Imf 1-bosqich talabasi rustamov baxtiyorning “amaliy gramatika” fanidan taqdimot ishi Fan o’qituvchisi: O’tkir Islomov


Download 1.67 Mb.
Sana11.12.2020
Hajmi1.67 Mb.
#165059
Bog'liq
Rustamov Baxtiyor. DUNYO TILLARI.

Imf 1-bosqich talabasi rustamov baxtiyorning “amaliy gramatika” fanidan taqdimot ishi

Fan o’qituvchisi: O’tkir Islomov

DUNYO TILLARI

  • Yo’qolib ketayotgan tillarni saqlab qolishga qaratilgan loyiha
  • Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar
  • Dunyoning eng chiroyli tillari

13.05.2020

Rustamov Baxtiyor


Yo’qolib ketayotgan tillarni saqlashga qaratilgan loyiha


Dunyo ahli taxminan 7000 tilda so’zlashadi. Yarmi shu asr oxirigacha yo’qolib ketishi mumkin. Ammo AQShdagi Rozetta loyihasi ularni saqlab qolish ustida ishlamoqda. Vashingtondagi Smitson institutida yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan tillar, shu jumladan Gavayi tili, Sibir janubidagi elatlar so’zlashadigan Tuva tili kabilar haqida maxsus anjuman o’tdi.Vaqt bilan olishayotgan tilshunoslar ayrimlari bir necha ming yillik tarixga ega bu tillar g’oyib bo’lishi oldidan ularni hujjatlab olishga harakat qilmoqda.Fransuz tilida so’zlashayotgan tilshunos-talabalar “Rozetta” loyihasida yozgi amaliyot o’tamoqda. Xavf ostida bo’lgan tillarni yozib olish bilan band. Loyiha nomi Napoleon askarlari 1801-yilda Nil daryosi sohillarida topgan Rozetta toshidan olingan.

Hozirda Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu toshga Misrning ikki alifbosida va yunon tilidagi yozuvlar tushirilgan. Uning asosida olimlar Misr iyerogliflarini o’rgangan. Loyihaga “Long Now” nodavlat tashkiloti asos solgan. Maqsad – onlayn arxivni yaratish hamda matnlarni optik disklrda saqlashdan iborat. Bunday disklar yordamida tilshunoslar kelajakda yo’qolib ketgan tillarni o’rgana oladi. 1500 tildagi 13 000 sahifalik mikroskopik matn to’plangan.“Yagona parallel matn, uning ta’rifi, u qayerda topilgani belgilangan xarita. Shu kabi ma’lumot tillarni bir-biri bilan, siz o’zingiz bilgan, o’rgangan yoki olimlar o’rgangan til bilan qiyoslash imkonini beradi. Ikki til o’rtasidagi uyg’unlikni topish va til asoslarini aniqlash mumkin,” - deydi "Long Now" tashkilotidan Rouz. “Biz o’rganayotgan tillarda gapiradiganlar bugun kam, bir necha ming odam yoki undan ham kichikroq guruhlar so’zlashadi. Bu tillarning aksariyati dunyoning olis qismlarida uchraydi. Ular hech qanday hujjatlarda aks etmagan,” – deydi loyiha direktori Lora Velcher. G’oya ommaviy parallel til kolleksiyalarini yaratishdan iborat. Ular inson qaysi tilda so’zlashsa, shuni aks ettiradi. Natijada inson tillarini tushunishga yordam beradigan kalitni topish mumkin bo’ladi va ular kelajakda ham saqlanib qoladi. Kelajakda ushbu loyiha Rozetta toshining zamonaviy versiyasiga aylanishi mumkin.


Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar


Boshqa bir manba ma’lumotlariga ko‘ra, yer yuzida 6809 ta til bor. Bu tillarga egalik qiluvchilar aksariyati Afrika va Osiyoda. Tillarning ayrimlari rivojlanib, so‘zlashuvchilari soni ko‘payib boryapti. Ayrimlari esa, yo‘qolib ketish xavfi ostida.

Til yashab qolishi uchun unda so‘zlashuvchilar soni kamida 100 ming kishi bo‘lishi kerak. Hozir 400 ga yaqin til yo‘qolib borayotgan tillar safiga kiritilgan.Tillar o‘lishining asosiy sabablaridan biri unda so‘zlashuvchilarning notekis taqsimlanganidir.

Yer yuzi aholisining 80 foizi 80 ta tilda so‘zlashadi. 3500 ta tildan esa sayyora aholisining 0,2 foizigina foydalanadi, xolos.Hozir 46 ta tilda faqat bir kishigina so‘zlashadi. Agar bu tillar boshqalarga o‘rgatilmasa, ular o‘tmish bo‘lib qolishi turgan gap.

Shuningdek, uch-to‘rt kishigina biladigan tillar ham talaygina. 200 ga yaqin tilning esa 10 nafardan so‘zlashuvchisi bor.Afrika qit’asida jami 1000 dan ortiq tilda so‘zlashiladi.

Papua-Gvineyada 700 dan ko‘proq til amal qiladi. Ularning qay birini davlat tili sifatida belgilash ancha vaqt bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Shu sababli konstitutsiyada davlat tili yo‘qligi belgilangan. Ish yuritishda ingliz tili va uning mahalliy lahjasi – pijin-inglishdan foydalaniladi.

Xitoy tilining mandarin lahjasi eng ko‘p so‘zlashuvchiga ega – unda 885 milliondan ortiq kishi gaplashadi. Bu borada ikkinchi o‘rinni ispan (332 million), uchinchi o‘rinni ingliz (322 million), to‘rtinchi o‘rinni bengal tili (189 million)

Xalqaro sun’iy til – esperantoni 1887 yili varshavalik vrach Lyudvik Zamengof tuzgan.Afrika xalqlari gaplashadigan suaxili tili mahalliy qabilalar, arab va portugal tillari chatishmasidan hosil bo‘lgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotida oltita rasmiy til amalda – ingliz, fransuz, arab, xitoy, rus va ispan tillari.

Eng qiyin tillardan biri bask tilidir. Hatto uni Ikkinchi jahon urushi yillarida maxfiy axborotlarni almashish uchun ishlatishgan.

Qiyinlik bobida tabasaran tili ham o‘ziga xos. U Dog‘istonda davlat tillari qatoriga kiritilgan. Bu tilda 48 ta kelishik bor!

Eskimoslar tilida esa hozirgi zamon fe’lining 63 ta shakli, otlarga qo‘shiladigan 252 ta qo‘shimcha bor! Sanskrit tilidagi matnlarni malakali tarjima qilish yoki shu tilda yozish uchun bu tilni kamida 12 yil o‘rganish kerak bo‘ladi.

Eskimos tilida "qor” so‘zining yigirmadan ortiq ma’nodoshlari bor.Eng qadimgi alifbolardan hozirgacha saqlanib kelgan harf – O. Fanga ma’lum bo‘lishicha, u miloddan oldingi 1300 yillar atrofida finikiya alifbosida qo‘llanilgan va hozirga qadar o‘zgarishlarga uchramagan. Bugun bu harf dunyo xalqlari alifbolarining 65 tasidan o‘rin olgan.

Xitoy tilida 50 mingdan ortiq iyeroglif bor. Biroq gazeta o‘qish uchun ularning 2 mingtasini bilish kifoya qiladi.Papua-Yangi Gvineyadagi rotakas tili alifbosida bor-yo‘g‘i 12 ta harf bor.Botsvana va Namibiyada gaplashiladigan kxong tilida 112 ta tovush bor.

Kambojada davlat tillaridan biri sifatida e’tirof etilgan kxmer tili alifbosida 74 ta harf bor. Bu dunyodagi eng katta alifbodir. Bu tilda mamlakat aholisining 12 millioni gaplashadi.

Sedang tilida (Vyetnam) 50 ta unli tovush bor.Hindistonda 17 ta rasmiy til bor. Ikkinchi o‘rinda Janubiy Afrika Respublikasi turadi – u yerda 11 ta rasmiy til amal qiladi.Kavkaz mintaqasida 40 ta tilda so‘zlashiladi. Ulardan biri – abxaz tilida 2 ta unli va 60 ta undosh tovush bor.

Dunyoning eng chiroyli tillari


Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, Bilkim,

guhari sharifroq yo‘q ondin. (Alisher Navoiy)

Dunyoda juda ko‘p tillar mavjud, ularning barchasi har xil, qiziqarli, o‘xshash va aksincha sodda va oson. Most Beauty sayti qaysi tillar dunyodagi eng chiroyli ekanini aniqlashga 

harakat qildi.

O‘ziga xos, romantika boy fransuz tili sayyoramizning eng chiroyli tili, shubhasiz, muhabbat va romantika tili — fransuz tilidir.

Viktor Gyugo, Volter, Aleksandr Dyuma kabi adabiyot daholari aynan shu tilda ijod qilishgan.

«Je t'aime» (seni sevaman) iborasini butun dunyoda hamma biladi.

Jozibador italyan tili. Parmezan, spagetti, lazanya va beshamel so‘zlari biz uchun shu qadar tanishki, biz uni xuddi o‘zimiznikidek qabul qilamiz.

Ammo bu so‘zlar sayyoramizdagi chiroyli tillar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turadigan italyanchaga tegishli. Bu til yumshoqligi, yengilligi hamda ohangdorligi bilan mashhur.

Qaynoq va hissiyotli ispan tili. Har bir o‘z mamlakatining madaniyati, urf-odatlari, an’analarini o‘zida aks ettiradi. Shu sababli ispan tili, u tilda so‘zlashuvchi odamlar kabi, qaynoq, jo‘shqin, hissiy va albatta chiroyli tildir

Oliymaqom ingliz tili. Dunyodagi eng oliymaqom, chiroyli til bu, albatta, ingliz tilidir. Jahon siyosatining arboblari Uinston Cherchil, Margaret Tetcher, mehribon va insonparvar malika Diana shu tilda so‘zlashganlar. Bundan tashqari, ingliz tili dunyodagi eng katta lug‘at boyligiga ega: unda 500000 dan ortiq so‘z bor.

Dilga yaqin turk tili

Hozir dunyoda Sharq va u bilan bog‘liq bo‘lgan narsalar ommalashmoqda. Shu tufayli turk seriallarining ixlosmandlari ushbu sharqona, latif tilni o‘rganishmoqda. Bu til ekzotik va sirli, ayni paytda, jozibali va qiziqarlidir

Qadimiy arman tili

Arman tili bir qarashda ancha murakkab ko‘rinadi. Ammo siz armancha so‘zlarni tinglasangiz, uning bor jozibasi va muloyimligini tuyasiz. Tarjimasi «yoqimli», «suyuk» bo‘lgan «Djannaya» so‘zi xunuk, qo‘pol eshitiladimi? Yo‘q, albatta! U yoqimli va chiroyli eshitiladi

Rang-barang va quvnoq grek tili

Quyoshli Gretsiya har tomondan go‘zal, uning tili ham juda chiroyli va ohangdor. So‘zlari uyg‘un va aniq grek tilini o‘rganish va bu tilda muloqot qilish juda oson. Platon, Arestotel, Demokritlar shu tilda gaplashgani uchun ham bu til falsafa tili deb ham yuritiladi

Bayramona brazil tili (portugal tili)

Braziliya deganda yodimizga karnavallar kelaveradi. Xuddi braziliyaliklarning o‘zi kabi, ularning tillari ham sho‘x-shodon hamda quvnoq.

Serjilo ukrain tili

Ukrain tili boshqa slavyan tillariga juda o‘xshash (ayniqsa, ruschaga), shu bilan bir qatorda o‘zining folklorlarga boyligi bilan farq qiladi. Taniqli ukrain shoirlari Taras Shevchenko, Ivan Franko o‘z tillarini «наша мова соловина» (bizning sayroqi tilimiz) deya erkalashadi.

«велик и могуч» (buyuk va qudratli) rus tili

Rus tili boshqa tillar bilan taqqoslaganda, Pushkin va Lermontov, Tyutchev va Turgenev, Soljenitsin kabi rus adabiyotining yetuk vakillari shu tilda gaplashishgan. Dunyoning boshqa hech bir tilida inson qalbi va ayol go‘zalligini bunchalik muxtasar tasvirlab bo‘lmaydi.

Chiroyli yapon tili

Ayrimlar uchun yapon tili va uning iyerogliflari jarangdor va chiroyli tuyulmasligi mumkin. Biroq, aslida unaqa emas. Xokku deb ataladigan she’riy bitiklar shu tilning o‘zi bilan chiroyli

Musiqiy hind tili

Hind kinolari va ularning bir qismi bo‘lgan hindcha qo‘shiqlarni hammamiz ko‘rganmiz va eshitganmiz. U ohanglarda qancha ehtiros va olov, xursandchilik va qayg‘u bor. Hind tili juda yoqimli, ohangdor va hissiy tildir.

Bahsli nemis tili

Nemis tili ham bizning eng chiroyli tillar ro‘yxatimizga kiritilgan. Bu til biroz dag‘al va hissizdek ko‘ringani uchun, hamma ham fikrimizga qo‘shilavermaydi. Ammo bu unday emas, biror tilning go‘zalligi nafaqat ovoz va ohang go‘zalligidan iboratdir. Nemis tili qisqa, aniq, ravon, sodda va mantiqiydir. Bu ham bir go‘zallik aslida.

Jiddiy guruzin tili

Haqiqiy gurji - haqiqiy jangchi, ota, er demak. Gruzin tili o‘zida tog‘lik va isyonkor xalqning xarakteri, fe’l-atvori, temperamentini aks ettiradi. Ikkita gurjining suhbati va ohangidan suhbat mazmuni va avj nuqtasini bilib olsa bo‘ladi

Aniq va ravshan arab tili



Arab tilini o‘rganish oson emas, ammo bunda muvaffaqiyatga erishgan inson uchun ajib va sirli sharq dunyosi o‘z eshiklarini ochadi

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling