Ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi
Download 47 Kb.
|
Ахборот хати-1.06.2022 gacha
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va variativ ta’lim samaradorligini oshirish masalalari”
- 2022-yil 22-iyun soat 10:00 da
- Konferensiyaga taqdim etilayotgan ilmiy maqola va tezislarga qo‘yiladigan talablar va rasmiylashtirish tartibi
- Mualliflar uchun ma’lumot
- Tashkiliy qo‘mita manzili
- Annotatsiya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi AXBOROT XATI A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va variativ ta’lim samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida ONLAYN KONFERENSIYA o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va variativ ta’lim samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida o‘tkazilishi rejalashtirilgan respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida 2022-yil 22-iyun soat 10:00 da boshlanadi. Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi: Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish muammolari va yechimlari. Umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarini boshqarish mexanizmlari, usul va vositalari. Umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarini boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari. Variativ ta’lim samaradorligini oshirish masalalari. Konferensiyaga taqdim etilayotgan ilmiy maqola va tezislarga qo‘yiladigan talablar va rasmiylashtirish tartibi: - maqola va tezislar 3-5 bet hajmda, Microsoft Word, Times New Romanda 14 shriftda, 1,5 intervalda, chap tomondan 3 sm., o‘ng tomondan 1,5 sm., yuqori va past tomondan 2 sm. qoldirilgan holda yoziladi. - fayl nomi muallifnining familiyasi bilan nomlanadi. - maqola yoki tezislar mavzusi bosh harflarda (14 shriftda) o‘rtaga yozilib, keyingi satrda kichik harflarda muallif(lar)ning ismi-sharifi, ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni, undan 1,5 interval pastda xat boshidan uch tilda (o‘zbek, rus va ingliz) annotatsiya va kalit so‘zlar, so‘ng maqola yoki tezis matni yoziladi; - barcha iqtiboslar kvadrat qavsda beriladi [3;112]; - foydalanilgan adabiyotlar tezis yoki maqola oxirida alfavit tartibida keltiriladi; - maqola va tezislar elektron nusxada topshiriladi. Tahrir hay’ati talablariga javob bermagan va belgilangan muddatda yuborilmagan maqolalar va tezislar chop etilmaydi. Konferensiya materiallari elektron shaklda 2022-yil 1-iyunga qadar ziyodulloyevnodir@gmail.com elektron pochta manzili yoki (+998 99) 093-86-43 telefon raqami telegram akkaunti (@nodirziyo) orqali qabul qilinadi. Mazkur konferensiyada ta’lim muassasalarining professorlari, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda mavzu doirasida tadqiqot olib boruvchilar ishtirok etishi mumkin. Mualliflar uchun ma’lumot: - materiallar plagiatga tekshiriladi; - konferensiya talablariga javob bermaydigan materiallar nashrga qabul qilinmaydi; - bir muallifning bitta maqolasi qabul qilinadi va ikki nafargacha hammualliflikka ruxsat etiladi; - tahrirdan o‘tmagan maqola va tezislar to‘plamga kiritilmaydi hamda mualliflarga qaytarilmaydi; - berilgan ma’lumotlarning toʻgʻriligi va aniqligi uchun muallif(lar) shaxsan javobgardirlar; - tanlovdan o‘tgan ilmiy maqola va tezislar mualliflarga elektron to‘plam shaklida tarqatiladi; - konferensiya materiallari ilmiy-tadqiqot instituti veb saytiga joylashtiriladi. Mas’ul: Nodir Ziyodulloyev - A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, “Ta’lim standartlarini takomillashtirish” ilmiy-tadqiqot bo‘limi kichik ilmiy xodimi. Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6 uy. Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalar quyidagicha rasmiylashtiriladi. NAMUNA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA KASBGA YO‘NALTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI Alyiev Akmal Abbosovich A.Avloniy nomidagi XTMO‘IBITI “Uzluksiz ta’lim” kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD) Annotatsiya (o‘zbek, rus va ingliz tillarida): Tayanch iboralar: Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni [1;176 ]. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni [2;57]. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Maqola matni. Adabiyotlar ro‘yxati: (markaz bo‘ylab) Крюкова Е.А. Личностно-развивающие образователные технологии: природа, проектирование, реализация / Монография. – Волгоград: “Перемена”, 2000. Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. – T.: “Turon-Iqbol”, 2006. Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling