Ilmiy rahbar: R


Download 188.54 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi188.54 Kb.
#1473351
Bog'liq
ACHILDIYEV PARDAJON ILK ISHLAB CHIQARISH IQTISODIYOT TIZIMIDA OHANGDOR USLUBNING SHAKLLANISH XUSUSIDA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI
Tasdiqlayman“
Milliy libos va san’at fakulteti
dekani A.Turaqulov___________________
___“___________2023y


MUSIQIY TA’LIM yo’nalishi __-kurs 1___-guruh talabasi

ACHILDIYEV PARDAJONNING




Musiqa tarixi “ fanidan
" ILK ISHLAB CHIQARISH IQTISODIYOT TIZIMIDA OHANGDOR USLUBNING SHAKLLANISH XUSUSIDA" mavzusida yozgan


KURS ISHI
Ilmiy rahbar: R.Mardayeva


Termiz-2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. O’ZBEK XALQI ILK ISHLAB CHIQARISH IQTISODIYOT TIZIMIDA OHANGDOR USLUBLARI PAYDO BO’LISHI
1.1. O`zbek xalq musiqa ijodining ijtimoiy hayotda tutgan o`rni………………….7
1.2. O`zbek xalq musiqa ijodining turi, mazmuni va kuy ohang tuzilishi………...20
II BOB. ILK ISHLAB CHIQARISH IQTISODIYOT TIZIMIDA OHANGDOR USLUBNING SHAKLLANISH XUSUSIDA
2.1. O`zbek musiqasining mahalliy uslublari…………………………………...27
2.2. Ilk ishlab chiqarish iqtisodiyot tizimida ohangdor uslubining shakllanish xususida…………………………………………………………………….……..31
XULOSA…………………………………………………………………………35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..37

ILOVALAR………………………………………………………………………38

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimli, yuksak ma'naviyatli, barkamol, vatanparvar shaxslar bo’lib yetishini ta'minlash yo’lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bugini sifatida pedagog xodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy ishlash bo’yicha yuksak maxoratga ega bo’lishlarini ta'minlash yuzasidan zarur chora – tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Bu masalada davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab jiddiy e'tibor berib kelinmoqda. Hozirda har bir maktabda ta'lim – tarbiya samaradorligini oshirish jiddiy vazifa bo’lib turibdi. Buning uchun har bir o’qituvchi o’z fanini o’qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi Yangiliklarni uzluksiz o’rganib borish orqali o’z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi. Ta'lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma'lum.
Bu xaqda birinchi Prezidintimiz quyidagi so’zlari ibratlidir. «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bogliq». Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur, ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta'lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta'lim va tarbiya ishini uygun holda olib borishni talab etadi.
Bola maktabda qanday bilimga ega bo‘lishi lozim. Ularning tarbiyasi qanday bo‘lishi kerak. Shu masalaga javob topish bu savolga javob birish uchun maktabda nafaqat musiqa madaniyati fanini balki hamma fanlarni innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda qiziqarli, tushunarli qilib o‘qitishni dolzarb muammolari yuzasidan tadqiqotlar olib borilmoqda. Men ham o’zimning kurs ishimda O’zbek musiqiy merosning mahalliy musiqiy uslublari borasidagi mavzusimga doir fikr va g‘oyalarni o‘rganib, tadqiqot olib borishga harakat qildim va xulosalarini chiqarib o‘rgangan bilimlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Ta’lim maskanlarida tashkil etiladigan musiqa to’garaklari raxbar pedagoglari (musiqa o’qituvchisi) ning asosiy maqsad vazifasi milliy qadriyatlarimizdan biri bo’lgan ma’naviy tarbiya marosimlarini teran anglagan xolda tashkil etishdan iboratdir. Boisi, har bir o’tkaziladigan tadbir ham o’qituvchi-pedagog uchun bayram (ma’naviy tarbiyadek) sanalib, shu alfozda o’tkazish urf bo’lishi lozim.
O`zbekistoning buyuk kelajagini bunyod etish asosan bugungi yosh avlod zimmasiga tushadi. Ularni bilimli madanyatli mehnatsevar tashabbuskor izlanuvchan qilib shakillantirish har bir yoshi ulug` inson tarbiyachi ustoz muallimlar zimmasidadur.
Musiqa tarbiyasi umumtarbiyaning asosiy qisimlardan biri bo‘lib, atrofdagi go‘zal narsalarni ongli ravishda idrok etishga o‘rgatadi. Musiqa insonni ma’naviy dunyoqarashini shakillantiradi.
Milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalarini keng targ`ib qilish va ommaviylashtirish, yosh avlodni ,hozirgi yoshlarimizni ma`naviy tarbiyalashning asosi bo`lmog`i lozim.
Musiqa san’ati — nafosat tarbiyasining muhim omili bo‘lib, yosh avlodni kamolotga yetishishi uchun ta’sir etuvchi jarayon. Bu jarayon maktabdan boshlab shakllanadi va yosh avlodning ichki dunyosini boyitib, butun hayoti mobaynida unga hamroh bo‘lib boradi. Musiqiy nafosat tarbiyasining o‘zagi esa, boshlang‘ich sinflarda boshlanadi. Musiqiy nafosat tarbiyasining asosi — musiqa madaniyati darslari hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini unumli o‘tish va bolalarning mustahkam bilim olishlari uchun, bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi musiqa madaniyati darslarida beriladigan barcha o‘quv materiallarni puxta o‘zlashtirib olishi lozim.
Musiqa madaniyati darslarida musiqiy ta’limning asosini tarkib toptirishda fortepiano cholg‘u asbobi bilan birgalikda, o‘zbek xalq cholg‘ulari asboblarida musiqiy asarlarni ijro eta olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisi xalq musiqa ijodi bilan tanishishi, atoqli kompozitorlarning hayoti va ijodini o‘rganishi kerak. O‘qituvchi o‘z ishiga ijodiy yondashib, dastur talablariga muvofiq dars o‘tishi mumkin.
Ma’lumki, musiqa darslari jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash kabi asosiy musiqiy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Darsning har bir faoliyat turida o‘qitish metodlari va ularni musiqa madaniyati darslarida qo‘llash uslublari kabi elementlardan keng foydalanish darslarning yanada qiziqarli va jozibali bo‘lishini ta’minlaydi. Barcha dars faoliyatlari bir-biri bilan uzviy, mantiqiy bir butunlikni vujudga kelitirishni taqozo etadi. Musiqiy faoliyatlarni o‘zaro mantiqiy uyg‘unligi natijasida o‘qitishning rivojlantiruvchi, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari amalga oshiriladi.
Bugungi kunda, musiqa madaniyati darslarini ilmiy-metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish, boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisi oldiga qo‘yilgan dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
O`quvchi – yoshlarni badiy va ahloqiy madaniyatini shakillantirishga, milliy g`urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga , ijodiy mahorat , nafosat va badiy didni o`stirishga , fikr doirasini kengaytirishga , mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Uning bu kuchidan mazmunli va unumli foydalanish har bir musiqa o`qituvchisining muqaddas burchidir.
Albatta bugungi kunda musiqa darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosoida tashkil etish musiqa o`quvchisiga qo`yilgan zamon talabidir. Shundan kelib chiqqan holda biz o‘z malakaviy bitiiruv ishimiz mavzusini “O’zbek musiqiy merosning mahalliy musiqiy uslublari” deb nomladik.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Musiqa ta`limida o‘qitish metodlari va ularni musiqa madaniyati darslarida qo‘llash uslublari orqali musiqa madaniyati darslarida o`quvchilarning ijodiy faolligini oshirishning usul va yo`llarini yangi ta`lim mazmuniga qo`yilgan talablari asosida ishlab chiqish va o`quv tizimiga tadbiq etish, musiqa madainyati darslari orqali o‘quvchilarni o‘quv materiallarni mavzu konsentrik prinsiplari imkoniyatlaridan xabardor qilish, ularda musiqa tinglash qo‘shiqni jamoa bo‘lib kuylash ko‘nikmasini tarbiyalash.
Kurs ishining ob`ekti va predmetidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi.
1. Musiqa madanyati darslarini tashkil etgan faoliyatlarga umumiy izoh berib chiqish.
2. Musiqa darslarini tashkil etgan faoliyat turlarini yangi ta`lim mazmuni asosida o`quv mashg`ulotlariga tadbiq etish imkoniyatlariga tasnif berish.
3. Musiqa darslarida o`quvchilarning ijodiy faolligini oshirishning shakli va usullarini ishlab chiqish.
4. Musiqa ta`limida o‘qitish metodlari va ularni musiqa madaniyati darslarida qo‘llash
Kurs ishining predmeti: Musiqaga oid kitoblar, o’quv qo’llanmalar, uslubiy qo’llanmalar va ozbek musiqa mahalliy uslublariga oid monogirafiyalar
Kurs ishining ob`ekti : O‘rta maktabda musiqa madaniyati fanining o‘qitilishi va mashg‘ulotlari jarayoni.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish,ikkita bob(to’rttta paragraph),xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
.
I BOB. O’ZBEK XALQI ILK ISHLAB CHIQARISH IQTISODIYOT TIZIMIDA OHANGDOR USLUBLARI PAYDO BO’LISHI
1.1. O`zbek xalq musiqa ijodining ijtimoiy hayotda tutgan o`rni.
Xalq musiqa ijodini musiqa madaniyati darslari jarayonida o`rganish,u orqali o`quvchilarni tarbiyalashmurakkb pedagogik-psixologik jarayondir. Marosim qo`shiqlari o`quvchi yoshlarni keng miqyosda milliy ruhda tarbiyalashning ehg kuchli vositalaridan biridir. Mana shu xalq qo`shiqlarining kompleks jihatdan ko`rinadigan o`ziga xos xususiyati (kuy, musiqa, qoshiqning matni, ijrochilik maxorati ) uning insonga kompleks ta`sir qilishini ta`minlaydi.
Prezidentimiz ta`kidlaganidek:“Bizning milliy an‘analarimizga odob axloq qoidalariga mutloqo to’g’ri kelmaydigan kliplar, turli tillardagi so’zlarni qovushtirib yoki talaffuzini ataylab uzib aytish kabi nomunosib xarakatlarni ayrim yosh ijrochilar o’zi uchun qandaydir bir yangicha uslub deb bilayotgani, menimcha san‘atni uning mohiyati va axamiyatini bilmaslikdan boshqa narsa emas. Madaniy jamoatchiligimiz avvalom bor musiqashunos olimlar, ustoz san‘atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko’p sonli san‘at ixlosmandlari, bunday masalalar bo’yicha o’z fikirlarini ochiq bildirib borishlari, shu tariqa yoshlarimizga to’g’ri tarbiya berishimiz ham qarz, ham farz deb uylayman”.
Demak qo`shiqning ta`siri murakkab va kuchlidir . Qo`shiq matni o`quvchi ongiga ta`sir etishning doimiy omili sifatida kuyga jo`r bo`ladi va kuy ham ijroning ritmikasiga moslanishi lozim . Bundan tashqari , musiqa va qo`shiqning sifatli ijro qilinishi ham g`oyat muximdir.
Ijro etiladigan qo`shiq kuy , uning ohangdor va intinatsion ifodalanishi qo`shiqning sheriy asar sifatidagi g`oyaviy mazmuni va badiy shakli nixoyat , musiqa hamda qo`shiqning yaxsgi ijro etilishining mujassam qotishmasidir . Mana shu elementlarning qay biri o`quvchilar xissiyotini va ongiga eng kuchli ta`sir ko`rsatadi ?- degan savolga javob berib bo`lmaydi . Binobarin , bizningcha mazkur barcha elementlarning birlashuvi bilangina xissiy – ma`naviy ta`sir ko`rsatishga erishish mumkin .
Xalq musiqa ijodinini tuzilishi elementlari o`quvchi shaxsining turli soxalariga ongi , irodasi izchisi , musiqiy idrokiga o`z xolicha ta`sir ko`rsatsa ham , ijro etilayotgan qo`shiq va musiqaning jo`rligi yaxlid birgalikda idrok qilinadi. Ana shu ko`pyoqlama murakkab ta`sir ham yagona jarayon sifatida amalga oshadi. Marosim qo`shiqlarining mazkur ta`siri qo`shiq jo`rligisiz ijro etiladigan musiqaning ta`siridan kuchliroq bo`ladi. Chunki xalq qo`shiqlari uning tuzilishidagi elementlardan biri bo`lishi musiqaga nisbatan juda katta ta`sir doirasiga ega.
Intilmoq xuddi shuning uchum ham xalq qo`shiqlari umuman musiqa san`atining hamma turlariga qaraganda o`quvchilar orasida eng sevimli va eng qiziqarlisidir.
O`zbek xalqining musiqa madanyati ko`p asarlik tarixga ega , ko`pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq xamda o`g`zaki an`anadagi professional musiqa san`ati bu xalqda rivojlik beradi . moddiy madanyat yodgorliklarining tasdiqlashicha bugungi O`zbekiston xududida markaziy osiyo xalqlarining ajdodlari yaratgan qadimgi sivilizatsiya mavjud bo`lgan. Arxeologiya malumotlari XX asr boshlarida ashxobot yaqinida popeshni ekspedetsyasi tomonidan olib borilgan qozilmalar M.I.Masson S.P.Tolstof va boshqalar raxbarligida sobiq sovet davrida janubiy Turkmaniston , Xorazm , quyi Zarafshonda olib borilgan arxeologik ishlari shuni ko`rsatadiki , oramizdan bir necha ming yillar ilgari xam O`rta Osiyo territoriyasida yuqori darajada rivojlangan madanyat mavjud bo`lgan.
O`zbek xalqi ajdodlarining musiqa sarchashmalari markaziy Osiyo xududida yashagan qarindosh xalqlar ,birinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustaxkam bog`langan. Bu musiqa asarlari X- Xl asrgacha / ya`ni bu xalqlar chegaralangunlarigacha o`zida bir butunlikni ifoda etdi , keyinchalik u o`zbek va tojik musiqa madanyatlarining shakillanishi uchun umumiy asos bo`lib xizmat qildi.
Markaziy Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo`lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bolar o`troq dehqonlar sug`diylar, baqteriyaliklar, xorazmiylar kabilar edi. Ular haqidagi ma`lumotlar avestoda ham uchraydi. Xalq poetik va musiqa san`atining boshlanishi uning davrlariga borib taqaladi. Xalq poetik va musiqa san`ati dastlab sinkretik halatda bo`lganligini Avesto kitobi va boshqa qadimgi oydgorliklar, shuningdek, Markaziy Osiyo xalqlarining bizgacha bo`lgan turmushi, ularning urf-odatlari, to`y-tomoshalarning elementlari guvohlik beradi. Buni arxeologiya, etnografiya va boshqa fanlar ham tasdiqlaydi.
Urug`chilik jamiyatining emirilishi va sinfiy jamiyatga o`tishi, Baqteriya, Sug`diyona va Xorazmda davlatlarning paydo bo`lishi, ahmoniylarning harbiy ma`muriy jihatdan birlashuvlari, Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek-Baqteriya davlatining paydi bo`lishi eramizdan oldingi VII asrdan eramizning IV asrigacha bo`lgan jyda katta tarixiy davrni o`z ichiga oladi. Budavr epik xarakterli mifologik qahramonlik ustun bo`lgan qadimgi musiqali poetik ijodning yuzaga kelishi bilan mashhurdir. Bu davrlarda xudolarga si8g`inish bilan bog`liq bo`lgan turli xil marosimlarda qo`shiq aytilgan. ( bu haqda Avestoda bayon etilgan ) Masalan, muqaddas olov atrofida qo`shiq aytilgan, raqs tushilgan.
Xalq og`zaki musiqa ijodi folk`lor xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, xalq musiqa san`atining boshqa tutlaridan tarkibiy qismlari va uziga xos xuxusiyatlari bilan ajralib turadi. Mehnatkash omma tomonidan yaratilib, xalqning talantli vakllari ijrisoda sayqal topib , avloddan – avlodga o`tib kelayotgan badiiy musiqiy asarlar o`zbek xalq musiqa ijodini tashkil etadi.
Bu vaqtlatda xudolarga sog`inish bilan bog`liq bo`gan turi xilo marosimlarda qo`shiq aytilgan ( Bu xaqda avestoda bayon etilgan) Masalan: muqaddas olov atrofida qo`shiq aytilgan , raqs tushilgan.
Xaql og`zaki musiqa ijodi falklor xalq badiy faoliyatining tarkibiy qismi, xalq musiqa san`atining boshqa turlaridan o`ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadigan san`atdir. Mexnatkash omma tomonidan yaratilib , xalqning talantli vakillari ijrosida sayqal topib, avloddan – avlodga o`tib kelayotgan badiy musiqiy asarlar o`zbek xalq musiqa ijodining tashkiletadi.
“ Folklor” termini birinchi marta XIX asr tatqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846 yilda qo`llangan bo`lib , u ikki so`zdan iborat : “ Folk” – xalq , lor – bilim , donolik , donishmandlik , yani “ xalq bilimi”, “ xalq donoligi”, “ xalq donishmandligi” demakdir.
Falklor asarlarida musiqa, raqs, teatr san`ati elementlari qo`shilib ketadi, shu sababdan falklor sekretik san`at deyiladi. Ayni vaqtda falklor asarlari san`atining boshqa turlaridan o`ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. Falklor so`z , kuy va ijro birligi doimo saqlanadi. Xalq og`zaki ijodi uzoq davrlardan beri tarixning yo`ldoshi uning chinakam aks sadosi bo`lib kelgan. Utarixiy voqealarni xalq ommasining tushunchasi nuqtae nazaridan , mexnatkash xalq pozetsyasidan kelib chiqib , badiy formalarda baxolaydi. Xalq ijodini o`rganuvchi , tekshiruvchi fan falklorshunoslik deb yuritiladi. Bundan tashqari , falklor asarlari bilan bir qancha fanlar shug`ullanadi : tarixchilar tarixiy voqealarning xalq og`zaki ijodida qanday aks etganini o`rganadi : etnogroflarni xalqning urf – odatlari qiziqtiradi; san`atshinoslar esa falklordagi musiqa , raqs, o`yin , xoregrafiya va boshqalarni o`rganadilar ; tilshinoslar xalq ijodi tilining laxja va dealektlari bilan , adabiyotshinoslar falklor asarlarining yozuv adabiyoti bilan munosabatlarini tekshiradilar.
O`zbek musiqa falklor xor qanday xalq ijodi kabi mexnatkashlarning fikri , orzu – umudlari , ularning turmushi va axloqi , sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O`zbek xalq musiqasining mavzu jixatidan serqirraligi , janrlarga boyligi va xayotda tutgan o`rnining xilma – xilligi va cholg`u musiqasi janrlari o`zi bajaradigan funksiyasi va turmushda tutgan o`rniga muofiq ikki guruhni tashkil etadi.
1. Ma`lum vaqt yoki malum sharaitdagina ijro etiladigan qo`shiq – ashulalar va choqg`u kuylari . bular oilaviy marosim qo`shiqlari , mexnat qo`shiqlari , allalar va boshqalar hamda xar xil tantana tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan cholg`u kuylardir.
2.Istagan vaqtda va xar kunday sharoitda , ya`ni xamma joyda ijro etiladigan qo`shiq va cholg`u kuylar , ularga o`zbek xalqining ananaviy musiqali falklor janirlar – terma / yoki chublama /, qo`shiq / tor ma`noda /, lapar , yalla va ashula , shuningdek , xuddi ularga o`xshash turdagi cholg`u pesalar kiradi.
Xar bir guruh o`ziga xos xarakterli belgi;arga ega . Masalan ijro etilishi malum vaqt yoki sharaitini taqazo qiladigan birinchi guruh ashula – qo`shiq janirlarining mavzusi o`zlariga xos ma`lum marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog`liq bo`lib , undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Quyida biz birinchi guruh qo`shiqlar turkumiga kiradigan oilaviy marosin qo`shiqlari ustida to`xtalamiz.
O`zbek xalq og`zaki ijodida qo`shiqlar salmoqli o`rin egallaydi. Qo`shiq atamasi turkiy “Qo`shmoq” fe`lininf o`zagidan yasalgan bo`lib , misraga misrani qo`shib kuylash , aytish manolarini anglatadi va bu atama ikki manoda qo`llanadi. Keng manoda u og`zaki shrika turini anglatadi va bu mano, yani she`riyat , qoshda , qo`shiq manolari Maxmud qashgariyning “Devonu lug`atit turk” asarida xam qayd etilgan / Pusk tillari lug`ati/. Tor majoda qo`shiq atamasi og`zaki lerik turga masub mustaqil janrni anglatadi.
Qo`shiqning mustaqil janr atamasi esa asarda ufodalangan mazmunga , qoshiqning ijro o`rni , tarzi va funksiyasiga qarab turli sifatlovchilar bilan birgalikda nomlanadi.
Marosim qo`shiqlari xalq qo`shiqlari orasida eng qadimiy hisoblanadi. Eng qadimgi marosim qo`shiqlari vazn, qofil va boshqa poetik shakillari etibori jixatidan mukammal uyushmagan , so`zlar xam ongli tarzda kuylab qo`llanilmagan bir shakilda bo`lib , ular ko`proq marosim jarayonida muayyan xarakat ritmiga mos keluvchi undov. Xitob va nidolar xarakteridagi poetik parchalardan iborat tuzilishga ega bo`lgan . Shunga qaramay, bunday parchalar , tomondan , marosim jarayonida uyushtirilgan haraktni bir meyorda ushlab turish uchun xizmat qilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, ular marosim paytida kelishuvlarga ma`lum darajada ruhiy ko`tarinkilik ham bag`ishlagan. Binobarin, marosim qo`shiqlarning eng qadimiy namunalari garchi bizga qadar etib kelmagan bo`lsa ham, biroq insonning til va ongga ega bo`lgan eng sharafli zot sifatida shakllanishida marosimlarning etakchi rilni bajarganliklariga qarab aytish mumkinki, marosim qo`shiqlari ham ibtidoiy jamoa tuzumining ilk bosqichlaridayoq vujudga kelib, insondagi ong va til taraqqiyotibilan bog`liq holda bevosita marosimlar jarayonida sekin-asta ham shakl, ham mazmun jihatidan taraqqiy etib kelgan.
Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to`kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o`tkaziladigan, xalq orasida qat`iy an`anaga kirib qolgan hatti-harakatlar marosim deyiladi. Marosimni o`tkazish paytida ijro etiladigan qo`shiq va aytimlar,o`qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi.
Kuchli an`anaviyligi, turli-tuman ijtimoiy hodisalarnirasmiylashtirish, tabiathodisalariga ta`sir o`tkazishga intilish bilan marosimlar ijtimoiy hayotta katta o`rin tutadi. Marosimning rihiy va estetik ta`sir ko`rsatishi, biror ijtimoiy aktni uyushtirish, yunaltirish funksiyalari bevosita hatti-harakat , so`z hamda sehr-jodu qudratiga ega deb hisoblangannarsalar vositasida amal qiladi.
O`tkazilash vaqti, o`rni va tarzi funksiyalari va ishtirokchilar guruhi bilan marosim ikki katta qismdan iborat bo`lganligi uchun marosim fol`klori ham ikki qismga bo`linadi. Bular: a) mavsumiy marosimlar fol`klori , b) oilaviy-maishiy marosimlar fol`klori.
Xullas, izlanishlarimizning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib oilaviy marosim qo`shiqlarni turlari va mazmuni haqida keyingi paragraflarda to`xtalamiz.
Inson paydo bo‘libdiki, san’atga kuy qo‘shiqqa qalban ehtiyoj sezadi, san’at insonning go‘zallikka, ezgulikka bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini mustaxkamlaydi. Har qanday san’at milliy ruxda yaratilsa, xalqchiligi bilan ajralib tursa, muxlislar qalbiga tez yo‘l topa oladi.
Dunyo sivilizatsiyasining shakllanishida o‘zbek xalqi tarixiy madaniyati yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Biz bu bilan faxrlansak arziydi. Hali yozuv yozma adabiyot yuzaga kelmagan davrlarda ham xalq o‘zini qo‘shiq, doston, ertaklar, afsonalar, maqolalar, topishmoqlar, naql-rivoyatlarining turli namunalarini yaratgan. Xalq og‘zaki ijodi avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga o‘tib, bizgacha yetib kelgan xazinadir.
Xalqimizning madaniyati va xalq og‘zaki ijodiyotining ajralmas bir qismi bu folklor san’atidir. Folklor san’ati haqida mashhur Mahmud Qoshqariy va ulug‘ shoir A.Navoiy ham o‘z asarlarida ko‘plab qimmatli mulohazalar bildirganlar.
Folklorlar” atamasi birinchi marta Angliyada vujudga kelib, keyin dunyoga yoyildi. Bugungi kunda mamlakatimizda folklor san’atini rivojlantirish, san’atini keng targ‘ib qilish orqali unitilib borayotgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni tiklash asosiy maqsaddir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin, milliy musiqa va folklor san’atimiz yanada jonlandi.
O‘zbek xalqining o‘z ildizlari qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi bizning hozirgi kunlarimizga ham yangramoqda. U o‘zining xalq ijodi hamda kuy tuzilish jihatidan rivojlangan ashula va cholg‘u asarlari dostonlar va maqom musiqani birlashtiradi.
Qahramonlik hamda qahramonona – lirik mazmundagi epik asarlar-dostonlar ham muhim o‘rin egallaydi. O‘zbek cholg‘u asboblari hamda musiqa amaliyoti va ijrochiligi uslublari bilan bog‘liq bo‘lgan cholg‘u musiqa janrlari ham g‘oyat rang-barangligi va boyligi bilan xarakterlanadi.
O‘zbek musiqa folklorlari har qanday xalq ijodi kabi mehnatkashlarning orzu umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O‘zbek xalq musiqasining mavzu jihatidan serqirrali, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o‘rnining xilma-xilligi ham shu bilan muvofiq ikki guruxni tashkil etadi.
Birinchi – ma’lum vaqt yoki ma’lum muddat sharoitdagina ijro etadigan ashula va cholg‘u kuylari. Bular oilaviy, marosim qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari, allalar hamda har xil marosimlarda ijro etiladigan cholg‘u kuylari.
Ikkinchi – istagan vaqtda va har qanday sharoitda ijro etiladigan ashula, qo‘shiq va cholg‘u kuylari, chulama va dostonchilik kuylari kiradi.
Har bir guruh o‘ziga xos xarakterli belgilarga ega. Masalan ijro etilishi ma’lum vaqt yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi guruh ashula qo‘shiq janrining mavzui muayyan marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog‘liq bo‘lib undan deyarli cheklanmasligi bilan ajralib turadi. Ba’zan umumlashtirilgan nasixatgo‘ylar doirasida bo‘ladi.
Yor-yor”larning mavzu doirasi juda keng bo‘lib, unda goh xazil, goh quvnoq, goh yengil yumor, goh achchiq xajviy ohanglarda uchraydi. Bu narsa turmushga chiqmagan qizning, o‘tkazilayotgan to‘yning va nihoyat uylanayotgan yigitning axloqiy xislatlari, jamiyatda tutgan mavqeyi, insoniy fazilatlari kabi ko‘pgina jihatlari bilan shartlangan. Qolaversa, yor-yorlarda qaysi oxangning ustunlik qilishi uning ijrochilari bilan ham bog‘liqdir. Masalan qizni kuyovnikiga olib kelishda yor-yor qo‘shig‘ining erkin bandalari kuyovning xola yoki qizning qarindoshi tomonidan aytilsa, u xolda kelinning yaxshi fazilatlari, xulq atvoridagi go‘zal jihatlari, uning kamoloti madx etiladi. “Yor-yor” kelinning dugonalari tomonidan ijro etilsa, qo‘shiqda qizning dard-alamlari, ota-onadan, tug‘ilib o‘sgan xonadonidan ayro tushishi, zo‘rlik bilan turmushga uzatilishi, sevganiga yetolmaganligi haqidagi mungli ohanglari ustunlik qilishi mumkin. Xullaski, yor-yorda qanday ohang, qanday oxangning ustunlik qilishi asosida shunda ko‘p sabablar yotadi. O‘zbek “Yor-yor” lari ijro etilishi uslubi va musiqiy tartibiga ko‘ra bir necha xillarga bo‘linadi. Farg‘ona, Zarafshon va Xorazm “yor-yor”lari turlariga shartli ravishda bo‘lishi mumkin.
Mehnat qo‘shiqlari faqat mehnat jarayonida: qo‘sh haydaganda, hosil ko‘tarishda, paxta terimida, charx yigirishda, ov qilish vaqtida, meva terishda va boshqa vaqtlarda aytiladi. Bu qo‘shiqlarda inson kechinmalari, mehnat ish turi, tabiat xodisalariga qiyos etilib ifodalangan.
Allalar onalarning jigarband farzandlarini qilgan xasratlaridir. Qadimda allalar inson mehr-muhabbati bilan siypasi to‘la onalarning orzu-umid sadolari, vafosiz, zolim ellarga, jafokor zamonga, toshmehr ota-onaga bildirgan g‘azab va noroziliklaridan iborat bo‘lgan. Ularga katta qalin badaliga sotiladigan qiz, cho‘ri, kanizak, sevgilisidan zulm bilan ajratilgan mashuqani nola faryodlari eshitilar edi. Xozirgi allalar esa butunlay boshqacha zamonaviy mazmun kasb etadi.
Laparlar esa boshqacha qo‘shiqlardan voqea bandligi, raqibbop kuyga ega bo‘lishi hamda dialog shaklida ikki qo‘shiqchi tomonidan ijro etilish bilan ajralib turadi. Laparlarning mazmuni asosan ishq-muhabbat, hazil, ro‘zg‘ordagi totuvsizlik, ota-onalarning farzandlari bo‘lgan munosabatlari ba’zan yengil, ba’zan achchiq kulgi asosida tashkil topgan.
Termalar dostonchi shoir, baxshi, sozanda, sannovchilar tomonidan to‘y-xashamlarda, sayr-sayoxat, sayllarida, umuman ko‘pchilik yig‘ilgan joylarda ijro etiladi. Termalar o‘z kuyining ma’lum darajada ovoz boyligi, tor diapazoni va ixcham shakllari bilan ajralib turadi.
Qo‘shiq – janr sifatida nisbatan kichik diapazonli kuydan tashkil topgan barmoq melodik moslashtirgan bo‘ladi. Qo‘shiq juda keng tarqalgan janrlarda bo‘lib, o‘z mazmunining xilma-xilligi, ko‘pqirraligi bilan aloxida ajralib turadi. Qo‘shiq kuylari uchun ritmning ravonligi va aniqligi xarakterlidir.
Qo‘shiqda har bir misradan so‘ng yoki har bir banddan, yoxud uning yarmidan keyin takrorlanib keladigan naqoratlar xarakterlidir. Qo‘shiqga xos musiqali poyetik xususiyatlarning ko‘pgina belgilari lapar uchun ham xosdir.
Alla o‘zbek musiqa janrida aloxida o‘rin egallaydi. Odatda, alla qo‘shiq va raqs jo‘rligida ijro etilib, ikki xil bo‘ladi.
Birinchisining kuyi nisbatan tor diapazonli bo‘lib, she’rdagi har bir band va uning o‘yinlari yakkaxon yallachi, naqorat esa har bir gurux sozanda yoki ashulachilar jo‘rligida aytiladi. Ikkinchining kuyi keng diapazonli bo‘lib band hamda rivojlanishida diapazonning kengligi, ritmning sezilarli darajada sinkopaligi ifodalovchi ishqiy – lirik mazmunga qarab yaratadi.
Do‘kon uyga kirsam, tanam qaqshaydi,
Sovuqlarda o‘lmay qolsam yaxshiydi.
Qarisi tillaga ketsa arziydi,
Shunday mening bo‘zim arzon kelarmi.
Ammo bo‘zchi qo‘shiqlari bizgacha nihoyatda kam yetib kelgan.
MAROSIM QO‘SHIQLARI:
Janrning yana bir boshqa turi katta ashuladir. Katta ashula xarakteri, diapazonning yakunligiga ko‘ra farqlanadigan melodik tuzilmalardir.
MEHNAT QO‘SHIQLARI.
Mehnat qo‘shiqlari xalq ijodiyotining eng qadimiy shakllaridan biri hisoblanadi. Bu qo‘shiqlar ibtidoiy insonning mehnat faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Ko‘proq mehnat qo‘shiqlari jarayonida muayyan harakat tizimiga mos keluvchi undov, xitob va nidolar xarakteridagi poetik parchalardan iborat tuzilishga ega bo‘lgan. Mehnat turlari ko‘p va xilma-xil bo‘lganidek, uning qo‘shiqlari ham turli-tumandir. Mehnat qo‘shiqlarining g‘oyaviy mavzu va janr xususiyatlariga qarab uch guruhga bo‘lib o‘rganadi:

  • Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar.

  • Chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar.

  • Xunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar.

DEHQONCHILIK QO‘SHIQLARI.
Mehnatning turi bilan bog‘liq qo‘shiqlar rang-barang bo‘lib, ulardan bizga qadar “Qo‘sh qo‘shiqlari”, “O‘rim qo‘shiqlari”, “Xirmon qo‘shiqlari” yoki “Xo‘p mayda” kabi qo‘shiqlar yetib kelgan. Qo‘sh qo‘shiqlari, Makaziy Osiyo xalqlari qadim-qadimdan dehqonchilik bilan shug‘ullanib keladi.
Dehqonchilik esa erta bahorda yerni haydashdan boshlanadi. Yer haydash og‘ir jismoniy mehnat bo‘lib, bunday og‘ir mehnat paytida dehqonlar qo‘shiq kuylab, o‘zlarini ovutganlar. Yozib olingan namunalarda esa og‘ir mehnatdan, shavqatsiz tengsizlikdan shikoyat ohanglari ish hayvonlarini tilidan bayon qilinadi.
Shoxlarim bor gaz-gaz quloch,
Uyida o‘ynar qaldirg‘och
Xayday desam qornim och,
Men qo‘shga qanday yarayin.
Qo‘sh qo‘shiqlarining boshqa turlari mavjud. Ularda lirik bayon bevosita dehqon tilidan olib boriladi.
O‘roq o‘rmoq, olmoq, solmoq,
Qo‘sh haydamoq bormoq kelmoq
Hammasidan kiyin ekan
Ey xo‘kizim ro‘zg‘or ko‘rmoq.


O‘RIM QO‘SHIQLARI.
O‘rim dehqon mehnatining samarasini ko‘rsatadigan payt. O‘rim qo‘shiqlari yakka yoki ko‘pchilik tomonidan ijro etilgan. Ularda bahorning injiq, yozning shavqatsiz kezlarida qilingan mehnatning samara berganligidan quvongan dehqonning ko‘tarinki ruxi, yetilgan xosilini yig‘ib olishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq tarannum etiladi.
O‘rog‘im olmos,
O‘rimdan qolmas,
Sira ham tolmas,
O‘rmasam bo‘lmas.
Dehqon hayvonlarini haydab, kun bo‘yi xirmonda don yanchar ekan, baland ovoz bilan qo‘shiqlar aytadi. Ana shunday qo‘shiqlar xalq o‘rtasida “Xo‘p mayda” deb yuritiladi.
Xo‘p mayda-yo xo‘p mayda xaydayo-xayda
Qalqon qulog‘im xayda, maydayo-mayda
Temir tuyog‘im xayda, maydayo-mayda
Xirmonni qilgin mayda, maydayo-mayda
YORG‘INCHOQ QO‘SHIQLARI.
Yorg‘inchoq qo‘shiqlari aslida dehqonchilik qo‘shiqlari sirasiga kirmaydi. Chunki, ular bevosita dehqon mehnati bilan bog‘lanmagan. Biroq yorg‘inchoq dehqonchilik mahsuloti bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham shartli ravishda bu qo‘shiqlar dehqonchilik qo‘shiqlari sirasiga kiritilgan.
Yorg‘imchog‘im gumbur-gumbur etadi
Nortuyalar quloq solib o‘tadi
Karvon bilan rizqu-ro‘zimiz olib
Eson-omon otajonim qaytadi
CHORVACHILIK BILAN BOG‘LIQ MEHNAT QO‘SHIQLARI.
Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbeklar qadim-qadimdan chorvachilik bilan shug‘ullanib kelganlar. O‘zbek xalqi dehqonchilik qanday o‘rin tutgan bo‘lsa, chorvachilik ham shunday o‘rin tutgan. Shunga ko‘ra bu mehnat jarayonida intiluvchi rang-barang qo‘shiqlar yaratilgan. Xalq o‘rtasida bu qo‘shiqlar sog‘iladigan hayvon turiga qarab “Xo‘sh-xo‘sh”, “Turey-turey”, “Churey-churey” kabi nomlar bilan yuritilgan.
Xo‘sh-xo‘sh”lar yoki “Govmishim” bu qo‘shiqlar asosiy mazmuni sog‘ilayotgan sigirni tinchlantrish, uni iydirish orqali ko‘proq sut sog‘ib olish xisoblanadi.
Xo‘sh-xo‘sh, jonuvor, qo‘ng‘ir,
Suting oqadi shir-shir
Olti xurmo qo‘limda
Iyib sut bilan to‘ldir, xo‘sh-xo‘sh.
Chorvador sigirni yomon ko‘zlardan saqlash maqsadmda uning shoxlariga maxsus duolar yozilgan tumorni taqib qo‘yadi. Chunki, qadim e’tiqodlarga ko‘ra yirik zotlar, ko‘p sut beradigan sigirlar ko‘zga yaqin bo‘lib, tez ko‘nikib qoladilar.
Shuning uchun ham “Xo‘sh-xo‘sh” qo‘shiqlarida ko‘ztumor matni deyarli ko‘p qo‘llanadi.
Seni haydab boqaman
Ko‘ztumorlar taqaman
Normurodim fe’li bo‘sh
Govmish molim xo‘sh-xo‘sh
Turey-turey” qo‘shiqlari. Bu qo‘shiqlar kuylarni sog‘ish va qo‘zilarni yemizishda aytiladi. Shuning uchun ham turey-turey qo‘shiqlarida ona sog‘ishni madh etish, uni iydirish uchun aytiladigan erkalash ohanglari yetakchilik qiladi.
Esli molim-oqilim, turey-turey
Yelkamdagi kokilim, turey-turey
Shuncha molim ichida, turey-turey
Bog‘da ochilgan gulim, turey-turey.
Kuylarni xid sezuvchi organlari taraqqiy etgan bo‘lib, yangi tug‘ilgan qo‘zilarga boshqa hayvonning hidi urib qolsa, ona qo‘y o‘z bolasini emizmay qo‘yadi. Shunda sog‘uvchi “agar bolangni olmasang, seni bozorga olib chiqarib sotaman”, deb sovliqqa do‘q-po‘pisa qiladi.
Qo‘y ichida qorasan, turey-turey
Aqllisan donasan, turey-turey
Agar bolang olmasang, turey-turey
Bozorlarga borasan, turey-turey.
Churey” qo‘shiqlari. Sog‘im qo‘shiqlarining bu turi echkilarni sog‘ish yoki uloqlarni emizish paytida aytiladi. Churey qo‘shiqlari uloq yoxud echkmning xarakteri, biror belgisi, ko‘pincha soqoli, shoxi yoki qashqasi aytilib ularning tashqi qiyofasi tasvirlanadi.
Shoxlarim bor bir minora, churey-churey
Minoraga qushlar qo‘naro, churey-churey
Bolang olib iskasangga , churey-churey
Olgan shu echkim yaxshi echki churey
Sog‘ish paytida echki qarshilik qilmay tik turib bersa, sog‘uvchi uni maqtab, erkalab, ba’zan yengil xazil bilan tegajoqlik qilib qo‘shiq kuylaydi.
Dikraygan qulog‘i bor, churey-churey
Chashmadek bulog‘i bor, churey-churey
Ichida egiz ulog‘i bor, churey-churey
Otgan shu echkim yaxshi echki churey
Umuman sog‘im qo‘shiqlari san’ati kishiga o‘z ichki dardlarini, ruxiy xolatlarini, alam iztiroblarini bayon qilishning muxim vositasi sifatida katta ahamiyat kasb etadi.


1.2. O`zbek xalq musiqa ijodining turi, mazmuni
va kuy ohang tuzilishi.
O`zbek xalq musiqa ijodining turlari xam ko`p bo`lib , ular insonga umri davimida yo`ldosh bo`lib keladi. Xususan , o`zbek xalqida beshik to`yi , muchal to`yi, xatna /suuat/ to`yi nikoh to`yi motam marosimlari kabi oilaviy marosim turlari mavjuddir . Ushbu marosimlar garchan ‘ oilaviy” deb atalsa-da , ammo odamda ularda qarindosh – urug`lar , kuni – qo`shiqlari va do`st – birodarlar qatnashishlari mumkinligi evasiga ommaviy tus oladi.
Oilaviy marosimlarda musiqa muhim o`rin tutadi. Bunda ham aytim , ham cholg`u musiqasi / so`ngisi metam marosimi uchun istisnodir/ qo`llanib ularning badiy vazifalari o`zaro farqlidir . Jumladan to`y marosimlarida karnay ,surnay nog`ora va doiralardan iborat cholg`u ansambili ishtirok etib, u bir vaqtning o`ziga xam badiy tin glov , xam axborot vosetasini bajaradi. Chunki bu ansambil ijrosidagi jozibali kuy – navolar ko`tarinki kayfiyat tug`diradi , xamda raqs o`yinlariga chorlaydi va unga jo`r bo`ladi. Aytim vositasida esa o`zgacha bo`lgan , lekin muhim vazifa amalga oshiriladiki shu boisdan asosiy diqqat – etiborni shu jihatga qaratamiz . Demak, aytimlar vositasida xar bir marosimlarning maqsadi yuzaga chiqa boshlaydi , boshqacha aytganda , oilaviy marosim aytimlarida shaxsiy va “ ommaviy” tuyg`ular mushtarak etilgan bo`ladi va shuningt bilan alohida ahamyatga molik. Shu bois birinchi galda yig`I aytimini tafsiflab o`tish maqsadga muofiqdir.
Yig`i – turli vaziyatlatda yuzaga kelishi mumkin bo`lsa-da , lekin uning janr sifatida xozir bo`lishi asosan oilaviy marosim, xususan motam marosim – ozoda to`liq amalga oshiriladi.
Motam marosimi bir yilga qadar etadigan urf – odatlarni o`z ichiga oladiki , bunda yig`i – yo`qloblar ham yil davimida marxumning yaqinlari / asosan xotin – qizlar/ tomonidan aytib turiladi . Yig`ilarga xos belgilar qatorida she`riy misralarning qofiyasiz bo`lishini , ularning mazmuni vaziyatga muofiq badiqa etishini , chanqoq ohanglarni kuy yo`nalishida bo`lishi kabilarni takidlash mumkin. Mazkur yig`I negizida xajmi uch yaktga teng bo`lgan mungle ohang tuzilmasi yotadi. U 3 – bosqich pardasidan boshlanadi. 2 – parda orqali 1- tayanch /lya/ ga kelib tugallanadi. Shuni ham eytish lozimki , yig`i ohanglari oilaviy marosim aytimlarining muhim tasnifiy sifati bo`lib, ijro vaziyatiga ko`ra “ vidolashuv’, “xayrlashuv” sematik – mazmunini anglatadi. Ammo to`y marosimlarida “ yig`I ‘ aytimi tabiy xolda bo`lmay , balki badiy tus olganligini ko`ramiz. Uning yorqin namunalari nikoh to`yiga oid “Yor- yor”larda uchraydi.
Yor – yor qo`shig`I kelinni kiyovnikkiga uzatib borish jarayonida ayollar tomonidan ijro etiladi. Uni aytish vaziyati esa qizning ota uyi , yaqin qarindosh – urug`lari , oila a`zolari bilan xayirlashuvidan . Boshlanib , to kiyov xonadoniga yetguncha qadar davom etadi. Xususan , xalqimiz orasida “ Toshkent yor-yor” nomi bilan mashxur aytim kuyi yig`I misolidan ma`lum bo`lgan 3-2-1 pardali kuyi oqim ohangidan unib chiqadi. / O`XMPt 231/. Aytimning umumiy tuzik tovushqatori mungli oltilik / kichik seksta/ doirasini qamrab olgan bo`lib , bunga 3 – parda tuzukning yarim tayanchi , 1 – parda esa asosiy tayanch tovushi bo`lib usuli raqsbon va ‘ sho`x” /o`ynoqi/ usullarga o`lchab – ritmi jixatidan xamohangdir. Nikoh to`yi marosimlarida an`anaviy ijro etib kelinadigan qo`shiqlardan yana biri – “ Kelin salim” dir.
Kelin salomlarda hazil – mutoyibali goxo nayrovli so`z – iboralarga boy she`riy bandlar qo`llanib, xar bir band “ salom’ aytish bilan yakunlanib turadi. Kuy nuqtayi nazaridan qaralganda ularga xam mungli uchlik / 3-2-1 pardali/ ahangi asos bo`lganligi ma`lum bo`ladi. Kelin salomning boshqa ko`rinishlarida xam kuylin ohangi malum variyantlar bilan sadolanadi. Binobarin yor – yor va kelin salomlarning kuy – ohanglari o`zaro mushtarakdir.
Alla – oilada yangi tug`ilgan to`ng`ich farzand sharafiga odatda , beshik to`yi marosimi o`tkaziladi xamda shu vaqtdan boshlab chaqaloq xayotida muhim bo`lgan ikki – uch yillik “beshik davri’ boshlanadi.
‘Beshikvaziyati” bilan aytiluvchi qo`shiq ‘alla” yoki “beshikqo`shig`I” deb ataladi. Onalar ijodi bo`lgan bu aytimlarda bolani ovutishga qaratilgan so`z – iboralar , shuninhdek , onaning farzandi haqidagi ezgu niyati bayon etigan to`rtliklar badiha etiladi.
Jumladan , “Oq qo`zim”deb boshlanuvchi alla qo`shig`i besh misrali aytimdan iborat bo`lib , uning to`rta misrasi she`r bandiga, beshinchisi esa “alla” naqorat so`ziga muofiq keladi. Bu o`rinda aytim ohang qurilmasi asosida ijod etilgani sezilib turadi.
Allaning yana bir turi mavjud bo`lib, u “ beshik vaziyati” dan xoli, “sahnaviy” tarzda ijro etiladi. Binobarin , bunday alla sharoitiga muofiq keng nafasli kuy – ohanglari bo`lishi xamda jo`rnavoz so`zlarning qo`llanishi bilan aralib turadi.
O‘zbek xhlqi qadimiy asori atiqalarga boy xalq. Xalqimizning o‘ziga xos shunday urf-odatlari borki, bunday go‘zal an’analar boshqa millatlarda kam uchraydi. Jizzax tumanidagi markazlashgan madaniyat uyi qoshidagi “Zebomxon” folklor etnografik xalq ansambl faoliyatida ana shunday an’analarni davom etayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ijodiy jamoa faoliyatida haqiqiy jonlanish boshlandi. Ular ko‘pgina tadbirlarda muntazam qatnashib, o‘z dasturlari kuy qo‘shiqlari raqslari bilan har bir tomoshabinni o‘ziga tortmay qolmaydi. “Ciroqchi chiroqlari” folklor etnografik jamoalari xalq ansambl jamoalari hozirda o‘ziga ko‘pgina o‘quvchilarni jalb qilib turli to‘garaklar tashkil qilingan. “Zebomxon” folklor etnografik jamoasi tumanda ishchi xizmatchilariga paxtakor, g‘allakor, pillakor chorvadorlarga madaniy va ommaviy tadbirlarni amalga oshirib, o‘z dasturlari bilan qatnashib san’atlaridan baxramand qilib kelmoqda. Ansambl shunisi bilan e’tiborga loyiqki, ijrochilari orasida turli yoshdagi qatnashchilar ham ijod qilib kelmoqda.
Bunga misol tariqasida:
O`zbek xalq udumiga oid “YARASH- YARASH” tadbirini e’tiboringizga havola etamiz.
Sho‘x o‘ynoqi kuy yangramoqda
Saxnaning ikki chetida turgan, ko‘pchilikning o‘ng tomonidan o‘rtaga chiqqan yigit jamoaga murojaat qiladi.
- hey jo‘ralar Alining xotini arazlab ketib qolibdiku, endi nima qilamiz olib kelib yarashtiramizmi, yo‘qmi?
(o‘rtacha Alini yetaklab chiqarib qo‘shiq boshlanadi).
Ali bechora bo‘ydoqdir
Mingan oti joydoqdir
Bo‘ydoq bo‘lsa o‘zinga
Qarab yurda ko‘zinga
(Alining qulog‘idan cho‘zib turtib o‘rtaga tortishadi)
Ali o‘zi sog‘mikan
YO kallasi g‘ovmikan
Muyinsani hafa qilib
YO bo‘ydoq o‘tamikan
(Yigitlar Alini o‘rtaga olib davra quradi va raqsga tusha boshlaydilar).
Ali qo‘shiq boshlaydi:
Yorim ketdi arazlab
Men battolning dastidan
Sog‘indim ul sanamni
O‘rgilay bo‘y bastidan
(Hamma baravar qo‘shiqni takrorlaydi, bu paytda Jo‘raboshi o‘rtaga chiqib).
- Hoy checha kelindi olib keling (Chetda turgan ayolga murojaat qiladi)
Checha: Ob kelmayman – ob kelmayman yo‘q-yo‘q
(Butun jamoa qo‘shiqqa qo‘shiladi, ayol qo‘l siltab chiqib ketadi).
Yarash -yarash-yarashov
Yarashmasang yor qayda
Sen bo‘ydoq oting joydoq
Otinga egar qayda
(Kelin bilan Alini o‘rtaga olib chiqadilar va bir-biriga yuzma-yuz qo‘shib kigizga o‘rab qo‘yadilar. Endi ularning atrofida yigitlar, qizlar butun jamoa aylanib raqsga tushadilar).
Er-xotinning urishi
Doka ro‘mol qurishi
Qo‘shiq davomida gul rangli kigiz olib kiradilar va Ali bilan kelinni kigizga o‘rab yerga yotqizib qo‘yib qo‘yadilar va aylanib raqsga tushadilar.
Bu ishlarni qo‘yinglar
Bir-biringa to‘yinglar
(Raqs davomida yigit tomoniga yigitlar, qiz tomonga qizlar kigiz ustiga tayoqchalarda asta-sekin uradilar va baland ovozda).
bo‘ldimi yarashdinglarmi so‘rashadi
(Qiz ichidan ovoz)
Ayol: Soqolingizni torting
Er: Hech iloji yo‘q. Sen jo‘g‘ingda o‘sib ketdida
Erni – er qilar xotin
Qora yer qilgan xotin
Xotining yaxshi bo‘lsa
Xudo bergani shuda
Yarash yarash-yarashov
Yarashmasang yor qayda
Sen bo‘ydoq oting joydoq
Otinga egar qayda.
(Kigiz ichidan qo‘llar ko‘rinadi) baravariga qichqirib.
(Kigizni ochadilar. Ali yugurib chiqib – ey jo‘ralar kechqurunga biznikiga yarash oshiga deb qichqiradi).
Hamma yarashtirish raqsiga tushadi, ommaviy raqs boshlanib ketadi, hamda ikkala yoshni o‘rtaga olib chiqadilar, kichkina barmoqlarni bir-biriga uyushtirib raqsga tushadilarda yarashganlarini bildiradilar.
LAPAR.
O‘zbek to‘y-marosim qo‘shiqlarida lapar muhim o‘rin egallaydi. Laparlar boshqa qo‘shiqlardan voqeabandligi, raqsbop kuyga ega bo‘lishi hamda dialog shaklida ikki qo‘shiqchi tomonidan ijro etilish bilan ajralib turadi. Laparlar asosan ishq-muhabbat, hazil, ro‘zg‘ordagi totuvsizlik, ota-onalarning farzandlari bilan bo‘lgan munosabatlari kabilar ba’zan yengil, ba’zan achchiq kulgu orqali aks ettiriladi. Lapar qo‘shiq sifatida asosan kichik diapazonli, shakli tuzilish jihatidan ikki qismli bo‘ladi.
KATTA ASHULA – og‘zaki an’anadagi professional Musiqaning yirik shaklidagi ashula janridir. Patnus yoki tarelkani rezonator kabi ishlatilgani uchun uni xalq orasida “Patnusaki ashula” deb ham aytishadi. Katta ashula, asosan, ikki ba’zan 3-4 ashulachi (hofiz) tomonidan sozlar jo‘risiz ijro etiladi. Odatda, hofizlar she’r misralarining har birini galma-gal, so‘ngi misrani esa qo‘shilib ijro etadilar. Katta ashula kuylari deklomatsion xarakterda bo‘lib, improvizatsiya (badiha) elementlari bilan boyitiladi. Ko‘pincha katta ashula erkin usulda aytiladi. Katta ashulada o‘zbek klassik shoirlarining ishqiy-lirik g‘azallari keng qo‘llanilgan. Katta ashula janri, asosan, Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatida keng tarqalgan. M: katta ashula “Bir kelsin” o‘zbek shoiri Miskin she’ri bilan ijro etiladi. 1940 – 1941 yillari V.Uspenskiy tomonidan Y.Rajabiy va Xaydarovdan yozib olingan, nashr etilgan
ASHULA - lirik xarakterdagi janr bo‘lib, melodik – intonatsion rivoji, metro-ritmik, shakli va hajmi murakkabdir. Ashulada qo‘shiqlarga nisbatan ritmik shakl erkin kuy rivojlanishi va diapazoni kengdir. Ashulalar lirik g‘azal yoki xalq so‘zlaridan tashkil topadi. Falsafiy ma’noli fikrga ega bo‘lgan, shuningdek, alam va xasratni ifodalovchi mazmun ko‘proq ashula mavzusi uchun xosdir. Ashula to‘g‘ri usulda yaratiladi. Asosan, ashula cholg‘u-asboblari jo‘rligida ijro etilib, o‘ziga xos xususiyatlari va shaklini murakkabligi bilan og‘zaki professional va xususan folklor namunalariga yaqinroq. O‘zbekistonda mashhur va keng tarqalgan ashulalardan biri xalq so‘zi bilan aytiladigan “Tanovor”dir. Xalq orasida “Tanovor”ning bir necha variantlari mavjud. 1930-yilda Y.Rajabiy yozib olgan va nashr ettirgan. (O‘zbek xalq qo‘shiqlari, 1 kitob, tuzuvchi YE.Ramanovskaya T. 1939).
YALLA – lirik va hajviy mazmundagi qo‘shiqlar janri bo‘lib, asosan, raqs bilan ham hamohang ijro etiladi. Yalla unison xo‘r bilan yakkaxon ashulachi – yallachi tomonidan navbatma-navbat aytiladi. Xalq so‘zi va klassik shoirlarning she’rlari yalla tekstlarini tashkil va dutor jo‘rligida aytiladi. Yalla 2 xil bo‘ladi.
Birinchisining kuyi nisbatan tor diapazonli bo‘lib, she’rdagi har bir band naqorat bilan boshlanib naqorat bilan tugaydi. (Qo‘shiq janriga o‘xshash), ikkinchisi esa keng diapazonli kuy rivojlanganligi bilan ajralib turadi (ashula janriga yaqin). “Yallavon”, xalq so‘zi, yalla janrining bir namunasiga kiradi (yakkaxon yallachi bilan xo‘r ijro etadi). Bu yalla YE.Ramanovskaya tomonidan 1931-yil Andijonda Lutfixon Sarimsoqova tomonidan yozib olingan va nashr ettirilgan
QO‘SHIQ VA LAPAR JANRLARI- bir-biriga yaqindir. Nisbatan kichik diapazonli kuydan iborat. Kuylar uchun ritmning ravonligi va aniqligi xarakterlidir. Qo‘shiqda har bir misradan so‘ng naqorat so‘zi va shuningdek, har bir she’r bandidan (yoki uning yarmidan) keyin keladigan naqoratlarni uchratish mumkin. Prezidentimiz ta`kidlaganidek:“Barchamizga ayonki, kuy- qo’shiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab oila sharoitida shakllanadi … Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishda boshqa san’at turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq ta’sir ko’rsatmoqda ”
Lapar raqsbop kuyga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘yin va raqs bilan ijro etiladi (sozlar jo‘rligida). Laparni dialog shaklida ikki qo‘shiqchi – yigitlar va qizlar xalq ishqiy-lirik mazmunida ijro etiladi. Xrestomatiyaga lapar janridan “Yor nimalar derdim sizga” kiritilgan, xalq so‘zi. 30 yillar Y.Rajabiy notaga yozib olingan va nashr etilgan: o‘zbek qo‘shiqlari, 1 kitob. T. 1939 y. Qo‘shiq janrida esa “Sadqasi”, xalq so‘zi, doira bilan ijro etiladi 1959 y. F.Qaromatov, Sh.Abduraximov. (Samarqand viloyatida yozib olingan va nashr etilgan) F.Qaramatov. O‘zbek xalq musiqasining musiqa merosi. XX asr. Qo‘shiq 1 kitob. T. 1978 y.
YOR-YOR” – to‘y-marosim qo‘shig‘i, xalq so‘zi , kelinni kuyovnikiga olib borayotgan vaqtda ayollar tomonidan ijro etiladi. “Yor-yor”larning maxalliy variantlari keng tarqalgan. Ushbu namuna ko‘p shaklli, tor diapazonli kuyi va oddiy intonatsion ritmik holati bilan ajralib turadi.


II BOB. ILK ISHLAB CHIQARISH IQTISODIYOT TIZIMIDA OHANGDOR USLUBNING SHAKLLANISH XUSUSIDA
2.1. O`zbek musiqasining mahalliy uslublari
Xalq musiqa ijodini tematikasini kuylovchi halq qo`shiqlari darslarda kamchilikni tashkil etadi. Milliy musiqa merosimizning kasbiy yunalishidagi ayniqsa maqom asarlari yuqori sinflar dasturidaqan mustahkam o`rin olgan, ammo bolalar, o`quvchilar ijrosi uchun moslashtirilgan halq qo`shiqlaeiga dasturga e`tibr berilmagan . Bu esa o`quvchilarni halqimizning necha asrlardan buyon ko`ylanib kelyotgan an`anaviy marosim, mavsum va turli janrlarni qamrab olgan kuy va qo`shiqlardan to`la qonli bahramand bo`lishlariga imkoniyat bermaydi. Natilada ularni ta`lim-tarbiya jarayonida mavsumiy marosim qo`shiqlarni o`rganishda , ya`ni milliy musiqiy merosimizni , qadriyatlarimizni yanada chuqurroq ahglab olishlarida qiyinchiliklar tug`diradi. Bularni bartaraf etish muommosidan kelib chiqayotdan sabablarga ko`ra faqat o`qituvchining zimmasiga yuklanadi. Bunda musiqa o`qituvchisi milliy tematik rejasini tuzayotganda rejaga bolalar ijrosi uchun mo`ljallangan o`zbek xalq kuyi va qo`shiqlarini kiritish mumkin. Yoki xalq qo`shiqlarini sinfdan tashqari musiqa tugaraklarida o`rgatib bayram kechalarida namoyon etishi mumkin. Bu orqali darsda xam, keng o`quvchi yoshlar jamoasi orasida o`zbek xalq qo`shiqlarini ommaviy ravshda targ`ibot qilishimiz mumkin.
O`quvchilar ongiga xalq musiqasi va qo`shiqlari xalqimizning dunyoqarashi , xayotiy voqeylikka munosabati , orzu istaklari va umuman manaviy dunyosini o`ziga xos inikos ettiradi. Bu esa ularga milliy qadriyatlarimizni ezozlashga millat xissini chuqur anglashga , o`z yeriga , ona yurtiga , iymoniga sodiqligi , xar bir kishining milliy manfati bilan yashash , o`z xalqi dardini o`z dardlaridek o`ylabyashashga olib keladi.
Milliy musiqa ayniqsa , xalq qo`shiqlari bolalarni estetik jixatdan axloqiy jixatdan ma`naviy jixatdan yuksaklikka ko`tariladi. Ularda yurtga , vatanga sadoqat tuyg`ularini shakillantiradi. Chunki xar bir xalq qo`shig`ida xalqning kechinmalari uning urf – odatlari o`tishi va kelajak xayoti tasvirlangan bo`ladi. Bularni xammasini o`qituvchi o`z bilimiga va maxoratiga suyangan xolda o`quvchilarga yoritib beradi. Bu esa o`qituvchi zimmasiga yuksak masulyat yuklaydi.
O`qituvchi o`quvchilarga dasturidagi asarlarni kuy, temp, ritm kabilarni o`zi xoxlaganicha o`zgartirish mumkin emas, bunda xar bir qo`shiqni ijro uslubini , yani uning so`z va ohang mazmunini tuzilishini e`tiborga olgan xolda o`quvchilarga o`rgatish maqsadga muofiqdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirishda o`qituvchidan katta mahorat va vazifalar talab qilinadi.
1.O`quvchilarning mavzu mazmunini to`la tushunishga erishish .
2.Musiqa tinglash qo`shiq kuylash jarayonida o`quvchilarni musiqa ohanglarini diqqat va e`tabor bilan idrok qilishga o`rgatish.
3.O`quvchilarni musiqani sevishga . undan ematsional ta`sirlanishga o`rgatishi, o`quvchilardagi tetiklik , xushchaqchaqlik kayfiyatini qo`llab quvvatlash.
4. o`quvchilarni musiqaga xamoxang ravishda ifodali kuylashga o`rgatish.
5.O`quvchilarga o`rgatayotgan o`zbek xalq qo`shiqlari orqali vatanga muxabbat xissini uyg`otish.
6. O`rganilayotgan qo`shiqlarni musiqa ohangisiz xam kuylay olish malakalarini shakillantirish.
7. O`quvchilarni ta`lim jarayoni yoki musiqa tugaraklarida emas, balki turmushda xam musiqa tinglashga bolalarda xavas ishtiyoq uyg`otish.
O`quvchilarni qo`shiq aytishga , shu bilan birga uni to`g`ri , buzmasdan aytishga o`rgartish , qo`shiq aytish ko`nikmalarini asta – sekin mustaxkamlab borish o`quvchilarning o`zlari qo`shiq aytganda o`z tuyg`ularini ifoda qila olishlari juda muximdir. O`quvchilar ohangni to`g`ri ijro etgan yabiy va chiroyli ovoz bilan , ifodali qilib kuylagan taqdirdagina , ularning qo`shigi` aytubchiga xam, tinglovchiga xam estetik zavq boqey etadi.
Ular o`quvchilar musiqa darsini o`tishda quyidagilarga amal qiladilar . Ular qo`shiqni avvalo mazmuniga e`tabor beradilarki , qo`shiq nima haqida ekanligini badiy so`zlar orqali so`zlab beradilar. Songra qo`shiqni chiroyli ohangda ikki yoki uch marotaba jonli ravishda kuylab beradilar. O`qituvchining obrazga kirib kuylab va qo`shiq mazmunini so`zlab berishi o`quvchilarni qo`shiqqa maftun etadi.
Bu esa o`qituvchilarni xalq qo`shiqlari mazmunidagi kechinmalarni anglashga yordam beradi. O`quvchilarning qo`shiq kuylovchiga e`tabor berishi , ularning o`rganilayotgan qo`shiqni tez o`zlashtirib olishlariga katta imkoniyat yaratadi. Darsda milliy musiqa oilaviy marosimlar xaqidagi qo`shiqlarni o`rganishda texnika vosetalaridan foydalanish muxim didaktik ahamyatga ega bo`lib, ongli o`zlashtirish vosetalaridan biridir.
Darslarda magnitafon va kompyuterlardan foydalanish o`quv filimlarini nomoyon qilish boshlang`ich sinflarda zarur omil xisoblanadi. Vedio , audio tasmalar avozi o`quvchilarga zavq – shavq bag`ishlaydi. Chunki ular miyasida qonchalik eshitgan tasver orqali ko`proq konsert kinolar chiqaversa , ularda shuncha eslab qolish xamda moddiy va erkin kuylashga imkoniyat yaratiladi.
Ma`lumki, оna tilimiz nafaqat sо`z va оhang bоyligi bilan, balki о`lkamizda yashоvchi yurtdоshlarimizning о`ziga xоs shevada gapirishlari, turmush tarzlarida esa о`zarо farqli madaniy udumlarni qо`llashlari bilan ham diqqatga sazоvоrdir.
Bu xususiyat har bir vоhaning musiqa amalyоtida namоyоn bо`ladi. Musiqa sa`natining har bir vоhadagi bunday о`ziga xоs xususiyati mahalliy musiqiy uslub deyiladi. Har bir vоhaning о`ziga xоs janrlari mavjud, masalan, Farg`оna vоdiysida katta ashula, yallachilik, Surxоn va Zarafshоn vоdiylarida esa dоstоnchilik va besh qarsak qо`shiqlari kabi mahalliy janrlar keng tarqalgan. Shuningdek, ijrоchilikda ham sezilarli darajada о`ziga xоs uslub mavjud. Masalan, Samarqand va Surxоn vоdiysidagi baxshilar dоstоnlarni bо`g`iq оvоzda kuylasalar, Xоrazm dоstоnchilari оchiq, erkin оvоzda ijrо etadilar. Samarqandlik Chоri baxshi “Nsihat” termasini dо`mbira jо`rlihida bо`g`iq оvоzda , xivalik bоla baxshi Abdullaev va “Оshiq G`arib va Shоxsanam” dоstоnidan “О`g`lima о`xshaydi оvоzing sening” ashulasini dutоr va dоira jо`rligida оchiq va erkin оvоzda ijrо etgan . shu kabi Farg`оna katta ashulalarining ijrо uslublari va оvоz ishlatish yо`llari ham Samarqand va Buxоrо hоfizlari uslublaridan farq qiladi.
Bularning hammasi har bir vоhaning til shevasi, tabiiy turmush sharоitlari va madaniy an`analarning о`ziga xоsligidan kelib chiqqandir.
O`zbek xalqi musiqasini quyidagi tо`rt asоsiy mahalliy uslubga ajratish mumkun:

  1. Tоshkent-Farg`оna musiqa uslubi.

  2. Samarqand-Buxоrо musiqa uslubi.

  3. Surxоn-Qashqadaryо (vоhalri) musiqa uslibi.

  4. Xоrazm vоhasi musiqa uslubi.







KATTA ASHULA. Bu janrdagi ashulani Siz radiо va televidenie оrqali hamda kоnsert va sayllarda kо`p eshitgansiz. Bu ashulaning asоsiy qismi katta avjlardan ibоrat bо`lib, jо`rsiz va erkin uslubda kuylanadi. Uning ijrоsi uchun keng hajmli оvоz va yuksak ijrоchilik mahоrati lоzimdir. Shu bоis ham u katta ashula deb nоmlanadi.
Mazkur janr asоsan Farg`оna vоdiysida keng tarqalgan bо`lib, uni ikki va undan оrtiq ashulachilar ijrо etadilar. U ba`zan “patnusaki mashula” ham deyiladi. Bunga sabab ijrоchilar qо`llariga likоpcha (patnis) ushlab, unda kuy usullarini chertib aytadilar.
Ba`zan katta ashula kulari chоlg`u asri sifatida ham chalinadi. Bunga “Yоvvоyi Chоrgоh”, “Yоvvоyi ushshоq” kabi namunalar misоl bо`la оladi.
Katta ashula asоsan diniy-tasavvuf, ishq-muhabat, Vatanga sadоqat, insоnparvarlik, mehr-vafо, axlоq-оdоb, mehnatsevarlik, tabiat gо`zalligi mavzulari kuylanadi. Bularga “Kirib bо`stоnni kezdim”, “Mehnat ahli”, “Hоrmanglar”, “Ey dilbari jоnоnim”, “Qоyilman” ashulalari misоl bо`la оladi.
О`ZBEK DОSTОNLARI. Milliy musiqamizda dоstоnlar keng tarqalgan.
Ular kishini maftun etuvchi qiziqarli mazmun va ajоtib she`riy-musiqiy qо`shiq-aytimlaridan ibоratdir. Оdatda dоstоnlarda ishq-muhabat y`оlidagi vafоdоrlik, Vatanga sadоqat, qahramоnlik, dо`stlik tuyg`ulari, tabiat gо`zaligiga maftunkоrlik kabi muhim ijtimоiy mavzular kuylanadi.
Dоstоnxоnlikning maftunkоrligi shunfan ibоratki, unda yirik nasriy hikоya va she`riy musiqa bir mushtarak asar bо`lib, uni san`atkоr–baxshi ijrо etadi. Baxshi asarning nasriy qismlarini mоhirоna hikоya qiladi, she`ri bо`laklarini esa qо`shiq va ba`zan musiqiy sо`zlama (rechtativ) tarizida kuylaydi. Qо`shiqalr asоsan о`zining ijrоsida yakka chоlg`u jо`rligida kuylanadi.
Dоstоnxоnlik о`ziga xоs zavqli va qiziqarli adabiy-musiqiy kecha bо`lib, tinlоvchilar diqqat-e`tibоtini satlab jalb etadi. Mahоratli baxshi ijrоsidagi dоstоn mazmuni va оbraz-larini tinglоvchi tasavvur qilib bоradi va asardagi vоqealarda beixtiyоr qatnashayоtgandek bо`ladi.
Dоstоnxоnlik Samarqand, Qashqadaryо, Surxоndaryо vilоyatrilda keng tarqalgan bо`lib, dо`mbira jо`rligi va quyi registrli bо`g`iq оvоzda kuylanadi. Xоrazm vahasida esa dutоr, tоr yоki chоlg`u ansabili jо`rligida оchiq оvоzda ijrо etiladi. Xalq оrasida “Gо`rо`g`li”, “Alpоmish”, “Avazxоn”, “Kuntug`mish”, “Ravshan va Zulxumоr”, “Оshiq G`arib va Sahоxsanam” kabi dоstоnlar mashhurdir. Ergash Jumabulbul о`g`li, Fоzil Yо`ldоsh о`g`li, Pо`lkan shоir, Abdulla shоir, Qurbоnnazar Abdullaev (Bоla baxshi) kabi dоstоn ijrоchilari va ijоdkarlari xalqimiz оrasida mashhurdir.
2.2.Ilk ishlab chiqarish iqtisodiyot tizimida ohangdor uslubining shakllanish xususida
O’zbek xalqining o’z ildizlari qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi bizning hozirgi kunlarimizda ham yangramokda. U o’zining xalq ijodi (ya’ni, fol’klor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg’u asarlari – dostonlar va maqom musiqasini birlashtiradi. Qahramonlik hamda qahramonona – lirik mazmundagi epik asarlar–dostonlar ham muhim o’rin egallaydi. O’zbek cholg’u asboblari hamda musiqa amaliyoti va ijrochiligi uslublari bilan bog’liq bo’lgan cholg’u musiqa janrdari ham g’oyat rang-barangligi va boyligi bilan xarakterlanadi.
O’zbek musiqa fol’klori xar qanday xalq ijodi kabi mehatkashlarning orzu-umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir.
O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari o’z funktsiyasi va turmushda tutgan o’rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi.
Birinchisi – ma’lum vaqt yoki ma’lum muddat sharoitidagina ijro etiladigan qo’shiq va cholg’u kuylari. Bular: oilaviy marosim qo’shiqlari, mehnat qo’shiqlari. Allalar hamda har xil tantana, tomosha kabi ma rosimlarda ijro etiladigan cholg’u kuylaridir.

Ikkinchisi – istalgan vaqtda va har qanday sharoitda ijro etiladigan qo’shiq va cholg’u kuylari. Ularga: lapar, yalla, qo’shiq. cholg’u kuylari, cho’lama va terma kuylari kiradi.
Har bir guruh o’ziga xos xarakterli belgilarga ega. Masalan: ijro etilishi ma’lum vaqt yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi guruh ashula-qo’shiq, janrlarining mavzui muayyan marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog’liq bo’lib, undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Ba’zan uchrab turadigan bosh mavzudan chetlashishlar lirik o’ychanlik va umumlashtirilgan nasihatgo’yliklar doyrasida buladi.
Bulardan «yor-yor» qo’shiqlari xalq orasida qadimdan mavjud bo’lib, ularning namunalari Muzayyana Alaviyaning «O’zbek xalq marosimi qo’shiqlari» kitobida ham anchagina yoritilgan.
«Yor-yor»larning mavzu doyrasi juda keng bo’lib, unda goh hazil, goh quvnoq, goh yengil yumor, goh achchiq hajviy ohanglar uchraydi. Bu narsa turmushga chiqmagan qizning, o’tkazilayotgan to’yning va nihoyat uylanayotgan yigitning axlokiy xislatlari, jamiyatda tutgan mavkei, insoniy fazilatlari kabi ko’pgina jihatlari bilan shartlangan. Qolaversa, «yor-yor»larda qaysi ohangning ustunlik kilishi uning ijrochilari bilan kam bog’liqdir. Masalan, qizni kuyovnikiga olib kelishda «yor-yor» qo’shig’ining erkin bandlari kayvoni xotin yoki qizning qarindoshi tomonidan aytilsa, u holda kelinning yaxshi fazilatlari, xulq-atvoridagi go’zal jixatlari, uning kamoloti madx, etiladi. «Yor-yor» kelinning dugonalari tomonidan ijro etilsa, qo’shiqda qizning dard-alamlari, ota-onadan, tug’ilib o’sgan xonadonidan ayro tushishi, zo’rlik bilan turmushga uzatilishi, sevganiga yetolmaganligi haqidagi mungli ohanglar ustunlik qilishi mumkin. Xullaski, yor-yorda qanday ohang, qanday ohangning ustunlik qilishi asosida juda ko’p sabablar yotadi.
O’zbek «yor-yor»lari ijro uslubi va musiqiy tabiatiga ko’ra bir necha xillarga bo’linadi. Hozircha ularni Farg’ona, Zarafshon va Xorazm «yor-yor»lari kabi turlarga shartli ravishda bo’lish mumkin. Keyinchalik jiddiy izlanish va kuzatishimiz tufayli mazkur turlarning miqdori yo ko’payishi, yo qisqarishi mumkinki, bu narsani kelajak ko’rsatadi. Umumiy tarzda aytganda, barcha turdagi «yor-yor»larning ohangi asosida muayyan metroritmik tartibga solgan tor diapazonli kuylar uyg’unligi yotadi. Ularning har biri o’zining kuy tuzilish tartibi, ohang xarakteri, ritmi, ijro uslubi, shevasi va emotsional ta’sirchanligi bilan farq kiladi.
Mehnat qо’shiqlari-qо’shiq mehnat jarayоnida ishlayоtganlar tоmоnidan ijrо etilib, mazmunan mehnat jarayоni bilan bоg’liq bо’lsa, bunday qо’shiqlar «mehnat qо’shiqlari» deb ataladi. Mehnat qо’shiqlari rang-barang janrlardan tashkil tоpgan bо’lib, ularni bir turkum dоirasida ushlab turuvchi bir necha xususiyatlar mavjud. О’zbek mehnat qо’shiqlari quyidagi guruhlarga bо’linadi. Ular:
Dehqоnchilik bilan bоg’liq qо’shiqlar.
Chоrvachilik bilan bоg’liq qо’shiqlar.
hunramandchilik bilan bоg’liq qо’shiqlar.
Dehqоnchilik bilan bоg’liq mehnat qо’shiqlariga «qо’sh qо’shiqlari», «О’rim qо’shiqlari», «Yanchiq qо’shiqlari», «Yоrg’uchоq» qо’shiqlari kiradi.
Chоrvachilik bilan bоg’liq bо’lgan mehnat qо’shiqlariga «qо’sh-qо’shlar», «Turey-turey» qо’shiqlari, «Churiya»lar kiradi.
hunarmandchilik bilan alоqadоr mehnat qо’shiqlariga «Charx qо’shiqlari», «Bо’zchi qо’shiqlari», О’rmak qо’shiqlari», «Kashta qо’shiqlari» kiradi.
Termalar-Terma o’zbek fоlklоrining mustaqil janri bо’lib, uning yaratilishida baxshilarning rоli niqоyatda kattadir. Kо’pchilik hоllarda ular dоstоnchilarning individual ijоdi hisоblanadi. Pand-nasihat, оdоb-ahlоq, sоz va sо’z haqida yaratilgan, ijtimоiy hayоtdagi turli hоdisalar shaxs va jоnivоrlarning ta'rifi yоki tanqidiga bag’ishlangan, baxshilar tоmоnidan kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200, ba'zan undan ham оrtiq misralargacha bо’lgan lirik, lirо-epik she'rlarga «terma» deyiladi.
Afsоnalar-Afsоna o’zbek xalq оg’zaki ijоdining eng qadimgi janrlaridan biri bо’lib, u ijtimоiy hayоt bilan bоg’liq bо’lgan vоqea va hоdisalarni hayоliy uydirmalar asоsida hikоya qiladi. U kishilarning tabiat hоdisalari va ijtimоiy vоqealarni bilish va tushunishga bо’lgan intilishlari jarayоnida vujudga kelgan. Afsоna fоrscha sо’zdan оlingan bо’lib, fantastika, sehr-jоdu hamda hayоtiy uydirmalarga asоs bо’lgan nasriy hikоyalarni bildiradi.
Rivоyatlar- Rivоyat hayоtiy vоqealarni hayоtiy uydirmalar vоsitasida aks ettiruvchi оg’zaki ijоd janrlaridan biridir. Ularda tarixiy vоqealar va ayrim shaxslar bilan bоg’liq bо’lgan vоqealar, kishilar turmushi, geоgrafik jоylar-sahrо, kо’l, chо’l, dengiz, shahar, qishlоq, qal'a, sarоy va bоshqalarning barpо bo’lishi hamda vayrоn qilinishi haqida hikоya qilinadi. Rivоyatlarda lutf va nazоkat, aql va tadbir, ishq va vafо, yaxshilik va оdamiylik kabi ilg’оr g’оyalar zulm va zо’rlik, xavfsizlik va adоlatsizlik singari illatlarga qarama-qarshi qо’yiladi.
XULOSA
Biz « O’zbek musiqiy merosning mahalliy musiqiy uslublari» mavzusidagi kurs ishimizda o`quvchilarning egallash lozim bo`lgan bilimlar haqida ma’lumotlar to`plash, o`quvchilarning oilaviy marosim qo`shiqlar bilan chuqurroq tanishtirish tufayli ijobiy natijalarga erishish yo’llarini izlashga xarakat qildik va quyidagi xulosalarga keldik.
1.Bugungi kunda mustaqillik va istiqlolni mustaxkamlash madaniyati shakillantirish komil insonni voyaga yetkazish musiqa san`atimizning ahamyati ham kattadir. Ayniqsa ota–bobolarimiz tomonidan kuylanib kelgan oilaviy marosim qo`shiqlar tariximizning necha ming yillar oldingi hayoti turmush tarzidan guvohlik beradi.
2. Bu qo`shiqlarni qayta tiklash va o`quvchi yoshlarga o`rgatish ularda milliy rux , milliy g`urur va o`zligini anglash , milliy igtixor kabi o`zbek xalqining o`ziga xos xususiyatlarini shakillantiradi.
3. Biz o`z tatqiqotlarimizda milliy musiqiy qadriyatlarimizning o`zagini tashkil etgan oilaviy xalq musiqa ijodini muammoyimizni yoritishda asosiy maqsad qilib oldik. Zero o`zbek xalqining kuy va qo`shiqlari o`zining rang – barangligi ohangning takrorlanmasligi bilan bir – biridan farq qiladi.
4. Ularni qanchalik chuqur o`rganmaylik yangidan yangi ochilmagan qirralari nomoyon bo`layotganligini ko`ramiz. Olib borgan tatqiqotimiz natijalari shuni ko`rsatadiki xozirgi kunda kuylanib kelayotgan qo`shiqlarimiz bilan bir qatorda ham ohangi o`rganilmagan oilaviy marosi xalq musiqa ijodini borligini biz izlanishimiz davomida bildik.
5. Yakkaxon va guruxli ashulachilik san’atida so‘z va musiqa bir-birini to‘ldiradi va badiiy obraz yaratadi. Yaxshi so‘z talaffuzi texnikasiga ega bo‘lish yakkaxon, guruxli ashulachilik san’atida ijrochilikning zarur zeru zabarlaridan biri hisoblanadi. Asarning matnini to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish uchun so‘zlardagi mantiqiy urg‘ularga, so‘zning jonli tildagi talaffuz qoidalariga ahamiyat berish lozim.
6. Qo`shiqlar ohangi tatqiqotimiz amalyotida o`quvchilarga o`rgatildi va ularning qalbidan chuqur o`rin oldi. Eng asosiysi bu qo`shiqlar musiqa ta`limi va tarbiyasi jarayonida ona vatanga bo`lgan muxabbat milliy musiqiy qadriyatlarimizga bo`lgan xurmatni o`quvchilar qalbida shakillantirishga ko`maklashdi.
7. Yaratilgan ushbu kursh ishida musiqa madaniyati dartslarida xalq musiqa ijodidan foydalanishning ayrim amaliy usullari bayon etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Sh.Mirziyoyev “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish ” 5- tashabbus tamoyillari, 57bet
2. Karimov I.A. “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T:2005.
3. Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” Toshkent “ O`qituvchi” 1999 yil
4. Ta`lim to`g`risidagi qonun. Toshkent “O`zbekiston” 1997 yil
5. Karimov. I.A.O`zbekiston –buyuk kelajak sari .Toshkent.“O`zbekiston” 1998 y.
6. Vizgo T. Razvitiye muzikalnogo iskusstvo Uzbekistana i yego svyazi s russkoy muzikoy: M. 1970
7. KaramatovF.M. “O`zbek xalq musiqa merosi” XXasrda I-kitob .Toshkent G`.G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti. 1978 yil
8. YE.Rosonovskaya statui dokaladu. Zapus muzikalnogo folklora T. 1972 yil
9.Ibraximov O. O`zbek xalq musiqa ijodi, - metodik tafsiflar. Toshkent 1992 yil
10.Komolov O.Qaldirg`ochni ko`ndirgan qo`shiq “Zarafshon” Samarqand 1993 yil
11.Amonullayev ‘Darslikka xalq merosini o`rganish . Boshlang`ich ta`lim 1993 y
12.Sarimsoqov B.”O`zbek merosi va falklori . Toshkent “Fan” 1986 yil
13.Mirzayev T. va boshqalar . O`zbek falklor ocherklari . Toshkent “Fan” 1998 yil
14 TursunovR.“Xalq musiqa ijodiyoti va adabiyoti” “Ma’rifat-Madadkor” nashriyoti Toshkent 2002yil.
15..“Musiqa ijodiyoti masalalalari” Uzbekiston bastskorlar uyushmasi “Katortol-Kamolot”nashriyoti. Toshkent 1997 yil.
16. Ochilov E. “Shoda-shoda marvarid” Uzbek xalk kushiklari. “Shark” nashriyoti Toshkent 2006 yil.
17. ToshmatovU. “Folklor kushiklari” A. Kodiriy nomli xalk me’rosi nashriyoti Toshkent 2009 yil
18. Odilov A. “Uzbekiston musika san’ati ustalari” Toshkent-2001 yil.
19.Mansurov A, Karimova D. “ 5-sinf musika darsligi”. Toshkent 2004 yil.
20. Ibroximov O,. Sadirov J “ 7-sinf musika darsligi”. Toshkent 2001 yil
21. Internet ma’lumotlari -WWW.Ziyonet. -Pedagog.uz.


ILOVALAR



Download 188.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling