Ijtimoiy tarbiya tushunchasi. Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o'rni


Download 4.25 Mb.
bet1/2
Sana18.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1784912
  1   2
Bog'liq
Ijtimoiy tarbiya tushunchasi Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o\'rni (3)

Ijtimoiy tarbiya tushunchasi. Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o'rni.


Ijtimoiy tarbiya tushunchasi. Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o'rni.
IJTIMOIY TARBIYA —butun jamiyatga, xalqqa millat, tabaqaga koʻrsatilgan maqsadga muvofiq tarbiyaviy taʼsir. Ijtimoiy tarbiya yordamida fuqarolarning xulq- atvori, xatti-harakati yagona maqsad tomon yunal- tiriladi. Xuddi shuning uchun ham I.t. — tarbiyaviy tasirning yagona dastur asosida amalga oshirila- digan ongli kismdir. I.t. tizimining samaradorli- gini oshirish ushbu jarayon tashkilotchilari va tar- gʻibotchilari, eng avvalo, uning maqsadi va vazi- falari, ustuvor yoʻnalishlari va sohalari omilla- ri va vositalari, uslublari va usullari haqida m kutubxoasi tinik tasavvurga ega boʻlishiga bogʻliq.
Chunonchi, mamlakatimizda yangi jamiyat qurilayotgan hoz, sha- roitda I.t.ning asosiy maqsadi insonparvar de- mokratik jamiyat, huquqiy davlat, yagona umummil- liy goya atrofida fuqarolarni birlashtirishdan iborat. I.t.ning asosiy vazifasi jismoniy baquv- vat, madaniy-maʼnaviy yetuk, ruhan tetik, musta- kil fikrlash, ishlash va yashash qobiliyatiga ega boʻlgan, zamonasining ilmiy-texnika tarakkiyoti talablariga mos kasb-kor mahoratini oʻzida mujas- samlashtirgan barkamol insonni shakllantirish- dan iboratdir.
Barkamol inson shaxsini qaror top- tirish borasidagi tarbiyaviy ishlar 5 asosiy:
aqliy, axloqiy, mexnat, estetik va jismoniy yoʻnalish- larda amalga oshiriladi.
I.t.ning asosiy Iuna- lishlari orasidagi oʻzaro aloqadorlik: huquqiy, si- yosiy, vatanparvarlik, umumbashariy, jinsiy va ekologik koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Xuddi shu- ning uchun ham yuqorida biz sanab oʻtgan koʻrinish- lar I.t.ning tarkibiy sohalaridir. I.t.ning sama- radorligi ikki omilning — ish vaqti va ishdan keyingi bush vaktning tarbiyaviy taʼsiri b-n be- vosita boglik.
I.t.ning maqsadi va vazifalari omma ongiga fan, adabiyot, matbuot, radio, televideniye, kino, muzey, targʻibot va tashviqot kabi vositalar yordamida singdiriladi. I.t. taʼsirchanligini oshi- rishda turli uslublar (tushuntirish, ishontirish, majbur qilish) va usullar (alohida, jamoaviy, ommaviy)dan okilona foydalanish zarur.
I.t. tizi- mida eng asosiy oʻrinni umumiy taʼlim maktabla- ri egallaydi, chunki, endigina oila va uning yalov- bardorlari boʻlmish ota, ona, bobo, momolarning individual tarbiyasi taʼsirida boʻlgan yosh nihol, umumiy taʼlim maktablarining rejalashtirilgan tarbiyaviy, yaʼni mafkuraviy taʼsir doirasiga ki- radi.
Oʻsha kundan eʼtiboran, murgʻak qalb faoliya- tini jamiyat, millat manfaati tomon burish uchun dastlabki qadam tashlanadi. Umumiy taʼlim mak- tablarida amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar jamiyatning boshqa ijtimoiy in-tlari, oila, mak- tabgacha tarbiya muassasalari, oʻrta maxsus va oliy ukuv yurtlari, mehnat jamoalari, turli jamoat tashkilotlari, madaniy-maʼrifiy muassasalar, uyushmalar amalga oshirayotgan bir butun, tarbiya- viy taʼsir doirasida boʻlib, oʻsha maqsadli, ongli faoliyatning davomidir. Jamiyatning turli ijti- moiy in-tlari, aniq dastur, reja asosida amalga oshirayotgan tarbiyaviy ishlarining hammasi yaxlit, bir butun tizimni tashkil etadi.
O’zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov 2003 yilni “Obod mahalla” yili deb e'lon qildilar obod so`zi keng qamrovli, chuqur ma'noli so`zdir. Mahallaning obodligi birinchi navbatda mahallaning tozaligini nazarda tutsa, ikkinchidan, undagi tinchlik, xotirjamlik, mahalla aqlining jipsligi hamda hamjihatligini o`z ichiga oladi. Aynan shu mahalla yosh nihol uchun norasmiy muloqati orqali tarbiya o`chog`i sanaladi.
Respublika vazirlar Mahkamasining 2002 yil 16-maydagi 162-sonli qarori asosida mahallalarda pedagog-tarbiyachilar shtati tashkil etildi. Ularning militsiya tayanch punktlarida faoliyat yuritishi profilaktika inspektorlari tomonidan hisobga olingan tarbiyasi og`ir bolalar va o`smirlarni to`g`ri yo`lga solishda birmuncha qo`l keladi.
Mahalladagi pedagog-tarbiyachiga 30 yoshgacha bo`lgan, jismonan baquvvat, kamida 5 yildan kam bo`lmagan pedagogik stajga ega bo`lgan, sport va biznesni yaxshi tushunadigan, mahalladagi yoshlarni yoki tarbiyasi og`ir bolalarni, voyaga yetmaganlarni o`z orqasidan ergashtirib, ular bilan shug`ullanadigan shaxs bo`lishi lozim. Bu ishlarni amalga oshirishda “Mahalla” jamg`armalari, yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, sport qo`mitalari o`rtasidagi hamkorlikni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, “Bir bolaga yetti mahalla-ota ona” degan naqldan kelib chiqib, kelajak avlodni tarbiyalashda kichik Vatan bo`lmish oila va mahallaning o`rni beqiyosdir.
Jamiyat mustahkam, ma`naviy va axloqiy jixatdan sog`lom oila bolishidan manfaatdordir. Shu sababli jumxuriyatimiz oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi, shuningdek,ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashda yordam berishni davlat ahamiyatiga molik ish deb biladi. Keyingi yillarda respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir qator qaror va yo`l-yo`riqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta`minlovchi fikrlar, tavsiyalar berildiki, bular respublikamizning asosi– oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy kamolotida muhim ro`l o`ynamoqda.
Chunki oilalarning har tomonlama yuksalishi, ta`bir joiz bo`lsa, jamiyatning yuksalishi demakdir. Xuddi shu ma`noda kelajagimiz bolmish yosh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyoti davlat ahamiyatiga molik masala hamdir. Ikkinchi tomondan, jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo`lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Zotan, ota-onalarning bolalar tarbiyasi yuzasidan mas`uliyatini kuchaytirish, tarbiyalashga oid layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini ta`minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Oila o`zining tarixiy taraqqiyoti davrida uzoq va murakkab yo`lni bosib o`tdi. Bu yo`lning o`ziga xos xususiyatlaridan biri jamiyatning o`zaro aloqalari va ijtimoiy vazifalarining tubdan o`zgarganligidir.
Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy tuzilishining o`zgarishi oilaning shakllanishiga, uning o`zaro aloqa shakllariga ta`sir ko`rsatadi. Ayniqsa, jamiyatning moddiy texnika va ma`naviy yonalishidagi o`zgarishlari oila faoliyatining o`zgarishiga sabab bo`lmoqda. Bunday o`zgarishlar oila qurish, mehr-muhabbat, o`zaro do`stlik va farzand ko`rishni rejalashtirishda o`z ifodasini topmoqda. Davlatimiz oilalarni o`zining olib boradigan siyosati markazida olib qaraydi. Shu sababli imkoniyat doirasida moddiy va ma`naviy erdam berishga majbur. Oilaviy tarbiyani maktab, jamoatchilik bilan uyg`unligini ta`minlashdan manfaatdordir. Oilaning eng muhim xususiyatlaridan biri insonlar avlodini ko`paytirishdir.
Bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasida oila ma`lum darajada ijtimoiy tashkilotlar bilan jamiyat taraqqiyotiga hamohang holda faoliyatda bo`lmoqda. Oilaviy tarbiya muammolarini tadqiq etish, asosan ikki yo`nalishda olib borilmoqda. Bir tomonda oilaviy tarbiya pedagogikaning an`anaviy qismi sifatida organilmoqda. Ikkinchi tomondan esa oila sotsiologiya va filologiya yo`nalishida ham tadqiq etilmoqda. Matbuotda e`lon qilingan maqolalarda mazkur sohaga qiziqqan olimlarning oilaviy tarbiya xususiyatlariga ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan yondashayotganliklari ma`lum bo`lmoqda.
Bolalarning bolalar bog`chasida uzoq muddat bo`lishlari ularning kamolotiga, ehtiyoj, qiziqish va muomala xarakteriga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Baxtga qarshi hozirgi vaqtda ota-onalarning ishlab chiqarishda ko`plab mashg`ul bo`lishlari sababli o`zlarining to`laqonli tarbiyaviy vazifalarini bajara olmasliklarini tasdiqlamoqda. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo`lsagina o`sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta`minlash mumkin. U yoki bunisining yo`qligi tarbiyaviy jarayonga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Respublikamizda ayni hozirgi kunda oilalarning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda. Oilalarning moddiy ehtiyojlarini to`laroq qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni kuchaytirish jarayoni tezlashmoqda. 
Biz uchun oila mustahkamligini ta`minlovchi axloqiy ruhiy aloqalar juda muhimdir. Xuddi ana shu aloqadorlik oilaviy munosabatlar, to`laqonli hissiy-emotsional, otalik yoki onalik, oilaviy baxtni ta`minlash ehtiyojlarini qondiradi. Ota-onalarga pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya bo`yicha tajriba almashishi, ota va onalarni tarbiya ishlariga qizg`in jalb qilish uchun ularni maktabga, mahalla qo`mitalariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalarning bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari kamolotini oldindan tasavvur eta olishlari, tarbiya maqsadini aniqlashlaridir. Qo`yilgan maqsadni amalga oshirish faoliyatni mohirlik bilan tashkil etishga bog`liq.

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling