IJTIMOIY SOHA VAKILLARINING KUNDALIK KASBIY FAOLIYATIDAO'QUV VA ILMIY INTERNET RESURSLARIDAN FOYDALANISH BO'YICHA AMALIY KO'NIKMALARNI SHAKILLANTIRISH.
Reja:
1. Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish
2. Manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili.
3. Ziyonet – ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish
Tayanch iboralar: Kompyuter tarmoqlari, tarmoq turlari, tarmoqqa ulanish topologiyalari, global tarmoq – internet, internet brauzerlari, internet resurslari
Dars maqsadi: Kompyuter tarmoqlari, tarmoq turlari, tarmoqqa ulanish topologiyalari, global tarmoq – internet, internet brauzerlari, internet resurslaridan, internet xizmatlaridan foydalanish, jumladan elektron pochta bilan ishlash imkoniyatlaridan foydalanishni o‘rganish.
Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq qilish va ulardan foydalanish, darsni muvoffaqiyatli tashkil etishga katta xissa qo‘shmoqda. Ulardan foydalanib, talabalar o‘qitilayotgan fan yuzasidan AKT vositalaridan foydalanib internet tarmog‘i orqali ma’lumotlarni qidirib topish va ularni ko‘chirib olish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Olinayotgan ma’lumotlarning talabalar bilimini to‘g‘ri shakllanishiga yordam berishi kerak bo‘ladi. Quyida shu haqda fikr yuritamiz.
Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish. Axborotni serverga joylashtirish bir necha usullarda amalga oshiriladi. Masalan plesk tizimi, FTP klient dasturlari yoki veb interfeys orqali resurslarni internetga joylashtirish mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma’lumotlar server kompyuter xotirasidagi ajratilgan joyga joylashtiriladi. Biror ma’lumotni internetdagi biror kompyuterga joylashtirish uchun foydalanuvchi albatta shu tizimda qayd qilingan bo‘lishi shart, aks holda yuklashga ruxsat berilmaydi.
Ma’lumotlarni yuklab olish veb interfeys orqali yoki maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘rilgan veb saytdagi ma’lumotlarni Internet broo‘zerning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl ko‘rinishidagi ma’lumotlarni yuklab olish kerak bo‘lsa, u holda fayllarni yuklab olishga mo‘ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |