Ikkilamchi polimerlarning tadqiqot obyektlari va usullari


Download 0.83 Mb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1161531
  1   2   3   4
Bog'liq
Ихтиёр22


2-BOB. IKKILAMCHI POLIMERLARNING TADQIQOT OBYEKTLARI VA USULLARI
2.1. Tadqiqot obyektlarining fizik-kimyoviy tavsiflari va xususiyatlari
PVX-S-6359 M smolasi kimyoviy formulasi [-CH2-CHCl-]n. Bir jinsli oq kukunsimon modda, ta’mi va hidi yo‘q; shishalanish harorati 70-800S; qovushoq-oquvchan holatga o‘tish qarorati 150-2000C (molekulyar massasiga qarab); Fikentcher konstantasi 63-65; to‘kilish zichligi 0,45-0,55 g/sm3; uchuvchan moddalarning massa miqdori 0,3% dan ko‘p emas; 100 gramm PVX smolasiga plastifikatorning yutilish miqdori 18 gramdan kam emas;
№ 0063 va № 0315 raqamli to‘rlarda elashdan so‘ng qolgan qoldiq miqdori 0,5% dan kam emas.

2.1.1-rasm. PVX-S-6359 M smolasi

Soapstok mahalliy yog‘-moy sanoati chiqindisi, yog‘ va moylari ishqoriy neytrallashdan olingan oraliq mahsulot. Tarkibida 41,6% yuqori yog‘ kislotalari va 50,3% neytral birikmalar bo‘lib, triglitsirid, fosfor birikmalari, glitserin, mineral va mexanik aralashmalar va bo‘yovchi moddalardan iborat bo‘lgan, to‘q jigar rang suyuq eritma.


Dioktilftalat (DOF) PVX ishtirokidagi kompozitsion materiallar uchun plastifikator sifatida qo‘llaniladi. Uning kimyoviy formulasi C6Н4(COOC8H17)2.
U PVX asosida kabel olishda, sun’iy teri olishda, rezina-texnika mahsulotlari olishda, linoleum, qadoqlash materiallari olishda va boshqa ko‘pgina mahsulotlar olishda keng qo‘llaniladi. Dioktilftalat – rangsiz yoki bilinar-bilinmas sariq rangga ega bo‘lgan yog‘simon modda bo‘lib, kuchsiz meva hidi kelib turadi.
Uning tavsiflari quyidagi jadvalda keltirilgan:
2.1.1-jadval

Ko‘rsatkichlarning nomlari

Oliy navli

1. Tashqi ko‘rinishi

Rangsiz, qovushoq suyuqlik

2. Xazen shkalasi bo‘yicha ranggi, yed. dan ko‘p bo‘lmagan

40

3. 20°S dagi zichligi, g/sm³

0,981-0,985

4. Kislotalik soni mg KON/g, dan ko‘p bo‘lmagan

0,075

5. Uchuvchan moddalarning ulushi

0,1

6. Ko‘piklanish soni, mg KON/g.

284-290

Past bosimli polietilen (markasi B-Y456) kimyoviy formulasi (C2H4)n, zichligi 0,942-0,970 g/sm3, oquvchanlik ko‘rsatkichi 0,32 g/10 min., uzilishdagi mustahkamlik 21 MPa, cho‘zilishdagi mustahkamlik 21 MPa, uzilishdagi nisbiy uzayish 750%, Vika bo‘yicha yumshash harorati 122-1350S, mo‘rtlik harorati (sovuqbardoshlik) -700S dan -1500S gacha.


Yuqori bosimli polietilen (markasi F-0220S) kimyoviy formulasi (C2H4)n, zichligi 0,917-0,935 g/sm3, oquvchanlik ko‘rsatkichi 2,5 g/10 min., uzilishdagi mustahkamlik 10-17 MPa, cho‘zilishdagi mustahkamlik 45 MPa, uzilishdagi nisbiy uzayish 50 dan 600% gacha, Vika bo‘yicha yumshash harorati 1150S, mo‘rtlik harorati (sovuqbardoshlik) -800S dan -1200S gacha.
Polipropilen (markasi J-330) kimyoviy formulasi (C3H6)n, zichligi 0,900-0,920 g/sm3, suyuqlanish harorati 165-1700S, uzilishdagi nisbiy uzayish 200-800%, zarbiy qovushoqlik 78,5 kDj/m2, molekulyar massasi 80000-200000, Brinell bo‘yicha qattiqlik 59-64 MPa, mo‘rtlik harorati (sovuqbardoshlik) -50S dan -150S gacha, to‘kilish zichligi 0,4-0,5 g/sm3, oquvchanlik ko‘rsatkichi 5 g/10 min., 106 Gs dagi dielektrik yo‘qotishning tangens burchagi 2⋅10−4-5⋅10−5.
Brabender-plastograf yuqori haroratlarda termoplast (kompozitsion) polimerlarni ekstruder shnekining aylanish momentiga ko‘rsatadigan qarshiliklari o‘lchandi hamda polimerning termostabilligi (destruksiya harorati) va plastikatsiyalanish vaqtlari aniqlandi (2.1.2-rasm).

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling