Ilova Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi nizomi


Download 29.7 Kb.
bet1/4
Sana21.09.2023
Hajmi29.7 Kb.
#1684017
  1   2   3   4
Bog'liq
Adabiyot kafedrasi nizomi


­
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI



O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

NIZOMI
BuxDU 2023
Universitet rektorining
2023- yil “____” _______ dagi
______- son buyrug‘iga
Ilova

Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
NIZOMI

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi 09.02.2003 yildagi №9-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom xamda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 28-apreldagi №267–sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari kafedralari faoliyatini tashkil etish hamda kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibi” ga muvofiq ishlab chiqildi.



I. Umumiy qoidalar.
1.“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi bundan buyon kafedra deb yuritiladi.
2. Kafedra tarkibiga professor-o‘qituvchilar va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlar hamda doktorant, mustaqil izlanuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlar kiradi.
3. Kafedraning professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralida 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
4. Kafedra o‘quv va ilmiy jarayonlarini ta’minlovchi o‘quv xonalari va ilmiy labaratoriyalar, kabinetlar, o‘quv markazlar va boshqa bo‘linmalariga ega bo‘lishi mumkin.
Umumkasbiy, ixtisoslik va mutaxassislik fanlaridan dars olib boriladigan kafedralar kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan korxona (tashkilot)lar hududida filiallar tashkil etishi va ularning moddiy-texnik bazasidan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
Kafedra filiali faoliyati universitet va korxona (tashkilot) o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi.
5. Kafedra filiali faoliyati tegishli Nizom asosida tashkil etiladi.


Download 29.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling