifloslantirayotganligi aniqlandi. 1 Ularga chang yutqichlarning yetarli quvvat bilan ishlamasligi yoki ko`pchilikning eskirganligi yohud faqat “xo`jako`rsin”ga o`rnatilganga o`xshaydi. Ohangaron shahrining janubiy tomoniga nazar solsangiz, osmondagi buralib o`ralayotgan tutun “yo`li”ga ko`zingiz tushadi. Bu sement korxonasi mo`rilaridan chiqayotgan garddir. Vohada ekologik havfli maskan – bu Yangiobod shaharchas bo`lib, u Angren shaxridan 10-12 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerda ilgari uran rudasi qazib olingan bo`lib, yerlarni qayta tiklash ishlari o`z vaqtida bajarilmagan. Natijada Yangiobod shaxarchasi atrofida millionlab tonna radiaktiv tuproqlar yig`ilib qolgan va yaqin atrofdagi hududlarga radiatsiya xavfini tug`dirmoqda. To`g`ri 90-yillarda hukumatimiz tomonidan qayta tiklash ishlarini olib borish uchun har yili ma`lum darajada mablag` ajratdilar. Lekin keyingi 2-3 yil davomida bu maqsadlar uchun mablag` ajratilmayapti. Bu esa mintaqada radiaksion xavfning yanada keskinlashuviga olib keladi. 2 Yangioboddagi buzilgan yerlarni qayta tiklash ishlariga qumita tomonidan 15 mln so`m ajratilgan. Ushnu mintaqada yana bir bor radiaksion xavfli manba – Appartak ko`mir kini. Bu yerda radiaksion qatlamlarni ko`mish va yerlarni qayta tiklash ishlari kechiktirilmay olib borilishi lozim. Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari shu kungacha ko`mir hisobiga ishlab kelmoqda. Yaqinda Angren shahriga tabiiy gaz keltirildi. Bu quvonchli voqea nafaqat angrenliklarni, balki butun voqea viloyat xalqini quvontiradi. Chunki yuqorida qayd qilingan issiqlik elektr stansiyalarining bundan buyon ko`mirda emas, balki ekologik jihatdan toza ta`biiy gazga o`tkazildi. Bu ishlar amalga oshirilsa, vohadagi ekoligik vaziyat tuvdan yaxshilandi. Mablag` yo`qligi tufayli Yangiyo`lda qurilishi lozim bo`lgan chiqindilarni qayta ishlash zavodi hamon paysalga solinmoqda. Uzoq yillar davomida “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasida texnologik jarayonida bir necha million tonna ammofos chiqindilari – fosfogins yig`ilib qolgan bo`lib, yuzlab gektar hosildor yer maydonini egallab yotibdi va atrof – muhitga o`zining albiy ta`sirini ko`rsatmoqda. Bunday chiqindilardan xalq xo`jaligida foydalanish ucun juda ko`p mutaxassis olimlar ilmiy izlanishlar olib borishdi. Xatto shu mavzuda “Ammofos” ning 2 ta sobiq direktori fab direktori degan unvonga sazovor bo`lishdi.1 Ammo, vaziyat qanday bo`lsa shundayligicha qolmoqda. Bundan 15 yil ilgari paxtazorlarimiz ustida erta kuzdan boshlab to kech kuzgacha o`nlab qishloq xo`jalik samalyotlari g`oza hasharotlariga qarshi va go`za bargini to`kish uchun zaharli kimyoviy moddalarni ayamasdan sochar edi. Bunday moddalarni havodan sepish oqibatida olis masofadagi maydonlardagi yer, suv, meval daraxtlar va poliz ekinlari zaharlanar edi. Bu faqat zararkunandalarni o`ldiribgina qolmay, shu bilan birga foydali hashorotlarni ham qirib tashlardi.1 Respublikamiz hududidagi yer manbalarini muhofaza qilish, undan oqiloda foydalanish diqqat markazida turadi. Bugungi kunda 110 ta shirkat xo`jaligi, 7000 dan ziyod dehqon – fermer xo`jaligi, 200 dan oshiq cjorvachilik fermasi, 27 ta sobiq qishloq xo`jalik aerodromlari, 126 ta mineral, 83 ta kimyovuy pistisidlarni saqlash omborxonalari va boshqa obyektlar qo`mita maxsus nazoratiga olingan. 2 Xo`jaliklar ekin maydonlariga ishlob berishda biologic usulni qo`llashga katta ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda viloyatdagi 26 ta biofabrikada biomateriallar ishlab chiqarilib, 430 ming gektardan ziyod ekin maydonida qo`llanilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun qo`mita tomonidan biofabrikalarga katta miqdorda mablag` ajratilmoqda.3 Tabiat muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda, eng avalo ilm – fanga, olimlar, malakali mutaxassislarning maslahatlariga, qolaversa, butun xalqning madadiga tayanayotir. Shu boisdan ham, tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan fan – texnika taraqqiyoti yangiliklarini keng miqyosda targ`ib qilmoqda. Ayni vaqtda aholining barcha qatlamlarini , o`sib kelayotgan yosh avlodni ekologik jihatdan yosh avlodni ekologik jihatdan tarbiyalashga, ularga tabiiy boyliklarini asrab – avaylash, o`simliklaru jonivorlarga nisbatan mehr – shavqatli bo`lish, ularni avaylash kabi fazilatlarni kuchaytirishga e`tiborni kuchaytirmoqda. Ekologik vaziyatni obyektiv va har tomonlama tahlili shuni ko`rsatadiki, ekologik xavf – hatarlarning vujudga kelishi nafaqat an – texnika taraqqiyotiga, Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling