Xiii bob klassik davrdagi grek madaniyati k. Marks va F. Engels grek madaniyati haqida


Download 137 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi137 Kb.
#1581915
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.13-14 Q. Mirjalol. Yunoniston XIII-XIV boblar

Fivaning yuksalishi. 2-Afina dengiz ittifoqining tashkil topishi. Fitnachilar kechasi Fivaga kirib olib, oligarxlarni o‘ldirganlar, Sparta otryadini esa taslim bo‘lishga majbur etganlar. Eramizdan avvalgi 379-yilda Fivada demokratiya ta’- sis etilgan va Beotiya polislarining ittifoqlari qayta tiklangan. Bu ittifoqqa Fiva boshchilik qilgan. Fivaga va Beotiya ittifoqiga boshchilik qilish uchun bir necha beotarxdan iborat kengash saylab qo‘yilgan. Ulardan Pelopid va Epaminod eng mo‘tabari va ichki hamda tashqi siyosatning amaliy rahbarlari edilar.
Spartaning Fivada o‘z hokimiyatini qayta tiklash uchun kuchi yo‘qligi aniqlangach, Afina eramizdan avvalgi 378-yilda Antalkid sulhini buzib, 2-Afina dengiz ittifoqini tuzishga muvaffaq bo‘lgan. Bu ittifoq 1-Afina dengiz ittifoqiga qaraganda ancha kam sonli bo‘lgan, Kichik Osiyodagi grek polislari unga kirolmagan: Sparta ehtiyot chorasi yuzasidan polislarni Antakid sulhiga muvofiq Eronga kechib bergan. Garchi ittifoqchilar Afina o‘tmishda ularni itoat qildirishga uringanini unutmagan bo‘lsalar-da, lekin ularning iqtisodiy va siyosiy manfaatlari ko‘p jihatdan Afina manfaatlari bilan mos bo‘lib tushgan. Rivojlanib borayotgan quldorlik xo‘jaliklarining manfaatlari shunday birlashuvni talab qilgan. Spartaning siyosati bu intilishlarga ters kelgan.
2-Afina dengiz ittifoqini tuzganda ittifoqchilar Afina tomonidan ulug‘ davlatchilik siyosatining ortiq qayta takrorlanmasligi to‘g‘risida garantiya talab hilganlar. Zaiflashib qolgan Afina ittifoqchilar territoriyasida kleruxiyalar joriy etishdan, foros undirishdan va ularning ichki ishlariga aralashishdan voz kechgan. Afinada sinedrion –ittifoqchilar vakillarining kengashi yig‘ila boshlagan. Bu kengash sostavida Afina vakillari bo‘lmagan. Kengash hamma eng muhim ittifoq ishlarini dastlab tekshirib chihardi. Sinedrion harorlari so‘ngra Afina xalq yig‘inida qarab chiqilar va tasdihlanardi. Lekin moliya masalalari sinedrionda uzil-kesil hal qilinardi. 2-Afina dengiz ittifoqi a’zolarining soni u yashab kelgan dastlabki uch yil mobaynida ko‘payib, 70 dan oshgan. Afina harbiy-dengiz floti qurib olgan va dengizda spartaliklar ustidan bir necha bor g‘alaba qozongan.

Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling