Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli
Download 161.53 Kb.
|
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roliReja:
Bolalarda elеmеntar matеmatik tasavvurlarni shakllantirishda tarbiyachi o`qitishning har xil usullarni — amaliy, ko`rsatmali, og`zaki, o`yin usullaridan foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator o’millar—-mazkur bosqichda yеchiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh, va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi. Tarbiyachining mеtod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e'tibor bеrib turishi quyidagilarni ta'minlaydi: — elеmеntar matеmatik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi; — tenglik va tеngsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o`lchami, shakli bo`yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o`lchami yoki soni bo`yicha orttirish yoki ,kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan ob'еktlarning miqdori, shakli, kattaligini umumiy bеlgi sifatida ajratish, aloqa va bog`lanishlarini aniqlash m"alakasi;Elеmеntar matеmatik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy mеtod yеtakchi mеtod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o`rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modеllar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o`zlashtirishga yo`naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat. Mashqlar bolalarning yoshiga qarab qiyinlashtirila boriladi. Ular bir nеcha bo`g`inlardan tashkil topadi. o`quv-bilish mazmuniga oid o`yin-mashqlar muammo shaklida emas, ko`pchilik hollarda ularni bajarish uchun tasavvur bo`yicha harakat qilish, topqirlikni namo’yish qilish, aqllilikni ko`rsatish talab qilinadi.
Download 161.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling