Ilm- sahroda-do’st, Hayot chorrahalarida-tayanch


Download 11.17 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi11.17 Kb.
#1188560
Bog'liq
Kirish


KIRISH


Ilm- sahroda-do’st,
Hayot chorrahalarida-tayanch,
Yolg’iz damlarda-yo’ldosh,
Baxtiyor daqiqalarda-raxbar,
Qayg’uli onlarda-madadkor,
Odamlar orasida-zebu ziynat,
Dushmanlarga qarshi kurashda-quroldir.
Respublikamizda yoshlar uchun, yoshlarning kelajadi va manfaati uchun olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asosiy markazida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular orasidan yuqori malakali mutaxassislarni kashf qilish masalasi alohida o’rin tutadi.
Prezidentimiz SH. M. Mirziyoyev hozirgi kunda davlatimizda juda yangi g’oyalarni ilgari surmoqda. O’zbekiston yoshlariga alohida e’tibor qaratmoqda. Maktablarda o’qitish tizimini sezilarli darajada o’zgartirib, ta’lim tizimini yuksak marralarga olib chiqish yo’lida o’z sayi harakatlari bilan barchani bir bo’lib ishlashga undamoqda. Prezidentimizning yangi farmonlarida ham huddi shu ta’lim sohasini yaxshilashga qaratilgan g’oyalar mavjud. Shu o’rinda matematika faniga ham alohida to’xtalib o’tildi, ya’ni har bir bola matematikani yaxshi bilishi lozim.Chunki matematika hayotimizda alohida ahamiyat kasb etadigan fan sanaladi.
Shu nuqtai nazarga ko’ra bugungi kunda halqimiznig boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va ayni vaqtda jadal sur’atlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda.
Kurs loyihasining dolzarbligi: Foydalanuvchilarga kengroq imkoniyat yaratadigan, qo’llanma sifatida ham ishlatish mumkin bo’lgan geometrik materialni tayyorlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Kurs loyihasining maqsadi: Geometriya kursida yuza va hajmlarga bog’liq bo’lgan formulalar, chizmalar va geometrik figuralarni o’rganib chiqish.
Kurs loyihasining vazifalari: Bu maqsadni ro’yobga chiqarish uchun talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirishini aniqlovchi dastur yaratish ishda asosiy vazifa qilib olindi. Bu vazifani amalga oshirish uchun quidagilarga etibor berish lozim.
Mavzuga doir manbalarni topib, ularni tartiblab loyihaga qo’shish.
Geometriyani o’qitishning innavatsion muhitini o’rganish.
O’qitishning turli xildagi metodlari bilan ishlash.
Barcha kerakli malumotlarni ishda batafsil namoyon qilish.
O’rganilgan malumotlar asosida xulosalar chiqarish.
Kurs ishini jihozlash va himoyaga tayyorlash.


Masalaning qo’yilishi
Ushbu qo’llanmada “Geometriya kursida yuza va hajm” tushunchalarini o’quvchilarda mukammal shakllanishi uchun kerak bo’ladigan barcha bilimlar mujassamlashtiriladi. Buning uchun quidagi masalalar hal qilinishi lozim.
Birinchi navbatda yuza tushunchasi kiritiladi. Tekislikdagi figuralarning yuzasini hisoblash masalasi. Bu jarayonda o’quvchilar tez va qulay hisoblashlari uchun masalaning oson va qiyin jihatlari ko’zdan kechiriladi. Geometriyaga oid bo’lgan kitoblar yordamida bu ishlar olib boriladi.
Keyingi bajarilishi lozim bo’lgan ish bu fazo tushunchasini kiritish. O’quvchilar fazoviy jismlarni to’liq tasavvur qilishni o’rganishadi. Keyinchalik esa jismlarning yuzalarini qanday shaklda hosil bo’lishini o’rganib, hisoblash ishlarini olib borishadi. Bu fazoviy jismlarning hajmga ega ekanligini o’quvchilar 5-sinfdan o’rganib kelishgan. Hajm topish formulalari kiritish jarayonida keltirib chiqarish usullaridan foydalanish qulayroq. Ya’ni aynan qaerdan bu formulalar olinganini o’quvchilar yaxshiroq tushunshgani maqsadga muofiq bo’ladi.
Yuza va xajm tushunchalari murakkab tushunchalar hisoblanadi. O’quvchilar maktab geometriya darsliklarida tekislikdagi shakllarning barcha turlari bilan tanishib, misollar yechishadi va o’tilgan mavzularni mustahkamlab borishadi. 11-sinf matematikasining 2-qismida egri chiziqli trapetsiya yuzasini integral yordamida yechish usullari o’rgatiladi. Biz hozir shu yuza va hajmlar haqida tushunchalarni ko’rib o’tamiz.
Download 11.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling