Xiii bob klassik davrdagi grek madaniyati k. Marks va F. Engels grek madaniyati haqida


Download 137 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi137 Kb.
#1581915
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.13-14 Q. Mirjalol. Yunoniston XIII-XIV boblar


XIII BOB
KLASSIK DAVRDAGI GREK MADANIYATI


K. Marks va F. Engels grek madaniyati haqida. K. Marks va F. Engels grek madaniyatiga va uni o‘rganishga juda katta ahamiyat berardilar. Marks grek san’ati va eposining hozirgi zamon kishisi uchun qanday ahamiyati borligi haqida bunday deb yozgan edi: «Qiyinchilik shundaki, ular hamon bizga badiiy zavq berishda davom etmoqda va ma’lum jihatdan norma bo‘lib va yetib bo‘lmaydigan namuna bo‘lib xizmat qilmoqda». Marks grek madaniyatining o‘ziga xos xususiyatini va biz uchun uning alohida badiiy qimmatini shundan iborat deb bilardiki, u insoniyat bolaligining takrorlanmas va jozibador davrining klassik madaniyati edi: «...Insoniyat jamiyatining bolaligi, hammadan go‘zalroq rivojlangan joyda, biz uchun abadiy nafosatga, hech qachon takrorlanmaydigan bosqichga nega ega bo‘lmasin? Greklar normal bolalar edilar. Biz uchun ular san’atining jozibasi u o‘sib kamol topgan noyetuk ijtimoiy bosqichga zid emasdir. Aksincha, u mazkur bosqichning natijasidir va u shu bilan chambarchas bog‘liqdirki, u o‘zi paydo bo‘lgan noyetuk ijtimoiy sharoitdagina yuzaga kelishi mumkin edi va hech qachon u yangidan takrorlanishi mumkin emas». Engels grek falsafasining taraqqiyot darajasining xilma-xilligi va fikrlash madaniyati haqida bunday deb yozgan edi: «Bu hol kichkina bir xalqning erishgan yutuqlariga bizni tobora qayta va qayta murojaat etishga majbur qiladigan sabablardan biridir, bu xalqning universal iste’dodi va faoliyati insoniyat taraqqiyoti tarixida unga shunday o‘rinni ta’minlab berdiki, boshqa hech bir xalq bu o‘ringa da’vo qilolmaydi... Grek filosofiyasining xilma-xil formalarida dunyoqarashning keyinroq davrlardagi deyarli hamma tiplari kurtak holida, tug‘ilish jarayonida mavjud edi.»
Hozirgi zamon madaniyati o‘zining ko‘p ko‘rinishlari jihatidan qadimgi Gretsiyaning ko‘p qirrali madaniyatiga borib taqaladi. Texnika va fan, falsafa elementlari, adabiyot, arxitektura va tasviriy san’atning turli formalari jahon madaniyati muvaffaqiyatli suratda rivojlanib kelgan va rivojlanayotgan asosning muhim va ajralmas qismi bo‘lib qoldi.

Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling